Muhitning biotik omillari. Tirik organizmlar o‘rtasidagi munosabatlar



Download 175,29 Kb.
bet9/9
Sana29.04.2022
Hajmi175,29 Kb.
#592539
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6-mavzu biotik omillar antrapogen omil

Insonning bevosita ta’siri to‘g‘ridan to‘g‘ri tirik organizmlarga qaratilgan bo‘ladi. Masalan, ko‘mir qazib olganda, yog‘och kesganda inson ko‘mir yoki o‘rmonga nisbatan to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Nooqilona, rejalashtirilmasdan hayvonlarning ko‘plab ovlanishi turlar sonining keskin kamayishiga olib keladi. Insonning tabiatga ta’sir kuchi ortib borayotganligi tabiatni muhofaza qilish choralarini ishlab chiqishni taqozo etadi.
Insonning bilvosita ta’siri iqlim, landshaftlar, atmosfera va suv havzalarining fizik va kimyoviy ko‘rsatkichlari, tuproq, o‘simliklar va hayvonot dunyosini o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi. Bilvosita ta’sirda inson tabiatning muayyan obyektiga emas, balki boshqa obyektlarga ta’sir qiladi. Masalan, o‘rmondagi daraxtlarning kesilishi daraxtlarga nisbatan
to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir hisoblanadi, lekin bu o‘z navbatida o‘rmondagi boshqa o‘simliklar va hayvonot dunyosining o‘zgarishiga, tuproq yemirilishiga olib keladi. Zararkunandalarga qarshi zaharli kimyoviy moddalarning qo‘llanilishi boshqa hasharotlarning hamda tuproqda yashovchi hayvonlarning ham nobud bo‘lishiga olib keladi. Bunday kimyoviy moddalarning tuproqdagi va o‘simliklardagi qoldiqlari oziq-ovqat mahsulotlari orqali odam salomatligiga ham ta’sir qiladi. Inson omili organizmlarning yashash muhitini o‘zgartirish bilan ham ularga bilvosita ta’sir qilishi mumkin. Inson ongli yoki ongsiz ravishda bir o‘simlik yoki hayvon turini yo‘qotib, boshqa turning yashashi, ko‘payishi, tarqalishi uchun qulay sharoit yaratishi mumkin. Madaniy o‘simliklar, uy hayvonlari uchun inson yangi, ko‘p jihatdan qulay muhitni yaratib, ularning mahsuldorligini oshiradi, bu esa yovvoyi turlarning ko‘payish imkoniyatlarini kamaytiradi.
Cho‘llarni o‘zlashtirish, o‘rmonlarni kesish, pichan o‘rish va mol boqish, suv, tuproq va havoni sanoat chiqindilari, zaharli kimyoviy moddalar, sanoat va maishiy chiqindilar bilan ifloslantirish kabi antropogen omillar tabiatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Yer yuzida ko‘plab hayvon turlari inson ishtirokisiz ham qirilib ketgan. Lekin tabiatda bu jarayon asta-sekin amalga oshadi, ya’ni qirilgan hayvon turlarining o‘rnini yangi, muhit sharoitiga nisbatan ko‘proq moslashgan turlar egallab ulguradi. Insonning o‘simlik va hayvonot dunyosiga kuchli ta’siri turlarning qirilish jarayonini tezlashtiradi.
Insonning ekologik omil sifatida tabiatga ta’siri xilma-xil bo‘ladi. Inson madaniy o‘simlik navlari, hayvon zotlarini yaratish bilan bir qatorda sun’iy ekosistemalar ham yaratadi, tabiiy ekosistemalarni tubdan o‘zgartiradi. Bunday o‘zgarishlar ayrim turlarning ko‘payishi va rivojlanishi uchun ijobiy, boshqalariga esa salbiy ta’sir etadi. Natijada turlar o‘rtasida yangi munosabatlar paydo bo‘ladi, oziq zanjirlar o‘zgaradi, organizmlarda o‘zgargan muhit sharoitiga moslanishlar kelib chiqadi.
Download 175,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish