Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi kafedrasi



Download 0,53 Mb.
bet1/3
Sana15.04.2022
Hajmi0,53 Mb.
#553630
  1   2   3
Bog'liq
Xamdamov.M Ventelatsiya Tushuntirish matni


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI

QURILISH FAKULTETI

“MUHANDISLIK KOMMUNIKATSIYALARI QURILISHI KAFEDRASI

VENTILYATSIYA VA HAVONI KONDITSIYALASH TIZIMLARI” FANIDAN


KURS LOYIHASI

(Bino ventilyatsiya tizimi bo‘yicha)

Bajardi: 9-16 M.K.Q. guruh talabasi


Xamdamov.M
Rahbar: Usmonova. N
Taqrizchi: O‘tbosarov. Sh.
Kafedra mudiri: Madrahimov M.
Farg‘ona - 2020


Reja:

  1. Kirish

  2. Binolarni ventilyatsiya tizimlarini loyihalash

  3. Havo almashinuvini hisoblash

  4. Ventilyatsiya tizimining aerodinamik hisobi

  5. Xulosa

  6. Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish.
Ushbu kurs loyihasi turar joy va jamoat binolari ventilyatsiya tizimlaridagi havo almashinuvi miqdori, aerodinamik hisob va loyihalash ishlari olib borish uchun hisoblanadi.
Havo almashinuv miqdorini tashkillash usullari va ventilyatsiya turini tanlash binoning va xonaning vazifasiga ko‘ra shu bilan birgalikda xonadan ajralib chiqayotgan zararli moddalar va havoning miqdoriga ham bog‘liqdir.
Ushbu tanlov hisoblash natijasida binolarni loyihalash tomonidan bajariladi.
Bu kurs loyiha ishida kanalli tabiiy ventilyatsiyani loyihalash va hisoblash bo‘yicha tavsiyalarga asoslangan holda ish olib boriladi.
Bu kabi tabiiy ventilyatsiya tizimlar ko‘proq turar joy binolarida xonadagi zararli havolarni tashqi atmosferaga olib chiqib ketish uchun qo‘llaniladi..
Ventilyatsiya va havoni konditsiyalash tizimlari asosiy maqsadi insonlarga xonaning ichki muhitiga moslashuvchanligini oshirish va zararli havodan himoyalash maqsadida to‘g‘ri va aniq qilib hisoblanadi.

BINOLARNI VENTILYATSIYA TIZIMINI LOYIHALASH.
Tuzilma va sxemalarni tanlash
Havo almashinuvini tashkillash usulini va ventilyatsiya turini tanlash binoning va xonaning vazifasiga shu bilan birgalikda xonadan ajralib chiqayotgan zararlarning miqdoriga ham bog‘liqdir. Ushbu tanlov binolarni loyihalash tomonidan boshqariladi. Bu qo‘llanmada kanalli tabiiy ventilyatsiyani loyihalash va hisoblash bo‘yicha tavsiyalar berilgan, bu kabi ventilyatsiya ko‘p hollarda yashash binolarida qo‘llaniladi.
Havo xonada tarqalgan ko‘p zararli gazlarni bartaraf etishga xizmat qiladi. Buning uchun har bir xonadondagi oshxona, hammom va dush yoki birlashgan hammom xonalarida chiqarish kanallari ko‘zda tutiladi. Xonadondagi dush va hammom xonalardagi ifloslangan havoni chiqarib tashlash uchun bitta kanaldan foydalanishga ruxsat etiladi. Havo oqimini tashkil etilmagan holda to‘siq konstruktsiyalar orqali olib o‘tish tavsiya etiladi.
Bunday tizimli ventilyatsiya tizimi amalga oshiriladi, jalyuz panjaralar shipdan 0,2-0,5 m masofada o‘rnatiladi.
Vertikal ventilyatsiya kanallari g‘ishtli devorlarda faqat ichki qilib bajarilishi lozim. Bunday kanallarning o‘lchamlari g‘isht o‘lchamlariga mos bo‘lishi kerak (140x140 mm, 140x270 mm va boshqa). Ventilyatsiya kanalini joylashtirishda devor qalinligi kamida 380 mm (1,1/2 g‘isht) bo‘lishi kerak. Vazifasi bir xil bo‘lgan xonalardagi kanallarning minimal oraliq masofasi yarim g‘isht, turli vazifali xonalarda esa bir g‘isht bo‘lishi tavsiya etiladi.
Panelli binolarda ventilyatsiya ichki devorlar va oradevorlar orqali, o‘rnatilgan kanalli yoki ichki kanalli qilib joylashtiriladi. Bu joylarda kanallarni diametri 100 mmdan kam bo‘lmagan aylana kesimli asbestsement quvurlardan yoki maxsus ventilyatsiya panellaridan qabul qilinishi mumkin.

1-rasm. Cherdakli binoning tabiiy kanalli ventilyatsiya tizimi sxemasi: a - yuqori qavat rejasi; b - cherdak rejasi v - havo tarmog‘ining kanallari fazoviy ko‘rinishi; h - birinchi qavat jalyuz panjarasi markazidan tomdagi shaxtagacha bo‘lgan masofa (balandligi).
Cherdaksiz binolarda vertikal kanallar xonaning shiftidan 0.5-1.0 m yuqorida ko‘rsatiladi va ularning har bir atmosferaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langan bo‘ladi.
Cherdakli binolarda vertikal kanallar, tomda joylashgan havo oqimini chiqarib yuboruvchi ventilyatsiya shaxtasi qutilari bilan birlashtiriladi.
Shaxta cherdak qavatidan 4-5 m yuqorida joylashtiriladi.
Binolarda bir necha mustaqil tizimlar mavjud. Tabiiy ventilyatsiya tizimining ta’sir doirasi cheklangan bo‘lib, xavo so‘ruvchi shaxta o‘qidan xavo chiqaruvchi kanalgacha bo‘lgan masofa 8 mdan oshmasligi kerak. Asosiy yig‘uvchi kanallar va shaxtalarning o‘lchamlari 0,2 m qabul qilinadi, ammo 200x200 mm kam bo‘lmasligi kerak. Kanallar va shaxtalar [2] asosan tavsiya etilgan materiallardan tayyorlanadi: asbestsement, gipsokarton, gipsbeton va boshqalar. Asosiy yig‘uvchi kanallar temirbeton orayopmali cherdakda plita bilan bir qatorda joylashtirilishi mumkin.
1-rasmda qavat balandligi 3 m, g‘isht devorli uch qavatdan iborat bo‘lgan cherdakli yashash binosining ventilyatsiya sxemasi keltirilgan.
Ko‘rsatilgan ventilyatsiya tizimida xavoni chiqarib tashlash oshxona va sanuzel xonalardan amalga oshiriladi. Yashash xonalaridagi ventilyatsiya ham shu xonalardagi so‘ruvchi kanallar orqali bajariladi. Bunda boshqaruv jalyuz panjaralar xona shiftidan 0,5 m masofada joylashtiriladi..
Har bir ventilyatsiyalanuvchi xona uchun alohida ventilyatsiya kanali rejalashtiriladi. Vertikal kanallar g‘isht terish jarayonida amalga oshiriladi. Asosiy kanallar va cherdakdagi shaxta shlakgipsdan tayyorlanadi. Havo tarmoqlari va shaxtalarning o‘lchamlari aerodinamik hisoblar natijasida aniqlanadi. Kanallaridagi havoni kondensatsiya namligini oldini olishda termik qarshilik 0,5 (m2°C)/Vt dan kam bo‘lmasligi kerak.


  1. rasm. Ko‘p qavatli binolarda tabiiy ventilyatsiya kanallarini joylashtirish sxemalari.

Xonadagi havo kanallardagi jalyuz panjalar orqali chiqib ketadi, jalyuz panjalar qo‘zg‘almas yoki qo‘zg‘aluvchan bo‘lishi mumkin.
Oxirgisi havo oqimini rostlash imkonini beradi. Panjaralar quyidagi standart o‘lchamlarga ega: 100x150; 150x200; 200x300; 250x350; 300x450 mm.
Ko‘p qavatli binolarning devorlarida bir necha kanallarni joylashtirish imkoni bo‘lmaydi. Bunday hollarda, har bir blok ventilyatsiyasi uchun asosiy so‘ruvchi kanal rejalashtiriladi va har bir xonaning kanallari asosiy kanalga birlashtiriladi (alohida kanalning balandligi bir qavatli yoki ko‘proq). Tabiiy so‘ruvchi ventilyatsiya qoida bo‘yicha va sxemaga muvofiq bajariladi (2 rasm).
Sxemada eng afzal ventilyatsiya sxemalari ko‘rsatilgan.
Ventilyatsiya tizimi bloklari binoning yuqori qavatida yagona o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Atmosferaga havoni chiqarib yuborish quyidagicha amalga oshiriladi:
a) sovuq cherdakda, har bir vertikal bloklar tugashida va cherdak xonaning tranzit kirishida joylashgan so‘ruvchi shaxta orqali.
Sovuq cherdakda yig‘ma gorizontal qutilardan foydalanish ventilyatsiya tarmog‘ining umumiy bo‘limidagi qarshilikni o‘z ichiga oladi va tizimda havo sirkulyatsiyasining davriy tartibsizliklarni keltirib chiqaradi;
b) Issiq cherdakdagi umumiy so‘ruvchi shaxta orqali, shaxta uyning bir seksiyasida va markaziy seksiya cherdakda joylashtiriladi. Bu holda, barcha xonadonlardagi havo kanallar orqali diffuzor shaklida amalga oshiriladi.
Sanitar xonadagi birlashgan ventblok masalasi yechimlari, 3-rasmda ko‘rsatilgan.
Tizimining konstruksiyasii bo‘yicha hisob qabul qilinganidan so‘ng ventilyatsiya tizimining jalyuz panjalari, kanallari va shaxtalari aks etgan fazoviy ko‘rinishi chizilishi kerak.


Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish