3-rasm. Santexkabinaning qo‘shma ventbloki: a - tashqi ko‘rinishi; b - qirqim
HAVO ALMASHINUVINI HISOBLASH
Xonadagi talab etilgan havo almashinuvi miqdori, xonadagi zararlangan havo turi, miqdori, insonlarning faoliyat ko‘rsatishi va texnologik jarayonlarga bog‘liqdir. Yashash va jamoat binolarida asosiy zararlar karbonat angidrid, namlik va ortiqcha issiqliklar bo‘lishi mumkin.
Ishlab chiqarishda, namlik va ortiqcha issiqlik chang va turli gazlar ham bo‘lishi mumkin.
So‘ruvchi ventilyatsiya orqali yashash binolaridan chiqarib tashlanadigan havo sarfi [1] me’yorlariga asosan 1 ilovada keltirilgan.
Oshxona Loshx, dush va hammom Ltual., Lvann, m3/soat so‘ruvchi havo hajmi, muayyan bir qiymat berilgan, yashash xonalaridagi so‘ruvchi havo hajmi quyidagicha aniqlanadi, m3 /soat.
Lyashash.xona = 3 Fpol.yuzasi, (1)
bu yerda Fpol yuzasi - yashash xonalarining umumiy pol yuzasi, m2.
Yashash xonalarining ventilyatsiyasi oshxona, hojatxona va vanna xonalarida joylashgan ventilyatsiya kanallari orqali amalga oshiriladi, buning uchun quyidagi shart bajarilishi kerak
Loshx+ Lvann + Ltual ≥ Lyashash.xona (2)
Agar bu shart bajarilmasa oshxonaning havo almashinuv qiymati zaruriy qiymatga kattalashtiriladi.
Tizimning fazoviy ko‘rinishi sxemasida har bir xonaning jalyuz panjaralaridagi havo sarflari ko‘rsatilishi zarur.
VENTILYATSIYA TIZIMINING AERODINAMIK HISOBI.
Ventilyatsiya tizimining hisob sxemasi uning fazoviy ko‘rinishiga qarab bajariladi.
Ventilyatsiya ko‘rinishi tarmoqlardan iborat. Xar bir tarmoq jalyuz panjaradan boshlanib asosiy shaxtagacha davom etadi. Bunday hollarda ventilyatsiya tarmoqlari har- xil uzunliklardan iborat bo‘ladi, masalan birinchi qavat tarmog‘i oxirgi qavat tarmog‘iga qaraganda uzunroqdir.
Tizimdagi havo almashinuvi tashqi sovuq havo va ichki issiq havo zichliklari farqidan hosil bo‘ladigan tabiiy bosim ta’sirida amalga oshiriladi. Har bir tarmoqdagi tabiiy bosim Δρe, Pa quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi
∆ρe = h g (ρtash – ρichki), (3)
bu yerda h – asosiy shaxta va jalyuz panjara orasidagi masofa (balandlik), m; ρtash va ρichki – mos ravishda tashqi va ichki havo zichliklari, kg /m3.
Zichliklar ρtash va ρichki tashqi tt va ichki ti hisobiy havo haroratlariga qarab jadvallardan yoki formulalar yordamida qabul qilinadi.
Solishtirma og‘irlik va havo zichligini aniqlash formulalari:
bu yerda: t - havo harorati, g=9,81 m/s2
Tashqi havo harorati QMQga asosan qurilish joyi bog‘liq holda +5 0C harorati qabul qilinadi. Past haroratlarda ventilyatsiyadagi tabiiy bosim ortadi va tizimning havo almashinuvi hisobiga qaraganda yuqori bo‘ladi, yuqori haroratlarda esa tabiiy bosimni past bo‘ladi, bunda bosimni deraza va fortuchkalarni ochish bilan oshiriladi. (3) formuladan ko‘rinib turibdiki, yuqori qavatlarning havo almashinuvini ta’minlash bir muncha shartlarga bog‘liq, chunki bu yerda tabiiy bosim kam.
Hisobiy sxemada barcha hisobiy tarmoqlarda havo sarflari va xavo tarmoqlari kesim o‘lchami o‘zgargan joylardan bo‘limlarga ajratiladi. Sxemadagi xar bir bo‘limning uzunligi, havo sarfi va kanal o‘lchami ko‘rsatilishi kerak.
Aerodinamik hisobning asosiy maqsadi hisobiy tarmoqdagi yo‘qotilgan bosimlar yig‘indisi Σ (R l β + Z) amaldagi bosimga teng yoki undan kichik bo‘lishini ta’minlashdan iborat.
Σ(R β + Z) ≤ ∆ρe, (4)
bu yerda R – metall havo yo‘llarida ishqalanish tufayli yo‘qotilgan solishtirma bosim,Pa /m; – bo‘lim uzunligi, m; β - kanal devorlarining g‘adir-budurligini hisobga oluvchi koeffitsient; Z - mahalliy qarshilikdagi bosim yo‘qolishi.
Bosim zaxirasi 10-15% miqdorida tavsiya etiladi.
Aerodinamik hisoblash jadvallar yoki nomogrammalar yordamida, aylana havo tarmoqlari uchun amalga oshiriladi. Aerodinamik hisoblashga bog‘liq barcha parametrlar quyidagilar: havo oqimi L, m3 /soat; tarmoqlar diametri d, mm; tezlik V, m / s; ishqalanishdagi solishtirma bosim yo‘qolishi R, Pa / m; dinamik bosim Pv = Pv2/2.
Barcha jadvallar va nomogrammalar aylana kesimli havo tarmoqlari uchun bajariladi, shuning uchun to‘rtburchakli kanallarni o‘lchamini ekvivalent diametrlarga o‘tkazish zarur.
dekv = 2a b /(a + b), (5)
Bu yerda a va b - kanalning ko‘ndalang kesimining o‘lchamlari, mm.
Po‘lat kanallardagi g‘adir-budurlik koeffitsientiga solishtirilgan g‘adir-budurlik koeffitsienti β, 1-jadvalda ko‘rsatilgan.
Har bir bo‘limda quyidagicha hisoblashlar amalga oshiriladi.
1. Talab etilgan kanal maydoni Ftr , aniqlanadi.
Ftr = L / (3600 Vrek), (6)
bu yerda: L – hisobiy havo sarfi, m3/soat; Vek – tavsiya etilgan tezlik, vertikal va gorizontal kanallar uchun 0.5-1.0 m /s va shaxtalar uchun 1-1,5 m /s ga teng.
2. Talab etilgan kanal maydoniga F mos keluvchi standart kanal kesimini tanlash.
3. (5) formula yordamida havo tarmog‘ining ekvivalent diametrni dekv aniqlash.
4. Jadval va nomogrammadan foydalanib havo sarfi L va ekvivalent diametrga dekv mos keluvchi ishqalanishdagi solishtirima bosim yo‘qolishi R, tezlik V, dinamik bosim Pv.
5. Ishqalanishdagi bosim yo‘qolishi Rlβ, Pa va mahalliy bosim yo‘qolishi Z, Pa aniqlanadi
Z = Σ ξ Pv, (6)
bu yerda – ξ – bo‘limdagi mahalliy qarshilik koeffitsienti 2 ilovadan aniqlanadi.
6. Bo‘limlardagi bosim yo‘qolishlari quyidagicha aniqlanadi (R l β + Z), Pa.
Shundan so‘ng tarmoqdagi umumiy bosim yo‘qolishi topiladi Σ (R l β + Z), Pa, (4) formuladagi shart tekshiriladi. Agar birinchi hisoblashda shart bajarilmasa havo tarmog‘ining kesimi o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Xuddi shunday hisob ishlari boshqa tarmoqlar uchun ham amalga oshiriladi. Barcha hisoblar jadval ko‘rinishida amalga oshiriladi. Kurs loyihasini bajarishda cherdaksiz binolarning ventilyatsiya tarmoqlari yagona ventilyatsiya blokiga birlashgan holda, cherdakli binolar uchun ventilyatsiya tarmoqlari birinchi qavat oshxonasi oxirgi qavatgacha birlashgan holda amalga oshiriladi.
XULOSA
Men bu kurs loyihasini bajarishda ventilyatsiya va havoni kondensiyalash tizimlari fanidan olgan bilimlarimni yanada mustahkamladim. Bu kurs loyihasini bajarish davomida binolarni qavatlarini loyihalashni va ularni ventilyatsiya tizimlarini loyihalashni o‘rgandim.
Bu kurs loyihasida asosiy e’tiborni kerakli diametrdagi ventilyatsiya kanali tanlab olish uchun ajratish kerak bo‘ldi. Binodagi ventilyatsiya tizimlari asosan g‘ishtlar orasida masofa tashlab ketish orqali bajariladi. Xonalardagi zararli havoni olib chiqib ketish uchun xonalar ichki dizaynini saqlab qolgan holda jalyuzi panjaralardan foydalaniladi.
Jalyuzi panjaralar o‘lchamlari kanal o‘lchamlariga mos holatda tanlab olinadi. Bu ventilyatsiya tizimi xonadan zararlangan havoni tabiiy ventilyatsiya tizimi orqali tashqariga olib chiqib ketadi. Xona devorlari 400 mm qalinda olinadi chunki ventilyatsiya kanali o‘lchami qavatlar ortib borishi bilan sarf oshganligi sababli ortib ketadi. Xonadagi zararli havoni tabiiy ventilyatsiya tizimi orqali yashash xonalaridagi havoni deraza va ko‘zda tutilmagan tirqichlar orqali chiqib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |