Kirish. Muhandislik grafikasi fanining maqsadi, vazifalari va muhandislar tayyorlashdagi o‘rni
Muhandislik grafikasi umumkasbiy fanlar qatoriga kirib Oliy ta’limning bir qator bakalavr yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlashda muhim o‘rinni egallaydi.
Ushbu fanning maqsadi, talabalarga bilim va ko‘nikmalar berishdan tashqari, muhandis uchun zarur bo‘lgan texnik fikrlarni chizma yordamida bayon etishni va texnik buyumni ish prinsipi hamda konstruksiyasiga qarab tushunishni, geometrik loyihalash asoslarini, chizmalar tuzishni nazariy asoslari va texnik buyumlar hamda ularning chizmalarini o‘qishni o‘rgatadi.
Muhandislik grafikasi fanining vazifalari:
Nuqta, to‘g‘ri chiziq, tekislik va sirtlarning tasvirlarini chizishning nazariy asoslarini;
Geometrik elementlar va jismlarning o‘zaro vaziyatlari, o‘zaro kesishuvi, haqiqiy kattaligini aniqlashga oid masalalarni yechishni;
To‘g‘ri burchakli va aksonometrik proeksiyalar yordamida oddiy buyumlarning tasvirlarini chizishni;
Oldindan qo‘yilgan shartlarga binoan buyumlarni tasvirlarini chizishda geometrik, proeksion va mashinasozlik chizmalari bo‘yicha mashq qilishni;
Yig‘uv birligi, umumiy ko‘rinish chizmalarini o‘qishda va bajarishda buyumning o‘ziga va chizmasiga qarab oddiy geometrik shakllarni ajrata bilishni;
Chizmalarni taxt qilishda konstruktorlik Hujjatlarining Yagona Tizimiga (KXYaT) kiruvchi standartlarga asosan bajarilishini ta’minlashni o‘rgatishdan iborat.
Barcha murakkab jismlar nuqta, to‘g‘ri chiziq, tekislik singari oddiy geometrik elementlardan tashkil topgan. Shuning uchun muhandislik grafikasi fanining asosini sodda geometrik jismlarni proeksion xossalari tashkil etadi.
Bu fanni chuqur o‘rganilishi keyinchalik fundamental muhandislik fanlarini va chizmalarni tayyorlashning avtomatlashtirilgan kompyuter grafikasi tizimlarini har tomonlama o‘zlashtirish imkonini yaratadi.
Muhandislik grafikasi fani chizma geometriya (geometrik jismlarni tasvirlashning nazariy asoslari) hamda texnik chizmachilik (buyumlarning chizmalarini tayyorlash va uni o‘qish) fanlari elementlarini o‘z ichiga oladi.
Muhandislik grafikasi bilan shug‘ullanish o‘quvchining fazoviy tasavvurini kengaytiradi.
Darslikda quyidagi belgilashlar kiritilgan:
Fazodagi nuqtalar – lotin alfavitining O gacha bo‘lgan bosh harflari bilan: A, B, C,..., N, O.
Nuqtalar (va boshqa elementlar) qatori – satr usti indekslari bilan: A1, A2, A3,...
Fazodagi chiziqlar – chiziqqa tegishli nuqtalar bilan: AB, CD, EF, …
Burchaklar – grek alfavitining kichik harflari bilan: …
Tekisliklar – grek alfavitining katta harflari bilan: -delta, -sigma, -omega, - teta, - lyambda,...,
Tekislik izlari – gorizontal: П1, П1, П1,..., frontal: П2, П2, П2,..., profil: П3, П3, П3,...
Sirtlar – grek alfavitining katta harflari bilan: , , ,...
Proeksiya tekisliklari: ixtiyoriy tekislik – П, gorizontal – П 1, frontal – П 2, profil – П 3, qo‘shimcha – П 4, П 5,...
Proeksiyalash markazi – S harfi bilan.
Proeksiyalar o‘qi – kichik x, y, z harflari yoki (qo‘shimcha tekisliklar kiritilganda) П2/П1, П2/П3, П2/П4 ko‘rinishda. Koordinata boshi - O.
Nuqtaning proeksiyalari – satr osti indekslari bilan: gorizontal –A1, B1, C1,... frontal –A2, B2, C2,... profil –A3, B3, C3, ...
Chiziq proeksiyalari – kichik lotin harflari: a1, b1, c1, a2, b2, c2, a3, b3, c3 yoki unga tegishli nuqtalarning proeksiyalari bilan.
Burchaklar – grek alfavitining kichik harflari bilan: (alfa), (beta), (gamma).
É - nuqtaning to‘g‘ri chiziq, tekislik yoki sirtga tegishliligi, - to‘g‘ri chiziqning tekislik yoki sirtga tegishliligi, Ç - kesishgan, ^ - perpendikulyar, ‖ - parallel, - va (biriktiruvchi so‘z), - natija, teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |