Kvartsit
– yer qatlamining yuqori bosimi ostida mayda kvarts donalarining
kremniy sementlari vositasida zichlanishidan hosil bo’lgan zich, kristall jins.
Kvartsit o’zining zichligi, yuqori mustahkamligi, mo’rtligi va qattiqligi bilan
boshqa jinslardan farq qiladi. U tabiatda oq, qizil, ko’kimtir, to’q qizil ranglarda
213
uchraydi. Siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 400 MPa dan kam emas. Zichligi
2500–2700 kg/m
3
, qattiqligi 7 ga teng. Kvartsit o’tga chidamli buyumlar
tayyorlashda, shuningdek, beton uchun chaqiq tosh sifatida ishlatiladi.
Asbest
- serpantin guruhiga kiruvchi mineral bo’lib, uni maydalasa yupqa,
ingichka elastik tolalarga bo’linadi. Asbest alangalanmaydi. U ishqor ta’siriga
chidamli, tolasi yuqori mustahkamlikka ega bo’lgan ashyo. Asbest sement va suv
bilan qorishtirilganda turli qurilish qismlari va buyumlarini qoliplashga yarokli
bo’ladigan plastik qorishma hosil bo’ladi va undan asbesttsement buyumlari
ishlanadi. Asbest ikki xil: xrizotil – och ko’kimtir rangda, tolasi juda ingichka
(0,0001 mm), mustahkamligi yuqori bo’ladi;
amfibol
– rogovaya obmanka (shox
aldamchisi) guruhiga kiruvchi mineraldir.
Qurilish sanoatida asosan xrizotil asbest ishlatiladi. Uning erish harorati
1500
0
C, ammo u kislotalar ta’siriga chidamsiz. Asbest o’tga chidamli gazlamalar,
asbesttsement buyumlari, asbestli karton tayyorlashda va issiqlik izolyatsiya
ashyolarini ishlab chiqarishda keng qo’llanadi.
29.6.Tog’ jinslaridan ishlangan qurilish materiallari
29.6.1.Tabiiy tosh
Tabiiy toshlar zichligiga ko’ra yengil va og’ir turlarga bo’linadi. Zichligi
1800 kg/m
3
dan kam bo’lgan toshlarning tuzilishi serg’ovak (vulqon tufi, pemza,
ohaktoshchig’anoqtosh) bo’lganligi uchun inshoot devorlaribop bloklar, yengil
beton va qorishmalar uchun to’ldirgich sifatida keng ishlatiladi. Og’ir tosh ashyo-
larning zichligi 1800 kg/m
3
dan katta bo’ladi, bularga granit, sienit, dioritlar kiradi.
Bunday toshlardan qoplama va pardozbop ashyolar, pollar uchun toshtaxtalar
yasaladi, shuningdek, gidrotexnika va yo’l qurilishida ko’plab ishlatiladi. Tabiiy
toshlar ko’priklar, metro va noyob me’morchilik yodgorliklari qurilishida ham
ishlatiladi.
Devorlarning ichki va tashqi sirtlarini qoplashda ko’pincha marmar,
angidrid, granit kabi toshlar ishlatiladi. Sopol va issiqlikka chidamli buyumlar,
214
bog’lovchi moddalar, issiqlikni kam o’tkazadigan ashyolar, shisha buyumlar
tayyorlashda tog’ jinslari xom ashyo sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |