Sienitlar – asosan kaliy shpatidan tashkil topgan (5,0 - 70 %) tog’ jinsi
bo’lib, granitdan farqi, asosan, tarkibida kvarts mineralining kamligi yoki mutlaqo
bo’lmasligidadir. Sienitni silliqlash va pardozlash qiyin emas. Siqilishdagi
mustahkamlik chegarasi 100–250 MPa, zichligi esa 2600–2700 kg/m
3
. Sienitlar
sariq, qizg’ish, to’q ko’k ranglarda uchraydi. O’zbekistonning Ohangaron
tumanida sienit zaxiralari ko’p.
Diorit – nordon plagioklaz (70 %), rogovaya obmanka, biotit va avgit
minerallaridan tashkil topgan tog’ jinsi. Dioritlar bir tekis kristalli tuzilishga ega.
Agar diorit tarkibida kvarts miqdori ko’p bo’lsa, kvartsli diorit deb ataladi. U to’q
205
ko’k va ochiq kul ranglarda uchraydi. Siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 150–
300 MPa, zichligi 2800–3000 kg/m
3
ga teng. Yaxshi jilvirlanadi. Diorit yo’l
qurilishida va qoplama pardozbop ashyolar sifatida ko’p ishlatiladi.
Gabbro - otilib chiqqan eng mustahkam tog’ jinsi, asosan dala shpati ( 50
%) va rangli minerallardan tashkil topgan. U bir tekis yirik donali tuzilishga ega.
Gabbro yo’l qurilishida va pardozbop bezak buyumlari tayyorlashda ishlatiladi.
Uning zichligi 2900–3000 kg/m
3
, siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 200–350
MPa ga teng.
Labrodorit – gabbroga o’xshash, asosan, dala shpati va boshqa och qora
rangli minerallardan tashkil topgan jins. Labrodoritni pardozlaganda uning sirtida
ko’kbinafsha rangli minerallar ajralib turadi. Shuning uchun u ko’proq hashamatli
inshootlar qurishda bezakli qoplama plitalar sifatida ishlatiladi.
Vulqondan toshib chiqqan birlamchi tog’ jinslari magma holatda yer yuziga
ko’tarilishida kristallana boshlaydi va sovishi jarayonida to’la kristallangan, bir
tekis kristallanmagan va to’la kristallanmagan tuzilishga ega jinsga aylanadi. Tog’
jinslarning tuzilishi orqali ularning fizik-mexanik xossalari to’g’risida umumiy
fikr yuritsa bo’ladi. Shular ichida donalari bir tartibda joylashgan tog’ jinslari
yuqori mustahkam bo’ladi. Ammo yirik donali kristallardan tashkil topgan jinslar
haroratning o’zgaruvchanligidan yoki mexanik kuchlar ta’sirida tez buziladi.
Xuddi shunday holatni tarkibida har xil minerallar bo’lgan jinslarda ko’rish
mumkin.
Bazal’t – yashirin kristalli, ba’zan shishasimon tuzilishga ega bo’lgan jins
Yer yuzasiga ko’tarilgan jinslar ichida zichligi eng katta (3300 kg/m
3
). Bazal’tni
ishlash ko’p mehnat talab etadi, ammo uni pardozlash oson. Siqilishdagi
mustahkamlik chegarasi 300– 500 MPa ga yetadi. Bazal’t xarsangtosh, shag’al va
boshqa donali buyumlar tayyorlashda, shu bilan birga eritib olinadigan buyumlar
va issiqlikni saqlovchi mineral paxta uchun xom ashyo sifatida ishlatiladi.
Diabaz – dala shpati va avgitdan tashkil topgan kristall jins. Uning
tarkibiga olivin minerali ham kiradi. Diabaz porfir tuzilishida ham uchraydi, rangi
to’q sariq, kulrang, yashil, zichligi 3000-3100 kg/m
3
, siqilishdagi mustahkamlik
206
chegarasi 300-450 MPa ga teng. Diabaz yuqori qattiqlikka egaligi, nihoyatda zich
hamda chidamliligi uchun yo’llarni qoplashda va boshqa ishqalanishga ishlaydigan
inshootlarda ko’p qo’llaniladi. Boshqa jinslardan farqi erish haroratining
kichikligidir (1200–1300
0
C). Shu sababli maxsus qurilish buyumlari diabaz
eritmasidan quyib olinadi. Diabaz har xil plitalar, to’sinchalar va boshqa donali
qismlar, shuningdek, mineral paxta tayyorlashda va asfal’tbetonlar uchun
to’ldirgich sifatida ishlatiladi.
Andezitlar - plagioklaz, avgit va rogovaya obmankadan tashkil topgan
jins. Zichligi 2200-2800 kg/m
3
, siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 60–240 MPa.
Andezit kislota ta’siriga va issiqqa chidamli. Qurilishda asosan kislotalar ta’siriga
chidamli betonlar uchun yirik to’ldirgich sifatida hamda kislota saklaydigan hovuz
devorlarini qoplashda ishlatiladi.
Traxitlar – zichligi kamroq bo’lgan jins. Zichligi 2200 kg/m
3
, siqilishdagi
mustahkamlik chegarasi 50–100 MPa. Rangi och sariq yoki kulrang. Ular devor
ashyolari hamda betonlar uchun to’ldirgich sifatida ishlatiladi.
Vulqon tufi - pushti yoki binafsha rangda uchraydigan, zichlashib va
yopishib qolgan vulqon kulidan iborat g’ovakdor tog’ jinsi. Zichligi 1100–1300
kg/m
3
, siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 8–12 MPa va issiqlik o’tkazuvchanlik
koeffitsienti 0,3–0,4. Qurilishda, asosan, devor ashyolari (bloklar) sifatida
ishlatiladi. Tuf chiqindilari esa yengil betonlar uchun to’ldirgich sifatida
foydalaniladi.
Trasslar – zich vulqon tufi turlariga kiruvchi jins. Ular yuqori zichlikka
(2500– 2800 kg/m
3
) va mustahkamlikka (800–1500 kg/sm
2
) ega. Mayda holatida
trasslar pudtsolan sementlarini olishda faol gidravlik qo’shilma sifatida ishlatiladi.
Tufli lava – vulqondan otilgan yuqori haroratdagi suyuq lava tomchilari, vulqon
kuli va qumlar bilan aralashgan holda tezda sovigan g’ovak shishasimon jinsdir.
Tufli lavaning xossalari vulqon tufidan kam farq qiladi. U ham qurilishda devor
ashyolari va betonlar uchun yengil to’ldirgich sifatida ishlatiladi.
Pemza - shishasimon serg’ovak yengil jins. U vulqondan otilgan mayda
lava tomchilarining havoda sovishga ulgurmay o’zaro yopishib qolishidan hosil
207
bo’lgan. Tarkibida kremniy (75 % gacha) va alyumin oksidi bor. Och sariq rangda
bo’ladi. Pemzaning zichligi 300–600 kg/m
3
, siqilishdagi mustahkamlik chegarasi
0,4–4 MPa. Sovuqqa chidamli va issiqlikni kam o’tkazadigan ashyo. Uning kukuni
bog’lovchi moddalar uchun faol qo’shilma, qumi esa yengil beton va qorishmalar
uchun to’ldirgich sifatida ishlatiladi. Kamchatka, Armaniston va Kavkaz
hududlarida pemza zaxiralari ko’p.
Do'stlaringiz bilan baham: |