Jeoda (fransuzcha-geode) - yumaloq yoki oval shakldagi mineral
agregatlar. Cho’kindi tog’ jinslaridagi bo’shliklarni minerallar bilan to’lishidan
hosil bo’ladi. Jeodaning ko’ndalang kesimi bir necha millimetrdan 1 m gacha va
undan kattaroq. Jeoda markaziga tomon minerallar qat-qat joylashib kontsentrik
qavatlar hosil qiladi (mas. agatlar). Mineral qavatlari rangi va tarkibi bilan bir-
biridan farq qiladi. Jeodaning ichidagi bo’sh joylar ko’pincha mineral druzalari
bilan to’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |