Muhandislik -geologik tadqiqotlar



Download 6,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/303
Sana16.09.2021
Hajmi6,89 Mb.
#175764
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   303
Bog'liq
-qullanma

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


160 
 
21. JINS  VA   JOYLARNING  MUXANDISLIK-GEOLOGIK TA’RIFI 
Muhandislik-geologik  ma’lumotlarni  aniqlash  uchun  juda  ko’p  va  amalda 
qo’llaniladigan tadqiqot  usullari  mavjud. Muhandislik inshootlarini  qurishda va 
ularda  foydalanishda,  muhandislik-geologik  sharoitlarni  ta’sir  etishiga  baho 
berishda  mavjud  usullar  doimiy  ravishda  takomillashtirib  kelingan.  Ularni 
sharoitlari,  xususiyatlari  va  belgilarini  aniqlash  uchun  yangi  usullar  ishlab 
chiqilmoqda.  
Tadqiqotlar  majmuasini  tanlash  muhandislik  inshootlar  turi  va  muhandis-
geologik  ishlarni  bosqichlariga  bog’liqdir.  Turli  bosqichlarda  turli  usullar 
qo’llanilishi  mumkin.  Muhandis-geologik  ma’lumotlarni  bir  qismi  joyni,  yer 
yuziga  chiqib  turgan  tog’  jinslarini,  burg’ilash  quduqlaridan  olingan  namunalarni  
o’rganish va tasvirlash (yozish)  yordamida amalga oshiriladi.  
Muhandis-geologik  va  gidrogeologik  xaritalash  (s’yomka)  jarayonida 
marshrutlarni  tashkil  qilish  uslublari  va  joylarni  tasvirlash  (yozish)  deyarli  bir 
biridan farq qilmaydi. Gidrogeologik izlanishlar uchun bu ishlarni nisbatan batafsil 
keyinroq  ko’rib  chiqamiz.  Hozir  esa  muhandis-geologik  maqsadda  joylarni 
tasvirlash  (yozish)  uchun:  geomorfologik  sharoitlarga,  tog’  jinslarining  yotish 
sharoitlariga,  kuzatiladigan  fizik  -  geologik  ko’rinishlarga,  gidrogeologik  sharoit 
va      suvlarni  namoyon  bo’lishlariga  (manbai,  joylarni  botqoqliligi  v  b.)  tavsif 
(xarakteristika)  berish  kerak.  Tabiy  sharoitdagi  va  kon  lahmlaridagi  tog’ 
jinslarining  tavsifi  muhandis  -  geologik  tadqiqotlarning  yakuniy  maqsadini 
aniqlovchi o’ziga xos xususiyatlarga ega.         
Muhandis-geologik  tavsifni  bajarishda  tog’  jinslari  tavsiflari  asosida 
geologik  kesmalarni  tuzish  kerak  bo’ladi.  Muhandis-geologik  maqsadlar  uchun 
tuzilgan bunday kesmalarning aniqlik darajasi nafaqat qabul qilingan masshtabiga 
bog’liq,  balki  inshoatning  turiga  va  muhandis-geologik  tadqiqotlarning 
bosqichlariga  ham  bog’liq  bo’ladi.  Muhandis-geologik  tadqiqotlardagi  kesmani 
qo’shimcha  elementlarini  hisobga  olishda  (boshqa  maqsadlarda  tuziladigan 
geologik profillarda e’tiborga olinmasa ham) quyidagilar zarur: 


161 
 
1)  tog’  jinslari  kesimini  batafsil  tavsiflab  berish,  keyinchalik  inshoatning 
ta’sirida yuzaga keladigan gruntdagi (u yoki bu inshoatning  tabiiy asosini tashkil 
qiluvchi gruntdagi) kuchlanishni xarakterini  inobatga olib geologik elementlarning 
har  birining  rolini  aniqlash.  Shu  bilan  birga  albatta  gidrogeologik  ma’lumotlar  
ham aks ettirilishi  kerak 
2) bir xil tarkibli jinslarni ularning genezisi, mineralogik tarkibi, teksturasi, 
strukturasi,  fizotexnik  xususiyatlarini  hisobga  olib    muhandis-geologik  turlarga 
o’tkazish;       
3)  tog’  jinslarining  muhandis-geologik  elementlarini  ajratish  uchun 
muhandis-geologik turlardagi jinslarning fizik-texnik xususiyatlarini  o’rganish; 
Gruntlarning  tarkibini  yozish  (tasvirlash)  s’emka  (xaritalash)  jarayonida, 
burg’ilash  va  tajriba,  ajratib  olingan  monolitlarni  o’rganishdan  so’ng    bajariladi. 
Jinslarni yozish (tasvirlash) birlamchi va kontrol yozishlarga ajratilinadi. Birlamchi 
yozishni  (tasvirlashni)  tog’  lahimlarini  o’tish  vaqtida  amalga  oshiriladi:  asos 
(fundament) jinslarni ochish uchun qazilgan 0,5 m qalinlikgacha qazilgan o’rasifat 
tog’  lahimlarda  (bunday  yozishlar  izlov  va  qidiruv  ishlarining  har  bir  bosqichida 
olib boriladi), kanavalarda, shurflarda, 1 - 1,5 metr o’tilgan shaxtalarda. Burg’ilash 
jarayonida quduqdan har bir chiqarib olingan jins yoziladi. 
Gruntlarning  tarkibini  yozish  (tasvirlash)  s’emka  (xaritalash)  jarayonida, 
burg’ilash  va  tajriba,  ajratib  olingan  monolitlarni  o’rganishdan  so’ng    bajariladi. 
Jinslarni yozish (tasvirlash) birlamchi va kontrol yozishlarga ajratilinadi. Birlamchi 
yozishni  (tasvirlashni)  tog’  lahimlarini  o’tish  vaqtida  amalga  oshiriladi:  asos 
(fundament) jinslarni ochish uchun qazilgan 0,5 m qalinlikgacha qazilgan o’rasifat 
tog’  lahimlarda  (bunday  yozishlar izlov va  qidiruv  ishlarining har bir   bosqichida 
olib boriladi), kanavalarda, shurflarda, 1 - 1,5 metr o’tilgan shaxtalarda. Burg’ilash 
jarayonida quduqdan har bir chiqarib olingan jins yoziladi. 
Kesmalarni o’rganish va yupqa qatlamchalarni ajratish jinsning shtamplarni 
bosishiga qarshiligini - penetratsiyani aniqlashga yordam beradi.  

Download 6,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish