Haqiqiy plivunlar – koagulyatsion yoki aralash bog’lamli jinslar - gilli
qumlar bo’lib, qumoq va qumloq tuproqlardir. Strukturaviy bog’lanishlar sababi,
uning tarkibida yuqori gidrofil’ xususiyatli, gilli va kolloidli zarralar (0,0001 mm
dan kichik) bo’lishligidir.
Plivunlik holatiga o’tishlik, uncha katta bo’lmagan gidrodinamik bosim va
o’ziga suv tortib oladigan (gidrofilli) kolloidli va gilli zarrachalar borligi bilan
tushuntiriladi. Ana shu zarralar atrofida bog’langan suvlar qobig’i to’planib,
strukturaviy
bog’lanishni
kuchsizlantirib,jinsning
suv
o’tkazuvchanligini
kamaytiradi.
113
Fil’trlanish koeffitsienti qiymati juda kichkina bo’lib, u 0,005 – 0,0001
sm/sek oralig’ida bo’ladi. Haqiqiy plivunlarning suvsiz holatidagi o’rta zichligi
1,8 - 2,2 t/m
3
ga teng. Plivunlvrning suyulishi namlik darajasi to’la nam
sig’imidan kichik bo’lganda ruy beradi. Kolloidli zarralar suvni kul rangdan oq
ranggacha bo’yaydi. Uni distillangan suvda chayqalganda, idish tubida turg’un
suspenziya hosil bo’ladi.
Haqiqiy plivunlar quritilganda, kolloidli zarralarning yelimlovchi
qobiliyati tufayli, deyarli qattiq, mustahkam, sementlashgan massalarni hosil
qiladi. Haqiqiy plivunlarga xos bo’lgan xususiyat, ularni namlikni kam ajratib
chiqarishidir. Ular asosan fizik bog’langan suv hisobiga «oqadi».
Qurilish amaliyotida jinsning plivunlik holatiga o’tish qobiliyati va uning
turini aniqlab olish muhimdir. Buni qator ko’rsatkichlar bo’yicha tajriba tahlillari
asosida aniqlash mumkin. Jinsning plivunlik hodisasiga moyilligini, suvni
yo’qotilishi (suvsizlanishi), yuqori g’ovaklikka ega bo’lgan (43% dan ko’p)
jinsda ko’proq, mayda zarrali jinslarda kamroq bo’ladi.
Dala sharoitlar qurilish hududini ida plivunlikka moyillikni, burg’u
quduqlarini qazishdagi suvli gruntlar namunasidan bilsa bo’ladi. Plivunlikni qaysi
turiga mansubligini aniqlash mushkulroqdir. Buning uchun qurilish hududini
to’laligicha, muhandislik geologik va gidrogeologik sharoitlari o’rganib chiqilishi
kerak bo’ladi. Plivunlikni aniqlashni boshqa ko’rsatkichlari ham bor. Masalan,
haqiqiy plivun handaqlaridagi suv rangi xuddi sement sutiga o’xshagan bo’ladi.
Handaqdan olingan bir bo’lak qum, nami qochgan gruntga o’xshagan
bo’ladi, o’zidan suvni yo’qotmaydi va asta-sekin kulchaga o’xshab qotib qoladi.
Plivunning sirt yuzasi tortishish katta bo’lganligi sababli, uning ustida yursa ham
bo’ladi. Suvli idishga solingan, turg’un suspenziyani beradi. Plivunlar qurilish
ishlarini qiyinlashtiradi.
Plivunlari berk xududga ichiga olinsa, ular, yaxshigina asos bo’la oladi,
lekin bu vazifa mushkuldir. Plivunlar qo’qqisdan, poydevor tagidan, sizib chiqishi
mumkin. Bu esa yerning surilishi, cho’kishiga olib keladi, ustidagi imoratlar
deformatsiyaga uchratadi.
114
Plivunlar bilan kurashish ancha sermashaqqat bo’lib, har doim ham
ko’zlangan maqsadga olib kelmaydi. Bunday hollarda kotlovan (xandaqlar)
qazishdan voz kechib, qoziqsimon poydevorlar variantini qo’llash, yoki
poydevorni oquvchi qatlamlargacha olib bormaslik kerak. Kurash usulini tanlashda
plivunning ko’rinishi muhim rol’ni o’ynaydi. Plivunlarga qarshi kurashni
quyidagi 3 guruhga bo’lish mumkin:
1) Oquvchan
jinslarni
qurilish
davrida
sun’iy
ravishda
quritish
(xandaqlardan suvni tortib chiqarish, ignafilotrlar) va x.k;
2) Shpuntlar yordamida plivunlarni to’sib qo’yish;
3) Plivunlarni o’zini ularni fizik xossalarini o’zgartirish yo’li bilan
(silikatlashtirish, sementlashtirish, muzlatib qo’yish, elektrokimyoviy usullar va
x.k.).
Soxta plivunlarga qarshi hamma usullarni ishlatish mumkin. Haqiqiy
plivunlarga qarshi faqat to’siqlar bilan to’sib qo’yish usuli, muzlatib qo’yish va
elektrokimyoviy yo’l bilan qotirishdir. Yer osti qazish ishlarini olib borishda,
plivunning suvi bosimini muvozanatga keltirish uchun yuqori bosim qo’llaniladi.
Plivunlarni quritish imkoniyati-fil’trlanish koeffitsientiga bog’liq bo’ladi. Agar
Kf
1 m/sut - bo’lsa suvni quduqdan tortib chiqariladi;
К
f
1,0...0,2 m/sut bo’lsa, maxsus qurilma - ignafil’trlar ular 5-6m
chuqurlikgacha quritib borsa, maxsus qurilmali ignafil’trlar esa 12-15m va undan
chuqurroqgacha ham quritib boradi.
Kf
0,2 m/sut bo’lsa, ignafil’trlarni elektrodrenaj bilan birgalikda
ishlatiladi.
Qurilish kotlovanini (xandaqni) plivundagi shpuntli to’siq bilan ajratib
qo’yish vazifasi asinsini qirqib, bosimni o’zligiga olishdir. Yog’ochli shpuntlarni
6-8m chuqurlikgacha, metallisi esa 20-25 mgacha qoqib boriladi. Shag’alli yoki
qattiq gruntli qatlamlarga shpuntlarni qoqib bo’lmaydi.
Plivunlarni muzlatish vaqtinchalik tadbir bo’lib xisoblanadi. Bu maqsadda
yilning sovuq oylari yoki maxsus muzlatgichli qurilmalar ishlatiladi. Qish oylarida
115
xandaqlarni 20-30 sm li bosqichma-bosqich qilib qazib boriladi. Sun’iy
muzlatishda xandaq atrofi bo’ylab, quduqlardan – 20 - 40
0
C gacha muzlatilgan
CaCl
2
eritmasi oqiziladi. Bu xandaq atrofida suv o’tqazmaydigan muzlatilgan
zona hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |