14.7.1.Vaqtinchalik suvlar eroziyasi va jarliklarni hosil bo’lishi. Vaqtinchalik oqimlar, erigan qor suvlari va yog’in suvlaridan hosil bo’ladi.
Ularning yemirilishi faoliyati tufayli jarliklar hosil bo’ladi. Yog’in suvlari yer
yuzasining chuqurchalari ustida to’planib, ularni asta - sekinlik bilan yuvib,
o’pqonlar, o’nqir - cho’nqirlar hosil qila boshlaydi. Tog’ jinslarining qattiqligi
yoki yumshoqligiga qarab, bir joyi sekin, ikkinchisi tez yuvila boshlaydi. Natijada
108
yon bag’irlikning ustki qismida turli tomonga yunalgan yoki parallel jo’yaklar
hosil bo’ladi. Jo’yaklarning ba’zilari yonbag’irliklarning quyi qismida birlashib
chuqur va katta jo’yaklar hosil qiladi
(14.7 - rasm).