Muhammad Yusuf



Download 228,89 Kb.
Sana20.03.2022
Hajmi228,89 Kb.
#503807
Bog'liq
5MUHAMMAD YUSUF 8


Muhammad Yusuf
Samimiy she’rlari ohangrabo qo’shiqlarga aylanib, har bir o’zbek xonadoniga kirib borgan lirik shoir Muhammad Yusuf 1954- yil 26- aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlog’ida dehqon oilasida tug’ilgan. Shu yerda o’rta maktabni tugatgach, respublika Rus tili va adabiyot institutiga o’qishga kirib, uni 1978- yilda bitirdi.
Ijodga havas uni oliy ma’lumot olgach Toshkentda qolishga undadi. 1978-1980- yillarda Kitobsevarlar respublika jamiyatida, 1980-1986- yillarda “Toshkent oqshomi ” gazetasida, 1986-1992-yillarda G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, 1992-1995- yillarda “O’zbekiston ovozi” gazetasida, O’zbekiston Milliy Axborot agentligida ishladi, 1995-1996- yillarda O’zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida o’qidi, 1997- yildan umrining oxirigacha O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o’rinbosari lavozimada faoliyat ko’rsatdi.
Badiiy ijod bilan talabalik davridan shug’ullana boshlagan, ammo she’rga g’oyat ma’suliyat va talabchanlik bilan munosabatda bo’ladigan Muhammad Yusuf ilk to’plami – “Tanish teraklar”ni 1985- yilda nashr ettirdi. Birinch kitobiyoq uni elga tanitdi, to’plamdagi she’rlardan dunyoga kelgan diltortar qo’shiqlari esa uni mashhur qildi. Iqtidorli shoirning “Bulbulga bir gapim bor”, “Uyqudagi qiz”, “Halima enam allalari”, “Ish kemasi”, “Ko’nglimda bir yor”, “Bevafo ko’p ekan”,
“Yolg’onchi yor”, “Erka kiyik”, “Osmonomga olib ketaman”kabi ko’plab she’riy kitoblari bosilib chiqqan.
Muhammad Yusuf she’rlari samimiyligi, ommaning ryhiga yaqin bo’lganligi uchun ham kitobxoning ko’ngil mulkiga aylandi. Uning asarlarida o’zi tug’ilib o’sgan yurt ruhiyati, manzaralari
yaqqol ko’rinib turadi. Shuning uchun ham u haqida do’stlari hazillashib ba’zan: “Muhammad – Toshkentning ko’p qavatli beton uylariga ot yetaklab kirgan shoir”, - deyishardi.
Shoir 1998 – yilda “O’zbekiston xalq shoiri” unvoniga sazovor bo’ldi. U O’zbekistondagi eng yosh xalq shoiri edi. Muhammad Yusuf 2001- yilning 31- iyulida yurak xurujidan vafot etdi. Quyida shoitning o’tli she’rlaridan namunalar o’qiysiz.
Muhammad Yusufning she'rda yaratilgan qo'shiqni eshitmagan, uni xonandaga jo'r bo'Iib birga aytmagan yurtdoshimiz kam topiladi. Bastakor she'r matniga - mazmun-mohiyatiga shunchalar mos, ohangdosh musiqa topganki, go'yo shoir oldindan shu musiqani xirgoyi qilib ash'or bitganday.

She'rdagi mazmun va ohang rivoji (dinamizmi) musiqada ikkinchi umrini boshlaydi, xonanda ovozi goh kuchayib, goh pasayib o'zbekning tarixiy ko'tarilish va tanazzul bosqichlarini ifoda etadi.


Aslida Vatan to'g'risidagi, yurtimiz tarixida o'tgan ulug'Iar nomlarini birma-bir sanab, moziyda boigan voqealarni eslab, ularga hamd-u sanolar aytish tarzida yozilgan she'rlarning soni bor-u sanog'i yo'q. UJarning deyarli barchasida Amir Temur, Manguberdi, Navoiy va Boburlar, Cho'Ipon va Fitratlar albatta tilga olinadi, hammaga ma'lum sifat va o'xshatishlar orqali ular ulug'lanadi.
Biroq nima uchun ularning birortasi Muhammad Yusuf she'ri singari mashhur bo'lmadi? Nega bu she'riy tizmalar millionlar ko'ngliga jonli his bo'Iib ko'chib o'tmadi?
Demak, Vatan to'g'risida kuylash ham har xil boiar ekan-da. Bu she'r-u qo'shiqning ham samimiysi, yurakdan chiqib yurakka boradigani va... aksincha ta'sir qiladigani bo'lar ekan-da. Avvalgi darslarda Ozod Sharafiddinovning inson qaibidagi Vatan tuyg'usi, unga sadoqat hislariga bag'ishlangan «O'lsam ayrilmasman quchoqlaringdan» maqolasi ustida bahs yuritganimiz esingizdami? Olim amalda emas, balki ko'proq og'izda «vatanparvarlik» qiladiganlardan ozurda ko'nglini to'kib solgandi o'z maqolasida. Boyagi sheVlarni ham «Vatan mavzusidayam yozib turish kerak, qo'shiq boiib qolsa, agar mashhurroq qo'shiqqa aylanib chiqsa, davlat biror unvon berib qolsa qani...» qabilidagi o'ylar ortidan «dunyoga kelgan», biroq tugMliboq shu on jon bergan chalajon, rangpar tizmalardir, deyish mumkin. Chunki Vatanni tama biian, pisanda bilan sevish mumkin bo'lmaganidek, u haqda ayni maqsadlar bilan yozib ham, kuylab ham boimaydi..
Shoir nihoyat mustaqilligini, ozodligini qo'lga kiritgan Vatanni qutlar ekan, haqli ravishda xalq nomidan «O'zim xoqon, O'zini sulton, Sen taxti Sulaymonim», deya faxr etadi.

YURTIM, ADO BO’LMAS ARMONLARING BOR…


Yurtim, ado bo’lmas armonlaring bor,
Toshlarni yig’latgan dostonlaring bor,
O’tmishingni o’ylab og’riydi jonim,
Ko’ksing to’la shahid o’g’lonlaring bor.

Bag’rim o’rtar bir o’y bahor ayyomlar,


Oy botgan yoqlarga termulib shomlar.
Aybin bilmay ketgan Akmal Ikromlar,
Fayzullodek mardi maydonlaring bor…
Yurtim, ko’nglingdek keng osmonlaring bor,
Yulduzni yig’latgan dostonlaring bor.
Osmonlaringda ham diydoringga zor,
Jayrondek termulgan Cho’lponlaring bor.

Qo’ling qadog’iga bosay yuzimni,


O namsan-ku, og’ir olma so’zimni,
Qayinbarglar yopib qaro ko’zini
Olislarda qolgan Usmonlaring bor.

Alhazar, alhazar, ming bor alhazar,


Ana yurishibdi kiyganlari zar,
Qodiriyni sotib shoir bo’lganlar-
Mehrobingda chiqqan chatonlaring bor…

Qurboning bo’layin, ey onajonim,


Sening faryodalaring – mening fig’onim,
O’tmishingni o’ylab o’rtanar jonim,
Aytsam ado bo’lmas dostonlaring bor.
Download 228,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish