Muhammad Yusuf (1954-2001)
Adabiyot - XX asr o'zbek adabiyoti
Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. O’rta maktabni tugatgach, Respublika Rus tili va adabiyoti institutida o‘qib, uni 1978 yilda bitirdi. Shoir 1978-1980 yillarda Kitobsevarlar respublika jamiyatida, 1980-1986 yillarda «Toshkent oqshomi» gazetasida, 1986-1992 yillarda G’. G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, 1992-1995 yillarda «O’zbekiston ovozi» gazetasida, O’zbekiston Axborot agentligida ishladi, 1995-1996 yillarda Davlat va jamiyat qurilish akademiyasida o‘qidi. 1997 yildan boshlab O’zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi raisi o‘rinbosari lavoshmida ishladi.
M. Yusuf O’zbekistondagi eng yosh xalq shoiri (1998) hisoblanadi. Uning dastlabki she’rlari «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» ro‘znomasida 1976 yilda chop etilgan edi. Bevaqt o‘lim shoirni oramizdan olib ketdi.
Kitoblari va she’rlari: «Tanish teraklar» (1985, birinchi to‘plami), «Bulbulga bir gapim bor» (1987), «Iltijo» (1988), «Uyqudagi qiz» (1989), «Halima enam allalari» (1989), «Ishq kemasi» (1990), «Ko‘nglimda bir yor» (1990), «Bevafo ko‘p ekan» (1991), «Erka kiyik» (1992), «Osmonimga olib ketaman», «Kumush», «Kokilingni kim kesdi», «Aldov», «Turkman qiz», «Yur, Muhammad, ketdik bu yerdan», «Yolg‘onchi yor», «Qora quyosh» (doston) va boshqalar.
Samimiy she’rlari ohangrabo qo’shiqlarga aylanib, har bir o’zbek xonadoniga kirib borgan lirik shoir Muhammad Yusuf 1954- yil 26- aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlog’ida dehqon oilasida tug’ilgan. Shu yerda o’rta maktabni tugatgach, respublika Rus tili va adabiyot institutiga o’qishga kirib, uni 1978- yilda bitirdi.
Ijodga havas uni oliy ma’lumot olgach Toshkentda qolishga undadi. 1978-1980- yillarda Kitobsevarlar respublika jamiyatida, 1980-1986- yillarda “Toshkent oqshomi ” gazetasida, 1986-1992-yillarda G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, 1992-1995- yillarda “O’zbekiston ovozi” gazetasida, O’zbekiston Milliy Axborot agentligida ishladi, 1995-1996- yillarda O’zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida o’qidi, 1997- yildan umrining oxirigacha O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o’rinbosari lavozimada faoliyat ko’rsatdi.
Badiiy ijod bilan talabalik davridan shug’ullana boshlagan, ammo she’rga g’oyat ma’suliyat va talabchanlik bilan munosabatda bo’ladigan Muhammad Yusuf ilk to’plami – “Tanish teraklar”ni 1985- yilda nashr ettirdi. Birinch kitobiyoq uni elga tanitdi, to’plamdagi she’rlardan dunyoga kelgan diltortar qo’shiqlari esa uni mashhur qildi. Iqtidorli shoirning “Bulbulga bir gapim bor”, “Uyqudagi qiz”, “Halima enam allalari”, “Ish kemasi”, “Ko’nglimda bir yor”, “Bevafo ko’p ekan”, “Yolg’onchi yor”, “Erka kiyik”, “Osmonomga olib ketaman”kabi ko’plab she’riy kitoblari bosilib chiqqan.
Muhammad Yusuf she’rlari samimiyligi, ommaning ryhiga yaqin bo’lganligi uchun ham kitobxoning ko’ngil mulkiga aylandi. Uning asarlarida o’zi tug’ilib o’sgan yurt ruhiyati, manzaralari
yaqqol ko’rinib turadi. Shuning uchun ham u haqida do’stlari hazillashib ba’zan: “Muhammad – Toshkentning ko’p qavatli beton uylariga ot yetaklab kirgan shoir”, - deyishardi.
Shoir 1998 – yilda “O’zbekiston xalq shoiri” unvoniga sazovor bo’ldi. U O’zbekistondagi eng yosh xalq shoiri edi. Muhammad Yusuf 2001- yilning 31- iyulida yurak xurujidan vafot etdi. Quyida shoitning o’tli she’rlaridan namunalar o’qiysiz.
YURTIM, ADO BO’LMAS ARMONLARING BOR…
Yurtim, ado bo’lmas armonlaring bor,
Toshlarni yig’latgan dostonlaring bor,
O’tmishingni o’ylab og’riydi jonim,
Ko’ksing to’la shahid o’g’lonlaring bor.
Bag’rim o’rtar bir o’y bahor ayyomlar,
Oy botgan yoqlarga termulib shomlar.
Aybin bilmay ketgan Akmal Ikromlar,
Fayzullodek mardi maydonlaring bor…
Yurtim, ko’nglingdek keng osmonlaring bor,
Yulduzni yig’latgan dostonlaring bor.
Osmonlaringda ham diydoringga zor,
Jayrondek termulgan Cho’lponlaring bor.
Qo’ling qadog’iga bosay yuzimni,
Onamsan-ku, og’ir olma so’zimni,
Qayinbarglar yopib qaro ko’zini
Olislarda qolgan Usmonlaring bor.
Alhazar, alhazar, ming bor alhazar,
Ana yurishibdi kiyganlari zar,
Qodiriyni sotib shoir bo’lganlar-
Mehrobingda chiqqan chatonlaring bor…
Qurboning bo’layin, ey onajonim,
Sening faryodalaring – mening fig’onim,
O’tmishingni o’ylab o’rtanar jonim,
Aytsam ado bo’lmas dostonlaring bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |