Agar axborot deganda borliq haqida inson yoki texnikaning sezgi organlari bilan hosil bo‘ladigan so‘z yoki raqamlar, yoki xabarlar sifatida ifodalasak, u holda ma’lumot so‘zi bilan axborotlar asosida mantiqiy bog‘liqlikdan kelib chiqqan borliq haqidagi tushunchalar va bilimlarni ifodalash mumkin. Keyingi ma’ruzalarimizda borliqni anglash uchun dastlabki tushunchalarning “qayta ishlanmagan”larini axborot (Information) va qayta ishlanganini ma’lumot (Data) deb qaraymiz. Demak, ma’lumot deganda o‘zgalar tomonidan berilgan axborotlar ham tushuniladi. AKT sohasidagi bilimlarning o‘zbek tilidagi manbalarida “berilganlar bazasi” tushunchasi mazmunan “ma’lumotlar bazasi” tushunchasi bilan mos keladi. Axborotlar esa borliq haqidagi dastlabki belgilar bo‘lib, borliq – predmet, yoki jarayon, yoki hodisalardir. Agar axborot deganda borliq haqida inson yoki texnikaning sezgi organlari bilan hosil bo‘ladigan so‘z yoki raqamlar, yoki xabarlar sifatida ifodalasak, u holda ma’lumot so‘zi bilan axborotlar asosida mantiqiy bog‘liqlikdan kelib chiqqan borliq haqidagi tushunchalar va bilimlarni ifodalash mumkin. Keyingi ma’ruzalarimizda borliqni anglash uchun dastlabki tushunchalarning “qayta ishlanmagan”larini axborot (Information) va qayta ishlanganini ma’lumot (Data) deb qaraymiz. Demak, ma’lumot deganda o‘zgalar tomonidan berilgan axborotlar ham tushuniladi. AKT sohasidagi bilimlarning o‘zbek tilidagi manbalarida “berilganlar bazasi” tushunchasi mazmunan “ma’lumotlar bazasi” tushunchasi bilan mos keladi. Axborotlar esa borliq haqidagi dastlabki belgilar bo‘lib, borliq – predmet, yoki jarayon, yoki hodisalardir. Borliqni tasavvur etishimiz yoki anglashimiz uchun katta xajmdagi axborot va ma’lumotlar oqimini o‘rganishga to‘g‘ri keladi. Kompyuterlar, ya’ni elektron hisoblash mashinalari yaratilgandan keyin katta hajmdagi ma’lumotlar oqimini o‘rganish usullarining algoritmlari yordamida borliqni anglash uchun katta hajmli ma’lumotlarni qayta ishlash tushunchasi mashinali o‘qitish (MO’) tushunchasini paydo qildi. Ya’ni insonlar katta hajmli ma’lumotlarni qayta ishlash usullarini ishlab chiqib, mashinani katta hajmli axborotlar va/yoki ma’lumotlar oqimini real vaqtda tahliliy hamda mantiqiy hulosalash aloritmlari bilan ta’minladi. Shu bilan katta hajmli ma’lumotlar oqimini MO’orqali tezkor qarorlarni qabul qilish imkoniyati tug‘ildi va rivojlantirildi. Borliqni axborotlar orqali dastlabki tasavvuri timsol (timsol, ob’ekt) deb ataladi. O‘sha dastlabki tasavvurlarni anglash – timsollarni anglash deb atalib, Ma’lumotlar fani (Data Science)ning alohida bir yo‘nalishi sifatida rivojlangan. MO’ esa Data Science sohasidagi birinchi tadqiqot yo‘nalishidagi fan bo‘lib, timsollarni anglash usullariga ham tayanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |