Protsedurali bilimlar – o’zini-o’zi izohlovchi bilimlardan iborat bo’lib, protseduralarni tavsiflashda qo’llaniladi. Bu protseduralarda PrSning hamda uning MBdagi modellari o’zgarishi bilan bog’liq harakatlari dasturlashtirilgan bo’lishi mumkin. Bunda bilimlar bazasining ba’zi qismlarini qayta ishlovchi maxsus protseduralar nabori joriy holatni ifodalaydi.
Metabilimlar ko’p hollarda bilimlar haqidagi bilimlar shaklida aniqlanadi va bilimlardan foydalanish prinsiplari haqidagi umumiy ma’lumotlardan iborat bo’ladi. Metabilimlar tipiga protsedurali bilimlarni tanlash va qo’llashni boshqarish strategiyalari ham kiradi.
Bundan tashqari ba’zi adabiyotlarda bilimlarni quyidagi tiplarga ajratishadi :
• interfeysli – atrof-muhit bilan aloqa qiluvchi bilimlar;
• muammoli- PrS haqidagi bilimlar;
• protsedurali - masalarni yechish usullari haqidagi bilimlar;
• strukturali – operatsion tizimlar haqidagi bilimlar;
• metabilimlar – bilimlarning hossalari haqidagi bilimlar.
Maqsadga yo’naltirilganlik nuqtai-nazaridan bilimlarni extensionalli (aniq, tashqi) va intensionalli (abstraktli, maqsadli) tiplarga ajratish mumkin .
Maqsadga yo’naltirilganlik nuqtai-nazaridan bilimlarni extensionalli (aniq, tashqi) va intensionalli (abstraktli, maqsadli) tiplarga ajratish mumkin.
Extensionalli bilimlar haqiqiy olamdagi obyektlar haqidagi faktlarni ifodalaydi. Ushbu bilimlarga misollar sifatida relyatsion bazalarni keltirish mumkin: 1) "Axmedov avtomobilga ega ";
Intensionalli bilimlar faktlarni bir-biri bilan bog’lovchi qoidalar yoki haqiqiy olam qonuniyatlarini ifodalaydi. Ushbu bilimlarga misollar sifatida mahsuliy bazalarni keltirish mumkin:
1) "Inson shaxsiy mulkga ega bo’lishi mumkin, masalan, avtomobil ";
Bilimlarni olish usullari. Bilimlar injenerining ekspert(mutaxassis)dan bilimlarni olishi uch rejimda amalga oshiriladi: protokolli tahlil, intervyu va professional faoliyatning o`yinli immitatsiyasi [1-4,13-16]. Protokolli tahlilda olingan bilimlar belgilab qo`yishdan iborat. Intervyu rejimida bilimlar injeneri ekspert bilan uni kerakli tomonga yo`naltirib, faol muloqotni olib boradi. O`yinli immitatsiyada ekspert uning professional faoliyati kechadigan holatga o`xshash holatga tushib qoladi. Uning harakatlarini turli holatlarda kuzatib bilimlar injeneri keyinchalik intervyu rejimida ekspert tomonidan chuqurlashtiriladigan ekspert bilimlar haqidagi o`z qarashlarini shakllantiradi. O`yinli imitatsiyaning prinsiplari turli ish o`yinlarida, maxsus trenajerlarda o`z o`rnini topdi.