3. Yorug’lik dispersiyasi.
Har bir vektor o‟zidan oldingisiga nisbatan bir xil burchakga burilgan bo‟lib, bu
burchak qo‟shni tirqishlar uyg‟otgan tebranishlarning faza farqi 8 ga teng. β sin φ
= ± kλ (k = 1,2,3.) shartni qanoatlantiruvchi yo‟nalishlar uchun hamma Ai lar
nolga teng . Shunday qilib, bitta tirqish uchun minimum sharti bo‟ladi. fazalar farqi
δ =2π∆/ λ=(2πα/ λ)sin φ
bundagi λ – berilgan muhitdagi to‟lqin uzunligi. Qaysi yo‟nalishlar uchun δ= ±
2πm bo‟lsa, ya‟ni d sin = ± mλ ( m = 0, 1, 2,) (3) shart bajarilsa ayrim
tirqishlardan hosil bo‟layotgan tebranishlar bir-birini kuchaytiradi. Ekranning
tegishli nuqtasida tebranish amplitudasi Ama = N · Aφ ( 1 · 4). Bu formula
intensivlik maksimumlarning o‟rnini aniqlaydi. Bu maksimumlar deyiladi. Undagi
m soni bosh maksimumning tartibini ko‟rsatadi. Har qanday spektral asbobning
asosiy xarakteristkasi uning dispersiyasi va ajrata olish kuchidir. Dispersiya birbiridan to‟lqin uzunligi bo‟yicha 10 S ga farqlanuvchi ikki spektral chiziq
orasidagi burchakiy yoki chizig‟iy masofani belgilaydi. Ajrata olish kuchi
spektrda bir-biridan ajratib qabul qilish mumkin bo‟lgan ikki chiziqga to‟g‟ri
keladigan to‟lqin uzunliklarining minimal δλ farqini belgilaydi. Ikki yaqin
spektral chiziqlarni ajratish imkoni faqat ular orasidagi masofaga bog‟liq
bo‟lmasdan spektral maksimumning kengligiga ham bog‟liq. Agr bir
maksimumning o‟rtasi ikkinchi maksimumning chetiga to‟g‟ri kelsa, spektral
chiziqlar to‟la ajratilgan deb hisoblanadi. Spektral asbobning ajrata olish kuchi
deb quyidagi o‟lchamsiz kattalikga
R =λ/ δλ
aytiladi. R = mN difraksion panjaraning ajrata olish kuchi deyiladi, u
spektrning m tartibiga va tirqishlarning N soniga proporsionaldir.
Yorug‟lik dispersiyasi
N‟yuton tajribalar asosida yorug‟lik dispersiyasini kashf etdi. Dispersiya lotincha
“sochmoq” so‟zidan olingan. Umuman, yorug‟lik dispersiyasi deganda moddaning
sindirish ko‟rsatkichi n ni yorug‟lik to‟lqinning siklik chastotasi ω ga bog‟liqligi
tufayli sodir bo‟luvchi hodisalar tushuniladi. Xususan, N‟yuton tajribasida
prizmaga tushayotgan “oq yorug‟lik” qizildan binafshagacha rangdagi
yorug‟liklar, spektrlarga ajralgan. Agar turli moddalardan yasalgan prizmalar
tufayli olingan spektrlarni bir-biri bilan solishtirilsa, quyidagilar ma‟lum bo‟ladi:
1. bir xil chastotali (ω=const ) nurlar bu prizmada
turlicha burchaklarga og‟adi;
2. bir xil chastotalar intervali ∆ ω = ω2 – ω1 ga mos
bo‟lgan spektr qismining kengliklari turlicha prizmalarda
turlicha bo‟ladi.Bundan, moddalar bir-biridan faqat
sindirish ko‟rsatkichining qiymatlari bilangina emas, balki sindirish
ko‟rsatkichining yorug‟lik chastotasiga bog‟liqlik funksiyasi
n = ƒ (ω)
bilan ham farqlanadi, degan xulosaga kelinadi.
Tushayotgan elektromagnit to‟lqinlarning chastotalari
ortgan sari barcha shaffof moddalarning sindirish
ko‟rsatkichi ham monoton ravishda ortib boradi. 2-
rasmda shisha uchun n ning ω ga bog‟liqligi tasvirlangan.
Binafsha nurlar qizil nurlarga nisbatan shishada ko‟proq
sinishi haqidagi ma‟lum faqat rasmda o‟z aksini topgan.
Biror chastotalar intervali ∆ω da sindirish ko‟rsatkichining
o‟zgarish ∆n ni xarakterlovchi ∆n/∆ω kattalik dispersiya o‟lchovi vazifasini
bajaradi. Chastota ortishi bilan moddaning sindirish ko‟rsatkichi ham ortib borsa,
ya‟ni ∆n/∆ω > 0 bo‟lsa, bu moddalardagi yorug‟likning dispersiyasi normal
dispersiya deyiladi. Agar chastota ortishi bilan moddaning sindirish ko‟rsatkichi
kamaysa, ya‟ni ∆n/∆ω < 0 bo‟lsa bunday moddadagi yorug‟lik dispersiyasiga
anomal dispersiya deyiladi. Shisha uchun oq yorug‟lik sohasining barcha
qismlarida normal ul‟trabinafsha va infraqizil sohalarning ba‟zi qismlarida anomal
dispersiya kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |