4. Yorug’likning yutilishi.
Elektromagnit to‟lqin moddadan o‟tgan to‟lqin energiyasining bir qismi
elektronlar tebranishini uyg‟otishga sarf bo‟‟ladi. bu energiya qisman elektronlar
uyg‟otgan ikkilamchi to‟lqin tarzida nurlanishga qaytadi: qisman esa boshqa
turdagi energiyaga aylanadi. Yorug‟lik moddadan o‟tganda uning intensivligi
kamayadi – yorug‟lik moddada yutiladi.
Elektronlarning majburiy tebranishi va yorug‟likning yutilishi rezonans
chastotada ayniqsa intensiv bo‟ladi. yorug‟lik intensivligining dl masofada
o‟zgarishi shu masofada va shu intensivlik kattaligiga proporsional:
dJ = - xJdl
bunda x - yutuvchi modda xususiyatiga bog‟liq bo‟lib, utilish koeffisenti deb
ataluvchi o‟zgarmas kattalik. Minus ishora dJ va dl lar turli ishorali bo‟lganlari
uchun qo‟yilgan. Yorug‟likning yutuvchi qatlamaga kirish paytida intensivligi J0
ga teng bo‟lsin. Moddaning 1 qalinlikdagi qatlamidan o‟tgan yorug‟likning J
intensivligini topaylik. Buning uchun (16) ifodani o‟zgaruvchilarga ajratib, so‟ng
integrallaymiz
l j j x dl j dj 0 0
ℓnJ=ℓnJ0=xℓ
J = J0 e –ex
Natijada: ℓnJ=ℓnJ0=xℓ hosil bo‟ladi, bundan
J = J0 e^(–ex) munosabat Buger qonuni deb ataladi. Bu qonunga asosan yorug‟lik intensivligiyutuvchi moddada eksponensial kamayadi. L=1/x bo‟lganda J intensivlik J0 ga nisbatan e marta kam bo‟ladi. shunday qilib, yutilish koeffisenti o‟tayotgan yorug‟lik intensivligining e marta kamaytiradigan qatlam qalinligiga teskari bo‟lgan kattalikdir.
Yutilish koeffisenti λ to‟lqin uzunligiga bog‟liq. Atom yoki molekulalari deyarli
o‟zaro ta‟sirlashmaydigan holatdagi moddalarga yutilish koeffisenti ko‟pchilik
to‟lqin uzunliklari uchun nolga yaqin va faqat juda qisqa spektral sohalarda
keskin bo‟gan maksimumlarga ega. Bu maksimumlar atom ichidagi elektronlar
tebranishlarining rezonans chastotalariga mos keladi. Atom massasi elektron
massasidan bir necha o‟n ming marta katta bo‟lgani sababli molekulyar
chastotalar atom chastotalaridan ancha kichik bo‟ladi.
Ular spektrning infraqizil sohasiga to‟g‟ri keladi. Qattiq jismlar, suyuqliklar va
gazlar yuqori bosimda anch ayutilishi polosasiga ega bo‟ladi. gazlarning bosimi
orta borgan sari yutilish maksimumlari avval juda ingichka bo‟lib, so‟ng
kengayib boradi. Metallar yorug‟lik uchun shaffof emas ( shisha uchun x ≈ 10 -sm-1). Bu holni metallardagi erkin elektronlarning mavjudligi yuzaga
keltirgan.Yorug‟lik to‟lqinining elektr maydoni ta‟sirida erkin elektronlar
harakatga keladi - metallarda Joul‟-Lens issiqligini vujudga keltiruvchi tez
o‟zgaruvchan toklar hosil bo‟ladi. natijada, yorug‟lik to‟lqinlarining energiyasi tez kamayib, metallarning ichki energiyasiga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |