Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalariuniversiteti



Download 1,54 Mb.
bet29/62
Sana17.12.2022
Hajmi1,54 Mb.
#889403
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   62
Bog'liq
GSM VA MOBIL TARMOQLARNI BOShQARISh распознан

UKS N°7 signalizatsiya kanallarining bog'lanishini boshqarishi nimtizimi (SCCP-CSSNq7) haqidagi umumiy ma'lumotlar. Signalizatsiya kanallarining bog‘lanishini boshqarishi tizimi (SCCP - Signaling Connection Control Part) signalizatsiya ma'lumotlari bloklarini uzatish uchun UKS tarmog‘ida mantiqiy bog‘lanishlarni boshqaradi. U UKS protokollarining o‘zaro ta'sirlashishi modelining uchinchi darajasi (tarmoq darajasi) funksiyalarini bajaradi [16]. SCCP UKS tarmog‘i bo‘yicha bog‘lanishni boshqarish uchun va aniq bir nutq kanali yoki ma'lumotlarni uzatish kanali bilan to‘g‘ridan-to‘g‘i bog‘lanmagan texnik xizmat ko‘rsatishda ma'lumotlarni uzatishni amalga oshirish imkoniyatini beradi.
SCCP nimtizimi ikkita sinflardagi - bog‘lanishga mo‘ljallangan va mo‘ljallanmagan xizmatlarni taqdim etadi.
Birinchi holda ma'lumotlarni almashlashdan oldin bog‘lanish o‘rnatiladi. Xabarlarni yetkazish ularni uzatish tartibida kafolatlanishi mumkin. Bog‘lanishga mo‘ljallangan xizmatlar uchun signalizasi uuchun doimiy va qisqa vaqtli (yarim
doimiy) bog‘lanishlarga ajratiladi. Bunda yarim doimiy bog‘lanishlar uchun uchta bosqichlar ko‘zda tutilgan: bog‘lanishni o‘matilishi bosqichi ("N - bog‘lanish"), ma'lumotlarni almashlash bosqichi ("N - ma'lumotlar") va bog‘lanishni
bo‘shatilishi bosqichi ("N - uzish").
Bog‘lanishga mo‘ljallanmagan xizmatlarda SCCP ikkita rejimlarda - xabarlarni yetkazilishi ketma-ketligi nazorat qilinadigan va nazorat qilinmaydigan rejimlarda ma'lumotlarni uzatilishini ta'minlaydi. Oxirgi holda ma'lumotlarni uzatilishi tartibidan ularni qabul qilish kafolatlanmaydi, chunki ular signalizatsiya tarmog‘ida turli marshrutlashtiriladi va halaqitlar ta'sirida takroran so‘ralishi mumkin.
SCCP xabarining tuzilmasi [13,16] ishlarda atroflicha ko‘rib chiqilgan. Quyida harakatdagi tizimga bag‘ishlangan sarlavhalarning faqat qismini keltiramiz.
Bog‘lanishga mo‘ljallangan tizim uchun xabarlar turlariga misollar quyidagilar hisoblanadi:

  • ikkita tugunlar orasidagi bog‘lanishga so‘rov (CR);

  • CR xabarga javob sifatida bog‘lanishni tasdiqlash (CC);

  • uzishga so‘rove (RLSD);

  • tugunlardan istalgani tomonidan uzishni tasdiqlsh (RLC);

  • uzishni tasdiqlash (bo‘shatish jarayoni yakunlangan);

  • ikkita tugunlar orasida ma‘lumotlarni shaffof uzatish uchun ma‘lumotlar (DT);

  • ruxsat etilgan nimtizim (SSA).

Ishlatiladigan nimtizimning raqami

1

Ishlatiladigan signalizatsiya punktining kodi

2

Ishlatiladigan signalizatsiya punktining kodi

3

SSSR bilan bog‘langan nimtizimlar soni indiatori

4


3.4- rasm. —Ruxsat etilgan nimtizim” xabari
Oxirgi xabar quyidagi parametrlarga ega bo‘ladi (3.4- rasm).
—Ruxsat etilgan nimtfzim” xabarining o‘zi 0000 0001 kodga ega bo‘ladi. Bu rasmda ko‘rsatilgan “Ishlatiladigan nimtizimning raqami” quyidagi tarzda kodlanishi mumkin.

    1. jadval

—SCCPda ishlatiladigan nimtizimning raqami” kodlari qiymatlari jadvali

Kod

Ishlatiladigan nimtizim

0000 0000

Nimtizim noma'lum

0000 0001

SCCP texnik xizmat ko‘rsatish

0000 0010

ITU-T uchun zahiralangan qism

0000 0011

ISUP-RISDN foydalanuvchisi tizimi (ruscha versiya)

0000 0100

OMAP ishlatish va texnik xizmat ko‘rsatish nimtizimi

0000 0101

MAP mobil aloqa xizmat ko‘rsatish amaliy nimtizimi

0000 0110

HLR joylashish o‘rni uy registri

0000 0111

VLR joylashish o‘rni mehmon registri

0000 1000

MSC harakatdagi aloqani kommutatsiyalashsh markazi

0000 1001

Qurilmalarni identifikatsiyalash markazi

0000 1010

Zahiralangan

0000 1011

ISDN qo‘shimcha xizmatlari

0000 1100

Mobil aloqadagi qisqa xabarlar xizmatlari

0000 1101

Keng polosali B- ISDN xizmatlari

0000 1110

Tranzaksiya imkoniyatlarini testlash (TCAP)

0000 1111
0001 1111

Kodlar xalqaro foydalanish uchun zahiralangan

0010 0000
1111 0111

Kodlar milliy tarmoqlar uchun zahiralangan

1111 1000

NMT harakatdagi aloqani kommutatsiyalashsh markazi (mobil aloqa foydalanuvchisi nimtizimi)

1111 1001

HLR-NMT (mobil aloqa foydalanuvchisi nimtizimi)

1111 1001

BSS (bazaviy stansiyalarni ishlatish va texnik xizmat ko‘rsatish)

1111 1110

BSSAP bazaviy stansiya tizimining amaliy qismi

1111 1111

Kod nimtizimning milliy va xalqaro raqamini kengaytirish uchun zahiralangan



    1. jadvalda mobil tizimlar signallarini uzatishga kiradigan kodlar “qalin” raqamlar bilan ajratilgan (faqat GSM tizimi uchun emas).

BSSAP bazaviy stansiya tizimining amaliy qismi
SCCP (Signaling Connection Control Part) signalizatsiya kanalining bog‘lanishin boshqarish nimtizimining foydalanuvchilar funksiyalaridan biri (BSSAP - Base Station System Part) bazaviy stansiya tizimining amaliy qismi hisoblanadi. U BSS va MSCning o‘zaro ta'sirlashishiga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan (3.3- rasm). “Nuqta-nuqta” turdagi ulanishda BSSAP 3-daraja xabarlarini uzatish uchun bir yoki undan ortiq aktivlashtirilgan jarayonlarga ega bo‘lgan aktiv mobil stansiya bilan signalli bog‘lanishni ishlatadi.
Konferens-aloqa yoki keng tarqatiladigan chaqiruvda sotada har doim bu chaqiruvga bog‘liq bo‘lgan bitta bog‘lanish va 3-daraja xabarlarini uzatish uchun bazaviy stansiya tizimida (BSS - Base Station System) bitta qo‘shimcha bog‘lanish mavjud bo‘ladi. Konferens-aloqa yoki keng tarqatiladigan chaqiruvda —asosiy abonent” uchun qo‘shimcha bog‘lanish mavjud.
Qo‘shimcha bog‘lanishlar tarmoq ajratilgan yoki vaqtincha biriktirilgan kanallarni joylashtirishga qaror qiladigan konferens-aloqa yoki keng tarqatiladigan chaqiruvda istalgan mobil stansiyalar uchun ham talab qilinishi mumkin.

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish