Xabar turi. Xabarning turini aniqlaydigan bir baytli maydon. Bu majburiy maydon har bir BSMAP xabarining funksiyasi va formatini noyob aniqlaydi. Axborot elementi. Har bir axborot elementi sakkizta bitlardan yagona kod (identifikator) bilan kodlangan. Axborot elementining uzunligi qayd etilgan yoki o‘zgaruvchan bo‘lishi va uzunlik indikatorini o‘z ichiga olishi yoki olmasligi mumkin. To'g'ri uzatish uchun amaliy qism (DTAP - Direct Transfer Application Part) MS va MSC orasidagi bog‘lanishni boshqarish va harakatlanuvchanlikni boshqarish xabarlarini uzatish uchun qo‘llanadiyu to‘g‘ri uzatish xabarlariga BSS tizimida ishlov berilmaydi, balki faqat radiointerfeysning mos signallariga va teskari o‘zgartiriladi. DTAP xabarlarini uzatish uchun quyidagi format (3.7- rasm) ishlatiladi. 8 7 6 5 4 3 2 1
Tranzaksiya identifikatori
Protokol diskriminatori
Xabar turi
Axborot elementlari
3.7- rasm. DTAP xabarlarini uzatish formati
1
1
3+n Tranzaksiya identifikatorining formati 3.8- rasmda keltirilgan. 8 7 6 5
Identifikator qiymati
3.8- rasm. Tranzaksiya identifikatorining formati Bayroq tranzaksiya qaysi tomondan tayinlanganligini ko‘rsatadi. Agar MS bo‘lsa, u holda bayroq 0 qiymatga, agar MSC bo‘lsa, u holda bayroq 1 qiymatga ega bo‘ladi. Tranzaksiya identifikatorining qiymati butun son hisoblanadi va uyushtiruvchi tomonidan tayinlanadi. U noyob va bu aloqani uyushtiruvchi bo‘lgan interfeys tomonid tranzaksiyaning yashash vaqti davomida o‘zgarmaydi, faqat bu interfeysda ma'noga ega bo‘ladi va unda o‘zgarmas qoladi, bundan keyin yana ishlatilishi mumkin. Protokol diskriminatori maydoni xabar tegishli bo‘lgan nimdarajaning turini (RR, CM, MM) ko‘rsatadi. Xabar turi va axborot elementlari har bir daraja (RR, CM, MM) uchun quyida keltirilgan. Uchinchi daraja signallar protokollari Radioresurslarni boshqarish. Radioresurslarni boshqarish darajasi (RRM - Radio Resource Management) harakatdagi stansiya va harakatdagi aloqani kommutatsiyalash markazi (MSC) orasidagi radiokanal va qayd etilgan tarmoq bo‘yicha bog‘lanishining o‘rnatilishini nazorat qiladi. Bu darajaning asosiy funksional komponentlari harakatdagi stansiya va bazaviy stansiyalar nimtizimi, harakatdagi aloqani kommutatsiyalash markazi (MSC) hisoblanadi. RRM darajasi radioseansni boshqarish uchun mo‘ljallangan [6]. Seans bu mobil stansiya bog‘lanish rejimida bo‘ladigan va radiokanallarning konfiguratsiyalarini, shu jumladan maxsuslashtirilgan kanallarni taqsimlashni boshqaradigan vaqt hisoblanadi. Radioseans har doim harakatdagi stansiya tomonidan ulanish protsedurasi yordamida chiqish chaqiruvi uchun yoki kirish chaqiruvida keng tarqatiladigan chaqiruvga javob uchun uyushtiriladi. Yuqorida ko‘rib chiqilgan mobil stansiya signalizatsiyasi uchun ajratilgan kanalni tayinlash kabi chiqish chqiruvi va keng tarqatiladigan chaqiruv protseduralari va keng tarqatiladigan nimkanal tuzilmasi RRM darajasida o‘matiladi. Bundan tashqari, RRM darajasi quvvat, uzlukli qabul qilish va uzatishni boshqarish kabi radioxarakteristikalarni boshqarishni amalga oshiradi.