fpast = fo - F/4 va fy^i = fo + F/4, bu yerda F = 1/T -kirish bitli ketma-ketlikning chastotasi. Olinadigan Df=fyuqori- fpast= F/2 chastotalar farqi bitta bit davomiyligini T intervalidagi fyuqori va fpast chastotalarning ortogonalligi ta'minlanadigan minimal bo‘lishi mumkin farq hisoblanadi. Bunda fyuqori va fpast chastotalar orasidagi T intervalda p ga teng fazalar farqi bo‘ladi. Shunday qilib, modulyatsiyalash usuli nomidagi —minimal surilish” atamasi minimal bo‘lishi mumkin tashuvchi chastotaning surilishiga tegishli. Tashuvchini to‘g‘ridan-to‘g‘ri bitlar ketma-ketligining to‘g‘ri burchakli impulslari bilan modulyatsiyalash radiosignal efirda egallaydigan yetarlicha keng chastotalar spektriga olib keladi. Torroq spektr —silliqlangan” impulslar bilan modulyatsiyalashda olinadi. Shuning uchun modulyatsiyalovchi bitlar ketma- ketligi dastlab silliqlovchi tor polosali gauss filtridan o‘tkaziladi, bunga modulyatsiyalash usuli nomidagi —gauss” atamasi mos keladi. Aynan bu qo‘shimcha filtrlash GMSK usulini MSK (Minimum Shift Keying -minimal surilishli manipulyatsiyalash) usulidan farqlaydi MSK usuli ba'zan surilishli, lekin 2T davomiylikdagi to‘g‘ri burchakli modulyatsiyalovchi impulslar sinusoidalar yokikosinusoidalarning yarim to‘lqinli bo‘laklari bilan almashtirilishili kvadraturali fazaviy manipulyatsiyalash (OQPSK) usuli sifatida qaraladi. Dastlab MSK usulini ko‘rib chiqamiz, keyin qo‘shimcha gauss filtrlash hisobiga vujudga keladigan farqlarni aytib o‘tamiz. MSK usulida kirish bitlar ketma-ketligi mos ravishda juft va toq impulslardan tashkil topgan ikkita ketma-ketliklarga bo‘linadi. Modulyatorning modulyatsiyalangan chiqish signali navbatdagi n-nchi bit davomida joriy n-nchi va oldingi n-1-nchi bitning holatiga bog‘liq bo‘lgan ifoda orqali aniqlanadi: u(t) = ±Cos(pt/2T)Cos w0t ± Sin(pt/2T)Sin w0t = ±Cos(w0t ±pt/2T), (n-1) T £ t £ nT Bu yerda kelib chiqadiki, modulyatsiyalangan signalning joriy fazasi quyidagicha bo‘ladi: j(t) = w0t ± pt / 2T Kirish T bitlarining kelishi davrida fazaning o‘zgarishi quyidagini tashkil etadi: Dj = ± P/2, Oniy chastota esa fazaning hosilasi sifatida olinadi: w(t) = d[j(t)]/dt = w0 ± p/2T = 2p (f0 ± F/4), ya'ni, oniy chastota fyuqori yoki fpast qiymatlardan birini qabul qiladi. Bu chastota bit davomida o‘zgarmas bo‘ladi. Modulyatsiyalangan signal uchun ifodadagi sinuslar oldidagi ishoraning o‘zgarishi bitta chastotadan boshqasiga o‘tishni bildiradi. Modulyatsiyalovchi signal ifodasi oldidagi umumiy ishoraning tashuvchining boshlang‘ich fazasining r ga o‘zgarishiga ekvivalent o‘zgarishi chastota o‘zgarganda tebranishlar fazasining uzluksizligini saqlashga imkon beradi. MSK usulini yaqqol tushuntirish uchun 4.10- rasmga murojaat qilamiz. Birinchi grafikda a kirish bitlar (modulyatsiyalovchi) ketma-ketligiga misol keltirilgan. Ikkinchi va uchini grafiklar mos ravishda kirish ketma-ketligining ai toq va aq juft bitlar ketma-ketliklarini beradi, binobarin, har bir bitning uzunligi kechikish tomoniga ikki martaga oshirilgan, ya'ni har bir bit vaqt bo‘yicha 2-bitli simvolga “cho‘zilgan” va keyingi mulohazalarning qulayligi uchun ai va aq ketma- ketliklar + 1 va - 1 qiymatlarini qabul qiladi ( -1 qiymat a dastlabki ketma- ketlikning 0 qiymatiga mos keladi) deb olamiz. Natijada bir-birlariga ustma-ust joylashgan har bir T bitlar intervali uchun ai va aq qiymatlar aynan modulyatsiyalash qonunining argumenti hisoblanadigan juft va toq bitlar juftligini beradi. a kirish bitlar (modulyatsiyalovchi) ketma-ketligi ai vaqt bo'yicha cho'zilganroq bitlar ketma-ketligi aq vaqt bo'yicha cho'zilgan juft bitlar ketma-ketligi Modulyatsiyalovchi signal (toq bitlar) bi = ai sin(nt/2T) Modulyatsiyalovchi signal (juft bitlar) bq= aq sin(nt/2T) Modulyatsiyalangan signal boshlang'ich fazasi ^6(t) rasm. GMSK signallari vaqt diagrammalari
To‘rtinchi va beshinchi grafiklar ai va aq funksiyalarni mos ravishda Sin (pt/2T) va Cos (pt/2T) kvadraturali past chastotali signallarga ko‘paytmasi sifatida olinadigan ikkita bi va bq kvadraturali kanallarining modulyatsiyalovchi signallari shaklini kohsatadi. ai va aq ishoralarining o‘zgarish momentlarida bu signallarning fazalarini r ga sakrashsimon o‘zgarishiga e'tibor bering. Yakuniy modulyatsiyalangan signal kvadraturali kanallarning modulyatsiyalovchi signallarini mos ravishda Sin(w0t) va Cos(w0t) tashuvchilarga qayta ko‘paytirish va olingan ko‘paytmalarni keyingi qo‘shish natijasi sifatida olinadi. GMSK-signalni shakllantirish tamoyili 4.11- rasmda keltirilgan. GMSK modulyatsiyalashni quyidagi xossalar xarakterlaydi:
S sinfdagi kuchaytirgichli uzatish qurilmasidan foydalanishga imkon beradigan sath bo‘yicha o‘zgamas og‘diruvchi;
tashqi polosali nurlanishning past sathini ta'minlaydigan uzatish qurilmasi quvvat kuchaytirgichi chiqishidagi tor spektr;
aloqa kanalining yaxshi halaqitbardoshligi.
rasm. GMSK-signalni shakllantirish tamoyili Radiosignallarni uzatishda vujudga keladigan muammolar
Radiosignallarni uzatishda vujudga keladigan ko‘plab muammolarmavjud. Ulardan ayrim eng ma‘lumlarini ko‘rib chiqamiz [1,6,16,19].