turli BSClar nazorat qiladigan, lekin bitta o‘sha MSC/VLR nazorat qiladigan sotalar orasidagi xendover;
turli MSC/VLRlar nazorat qiladigan sotalar orasidagi xendover.
Bu hollardan har biri quyida atroflicha tavsiflanadi. Sotaning ichidagi xendover. Bu xendover turi, agar BSC bog‘lanish sifatini juda past aniqlasa, lekin eng parametrlar qiymatlariga ega bo‘lgan sotani borligini ko‘rsatadigan o‘lchashlar haqidagi hech qanday ma'lumotlar bo‘lmaydigan hollarda qo‘llanadi. Bu holda BSC o‘sha sotadagi sifat yaxshi bo‘lishi mumkin boshqa kanalni (chastotani) aniqlaydi va MS bu kanalga qayta sozlanadi. Izoh: BSC har doim dastlab boshqa sotaning chastotalar kanaliga xendoverdan foydalanishga urinadi. Agar bunday kanal bo‘lmasa, sota ichki xendoveri qo‘llanadi. O‘sha bir BSC nazorat qiladigan sotalar orasidagi xendover. MSC/VLR o‘sha birBSC nazorat qiladigan ikkita sotalar orasidagi sotalararo xendoverni bajarilishida qatnashmaydi. MSC/VLR xendoverni amalga oshirilishi haqida xabardor qilinadi. Agar xendover turli LA zonalarni qamrab olsa, u holda joylashish o‘rni haqidagi ma‘lumotlarni yangilash bog‘lanish yakunlanishi bilanoq bajariladi (2.22- rasm).
new
rasm. O‘sha bir BSC nazorat qiladigan sotalar orasidagi xendover BCS TChni egallash uchun yangi BTSga komandani jo‘natadi.
BSC oldingi BTS orqali MSga qaysi chastota va qaysi vaqt intervaliga (TS) almashtirish bajarilishi, shuningdek qanday chiqish quvvatini ishlatishzarurligi haqidagi xabarni jo‘natadi. Bu ma'lumotlar MSga FACCh kanali orqali jo‘natiladi
MS yangi chastotaga sozlanadi va kerakli vaqt intervalida xendoverni bajarilishi uchun ulanish paketini uzatadi. MS hali TA haqidagi ma‘lumotlarga ega emas, u holda xendover uchun paketlar juda qisqa (faqat 8 bit ma‘lumotlar)
Yangi BTS xendoverni bajarilishi uchun zarur bo‘ladigan ma‘lumotlarga ega bo‘lgan paketlarni aniqlaydi, u FACCh bo‘yicha ma‘lumotlarni jo‘natadi.
MS xendover uchun to‘liq xabarni yangi BSCga yangi BS orqali jo‘natadi.
BSC oldin ishlatiladigan TSNni bo‘shatish zarurati haqida oldingi BTSga xabar qiladi.
rasm. Turli BSClar orasidagi, lekin bitta MSC/VLR ichidagi xendover
Turli BSClar nazorat qiladigan, lekin bitta o‘sha MSC/VLR nazorat qiladigan sotalar orasidagi xendover. Agar xendoverda boshqa BSC ishlatilsa, u holda bu BSClar orasidagi bog‘lanishni o‘rnatish uchun MSC/VLR ishlatilishi kerak (2.23- rasm). Xizmat ko‘rsatuvchi (oldingi) BSC MSCga xendoverni bajarilishiga talabli kerakli sota identifikatoriga ega bo‘lgan xabarni jo‘natadi.
MSC BSClardan qaysi biri bu zonani nazorat qilishi haqidagi ma‘lumotlarga ega bo‘ladi va bu BSCga xendoverga so‘rovni jo‘natadi.
Yangi BSC TSN kanalini ajratish uchun kerakli BTSga komanda beradi.
Yangi BSC MSC va oldingi BTS orqali MSga xabarni jo‘natadi.
MS yangi chastotaga sozlanadi va ko‘rsatilgan vaqt intervalida bajariladigan xendover uchun ulanish paketini uzatadi.
Yangi BTS TA qiymati haqidagi ma‘lumotlarni jo‘natadi.
MS yangi BSC orqali xendover haqida to‘liq xabarni jo‘natadi.
MSC oldingi BSCga oldin ishlatilgan TSN kanalni bo‘shatishga komandani jo‘natadi.
Turli MSClar nazorat qiladigan sotalar orasidagi xendover bitta RLMN ichida qo‘llanishi mumkin. Turli MSC/VLR lar nazorat qiladigan sotalar mos ravishda turli BSClar orqali nazorat qilinadi (2.24- rasm).
2.24- rasm. Turli MSC/VLR lar orasidagi sotalararo xendover Xizmat ko‘rsatuvchi (oldingi) BSC xendoverni bajarilishiga talabli kerakli sota identifikatoriga ega bo‘lgan xabarni xizmat ko‘rsatuvchi MSCga (MSC-A) jo‘natadi.
MSC-A bu sota boshqa MSCga (MSC-B) tegishliligini aniqlaydi va unga so‘rovni jo‘natadi.
MSC-B qayta marshrutlashtirish uchun xendoverning raqamini aniqlaydi. Keyin xendoverga so‘rov yangi BSCga jo‘natiladi.
Yangi BSC TSN kanalini egallash uchun kerakli BTSga komanda jo‘natadi.
MSC-B ma‘lumotlarni oladi va uni xendover raqami bilan birga MSC- Aga uzutadi.
MSC-B bilan bog‘lanishning o‘rnatilishi PSTN orqali bo‘lishi mumkin.
MSC-A xendoverga komandani oldingi BSC orqali MSga jo‘natadi.
MS yangi chastotaga sozlanadi va kerakli vaqt intervalida ulanish paketini uzatadi.
Yangi BTS xendover uchun paketlarni aniqlaganda, u vaqt bo‘yicha kechikish (TA) haqidagi ma‘lumotlarni jo‘nataadi.
MS yangi BSC va yangi MSC orqali xendover haqida to‘liq xabarni oldingi MSCga jo‘natadi.
Bundan keyin MSC-Aga yangi yo‘l o‘rnatiladi va bog‘lanish u orqali o‘rnatiladi.
Oldingi TSN oldin bog‘lanishni boshqargan BSC orqali bo‘shatiladi (2.24- rasmda bu ko‘rsatilmagan).
Oldingi MSC (MSC-A) bog‘lanish to‘xtamaguncha uni nazorat qqiladi. Bu unda abonent haqidagi ma‘lumotlar va tariflashtirish uchun zarur bo‘ladigan bog‘lanish tafsilotlari borligiga bog‘liq. MS bog‘lanish tugagandan keyin joylashish o‘rni haqidagi ma‘lumotlarni yangilashi kerak, chunki LA zona bittadan ortiq MSC xizmat ko‘rsatish zonasiga tegishli bo‘lishi mumkin emas. HLR VLR-Bga ma'lumotlarni undagi ma'lumotlar yangilanishi uchun uzatadi, VLR-B esa o‘z navbatida, VLR-Aga mobil abonent haqidagi barcha ma'lumotlarni o‘chirishga komandani uzatadi. Xalqaro chaqiruv GSM standartining asosiy xarakteristikalaridan biri xalqaro roumingdan foydalanish va xalqaro bog‘lanishlarni amalga oshirish imkoniyati hisoblanadi. Abonentlar turli sotali aloqa tarmoqlari operatorlariga tegishli bo‘lgan tarmoqlarda rouming xizmatlaridan foydalana olishi uchun operatorlar orasida rouming kelishuvlari tuzilishi kerak. Roumingda xalqaro chaqiruvlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari o‘z tarmog‘i chegaralarida bo‘lgan abonentlar chaqiruvlariga xizmat ko‘rsatish variantlaridan farq qilmaydi. Lekin shunga qaramay, rouming hollari uchun o‘ziga xos bo‘lgan ikkita hollarni ko‘rib chiqamiz.