Bog'liq GSM VA MOBIL TARMOQLARNI BOShQARISh распознан
BSS (BSSAP - Base Station System Application Part) foydalanuvchilar funksiyalari ikkita alohida funksiyalarga bo‘lingan:
to‘g‘ri uzatish uchun GSM L3 deyiladigan amaliy qism (DTAP - Direct Transfer Application Part) ham MSC va MS orasidagi tranzit xabarlarni uzatish uchun ishlatiladi. Bu xabarlarla 3-daraja ma‘lumotlari BSS (BaseStation System) orqali talqin etilmaydi;
bazaviy stansiya tizimining asosiy amaliy qismi (BSSMAP - Base Station System Management Application Part) bu sotada yoki butun BSS (Base Station System) chegaralarida MSga, resurslarni boshqarish, bog‘lanishni uzatilishini (xendoverni) boshqarishga bog‘liq bo‘lgan MSC va BSS (Base Station System) orasidagi boshqa protseduralarni amalga oshiradi. 3-darajada BSSMAP (Base Station Management Application Part) ma‘lumotlarni almashlash uchun protokolning tavsifi ETSI GSM 08.08 tavsiyalarda mavjud [9-12].
BSSMAP (Base Station Management Application Part) qo‘llanilganda bog‘lanish o‘rnatilmaydigan va bog‘lanishga mo‘ljallangan protseduralar ishlatiladi. Rec. ETSI GSM 08.08 3-darajaning har bir protsedurasi uchun bog‘lanish ishlatilishi kerakligi yoki bog‘lanish o‘rnatilmasdan ishlash kerakligini ko‘rsatadi. Bog‘lanishga mo‘ljallangan protseduralar DTP (Direct Transfer Application Part) qismni qo‘llash uchun ishlatiladi. BSSAPda joylashtirilgan taqsimlash funksiyasi bu ikki qismlar ma'lumotlari orasidagi ajratishni bajaradi. Uzunlik - 3-daraja xabarining keyingi uzunligini ko‘rsatadigan parametr. Ajratish (Discrimination). Yuqorida ko‘rsatilgan ikkita protokollar - BSSMAP (Base Station Management Application Part) i DTAP (Direct Transfer Application Part)protokollarga tegishli bo‘lgan xabarlarni ajratadi. BSSAP xabar quyidagi maydonlarni o‘z ichiga oladi (3.5- rasm). Ma’lumotlarni uzatish bo'g'inini boshqarish identifikatori (DLCI - Data Link Control Identifier). Faqat DTAP (Direct Transfer Application Part) uchun qo‘llanadi. MSCda dastlab radiointerfeys bo‘yicha bog‘lanishdan chiqadigan ma'lumotlar turini ko‘rsatish uchun BSSga (Base Station Subsystem) xabarlarni uzatish uchun ishlatiladi.
3.5- rasm. BSSAP sarlavhasining formati Bazaviy stansiyani boshqarish amaliy tizimi (BSSMAP) har ikkala qismlar va bog‘lanishga mo‘ljallangan va mo‘ljallanmagan SCCP (Signaling Connection Control Part) bilan o‘zaro ta'sirlashishadi. Bazaviy stansiyani boshqarish amaliy tizimi (BSSMAP) alohida chaqiruvlarga xizmat ko‘rsatish va resurslarni boshqarishga bog‘liq ma'lumotlarni talqin etish va ishlov berishni talab qiladigan MSC va BSS orasidagi barcha protseduralarni qo‘llaydi. BSSMAP protseduralaridan ayrimlari yakuniy hisobda ETSIda aniqlangan radioresurslarni (Radio Resource) boshqarish xabarlar orqali chaqiriladi [9-12]. BSSMAP protokolining formati (Base Station Management Application Part) quyidagicha (3.6- rasm). 1 bayt Xabar turi
Axborot elementlari 3.6- rasm. BSSMAP protokoli xabarlarining formati