39. Nuqtaning to‘g‘ri chiziqli harakati tenglama bilan ifodalanadi. Vaqtning t=4 s momentidagi jismni tezlik va tezlanishi topilsin?
40. Jismning harakati tenglama bilan ifodalanadi. Agar A=0.25 m/s4 va B=3 m/s2 bo‘lsa, jismning maksimal tezligi topilsin?
41. Nuqta tenglamalar asosida harakatlanmoqda. Nuqtaning harakat tezligi qanday?
42. Nuqtaning to‘g‘ri chiziqli harakati tenglama bilan ifodalanadi. Vaqtning t=2 s momentdagi nuqtani tezlik va tezlanishini hamda harakatning 2 s dagi o‘rtacha tezligi topilsin?
43. Jismning bosib o‘tgan yo‘lning berilgan tenglamasi ga asosan birinchi 3 s dagi tezlikni vaqtga boglanishi grafigini chizing.
44. Nuqtaning egri chiziq bo‘ylab harakati va tenglamalar bilan berilgan. Nuqta trayektoriyasining tenglamasi topilsin?
45. Moddiy nuqtaning harakati tenglamalar bilan berilgan. Trayektoriyani tenglamasini tuzing va trayektoriyani XOY tekislikda chizing. t=0 dagi nuqtaning o‘rni, yo‘nalishi va harakat tezligi ko‘rsatilsin?
46. Tosh h=1200 m balandlikdan erkin tushdi. Tosh harakatining oxirgi sekundida bosib o‘tgan yo‘lini topining?
47. Jism h=45 m balandlikdan boshlangich tezliksiz tushadi. Yo‘lining ikkinchi yarmidagi o‘rtacha tezligini toping?
48. Jism biror balandlikdan υo=30 m/s boshlang‘ich tezlik bilan tik ravishda yuqoriga otilgan. t=10 s o‘tgach jismning koordinatasi h va tezligi υ, hamda shu vaqt oralig’ida bosib o‘tilgan yo‘li topilsin?
49. Tik ravishda yuqoriga otilgan jism h=8.6 m balandlikda ∆t=3 s vaqt oralab ikki marta bo‘lgan. Havoning qarshiligini hisobga olmasdan, otilgan jismning boshlang‘ich tezligi topilsin?
50. Jism balkondan tik ravishda υo = 10 m/s tezlik bilan otilgan. Balkonning yer sirtidan balandligi h = 12.5 m. Harakat tenglamasi yozilsin va otilgan momentdan to yerga tushgunga qadar o‘rtacha tezligi aniqlansin?
51. Jism qiya tekislikdan ishqalanishsiz sirpanib tushadi. Agar jismning birinchi 0.5 s dagi o‘rtacha tezligi 1.5 s dagidan 2.45 m/s ga kichik bo‘lsa, qiyalik burchagi qanchaga teng?
52. Jism gorizontga nisbatan αo burchak ostida υo tezlik bilan otilgan. Koordinatalarning vaqtga bog‘lanish va trayektoriyaning tenglamasi topilsin?
53. Jism gorizontga nisbatan biror αо burchak ostida otilgan. Agar jismning gorizontal yo‘nalishda uchib o‘tgan yo‘li S, uning trayektoriyasini maksimal balandligi h dan to‘rt marta kichik bo‘lsa, shu burchakning kattaligi topilsin?
54. Nuqta aylana bo‘ylab S=4t2 tenglamaga asosan harakatlanmoqda. Harakat boshlangandan so‘ng 0.5 s vaqt o‘tgach, harakatning tangensial tezlanish normal tezlanishga teng bo‘ldi. Aylananing radiusi topilsin?
55. Minoradan gorizontal yo‘nalishda 15 m/s tezlik bilan tosh otilgan. Tangensial va normal tezlanishlar teng bo‘lgan momentda trayektoriyani egrilik radiusi topilsin?