“Dinshunoslik” fanidan 1-kredit topshiriq
1.
Jadval asosida dinning jamiyatdagi vazifalarini izohlang!
Dinning vazifalari
Izoh
Kompensatorlik
Odamlarning ongini qayta shakllanishini, ham turmushning ob'ektiv shart-sharoitlarini
o‘zgartirishdagi cheklanish, qaram bo‘lish va ojizlikni to‘ldiradi. Ruhiy erkinlik orqali
real jabr-zulm bartaraf etiladi. Ijtimoiy guruhlar gunohga botish va
azob chekish
borasida teng huquqlik bo‘ladi. Diniy tashkilotlar tomonidan beriladigan xayr-ehsonlar,
mehr-shafqat, tarbiya, daromadlarni qayta taqsimlash mazlumlarning musibatini
yengillashtiradi. Umuman olganda, ruhiy zarbalarni bartaraf etish, tasalli berish, katarsis
va ma'naviy ozuqa olish kabi kompensatsiyaning psixologik aspektlari muhim
ahamiyatga egadir.
Dunyoqarashni shakllantirish
Dinda inson, jamiyat, tabiatga nisbatan aniq bir qarashlarning turlari mavjudligi tufayli
amalga oshiriladi. Din hayotni ma'lum nuqtai nazardan tushunish,
dunyoni kuzatish
,dunyoni his qilish (hissiy qabul qilish yoki rad etish), dunyoviy munosabat (baho
berish) va hokazolarni o‘z ichiga oladi. Diniy dunyoqarash Yaratganga nisbatan eng oliy
tuyg‘u va mezonlarni belgilaydi. Bunda mavjud borliqqa tushuncha berish dinga
ishonganlar uchun turli cheklashlar doirasidan chiqish imkonini beradi,
yorqin kelajak,
huzur-halovatga erishish uchun umid, azob-uqubat, baxtsizlik, yolg‘izlik, tushkunlikdan
ozod bo‘lishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Regulyatorlik
Ma'lum bir g‘oyalar, qadriyatlar, yo‘l-yo‘riqlar, stereotip qoliplar, fikrlar, an'analar,
rusumlar, institutlar orqali individ, guruh va jamoalarning faoliyati, munosabatlari, ongi
va axloqini boshqarishdan iborat. Ayniqsa, me'yorlar tizimi ,namunalar, nazorat,
rag‘batlantirish va jazo berish muhim ahamiyatga ega.
Integratorlik
Individ, guruh va institutlarni bir
tomondan birlashtiradi, boshqa tomondan ularni
ajratadi. Integratsiya shaxslar, ayrim ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar, bir butun
jamiyatdagi barqarorlik va
chidamlilikni saqlasa, dezintegratsiya uni zaiflashishiga olib
keladi. Integratsion funksiya ma'lum bir ma'noda yagona diniy e'tiqod mavjud bo‘lganda
amalga oshiriladi. Agar shaxslarning diniy ongi va xulq-atvorida bir-biriga muvofiq
bo‘lmagan g‘oyalar, ijtimoiy guruh va jamiyatda bir-biriga
qarama-qarshi konfessiyalar
paydo bo‘lsa, dinning funksiyasi dezintegratsion bo‘ladi
Legitimlik
Jamoat tartiblari, institutlar, munosabatlar, me'yorlar, namunalarni majburiyat sifatida
qonuniy qilish yoki ularning ba'zilarini qonundan chiqarish vazifalarini amalga oshiradi.
Din ma'lum huquqiy talab va majburiyatlarni ilgari suradi va uning asosida ba'zi
ko‘rinishlarga, ularga ma'lum munosabatni shakllantirgan holda baho beradi. Bunda
majburiy va e'tiroz qilib bo‘lmaydigan xarakter muhim ahamiyat kasb etadi.
Kommunikativlik
Muloqotni ta'minlaydi. U ham diniy, ham diniy bo‘lmagan faoliyat va munosabatlarda
vujudga keladi, axborot almashish, o‘zaro ta'sir ko‘rsatish, insonni inson tomonidan
idrok etish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Diniy ong ikki xil muloqotni belgilaydi:
dindorlarning o‘zaro bir-birlari bilan muloqoti va dindorlarning ibodat, namoz,
meditatsiya, maxfiy qarashlar paytidagi mediator va vositachilari tomonidan gipostazir
jonzotlar (xudo, farishta, o‘lganlarning ruhi, avliyolar va b.) bilan muloqoti.
Madaniyatni targ’ib qilish
Madaniyatning ma'lum bir qatlamlari - yozuv, kitob bosish, san'atning umuman
rivojlanishiga yordam bergan bo‘lsa, hozirda ba'zi madaniy fenomenlarni
rag‘batlantirib, ba'zilarini inkor etgan holda diniy madaniy qadriyatlarni saqlash va
ko‘paytirish, ilmiy-ma'naviy merosni nasldan naslga qoldirish vazifalarini bajaradi.