Sutka – kecha va kunduz davri. - Sutka — Yerning oʻz oʻqi atrofida 1 marta aylanish davriga teng boʻlgan vaqt oʻlchov birligi. Sutka quyosh sutkasi (24 soat) va yulduz sutkasi (23 soat 56 minut 4 sekund) kabi turlarga ajratiladi. Hayotda koʻpincha sutka kun deb ham yuritiladi.Bir sutka 24 soat(1440 minut, 86400 sekund)dan iborat. Sutka kunduz va tun, ertalab va kechqurundan tashkil topgan.
Sutka – kecha va kunduz davri. - Yulduz, haqiqiy Quyosh va o’rtacha Quyosh vaqtlari. Vaqtning asosiy birligi sifatida Yerning o’z o’qi atrofida bir marotiba to’la aylanib chiqish davri sutka olinadi. Sutkaning hisob boshi qilib osmon sferasida tanlangan nuqtaning osmon meridianidan o’tish payti olinadi. Astronomiyada bunday tanlangan nuqtalar sifatida bahorgi tengkunlik, Quyoshning gardishini markazi, o’rtacha Quyosh deb ataluvchi va o’rni istalgan payt uchun nazariy hisoblab topiladigan faraziy nuqta olinadi. Bu nuqtalarning osmon sferasidagi vaziyatlariga qarab aniqlangan vaqt mos ravishda yulduz, haqiqiy Quyosh va o’rtacha Quyosh vaqtlari deyiladi.
Sutka – kecha va kunduz davri.
Do'stlaringiz bilan baham: |