3. Qadimgi Misr madaniyati va fani Misr madaniyatida fan yetakchi o’rini



Download 46,32 Kb.
bet1/3
Sana31.12.2021
Hajmi46,32 Kb.
#251332
  1   2   3
Bog'liq
Misr


Reja:

  1. Misr madaniyatida fan yetakchi o’rini

  2. Meʼmorlik, tasviriy va amaliy-bezak sanʼati va fanlari

3.Qadimgi Misr madaniyati va fani

Misr madaniyatida fan yetakchi o’rini

U asosan matematika, astronomiya, tibbiyot yo`nalishlarida rivojlandi. Misr kalendari osmon jismlari va Nil daryosi rejimi asosida tuzilib, yil uch mavsum, har mavsum to’rt oyga bo’lindi. Oy un kunlik dekadani tashkil etgan. Yilda 36 dekada bo’lgan, oxirgi oyga 5 kun qo’shilib kalendar va astronomik yil (365 kun) tenglashtirilgan. Sutka 24 soatga bo’linib yozda kunduz soatlari uzoq, qishda qisqa bo’lgan. Misrliklar yulduzlarning aniq kattaligini tuzganlar. Suv va quyosh soatlarini kashf qilganlar. Ular 10 lik tizimga yaqin hisobni yaratdilar. Ular qo’shish, ayirish, bo’lish va ko’paytirishni bilganlar.

Misr vrachlari butun Old Osiyoga mashhur bo’lganlar. Bizgacha 10 tibbiyot papirusi yetib kelgan. Vrachlar 100 ga yaqin kasalliklarni davolash usullarini bilganlar. Qon aylanishi va yurak faoliyati to’g`risida bilimga ega bo’lganlar. Misrliklar qadimgi so’z ensiklopediyalarini tuzganlar.

Misrni 7-asrda arablar istilo qilganidan keyin islom diniy maktablari koʻplab ochila boshladi. 10-asrda al-Azhar musulmon universitetga asos solindi. Dastlabki dunyoviy oʻquv yurtlari 19-asr 2-yarmida paydo boʻldi. Xorijiy va mahalliy xususiy maktablar barpo etildi. 4 yillik boshlangʻich maktab eng koʻp tarqalgan oʻquv yurti edi.

1952 yildan keyin boshlangʻich va oʻrta maktab isloh qilindi. 1956 yilda barcha bolalarga 6 yoshdan majburiy bepul boshlangʻich taʼlim berish haqida qonun qabul qilindi. 1962 yilgi dekret maktabgacha tarbiyadan to oliy oʻquv yurtigacha boʻlgan barcha davlat oʻquv yurtlarida bepul taʼlimni joriy etdi. Endilikda bolalar uchun 6 yoshdan boshlab 6 yillik boshlangʻich taʼlim, soʻngra 3 yillik toʻliqsiz tayyorlov maktabi, 3 yillik toʻliq oʻrta maktab mavjud. Barcha bosqichlarga ega boʻlgan xususiy maktablar bor. Hunartexnika tayyorgarligi hunar bilim yurtlari, hunar markazlari, oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, shuningdek, 5 yillik texnika maktablarida olib boriladi.

Oliy taʼlim tizimiga universitet, institut va 4 yillik kollejlar kiradi. Toʻliqsiz oliy maʼlumot beradigan 2 yillik texnika institutlari ham bor. Mamlakatdagi 14 ta untning eng yiriklari: K,ohira, Ayn ushShams, Iskandariya universitetlari, Qohiradagi Amerika universitet, Al-Azhar universitet. Eng yirik institutlari: Al-Mansura va Qohiradagi politexnika institutlari, Asvondagi industrial institut va boshqa

Yirik kutubxonalari: Qohiradagi Milliy kutubxona (1870), Misr institutining kutubxonasi (1859), Qoqiradagi Milliy majlis kutubxonasi (1924), Qohira universitet kutubxonasi (1908), Iskandariya universitet kutubxonasi (1942), Qohiradagi Hulvon universitet kutubxonasi, Iskandariyadagi Munitsipal kutubxona (1892).

Yirik muzeylari: Islom sanʼati muzeyi (1882), Geol. muzeyi (1899), Misr muzeyi, Zamonaviy sanʼat muzeyi (1920), Paxta muzeyi (1923), Transport yoʻli muzeyi (1933), Harbiy muzey — hammasi Qoxirada, Iskandariyadagi Yunonrim osori atiqalari muzeyi (1892).

Ilmiy muassasalari: Qohiradagi Misr instituti (1798), Misr va texnologiya akademiyasi (1971, tarkibida ilmiy tadqiqot markazi, Atom energiyasi markazi, metallurgiya markaziy tadqiqot instituti, Okeanografiya va baliq ilmiy tadqiqot instituti, Astronomiya instituti, Neft tadqiqot instituti, Axborot va hujjatlashtirish milliy markazi mavjud). Qohirada Ped. tadqiqotlari milliy markazi, al-Jizada Arab tili akademiyasi, qishloq xoʻjaligi tadqiqot markazi va boshqa bor.

Qadimgi misrliklarning tili va yozuvi ming yillik tarix davomida o’z taraqqiyotining 5 bosqichini bosib o’tdi. Qadimgi podsholik davridagi til: o’rta misr-klassik tili ( chunki bu tilda noyob adabiy asarlar yaratilgan) yangi Misr tili (er. avv. XIV-VIII asrlar), demotik til (er. avv. VIII–eramizning V asri); kopt tili (III-VII asrlari); qadimgi podsholik aholisi tilini yangi podsholik aholisi tushunmagan, Misr tili chetga chiqmagan. Eramizning III asridayoq qadimgi Misr tili o’lik edi. Uning o’rniga yangi kopt tili keldi. VII asrda kopt tilini arab tili siqib chiqardi. Hozirgi kunda Misrda faqat 4,5 mln kishi kopt tilidan foydalanadilar. Nil vodiysida paleolit davridayoq mehnat qurollari ishlangan. Keyinchalik neolit davrida (miloddan avvalgi 5ming yillik) aholi ovchilikdan chorvachilik, soʻngra dehqonchilikka oʻtishi bilan tosh, suyak va yogʻochdan ishlangan dastlabki qishloq xoʻjaligi asboblari— choʻkich, oʻroq va boshqa paydo boʻlgan. Miloddan avvalgi 4ming yillikdan boshlab, mis ishlatila boshlangan, kulolchilik dastgohi paydo boʻlgan. 3ming yillikdan shishasozlik rivojlana boshlagan. 2-ming yillikdan jezdan foydalanila boshlangan. Temirdan yasalgan ilk buyumlar miloddan avvalgi 2-ming yillik oʻrtalariga oiddir. Misrliklar oltin va kumushdan haqiqiy sanʼat asarlarini yaratganlar. Sunʼiy sugʻorishdan keng foydalanilgan, kanal va toʻgʻonlar bunyod etilgan. Yuqoriga suv chiqarish uchun laylak (havoza-shaduf), chigʻir (sakkis)dan foydalanishgan. Ilk podsholik davrida omoch paydo boʻlgan.

Qadimgi Misrda asosiy qurilish materiali sifatida loy va qamishdan foydalanilgan. Firʼavnlar saroyi va qalʼalar qurilishida xom gʻisht ishlatilgan. Toshlarga sayqal berishda misrliklar ajoyib yutuklarga erishganlar. Ehromlar qurishda ishlatiladigan katta tosh plitalarni yuqoriga richag , havoza yordamida koʻtarganlar. Mat., astronomiya taraqqiy etgan. Kohinlar va mirzalar oddiy asboblar (chizgich, tosh bogʻlangan ip) yordamida sayyoralar va yulduzlarning holatini belgilashgan. Vaqtni belgilash uchun quyosh va suv so-atlari (klependralar)dan foydalanganlar. Sodda geografik haritalar va shahar loyihasi rejalari tuzilgan. M.liklar planimetriya, ayniqsa, stereometriya sohasida bilimli boʻlishgan; toʻgʻri toʻrtburchaklar, uchburchaklar, aylanalar yuzasi, oddiy va kesik piramidalar sirti va hajmini hisoblab chiqishgan. Yil 3 mavsum (toshqin, oʻrim, qurgʻoqchilik) va 12 oyga boʻlingan. Har oy 30 kundan iborat boʻlgan, yil oxirida qoʻshimcha 5 kun kiritilgan, bu har 4 yilda astronomik yil bilan kalendar yili oʻrtasidagi 1 kunga farq qilinishiga imkon bergan. Jarrohlik rivojlangan, tabiblar bosh miyani ochganlar, tishlarga plomba qoʻyganlar. Jasadlarni mumiyolashda turli anvoi xushboʻyliklar, doridarmonlar, boʻyoqlar va boshqalarni tayyorlashgan.

Misrliklarning turli sohalardagi bilimlari jahon fanining rivojiga muhim hissa qoʻshgan. Yunonlar M.ni qad. donishmandlar yurti deb, M.liklarni esa oʻz ustozlari deb hisoblab kelishgan.

Mifologiya va dini. M. miflari orasida markaziy oʻrinni dunyoni yaratilishi, insonlarni qilgan gunoxlari uchun jazolash, quyosh xudosi Ra bilan ilon Apop obrazidagi zulmat kuchlari oʻrtasidagi kurash, Osirisning oʻlimi va qayta tirilishi va boshqa egallaydi.

Misrliklar dini ilk urugʻdoshlik jamoalarida vujudga kelgan. Diniy anʼanalar mustahkam va turgʻun boʻlgan. Fetishizm, totemizm ayniqsa, hayvonlarga topinish, Misrda uzoq vaqt davom etgan. Politeizm mavjud boʻlgan. Deyarli har bir maʼbud qandaydir hayvon koʻrinishida tasvirlangan. Mac, Anubis maʼbudi boʻri, maʼbuda Bast — mushuk koʻrinishida tasvirlangan. Keyinchalik maʼbudlar insoniy qiyofa olgan. Aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullana boshlagach, turli xil tabiat kuchlarini oʻzida ifodalovchi maʼbudlarga, jumladan, osmon (maʼbud Nut), Yer (maʼbud Geb), Quyosh (maʼbud Ra), Oy (maʼbud Tot) va boshqa ga sigʻinish kuchaygan. Xapi maʼbudi obrazida M.lik dehqonlar Nil daryosiga sigʻinishgan. M.da juda boy diniy va jodu kitoblari yaratilgan. Afsunlar, duolar, sharxlar, maʼbudlarga iltijolar toʻplam qilingan (mas, "Ehrom matnlari", "Sarqofa matnlari", "Murdalar kitobi" va boshqalar). Qad. M. ilo-hiyoti antik dunyo dinlarida keng tarqalib, xristian aqidalari, urf-odatlariga katta taʼsir koʻrsatgan.

Misr tilida yozilgan eng qadimiy yodgorliklar miloddan avvalgi 3ming yillikka, soʻnggilari esa mil.ning boshlariga oiddir. M. adabiyoti namunalari bizgacha koʻplab iyeroglif, iyeratik va demotik matnlarda yetib kelgan. M. Adabiyoti Firʼavn Taharka ulkan lochin kiyofasidagi maʼbud, Gorga sajda qilmoqda (zarhal jez; Parij, Luvr).dunyodagi eng kad. adabiyotlardan biridir. M. adabiyotining asosiy janrlari: ertaklar, qissalar, madhiyalar va duolar, didaktik asarlar, masallar, dostonlar, sevgi lirikasi va boshqadir.

Badiiy adabiyot yodgorliklari bilan birga Misr adabiyotiga ehrom matnlari va adabiy salohiyatga ega boʻlgan shohlar va amaldorlarning bitiklari ham kiritiladi. M. adabiyoti qadimda boshqa xalqlar adabiyotiga, jumladan, yunon adabiyotiga (ayniqsa, yunonrim) ham taʼsir koʻrsatgan. Baʼzi syujetlar yunonlar orqali Yevropa xalqlari adabiyotiga kirib kelgan.


Download 46,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish