Atom fizikasi vositalari yordamida vaqt birligini aniqlash va amalga oshirish.
Insonlar ko’p yillar davomida vaqtni yana ham aniq o’lchashga intilishdi. Bu borada texnika va ilm-fan rivojlanishi katta yordam berdi. Yani atom soatlari ishlab chiqildi. Bu esa vaqtni juda ham aniq hisoblashga yordam berdi. Bunda aniqlik juda ham katta. Bir necha milliard yilda 1 soniyaga adashishi mumkin. Bunda bir soniya etib atom massasi 133 ga teng bo’lgan seziyning o’tishi mos keladigan ikkita ma’lum atomlar orasida 9 192 631 770 ta nurlanish hosil bo’lishiga ketadigan vaqt nazarda tutiladi.