Atom fizikasi vositalari yordamida vaqt birligini aniqlash va amalga oshirish. - Fiziklar jahondagi eng aniq atom soatlarini ishlab chiqishdi AQSH va Singapur fiziklari ayni damda jahonning eng aniq ishlovchi atom soati deb hisoblanayotgan qurilmani ishlab chiqishdi. Yangi soatlar 15 milliard yilda atigi bir soniyaga adashishi mumkin – taqqoslash uchun, olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, astronomik Olamning yoshi 13,8 milliard yilga teng. Yangi qurilma xona haroratida ishlay oladi va o‘zidan avvalgi atom soatlaridek kriogen sovutishni talab qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |