sistemasining boshqa xususiyatlari mavjudligi to ‗g ‗risida ilmiy taxminlar ilgari
surilgan, chunonclii: senzitivlik, reaktivlik va hokazo. B.M. T eplov ilm iy
maktabida I.P. Pavlov tadqiqotlarida aniqlangan nerv sistem asining xususiyatlari
to'g'risidagi nazariya va taxm inlar muayyan darajada kengaytirilgan hamda
temperametning tub mohiyatini tushuntirishga qulay imkoniyatlar yaratilgan.
Lekin shunday chuqur izlanishlar olib borilishiga qaramay, psixologlar tomonidan
noma‘lumligicha qolmoqda. Shu bois, nerv sistem asining xususiyati to ‗g ‗risidagi
ilmiy m ushohadalar faqat shartli reflektor faoliyati bilan o‘zaro bog‘liq individual
xususiyatlar turkumiga taalluqli umumiy sabablar bo'yicha talqin qilishni
ifodalaydi, xolos. Nerv sistem asi xususiyatlari bilan temperamentning bog'liqligi,
aksariyat hollarda, mana bunday omillarning mohiyatida aks etishi mumkin.
Jumladan, negizida nerv sistem asining faraz qilingan fiziologik xususiyati yotgan
shartli reflektor faoliyatining o lzaro b og'liq individual xususiyatlarining muayyan
turkumi shaxsda qanchalik ko'p mujassamlashsa temperament unga mutanosib
xususiyati ham xuddi shu darajada namoyon bo‘ladi yoki aksincha, shuncha kam
ifodalanishi kuzatiladi:
1) insonda shartli refleks shakllangan bo‘lsa-da, lekin u tez so‗na boshlasa;
2) tashqi qo‘zg‘ovchi shartli refleksda kuchli tormozlanishni vujudga keltirsa;
3) shaxs kuchsiz q o ‗zg‗ovchilarga kuchli qo‘zg‗ovchilar singari shiddat bilan
reaksiya qaytarsa;
4) odam kuchsiz q o ‗zg‗alish jarayoni bilan uyg‗unlashgan xususiyatlarni
aniqlasa;
5) insonda kuchli emotsional qo‘zg‘alishi ham da diqqatning chalg‘ishi yuzaga
keladi.
Yuqorida ta‘kidlab o'tilganidek, LP. Pavlov ta'limotida temperamentning
psixologik ta'siri nerv sistem asining barcha xususiyatlari bilan aloqadorligi yoki
uning tipiga tegishli ekanligi tushuntiriladi. Shu bois temperamentning u yoki bu
xususiyati nerv sistem asining birorta xislati bilan em as, balki xususiyatlarning
turkum lari bilan aloqaga kirishadi. Buning ta‘sirida, nerv sistemasi
xususiyatlarining miqdoriy munosabatlarida temperament xususiyatlari ham
sifat o ‗zgarishini yasaydi. Yigirmanchi asrning 6 0 —7 0 -yillarida ushbu soha
bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarning ko'rsatishicha, temperamentning psixologik
tavsifi bilan I.P. Pavlovning tiplari o ‗rtasida o‘xshashlik aloqalari mavjudligiga
hech qanday shubha yo‘qdir. Temperamentga taalluqli nerv sistemasining tiplari
ham insonga, ham hayvonlarga tegishli b o ‗lib, ular um um iy tiplar deb nom
lanadi. Binobarin, tem p eram en tn in g fiziologik aso si—bu nerv sistemasining
um um iy tiplaridir. Biroq, 1. P. Pavlovning tiplari bu nerv sistem asi
xususiyatlarining tanho tipik birikmasi emasdir, chunk! keyinchalik bu borada
yangi birikmaiar topiladi. L ekin ajratilgan tiplarning barchasi bir tekis ahamiyatga
m olik emasligi tufayli ularning eng asosiylari kuchli va kuchsiz tiplardan tashkil
topadi.
TEMPERAMENTNI ANIQLOVCHI TEST
Temperament insonning tug‗ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir.
Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud:
SANGVINIK
XOLERIK
FLEGMATIK
MELANXOLIK
Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko‘ramiz. Quyidagi
vaziyatni o‘qib chiqib, xarakteringizga xos, miyangizga kelgan birinchi fikrni
javoblar ichidan tanlang. O‘zingizni odobli ko‘rsatish shart emas. Aks holda,
sizning temperamentingiz noto‘g'ri aniqlanadi. Marhamat!
Do'stingizni kutib o‘tiribsiz. Uning tug'ilgan kuni uchun so‘ngi pulingizga gul sotib
olgansiz. Ammo to‘satdan bir kishi kelib gulingizni ustiga o‘tirib oldi. Bunday
vaziyatda u kishiga nima deysiz?
A) ―Nima qilganingiz, amaki? Bu gulni axir oxirgi pulimga olgandim. Farosatingiz
bormi?‖ deya jahl qilib baqirishni boshlayman.
B) ―Amaki, gulimga o‘tirib oldingiz-ku. Ja chaqqon odam ekansiza?‖ deb hazilga
buraman va kulib turaman.
C) ―Amaki, meni kechirasizu, boshqa gul olib berishingizga to‘gri keladi. Yaqin
insonimga olgandim‖, deya og‘ir bosiqlik bilan to‘g'ri tushuntiraman.
D) ―Amaki, nima qilib qo‘ydingiz‖ deya siqilaman va indamayman.
NATIJALAR:
A). XOLERIK - Juda g‗ayratli, jizzaki, jahldor, qaysar, ishga ehtiros bilan berilish
qobiliyatiga ega bo‗lgan, tez va shiddatli, qizg‗in emotsional «portlash» va
kayfiyatning keskin o‗zgarishlarga moyil ekanidan dalolat beradi, ildam harakatlar
qiladigan kishi.
B). SANGVINIK – quvnoq va hushchachaq, har qanday yangi ishni qiziqish bilan
qabul qiladi, bardoshli va ishchan, nutqi baland, tezkor, ravshan, jonli, imo-ishorali
va ma'noli xatti- harakatli, kutilmagan, murakkab holatlarda o‗zingizni
yo‗qotmaysiz, doimo bardam kayfiyatdasiz. tez uxlaysiz va tez uyg‗onasiz, atrofda
bo‗layotgan vazifalarga tez munosabat bildirasiz, ta'assurotlarni hadeb
o‗zgartirishga intiluvchi, ko‗ngilsizliklarni nisbatan yengil o‗tkazib yuboruvchi,
jonli, harakatchan, ifodali mimikasi va harakatlari bo‗lgan shaxs.
C). FLEGMATIK - nutqi xotirjam, sokin, keskin tuyg‗ularsiz, imo-ishora va xatti-
harakatlarsiz, vazmin va sabr-toqatli, boshlagan ishingizni doimo oxiriga
yetkazasiz, kuchni bekorga sarflamaysiz, kun tartibiga qat'iy rioya qilasiz. Yuragi
keng, intilishlarda barqaror, turg'un va chuqur his-tuyg‗ularga ega insonsiz.
D). MELANXOLIK - tortinchoq va uyatchan. Yangi sharoitlarda o‗zingizni
yo‗qotib qo‗yasiz, notanish kishilar bilan muloqot o‗rnatishda qiynalasiz, o‗z
kuchingizga ishonmaysiz, yolg‗izlikka oson ko‗nikasiz, omadsizliklar oldida
tushkunlikka va sarosimaga tushasiz, o‗zingizni tutib turolmaysiz. Tez charchaysiz,
nutqingiz kuchsiz, sokin. Ba'zan shivirlashgacha tushib qoladi, suhbatdoshini
xarakteriga beixtiyor moslashib qoladi, ta'sirlansa ko‗zyosh to‗kadi, chuqur
kechinmali, gap ko‗tara olmaydigan, ammo atrofdagi voqealarga unchalik e‘tibor
bermaydigan, o‗zini to‗xtata oladigan va sekin ovoz chiqaradigan kishi.
Do'stlaringiz bilan baham: