Muhaddislar sultoni ubaydulla Uvatov tarix fanlari doktori, professor


- bob. Ota-ona duosini olmay jannatga kirib bo‘lmas



Download 369,61 Kb.
bet8/9
Sana20.06.2022
Hajmi369,61 Kb.
#685945
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MUHADDISLAR SULTONI

10- bob. Ota-ona duosini olmay jannatga kirib bo‘lmas

  • 21.Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.): »Xor bo‘lsin, xor bo‘lsin, xor bo‘lsin!« — deb o‘n martaba takror qildilar. Shunda sahobiylar: »Yo Rasululloh, kimni aytayapsiz?« — deb so‘rashdi. Rasululloh (s.a.v.): »Ota-onasining ikkalasi yoxud bittalari keksayib qolgan vaqtida (ularni rozi qilmay) o‘zini do‘zaxga tushishga mubtalo qilgan kishini», dedilar.

11- bob. Ota-onasini rozi qilgan kishining umri uzoq bo‘lishi haqida

  • 22.Saxd ibn Muoz (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.): »Kim ota-onasini rozi qilsa, unga tubo nasib bo‘lib, Alloh taolo uning umrini ham ziyoda qiladi«, dedilar»

Bandaning umri azaldan taqdir qilingan. Bu o‘rinda umrning uzoq bo‘lishi degan gap farovonlikka, rizqning mo‘lligiga, dunyoviy ishlarning barakali bo‘lishiga ishoradir.
Tubo — jannatdagi bir daraxt nomi .
12- bob. Mushrik ota uchun Allohdan afv so‘ramaslik haqida

  • 20.Abdulloh ibn Abbos(r.a.) aytdilar: «Alloh taoloning: »Rabbingiz, Uning O‘zigagina ibodat qilishingizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. (Ey, inson!) Agar ularning biri yoki har ikkisi huzuringda keksalik yoshiga yetsalar, ularga «uf»!..« dema va ularni jerkima. Ularga (doimo) yoqimli so‘z ayt! Ularga mehribonlik bilan xorlik qanotini past tut va (duoda) ayt: »Ey, Rabbim! Meni (ular) go‘daklik chog‘imda tarbiyalaganlaridek, Sen ham ularga rahm qilgin«(17:23, 24), degan oyatlarning hukmi »Tavba« surasidagi: »Na payg‘ambar va na mo‘minlar mushriklar uchun, garchi ular qarindoshlari bo‘lsa ham — ularning do‘zax ahli ekanlari ma’lum bo‘lgandan keyin – istig‘for (gunohlarini kechirishni) so‘rashlari joiz emas«, degan oyat bilan nasx qilingan (9:113)», dedilar».

Uff — jerkish, sendan bezor bo‘ldim, degan ma’noda.
13- bob. Ota-ona mushrik bo‘lsa ham yaxshilik qilish haqida

  • 21.Sa’d ibn Abi Vaqqos (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: «Alloh taolo Qur’oni karimdagi to‘rt oyatni mening haqimda tushirdi. Onam: “Sen Muhammaddan ajralmaguningcha men hech narsa yemayman ham, ichmayman ham”, deb qasam ichgan edi. Shunda Alloh taolo: »Agar ular (ya’ni ota-onang seni o‘zing bilmagan narsalarni Menga sherik qilishga zo‘rlasalar, u holda ularga itoat etma!..« Ammo ularga yaxshilik qilaverish buyurilgan. (31:15). Ikkinchi oyat: g‘azotda olingan o‘lja mollar ichida bir qilich menga yaxshi ko‘rindi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan shu qilichni menga bering, deb so‘raganimda, Alloh taolo: »Sizdan (ey, Muhammad!) o‘ljalar haqida so‘raydilar…«, degan »Anfol« surasining 1 oyatini tushirdi. Uchinchi: men betob bo‘lib qolgan vaqtimda Rasululloh (s.a.v.) ahvolimni so‘ragani keldilar. Shunda men: »Yo, Rasulalloh, men mollarimni taqsim qilib qo‘ymoqchiman. Shundan yarmini Alloh taolo yo‘liga vasiyat qilsam bo‘ladimi?« — deb so‘radim. Rasululloh (s.a.v.): »Yo‘q, bo‘lmaydi«, dedilar. »Bo‘lmasa ularning uchdan birini vasiyat qilsam», deganimda Rasulullo? (s.a.v.) sukut etdilar. Mana shundan keyin mollarimning uchdan birini vasiyat qilish joiz bo‘ldi . To‘rtinchi: ansorlardan bir nechtasi bilan o‘tirib ichkilik ichdik. Shunda ulardan bittasi tevaning iyagi bilan mening burnimga urdi. Keyin Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borganimda, Alloh taolo ichkilikni harom qilib oyat tushirdi (2:219) , dedilar.

1 Vasiyat haqida oyat yoki bu haqdagi hukm Rasululloh hadislari bilan sobit bo‘lgan . 2 Bir qator mufassirlar ichkilikning ma’n etilishi uch bosqichdan iborat ekanligini ko‘rsatib o‘tganlar. Umar ibn Xattob .

  • 22.Abu Bakr Siddiq (r.a.)ning qizlari Asmo‘ (r.a.) aytdilar: «Onam biror narsa umidida huzurimga keldi. Shunda Rasululloh (s.a.v.)dan: »Onam kelib qoldi. Unga silai rahm qilib biror narsa bersam bo‘ladimi?« — deb so‘radim. »Ha, silai rahm qilsang bo‘ladi«, dedilar». Ibn O‘yayna (r.a.) aytdilar:«Alloh taolo: »Din to‘g‘risida sizlar bilan urushmagan va sizlarni o‘z yurtingizdan (haydab) chiqarmagan kimsalarga nisbatan yaxshilik qilishingiz va ularga adolatli bo‘lishingizdan Alloh sizlarni qaytarmas« (60:8), degan oyatni tushirdi».

Asmo‘ning onasi Qayla bint Abdu-l-Izzi Islomni qabul qilmagan edi .

  • 23.Abdulloh ibn Umar (r.a.)aytdilar: «Otam Hz. Umar ibn Xattob (r.a.) ipakdan ikki qavat tikilgan bir kiyimni sotib olishni janob Rasulullohga tavsiya qilib: »Yo Rasulalloh, buni jum’a kunlari va atrofdan elchilar kelganda kiyib chiqasiz«, dedilar. Rasululloh (s.a.v.) otamning takliflarini qabul qilmay: »Bunday kiyimni oxiratdan nasibasi yo‘q kishilar kiyadi«, dedilar. Shundan keyin Rasululloh (s.a.v.)ning o‘zlariga shunday kiyimlardan qanchasi hadya sifatida kelib qoldida, undan bittasini otamga yubordilar. Otam: »Yo Rasulalloh, buni men nima uchun kiyaman, axir o‘zingiz bunday kiyimni oxiratdan nasibasi yo‘q kishilar kiyadi«, degan edingiz-ku, deganlarida, Rasululloh: »Men sizga kiyasiz deb emas, balki sotib, aqchasini biror hojatingizga yaratarsiz yoki biror kishiga kiydirarsiz, deb yubordim«, dedilar. Hz. Umar (r.a.) o‘sha kiyimni hamon musulmon bo‘lmagan bir birodarlariga yubordilar».

Boshqa sahobiylar may aql va boylikni ketkazuvchi ofat ekanidan Payg‘ambar (a.s.)ga shikoyat qilganlaridan keyin «Baqara» surasining mazkur oyati (219 oyati) vahiy qilingan. Ikkinchi bosqich — Abdurrahmon ibn Avf mast holda imomlik qilganlarida, oyatni qo‘pol ravishda buzib qiroat qilgan. Shundan keyin «Niso» surasining 43 oyatida mast holatda namozga yaqinlashmaslik buyurilgan. Uchinchi va oxirgi bosqich — Atbon ibn Molik degan sahobiyning uyida ziyofat paytida mast bo‘lib qolgan mehmonlar o‘zaro janjallashib qolganlar. Shundan keyin Umar ibn Xattob (r.a.) Allohga iltijo bilan:«Ey, xudoyim, may to‘g‘risida keskin bir hukm nozil et!» — deb duo qilganlarida «Moida» surasining 90 oyati bilan may ichish qa’tiy ma’n etilgan« (shayx Abdulaziz Mansur, »Qur’oni karim ma’nolarining tarjimasi va tafsiri». Toshkent Islom universiteti matbaa- nashriyot birlashmasi, 2004, 34 bet).

Download 369,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish