Davlat tili
Davlat tili — muayyan mamlakatda qonun
chiqarish, ijroiya va sud hokimiyatlarida
ish yuritish uchun rasmiy belgilangan til.
Odatda, koʻp millatli mamlakatlarda, mas,
Hindiston, Kanada, Shveysariyada qaysi
til yoki tillar rasmiy ekanligi
konstitutsiyalarida belgilab qoʻyilgan.
Davlatlarning koʻpchiligida rasmiy til bilan
D.t. aynan bir xildir. Faqat ayrim
mamlakatlardagina rasmiy til maqomi
D.t. maqomidan farqlanadi. Mas,
Shveysariyada konstitutsiyaga binoan
nemis, fransuz, italyan tillari — rasmiy til;
nemis, fransuz, italyan va retoroman
tillari — D.t. sanaladi.
Oʻzbekistonda shoʻrolar hukmronligi
paytida D.t. haqida umuman gapirish
ham mumkin boʻlmagan, aksincha oʻzbek
tilining ijtimoiy xdyotda qoʻllanilishi
tobora cheklanib qolgandi. Jamiyatni
qayta qurish maʼnaviy poklanishni
boshlab berdi. Uning natijasi oʻlaroq
"Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili
haqida"gi qonun qabul qilindi (1989 y. 21
okt.). Bu qonun oʻzbek xalqi milliy
ongining rivojlanishida, mamlakat
mustaqilligi mustahkamlanishida,
madaniy merosning tiklanishida muhim
rol oʻynadi. Mazkur qonun qoidalari
Oʻzbekiston Konstitutsiyasida
mustahkamlab qoʻyildi. Konstitutsiyaning
4-moddasiga binoan Oʻzbekistonda D.t.—
oʻzbek tilidir. Qoraqalpogʻistonda bunday
maqom qoraqalpoq tiliga ham berilgan.
Mamlakatda yuz berayotgan real
jarayonlar va imkoniyatlarni hisobga olib,
lotin yozuviga asoslangan oʻzbek
alifbosini uzil-kesil joriy etishni
bosqichma bosqich amalga oshirib
borish vazifasi til islohoti bilan bogʻliq
masalalarga zarur tuzatishlar kiritish
ehtiyojini tugʻdirdi, respublika hali sobiq
Ittifoq tarkibida boʻlgan va madaniy-
maʼnaviy sohada oʻziga xoslikni
mustahkamlashga intilgan bir sharoitda
qabul qilingan D.t. haqidagi qonunning
koʻpgina moddalariga oʻzgartirishlar va
qoʻshimchalar kiritishni taqozo etdi.
Natijada 1995 y. 22 dek.da Oʻzbekiston
Respublikasining D.t. haqidagi qonuni
yangi tahrirda qabul qilindi. Oʻzbek
tilining Oʻzbekiston Respublikasi
hududida D.t. sifatida amal qilishining
huquqiy asoslari ushbu qonun va b.
qonunlar bilan belgilanadi. Oʻzbekiston
Respublikasida D.t.ni oʻrganish uchun
barcha fuqarolarga shart-sharoit
yaratiladi hamda millatlar va elatlarning
tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda
boʻlish, ularning rivojlanishi taʼminlanadi.
D.t.ni oʻqitish bepul amalga oshiriladi (4-
modda). D.t.ga yoki boshqa tillarga
mensimay yoki xusumat bilan qarash
taqiqlanadi. Fuqarolarning oʻzaro
muomala, tarbiya va taʼlim olish tilini
erkin tanlash huquqini amalga oshirishga
toʻsqinlik qiluvchi shaxslar qonun
hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar
(24-modda). Mamlakatda demokratik,
baynalmilal tamoyillarga rioya qilinib, har
bir millat va elatning erkin rivojlanishi,
ularning til mustaqilligi va tengligi
taʼminlangan. Taʼlimtarbiya ishlari oʻzbek
tilidan tashqari tojik, rus, qozoq, koreys,
turkman, qirgʻiz tillarida ham amalga
oshiriladi. Milliy markazlarning faoliyati
uchun yetarli imkoniyat yaratilgan.
Shaxsga millati, irqi, tili, urf-odat va
anʼanalariga qarab biror imtiyoz berish
yoki shu vajdan huquqlarini cheklash
javobgarlikka sabab boʻladi.
Abdumajidov F ., Davlat tili haqida
(qonunga sharhlar), T., 1998.
Gʻafur Abdumajidov.
[1]
Adabiyot
Manbalar
Soʻnggi tahrir 1 yil avval 89.241.98.153 tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-
yil
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Davlat_tili&oldid=2068797
"
dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |