Muashshar haqida ma’lumot



Download 31,83 Kb.
bet1/2
Sana31.03.2023
Hajmi31,83 Kb.
#923483
  1   2
Bog'liq
Muashshar janri


MUASHSHAR HAQIDA MA’LUMOT
O‘zbek mumtoz adabiyotida musammat she’r shakl-
larini aniqlash uchun xizmat qiladi. Musammat arabcha
so‘z bo‘lib, «ipga terilgan marvarid» ma’nosini bildiradi,
she’r bandlarining turlarini va tartibini anglatadi. Musam-
matlar she’r bandlaridagi misralarning soniga qarab bir
necha turli bo‘ladi. Shulardan biri muashshardir.
Muashshar o‘n banddan iborat bo‘lib, uning har bir bandi
o‘n misradan tashkil topgan bo‘ladi. Muashsharning bi-
rinchi bandi, ya’ni o‘n misra o‘zaro qofiyalanadi. Qolgan
bandlarning so‘nggi ikki misrasida birinchi banddagi
qofiya tizimi saqlanib qoladi (a-a-a-a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-
b-b-b-b-b-a-a). 
O‘zbek she’riyatida Nodiraning «Firoqnoma»si mu-
ashshar janrining yuksak namunasi hisoblanadi. 
MUHAMMAD AMIN MUQIMIY
(1850–1903)
O‘zbek mumtoz adabiyotini o‘zining sermahsul ijodi
bilan boyitgan Muhammad Aminxo‘ja Muqimiyning
adabiyotimiz ravnaqiga qo‘shgan hissasi asarlarining o‘zi
yashagan davrdayoq xalq muhabbatiga sazovor bo‘lgan-
ligi, xalq ichiga singib ketganligi, kuyga solinib,
qo‘shiqlarga aylangani, nasldan naslga o‘tib yashab kela-
yotganligidadir. 
Atoqli demokratik shoir Muqimiy XIX asrning 2-
yarmi XX asrning boshlarida (1850–1903) yashab ijod
etdi. Hunarmand oilasida dunyoga keldi. Uning otasi
Mirzaxo‘ja asli toshkentlik bo‘lib, Qo‘qonga borib
turg‘un bo‘lib qoladi. Onasi Bibioysha zamonasining
ziyrak, quvnoq, badiiy zavqi yuksak ayol edi. Bu ma’-
naviy xislat o‘g‘li Muqimiyga ham ta’sir etdi, she’riyatga
bo‘lgan qi-ziqishini orttirdi. Yoshligida oilada onasidan
xalq og‘zaki ijodi namunalarini o‘rganganligi va Sharq
nazmining Hofiz, Alisher Navoiy, Fuzuliy kabi mashhur
namoyandalari ijodi bilan tanishishi undagi badiiy zavqni
rivojlantirdi. Yoshligidan boshlab she’rlar mashq qila
boshladi. U Qo‘qon, Buxoro madrasalarida tahsil oldi. 
Muqimiy mumtoz janrning g‘azal, muxammas, mu -
rab ba’, masnaviy turlarida ijod qildi. U she’rlarida keng
ma’nodagi muhabbatni, lirik qahramon kechinmalari, is-
taklari, armonlari, sevinch va alamlarini gavdalantirdi.
Shuningdek, Muqimiy ijodida hayotni sevishga, undan
zavqlanishga chaqirish, turmushning ozod va baxtiyor
bo‘lishini orzu qilish yetakchi o‘rinda turadi. Lekin ikki -
yoqlama zulm hukmronlik qilgan adolatsiz jamiyatda
shoir niyatlarini amalga oshirish mumkin emas edi. Shu
bois uning lirikasida «Tole zabunlik», «Zulm», «Jabr-u
sitam», «Charxi kajraftor»dan shikoyat qilib, «bulbullar
o‘rnini zog‘lar» olgani, «ahli tamiz» xor bo‘lib, «nodon-
lar»ning izzat-ikromda ekanligi tasvirlanadi. Ko‘rinadiki,
hayotdagi qarama-qarshi yashash tarzi shoir ijodida o‘z
aksini topgan.
Muqimiyning g‘azal, muxammas va murabba’lari maz -
munning aniqligi, ravshanligi, uslubining ravon va ye-
n gilligi vaznining quvnoq va o‘ynoqiligi bilan jozibalidir.
Quyida uning murabba’ va g‘azallari bilan tanishasiz. 
1. Muqimiyning yoshligidan she’riyatga qiziqishi
sabab bo‘lgan omillar haqida gapiring.
2. Shoir lirikasining mazmun-mohiyati nimada edi?
3. Muqimiy she’rlarida lirik qahramoni kechin-
malariga davrning ta’siri qanday ifodalangan?


Download 31,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish