Муаммолари республика илмий-амалий конференцияси материаллари


MAVHUM QAYNASH QATLAMLI QURITISHNING ENERGETIK



Download 41,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/438
Sana02.07.2022
Hajmi41,23 Mb.
#733202
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   438
Bog'liq
Ганиев Парпиев тўплам 1 ҚИСМ 25 05 2022

MAVHUM QAYNASH QATLAMLI QURITISHNING ENERGETIK 
SAMARADOR USULLARI 
Gʻanijonov D.I., Abdullayeva S.Sh., Hakimova G. 
Toshkent kimyo-texnologiya institutш 
 
Oxirgi vaqtda kimyo va oziq - ovqat sanoatlarining barcha korxonalarida 
mavxum qaynash jarayonlari keng koʻlamda qoʻllanilmoqda. Ushbu jarayon 
aralashtirish, uzatish, sochiluvchan materiallarni klassifikasiyalash, issiqlik 
almashinish, quritish, adsorbsiya, absorbsiya, granullash, kristallanish va boshqa 
jarayonlarda 
yuqori natijalar bermoqda. Gaz energiyasi xisobiga qattiq 


300 
zarrachalarning bir - biriga nisbatan tartibsiz xarakatiga, ya’ni qatlam xuddi 
qaynayotgandek boʻlib koʻrinishiga «qattiq jism - gaz» ikki fazali sistemaning 
mavxum qaynashi deb ataladi. Ishchi eltkich ta’sirida xosil boʻlgan mavxum qaynash 
sistemasining mavxum qaynash yoki qaynash qatlami deb nomlanishining kelib 
chiqish sabablaridan biri, ushbu qatlamga tomchili suyuqliklar koʻp xossalarining 
mosligidir. Agar, qattiq material qatlamining mavxum qaynash xolatini ta’minlovchi 
tezlik bilan yuqoriga qarab ishchi eltkich xarakat qilsa, mavxum qaynash qatlami 
xosil boʻladi. Bunday ijobiy natijalar mavxum qaynash jarayonining quyidagi 
afzalliklari bilan belgilanadi: 1-Qattiq zarrachalar intensiv aralashishi, qurilmaning 
butun xajmi oʻylab material temperaturasi va konsentrasiyalarining tekislanishiga 
olib keladi. Bu xol oʻz navbatida jarayonni optimal tashkil etishga xalaqit beruvchi 
qattiq zarrachalarni lokal Oʻta qizib ketish oldini oladi; 2-Kichik boʻlchamli, katta 
solishtirma yuzali zarrachalar qayta ishlanganda issiqlik va massa almashinish 
yuzalari keskin ortadi, xamda diffuzion qarshilik kamayadi. Bu xol oʻz navbatida 
qurilmaning ish unumdorligini oshirishga olib keladi; 3-Issiqlik almashinish 
jarayonlari intensivlashadi, bu esa issiqlik almashinish qurilmalari ishchi xajmlarini 
kamaytirish imkonini yaratadi; 4-Mavxum qaynash qatlamli qurilmalar gidravlik 
qarshiligi kichik boʻladi va gaz oqimining tezligiga bogʻliq emas; 5-Qattiq 
zarrachalar va ishchi eltkichlar xossalari juda keng oraliqda oʻzgaradigan, xamda 
suspenziya va pastasimon materiallar ham mavxum qaynash jarayonida qayta 
ishlanishi mumkin; 6-Mavxum qaynash qatlamli qurilmalar tuzilishi sodda, ixcham 
va oson avtomatlashtiriladi. 1-rasmda qattiq zarrachalar qatlamining pastdan yuqoriga 
koʻtariluvchi oqim tezligiga bogʻliqlik 3 xolati tasvirlangan. Gaz taqsimlash toʻri 
orqali pastdan yuqoriga qarab kichik tezlik bilan gaz yoki suyuqlik oqimi yuborilsa, 
donador qatlam qoʻzgʻalmas xolatida qoladi (1a-rasm). Bunda oqim tezligi oʻzgarishi 
bilan
qatlamning 
xarakteristikalari 
Oʻzgarmaydi. Qatlam orqali oʻtayotgan 
gaz (yoki suyuqlik) oddiy, filtrlanib 
xarakatlanadi. Lekin, gaz (yoki suyuqlik) 
oqimining tezligi asta - sekin oshirib 
borilsa, tezlikning ma’lum bir kritik 
qiymatida 
qatlamdagi 
zarrachalar 
ogʻirligi bilan oqimning gidrodinamik 
bosim kuchi 
tenglashadi. 
Bunda 
qatlamning 
qoʻzgʻalmas xolati buziladi va uning 
gʻovakliligi, balandligi koʻpayib boradi. 
Shu vaqtda qatlam zarrachalari siljib 
boshlaydi va qatlam oquvchanlikka ega boʻlib boshlaydi. Agar gaz oqimi tezligi 
yanada oshirilsa, qatlam kengayadi, zarrachalar xarakati faollashadi, lekin 
gidrodinamik muvozanat xali ham buzilmaydi. Bu xol qatlamning mavxum qaynash 
jarayoniga oʻtganligini koʻrsatadi ya’ni butun qatlam xuddi qaynayotgandek boʻlib 
1-rasm. qattiq zarrachalar qatlami orqali gaz 
(suyuqlik) xarakati a-qoʻzgʻalmas qatlam; b-
mavxum qaynash qatlami; v - qattiq 
zarrachalarning oqim bilan chiqib ketishi. 


301 
koʻrinadi. Qatlamning bunday xolatida qattiq zarrachalar intensiv, tartibsiz, turli 
yoʻnalishlarda xarakat qiladi. 
Qatlam qoʻzgʻalmasligi buzilib, mavhum qaynash xolatiga oʻtish paytidagi 
tezlik mavhum qaynashning boshlanish tezligi yoki birinchi kritik tezlik deb 
nomlanadi va w
mk
xarfi bilan belgilanadi.Agar, gaz oqimi tezligini w
mk
gacha oshirib 
borilsa donador qatlam gidravlik qarshiligi ortib boradi. Lekin,w
0
qiymati oshishi 
bilan qatlamning balandligi umuman oʻzgarmaydi.Oqimning gidrodinamik bosim 
kuchi qattiq zarrachalar qatlami ogʻirlik kuchiga teng boʻlganda mavxum qaynash 
jarayoni boshlanadi. Agar tezlik yana oshirilsa, mavxum qaynash muvozanati buzilib, 
qurilmadan gaz oqimi bilan zarrachalar yoppasiga uchib chiqa boshlaydi. Ushbu 
xolatga oid tezlik uchib chiqish tezligi yoki ikkinchi kritik tezlik deb yuritiladi va w
3
belgi bilan ifodalanadi. Ushbu xodisa gisterezis deb nomlanadi. Yuqorida qayd 
etilgan afzalliklar bilan birga, mavxum qaynash jarayonining quyidagi kamchiliklari 
bor: 
- bir seksiyada zarracha va ishchi eltkichlarning boʻlish vaqti bir xil emas;- 
mavxum qaynash qatlamida zarrachalar bir - biriga urilishi natijasida yediriladi; 
- zarrachalarni yedirilishi natijasida xosil boʻlgan chang qurilmadan uchib 
ketadi. Bu xol, albatta qoʻshimcha chang ushlagichlar oʻrnatilishini taqozo etadi; 
- dielektrik material zarrachalari mavxum qaynash qatlamli qurilmalarda ishlov 
berilganda, statik elektr zaryadlar xosil qiladi. Bu esa, portlash xavfini tugʻdiradi. 
Qayd etilgan mavxum qaynash jarayonining kamchiliklari salmoqli emas va ular 
qisman yoki butunlay bartaraf qilinishi mumkin. Bizning vazifamiz esa, shunday 
kamchiliklarni oqilona bartaraf etish. 

Download 41,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   438




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish