192
2-AMINOETIL 2-(FENILAMINO)BENZOAT SINTEZI VA UNING NI(II)
TUZI BILAN HOSIL QILGAN KOMPLEKSI VA TADQIQOTI
Ahatov A.A.,Turayev X.X.,Tillayev X.R.,Kasimov Sh.A.
Termiz davlat universiteti
Fenilantranil kislotasi aromatik aminlarning kislotali hosilasi hisoblanadi. U
asosan oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida oʻz rangini oʻzgartish hususiyatiga ega.
Shuning uchun u analitik kimyoda ayrim moddalarni aniqlashda reagent sifatida
ishlatiladi. Bundan tashqari fenilantranil hosilalari tabiiy suvlar, turli tuproqlar
tarkibini
tekshirishda, boʻyoqlar, farmatsevtikada dori-darmonlar olishda keng
qoʻllaniladi. Fenilantranil hosilalari metallar bilan turli xil birikmalar hosil qilishi
oʻrganilgan. Ushbu tadqiqot ishida fenilantranil kislotasidan etilendiamin ishtirokida
yangi ligand sintezi, hamda uning nikel va mis tuzlariga ta’siri oʻrganilgan.
Fenilantranil kislotaning atsetondagi 10 % li 20 ml eritmasiga etilendiaminning
5 % li eritmasidan 11 ml aralashtiriladi. Jarayon 50-60°C haroratdan oshmagan
holatda magnitli aralashtirgich yordamida 2 soat davomida olib boriladi. Eritmaga 1-
2 tomchi sirka kislota eritmasidan tomiziladi. Soʻngra harorat 40-50°C oraligʻida olib
boriladi. Jarayon yakunlanganidan soʻng, mahsulotdan 5 ml alohida olamiz va unga 2
ml 5 % li NiCl
2
tuzi eritmasidan qoʻshiladi. Parallel ravishda yana 5 ml olib unga 2
ml 5 % li CuCl
2
eritmasidan qoʻshiladi. Hosil qilingan aralashmalarimizni yana 2 soat
davomida xona haroratida magnitli aralashtirgich yordamida aralashtiramiz. Jarayon
tugagandan soʻng eritmalarni alohida-alohida 48 soatga olib qoʻyamiz.
Belgilangan
vaqt yakunlanganida CuCl
2
tuzi solingan eritma tagida oq kichik-kichik kristallar
hosil boʻlganligini, NiCl
2
tuzi solingan eritma tagida esa och-yashil rangli kristallar
hosil boʻladi. Hosil qilingan NiCl
2
tuzi kristallarini filtrlab ajratildi va 3-4
marotaba
distillangan suv bilan yuvildi. Dastlabki ligand va hosil qilingan nikel tuzi
kristallarini IQ- spektrlarini olindi va shu asosida reaksiya tenglamalari yozildi.
Quyidagi rasmda keltirilgan 2-aminoetil 2-(fenilamino) benzoat (a) IQ-spektri
natijalariga koʻra 3387,00 sm
-1
sohada NH- guruhining valent tebranishi polasalari,
shuningdek 1647,21 sm
-1
sohada NH
2
guruhlarining
deformatsion tebranishi
kuzatilgan. 1058,92 sm
-1
sohalarda esa -O-C- guruhlari va aromatik halqaning
deformatsion tebranishi kuzatilgan. Uning Ni(II) tuzi bilan hosil qilgan kompleksi
IQ-natijalariga asosan aromatik halqa, -CH
2
- , -NH
2
va past yutilish sohalarida -NH2-
Me va Me-O- valent tebranish bogʻlari kuzatilgan.