2.Kognitiv kompetensiya(shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi)
Dars usuli
Suhbat, tushuntirish, “Savoljavob” metodi, “To‘g‘risini top”,”Loyiha” metodi
Dars turi
Bilim va ko’nikmalarni nazorat qiluvchi va mustahkamlovchi.
O’quv jarayonining amaliga oshirish texnologiyasi
O’qitish usullari: savoljavob.
O’qitish shakllari: guruhlarda ishlash, jamoaviy.
O’qitish vositalari:darslik, mavzuga oid dars taqdimoti, multimediya vositalari.
Monitoring va baholash: og‘zaki, amaliy vazifalar.
Tashkiliy qism
3 daqiqa
O’tilgan mavzuni so’rash
10 daqiqa
Yangi mavzu bayoni
7 daqiqa
Yangi mavzuni mustahkamlash
21 daqiqa
Darsni yakunlash va baholash
2 daqiqa
Uyga vazifa
2 daqiqa
I. Tashkiliy qism
a)
Salomlashish;
b)
Davomatni aniqlash;
c)
O’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish.
II. O’tilgan mavzuni so’rash: o’quvchilar o’rtasida savoljavob o’yinini tashkil qilish.
Bunda o’quvchilarga oldindan tayyorlangan savol yozilgan stikerlar doskaga yopishtirilib
qo’yiladi. O‘quvchilar 2 yoki 3 guruhga bo’linib, har bir o’quvchi o’ziga savol tanlaydi. Savolga
javob bergan guruh ishtirokchilari stikerlarini doskada qoldiradi. Javob bera olmagan o’quvchi
savolni o’zini yonida qoldiradi. Stikerlar soniga qarab g‘olib guruhlar aniqlanadi. Bundan tashqari
“To’g‘risini top” metodini o’tilgan mavzuni mustahkamlash hamda mavzuni so’rashda ishlatamiz.
Bunda o’quvchilardan tezkorlik talab qilinadi.
Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар
193
. “TO’G‘RISINI TOP”
Parallelogramm yuzi
S=a
2
Trapetsiya yuzi
S=(ah)2
Uchburchakni yuzi
S=(a+b)h/2
Doira yuzi
S=
2
Kvadrat yuzi
S=ah
III.Yangi mavzu bayoni.
Loyiha ishi mavzulari amaliy, nazariy va tatqiqot xarakterida bo’lishi mumkin. Amaliy ishda
geometriyadan o’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalar hayotiy vaziyatlardagi muammolarni
(keyslarni) yechishga qo’llaniladi. Nazariy loyiha ishlarida esa geometriyaning biror mavzusi
chuqurroq o’rganiladi. Tatqiqot ishlarida esa biror nostandart geometrik masala yoki hayotiy
muammoni yechish ustida izlanish olib boriladi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Mavzuni mustahkamlash uchun “Loyiha” metodidan
foydalanamiz. O’quvchilarga topshiriq beriladi. O’quvchilar 4 tadan guruhlarga bo’linadi.
Quyidagi rasmda keltirilgan uy devorini bo’yash uchun 70 000 so’m yetadimi? 1 m^2 0.6(
litr) bo’yoq ishlatiladi. 1 litr bo’yoq 7000 so’m. Berilgan o’lchamlarni foydalanib 1:100
masshtabda uy maketini yasang.
Darsni yakunlash va baholash: Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi,
VI.Uyga vazifa: Amaliy topshiriq. Mazkur loyiha ishi bo’yicha tatqiqot o’tkazing. Takrorlash.
GEOGRAFIYA FANINI O‘QITISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARDAN
FOYDALANISH IMKONIYATLARI
QO‘SHMATOVA N.X., Ohangaron tumani 45-maktab o‘qituvchisi
Mamlakatimizning taraqqiy etishi va jamiyatimizning ravnaq topishi ta`limning
rivojlanishiga bog‘liqdir. Ta`limning globallashuvi, innovatsion texnologiyalarning joriy
etilayotgani ta`lim sifatining oshishiga olib kelmoqda. Bugungi ta`limning rivoji o‘qituvchining o‘z
ustida ishlashi, ijodkor, izlanuvchan bo‘lishi, o‘quvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini
takomillashtirib borishni taqozo qilmoqda. O‘qituvchi dars jarayonida pedagogik texnologiyalar
asosida o‘quvchilarning ongidagi ilg‘or kuchlarga tayanib, ijodiy faollikni oshirib borishlari lozim.
Ta`lim sohasini sifatini oshirish va uni yetarlicha resurslar bilan ta`minlash maqsadida unga yangi
axborot texnologiyalarni joriy qilish lozim. Bu o‘z navbatida o‘quvchilarning fanlarni chuqurroq
o‘rganishga va ushbu sohada yangidan yangi imkoniyatlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Elektron
o‘quv adabiyotlari ishlab chiqish, elektron darsliklar va multimediyali dasturlar yaratish ta`lim
sohasida ko‘zlangan ijobiy natijalarga erishishning samarali yo‘llaridan biridir.
Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар
194
Geografiya fanlarini o‘qitishda axborot texnologiyalarga asoslangan interfaol o‘qitish
usullaridan foydalanish o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Quyida geografiya
darslarida qo‘llash mumkin bo‘lgan turli metodlardan namunalar beriladi. 5sinflarda geografiya
darsidagi “Yer tosh qobig‘ining boyliklari” mavzusida o‘tilgan darsni mustahkamlash bo‘limida
o‘quvchilarga yer yuzidagi eng baland tog‘lar va eng katta tekisliklar tasviri tushirilgan film
ko‘rsatiladi. O’quvchilar ularning nomlarini “Klaster” usulida yozishi mumkin.
O‘quvchilar bu jarayonni ekranda ko‘rsa ko‘nikma hosil bo‘ladi va xaritadan topishi oson
bo‘ladi. O‘quvchilarning tasavvur qilish qobiliyati oshiriladi. 6sinfda Materiklar va okeanlar
geografiyasi kursida “Janubiy Amerikaning tabiat zonalari’’ mavzusini bayon etishda o‘quvchilar
kichik guruhlarga bo‘linib, har biriga alohida vazifa beriladi. Ekranda “Tabiat zonalarining
tuproqlari, o‘simliklari, hayvonlari ko‘rsatiladi. Guruhlarga tabiat zonalari yozilgan tarqatma
materiallar beriladi. Har bir guruh ekranda ko‘rgan narsalarni yozishadi.
Iguruh.
Ekvatorial
o‘rmonlar
zonasi.
Tuprog‘i: qizil, sariq ferralitlar. O‘simligi: seyba, geveya, palma, qovun daraxti, lianalar.
Hayvonlari: maymunlar, yalqov qurbaqa, kaltakesak, anakonda, karibar. Har bir guruh o‘z zonasini
taqdimotini tayyorlaydi. O‘qituvchi berilgan taqdimotni umumlashtirib, qo‘shimcha ma`lumotlar
bilan to‘ldiradi. “O‘rnini top’’ metodi asosida mustahkamlash mumkin. Kartochkalarga turli nomlar
yozilgan. Doskada tabiat zonalarining nomlari yozilgan. O‘quvchilar kartochkadagi nomlar qaysi
tabiat zonasiga tegishli bo‘lsa, o‘sha qatorga belgilashadi. Kim o‘z o‘rniga qo‘ysa
rag‘batlantiriladi. Bu didaktik o‘yin o‘quvchilarni darsga yanada qiziqtiradi.
N Ekvatorial o‘rmon
Dashtlar
1
Maymun
Lama
2
Anakonda
Chalov
3
Seyba
Betaga
4
Bals
Tuyaqush
7sinflarda “Ko‘llar va suv omborlari’’ mavzusini yoritishda o‘quvchilarga kichik film qo‘yib
beriladi. O‘rta Osiyodagi ko‘llar va suv omborlari ko‘rsatiladi. O‘rta Osiyodagi eng katta ko‘l Orol
ko‘lidir. Orol ko‘lining qurib borayotganligi haqidagi film tahlil qilihadi. O‘quvchilarga muammoli
savol beriladi. Nima uchun Orol ko‘li qurib borayapti? Bu yerda “Nima uchun?’’ metodidan
foydalanish mumkin. Bunda har bir o‘quvchi qatnashadi.
TOG`LAR
Himolay
Tyanshan
And
Tibet
Kavkaz
Pomir
TEKISLIKLAR
Turon
Sharqiy
yevropa
Amazonka
G`arbiy Sibir
Buyuk Xitoy
Hind-Gang
Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар
195
Bu fikrlarni yana davom ettirish mumkin. Darsni mustahkamlash uchun Orol ko‘li
muammosining oqibatlarini “Aqliy hujum’’metodidan foydalanib tahlil qilish mumkin. Orolning
sathi 16,5m ga pasaygan. Dengiz qirg‘og‘idan 100150 km gacha chekingan. Hozirgi kunda faqat
g‘arbiy qismidagina suv bor.
Bu metod o‘quvchilarning muammoli vaziyatlarni tahlil qila olishga, tez fikrlashga, olgan
bilimlarini hayotga tatbiq qila olishga, o‘z fikrini bayon qila olishga o‘rgatadi.
Xulosa qilib aytganda, axborot texnologiyalardan darslarda foydalanish imkoniyatlari
turlicha. U o‘qituvchilarning ijodkorligiga, izlanuvchanligiga, yangiliklarga intiluvchanligiga
bog‘liq. AKT dan foydalanib darslarni tashkil qilish hozirgi taraqqiyot davrining talabidir. Ulardan
unumli foydalanish dars samaradorligiga va o‘quvchilarning bilim sifatining oshishiga imkoniyat
yaratadi.
MATEMATIKA TA'LIM JARAYONINI GUMANITARLASHTIRISH.
NOSIROVA L., Piskent tumani 1- IDUM o'qituvchisi
Uzluksiz ta’lim o’qitish sistemasining asosiy bo’g‘ini hisoblangan umumta’lim maktablarida
har bir o’quvchiga ijtimoiy zarurat darajasida ilmiy bilimlar berish, vatanimiz va jahon boyliklariga
erishtirish, ma’naviy va jismoniy jihatdan chiniqqan, to’liq o’rta ma’lumot olishi uchun barcha
imkoniyatlarni yaratish, qobiliyat va iste’dodlarni rivojlantirish, o’zo’zini ma’lumotini oshirishga
ehtiyoj va malaka hosil qilish, jamiyat ehtiyojlarini e’tiborga olgan holda yoshlarimizning ongli
kasb tanlashlariga yordamlashishni hal etish zamon talabidir.
Darslikda uchraydigan terminlarning lug‘aviy ma’nosini ochib berish onglilikni ta’minlashi
bilan bir qatorda o’quvchilarda umuminsoniy madaniyatni shakllantiradi. Ularning fikrlash doirasini
kengaytiradi. Masalan, eramizgacha bo’lgan 6asrga kelib idealist Pifagor maktabida songa
NIMA
UCHU
N
?
Orol
qurib
boraya
pti
SUV
YETIB
KELMA
GANI
UCHUN
SUV
HAJMI
KAMAY
GANI
UCHUN
SUV
OMBOR
LARI
QURILG
ANI
UCHUN
SUG`OR
ILADIG
AN
YERLAR
NING
KO`PAY
GANLIG
I
UCHUN
CHO`LLAR
O`ZLASHTI
RILGANI
UCHUN
Iqlim o`zgarayapti
TUZ TARQALIB KETAYAPTI
BALIQLQR KAMAYGAN
Kasalliklar tarqalgan.
Y
er osti suvlari sho`rlangan.
Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар
196
sig‘inish, e’tiqod haddan tashqari avj oldi. Pifagorchilar ta’limotiga ko’ra dunyoning asosini sonlar
tashkil etadi. Moddiy dunyodagi barcha narsalar sonlarning nusxalaridir. Pifagor maktabida
“Do’stlik”, “Mukammallik”, “Odillik” kabi umuminsoniy tushunchalarga ham sonlarning xossalari
munosabatlashtiriladi. Masalan, har qanday kvadrat son odillikni bildiradi. Pifagorga do’stlik nima
deb savol berishganida u do’stlik bu xuddi 220 va 284 sonlari kabi ikkinchi men deb javob beradi.
Bu ikki sonning birinchisining bo’luvchilari yig‘indisi ikkinchisiga teng va aksincha.
1+2+4+5+10+11+20+22+44+55+110=220
1+2+4+71+142=284
Buyuk fransus olimi B.Paskal matematikani mustaqil o’rganishi jarayonida bir kitobning
hoshiyasiga “Matematika fani shunchalik qat’iyki, uni qiziqarli qilishning iloji bo’lib qoldimi, uni
qo’ldan boy bermaslik kerak”, deb yozib qo’ygan edi. Maktabda dars jarayonida qiziqarli
materiallardan lavhalar keltirish, ularning o’yin va faoliyatlarining aktiv namoyon bo’lishiga olib
keladi, ular charchashdan, zo’riqishdan holi bo’ladilar. Eng muhimi, o’quvchilar o’quv materialini
ongli o’zlashtiradilar. Masalan, “0 ga teng bo’lmagan har sonning nolinchi darajasi 1 ga teng” deb
shartlashilgan. Bu shartni o’quvchiga izohlab berilsa, uning esida osonroq qoladi. Rus adibi
L.Tolstoy Yasnaya polyanada dehqon bolalalari uchun ochgan maktabida shunday yo’l tutadi.
Doskada quyidagi yozuvni bajargan :
a
3
= a*a*a
Harfiy ifoda oldida son qo’yilmagan bo’lsa, demak uning oldida koeffisiyent 1 ga teng.
Shuning uchun
a
3
= 1*a*a*a
a
2
=1*a*a
a
1
= 1*a
a
0
= 1
Masalan, “Uch og‘aynilarning otasi o’limi oldidan vasiyatnoma qoldiribdi. Unda bunda
yozilgan. “Mening bor yo’g‘i 17 ta tuyam bor. Ularning 1/2 qismi katta o’g‘limga, 1/3 qismi
o’rtancha o’g‘limga va 1/9 qismini kenjatoyimga beringlar”,debdi. Otalarining vasiyatidagidek
bo’lishga farzandlar ancha qiynalishibdi. Shunda yo’lda tuyada o’tib ketayotgan bir mo’ysafid
yordamga kelibdi. 17 ta tuyaga o’zining tuyasini qo’shib , 18 ta hosil qilibdi. Shunda
1o’g‘ilga 1/2 qismi = 9/18 qismi – 9 ta
2 o’g‘ilga 1/3 qismi = 6/18 qismi 6 ta
3 o’g‘ilga 1/9 qismi 2/18 qismi 2 ta
9/18 +6/18+2/18= 17 /18 qismi o’g‘illarga , 1/18 qismi =1 ta tuya mo’ysafid o’zini tuyasini
olib yo’lda davom etibdi.” Bu masala 5sinflarda kasrlarni umumiy mahrajga keltirish, qo’shish
mavzularida foydalanish mumkin.
Ayrim mavzularni bayon etayotganda tarixiy dalillardan foydalanish ma’lumotning o’quvchi
xotirasida uzoq vaqt qolishiga imkon beradi. M: Piramidaning hajmi tushunchasi berilganda
piramida – olov, alanga ma’nosini bildirishini aytib o’tish, bunda 5 000 yillar ilgari qurilgan
Misrdagi Heops piramidasi, uning o’lchamlari, unga ketgan toshlar miqdori va o’lchamlari,
(2 300 000 dona tosh , har biri 2,5 tonnadan 30 tonnagacha)ni aytish va toshlarni Nil daryosining
narigi qirg‘og‘idagi tog‘lardan kesib olib kelinganligi aytilganda, o’quvchilar hayratdan yoqa
ushlaydilar. Ayniqsa, bu minoraning Yerdan Quyoshgacha bo’lgan masofaning milliarddan bir
qismiga teng ekanligi, piramida asosi perimetrining piramida balandligiga nisbati 2 P ga teng
bo’lishi, Asos perimetri / balandlik = 2 P.
Piramidani qurishdagi o’ta yuksak aniqlik, ya’ni piramida yon qirralari uzunliklari orasidagi
farqning 2 sm ga ham bormasligini tinglagan o’quvchilar hayron qoladilar. Bunday materillar
hatto matematikaga qiziqmaydigan o’quvchilarda ham qiziqish uyg‘otadi.
Matematikani o’qitishda fanning mohiyati, uning hayotda qanchalik muhim rol o’ynashini
ko’rsatib beruvchi rivoyatlardan foydalanish o’quvchilarni ongli ravishda o’rganishiga kirishib
ketishida muhim rol o’ynaydi. M: Bir o’quvchidan o’qituvchi padejlarni qanday savollarga javob
berishini yozishini so’rabdi. O’quvchi yoza boshlabdi.
Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар
197
И.п : Кто? Что?
Р.п: кого?чего?
Д.п: кому ? х?
Datelniy padejning 2so’rog‘ini matematik yo’l bilan chiqarib berishga harakat qilibdi.
кого?
кому?
=
чего?
х
proporsiyasini tuzib olibdi. Proporsiyaning noma’lum hadini
х =
чего? • кому?
кого?
.
х=чему? deb yozib olibdi.
Noma’lum hadni qisqartirish yordamida topibdi. Ko bilan кo, го bilan го qisqarsa, Че va
му qolibdi. Demak, Чему? deb xulosa qilibdi. Bu mo’jizani 6sinfda “Proporsiya” mavzusini
o‘tkazilganda ko‘rsatilsa, o‘quvchining qiziqishini yanada orttiradi va mavzuni yaxshiroq
tushunishiga erishiladi.
L.Tolstoyning inson haqidagi mulohazasida shunday deyiladi: «Agar inson kasr bo‘lsa,
manmanlik uning mahrajidir», ya’ni kasrning mahraji ortgan sari uning qiymati kamayadi.
Shunday ekan, insonning ham manmanligi oshib borsa uning qadrqimmati kamayadi.
Yuqoridagi firklarni umumlashtiradigan bo‘lsak, hozirgi zamon o‘qituvchisi ta’lim va tarbiya
uzviyligiga yanada ko‘proq e’tibor qaratishi lozim.
MATEMATIKA O‘QITISHDA DIOFANT TENGLAMALARINING O‘RNI.
MADUSMANOVA N.A., Angren shahar DIMI oliy toifali o‘qituvchisi
Matematika fanini o‘qitishning asosiy vazifalari o‘quvchilar tomonidan matematik
tushunchalar, xossalar, shakllar, usullar va algoritmlar haqidagi bilim, ko‘nikmalar egallanishini
ta’minlash, inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini anglash, ijtimoiy
iqtisodiy munosabatlar, kundalik hayotda matematik bilim va ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli
qo‘llashga o‘rgatish, o‘quvchilarning individual xususiyatlarini rivojlantirgan holda, mustaqil ta’lim
olish ko‘nikmalarini, fanlar integratsiyasini inobatga olgan holda o‘quvchilarda, milliy va
umuminsoniy qadriyatlarni, kreativlikni shakllantirish hamda ongli ravishda kasb tanlashga
yo‘naltirishdan iborat. Shuningdek, hozirgi ta’lim tizimining asosiy g‘oyasi o‘quvchilar matematik
savodxonligini oshirishdan iborat ekanligi barchamizga yaxshi ma’lum. O‘quvchilarning matematik
savodxonligi turli ko‘rinishdagi masalalarni yechishda yaqqol namoyon bo‘ladi. Shuni nazarda
tutgan holda, matematika o‘qitishda o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishda tenglamalar
yechish va ularning turli usullarini izlash muhim rol o‘ynashini ta‘kidlashimiz lozim. Maktab
matematika kursiga kiritilgan turli ko‘rinishdagi tenglamalarni yechish bilan birga darsdan tashqari
mashg‘ulotlarda Diofant tenglamalari haqida o‘quvchilarga tushuncha berishimiz maqsadga
muvofiq.
Bugungi kunda Diofant tenglamalari juda katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Bu
masalalar matematikaning, xususan, sonlar nazariyasining muhim va qiziqarli masalalaridan biri
hisoblanib, olimpiada masalalari turkumiga kiritilgan. Biz bu maqolada Diofant tenglamalari
yordamida yechiladigan ayrim masalalarga to’xtalib o’tdik.
Gretsiya matematiklarining ko`pchiligi geometriya bilan shug`ullangan. Diofant esa ularga
qaramaqarshi o`laroq algebra bilan shug`ullanadi. Uning asosiy asari “Arifmetika” bo`lib, uning
o`zidan keyin qoldirgan 13 tomlik asarlaridan faqat 6 tomi shu “Arifmetika” ni saqlab bizgacha
yetib kelgan. Unda 198 masala o`z yechimlari bilan keltirilgan. Diofant har bir tenglamani
yechishda birbiriga o‘xshamagan usullarni topgan holda, har bir usul uchun ma’lum hiyla ishlatgan
va tenglamaning musbat butun va ratsional yechimlarini ko‘rsatib bergan.
Diofant tenglamalari ikki yoki undan ortiq noma’lum qatnashgan, koeffitsientlari butun
sonlar bo’lgan algebraik tenglamalardir. Bu tenglamalarda biz butun yoki ratsional sonlardan iborat
Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар
198
yechimlarni izlaymiz. Bunda noma’lumlar soni tenglamalar sonidan ko’p bo’ladi. Ularni ba’zan
aniqmas tenglamalar deb ham yuritiladi.
Diofant tenglamalarini ikki turga ajratib, o‘rganishimiz mumkin.:
1. Bir noma’lumli ixtiyoriy darajali Diofant tenglamalari;
2. Ko‘p noma’lumli Diofant tenglamalari;
Quyida biz bir noma’lumli ixtiyoriy darajali va ko‘p noma’lumli Diofant tenglamalariga
misollar va shu Diofant tenglamalari yordamida yechiladigan matnli masalalarni ayrimlarni
keltiramiz.
1.
0
6
3
5
2
3
Do'stlaringiz bilan baham: |