Муаммо ва ечимлар республика илмий-амалий конференция материаллари инновационные подходы в повышении



Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/127
Sana20.04.2022
Hajmi6,57 Mb.
#566254
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   127
Bog'liq
конференция китоб-2019 168-bet

 
СИЗДИКОВА У. Тошкент вилояти Қибрай тумани 9-мактаб ўқитувчиси 
Ma’lumki boshlang‘ich ta'lim muhim bosqich hisoblanadi. Ona tili o‘qitish esa bu bosqichda 
asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. O‘quvchilarga bilim berish jarayonini faollashtirish va ularning 
ona tilidan oladigan bilimlarini puxta o‘zlashtirishlari uchun turli qiziqarli mashqlar, boshqotirma 
va krossvordlardan foydalanish juda muhim o‘rin tutadi. 
Shunday ekan, o‘qituvchi o‘quvchi faoliyatidan ularning sevimli mashg‘uloti ­ o‘yinni siqib 
chiqarmasdan, undan maqsadga muvofiq foydalanish bilan ta'lim jarayonining samaradorligini 
oshirishga imkon beradi. 
Ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan didaktik o‘yinlarni bir mazmuniga va amalga oshirish 
shakliga ko‘ra 2 xil tasnif qildik. 
Quyidagi 1­sinf ona tili darslarida o‘ynash mumkin bo‘lgan didaktik o‘yinlar mazmuni bilan 
tanishtiramiz. Shu bilan birga, har bir o‘yinni o‘tkazish tartibini uch variantda misol tarzida 
keltiramiz. Didaktik o‘yinlar mazmuniga ko‘ra, qilingan tasnifga asoslanib joylashtirildi. 
Shuni eslatib o‘tish joizki, ona tili va o‘qish darslarida qo‘llash uchun tavsiya qilinayotgan 
didaktik o‘yinlardan foydalanishda qat’iy chegara mavjud bo‘lmay, boshqa yuqori sinflarga ham 
moslashtirib foydalanish mumkin. 
1. Tinch o‘yinlar 
1 . "O‘zim tekshiraman". 
Bunday o‘yinlar o‘tkazishda o‘qituvchi kichik hajmdagi diktantlarni tanlaydi. Boshlang‘ich 
sinflarning har bir sinfda darsning boshlanishida qo‘llash mumkin. O‘qituvchi o‘quvchilarga kichik 
hajmdagi diktant yozdiradi. Barcha o‘quvchilar diktantni yozib bo‘lishgach, o‘qituvchi doskaga 
diktantni yozib ko‘rsatadi. O‘quvchilar esa o‘qituvchining yozganiga qarab, o‘zlari yozgan diktantni 
tekshiradilar. Diktant oldin doskaga yozilib, usti yopib qo‘yilgan bo‘lsa, o‘qituvchi pardani ochadi. 
Bunday diktantlarni hatto alifbe davrida ham qo‘llash mumkin bo‘lsa, o‘qituvchi avval faqat unli 
harflardan, so‘ngra undosh harflaridan tanishtirilgan bo‘g‘inlardan iborat diktant yozdirishi 
mumkin. 
1­variant: Oo, Ii, Aa, Uu, 
2­variant: ­Lo, ­no, ­to, ­mi, ­un, ­in, 
3­variant: Bola, lola, ona, zar, par. 
4­variant: Bugun havo issiq. 
2. "Hikoya". 
O‘qituvchi doskaga bir necha so‘z yozib qo‘yadi. O‘quvchilar mustaqil ravishda shu so‘zlar 
ishtirokida hikoya tuzadilar. 
Hikoya tuzish jarayonida o‘quvchilarning lug‘at boyligi ortishi bilan birgalikda, gaplarni 
to‘g‘ri tuzish, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish va mustaqil fikrlash malakasi shakllanadi. 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
335 
O‘quvchilarni vaqti bilan rag‘batlantirilishi ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini orttiradi. Bu 
o‘yindan ona tili darslarida yoki darsdan tashqari mashg‘ulotlarda, to‘garaklarda o‘rganish mumkin. 
1­variant: Nafisa, soat, yomg‘ir, kitob 
2­variant: Olma, kasal, o‘rtoq, Abduvali 
3­variant: Mushuk, bobo, non, sichqon. 
"Topag‘on" 
O‘qituvchi bor belgi asosida savol beradi. O‘quvchilar shu belgini o‘zida jam qilgan 
predmetlar nomlarini yozadilar. Eng ko‘p to‘g‘ri javob bergan o‘quvchi g‘olib sanaladi. 
Bu o‘yinni o‘tkazish o‘quvchilarga so‘z turkumlari haqidagi dastlabki ma’lumotlar berish 
jarayonini yengillashtiriladi. Bundan tashqari, bolalarning so’z boyligi ortib, ularda xozirjavoblik, 
mustaqillik, ziyraklik, ijodkorlik kabi sifatlar shakllanadi. 
1­variant: savol: Nima oq rangda? 
Javob: Qog‘oz, daftar, surp, bulut, parda, buvimning sochlari, qor 
2­variant: Savol: Nima yumshoq? 
Javob: Non, xamir, yostiq, ko‘rpa, paxta 
3­variant: savol: Nigora nima qilyapti? 
Javob: Kitob o‘qiyapti, kir yuvyapti, qo‘shiq aytyapti 
5."Noto‘g‘ri jumla." 
Bu o‘yin suratlar asosida o‘tkaziladi. 
O‘qituvchi ma‘lum bir suratni tasvirlab berish jarayonida suratlarga tegishli bo‘lmagan 
jumlalarni ham ishlatadi. O‘quvchilar ziyraklik bilan shu jumlani topishlari kerak. 
O‘quvchilardan bu o‘yin davomida ziyraklik, sinchkovlik, kuzatuvchanlik va diqqat talab 
qilinadi. Ya‘ni ular suratni tasvirlab berish jarayonida kuzatish bilan birga o‘qituvchining hikoyasini 
ham diqqat bilan tinglab turadilar. Har bir noto‘g‘ri jumlani topa bilish ularning sinchikovligini 
o‘ziga bo‘lgan ishonchini va darsga qiziqishini orttiradi. 
Bu o‘yindan faqat ona tili darslarida emas, balki darsdan tashqari mashg‘ulotlarda ham 
foydalanish mumkin. 
OG‘ZAKI HISOBLASHGA DOIR MASHQLARNING TURLARI 
SULTANOVA U.M., Nizomiy nomidagi TDPU o`qituvchisi,
YERKINOVA J ., YERMEKOVA J., Nizomiy nomidagi TDPU talabalari
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida tuzilgan umumiy 
o‘rta ta’limning «Davlat ta’lim standartlari» respublikamizda umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish va 
rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi. 
Binobarin, milliy tiklanish mafkurasiga asoslanishi zarur bo‘lgan ta’lim­tarbiya, uning 
yangicha mazmuni va tashkiliy jihatlarini puxta o‘ylab ish yuritish joizdir. Qonunda ta’kidlangan 
bilimdonlik va iste’dodni rag‘batlantirish tamoyili bolalardagi bilim va qobiliyatni aniqlash hamda 
yuzaga chiqarishga doir dasturlar tayyorlash va amalda qo‘llashni taqozo etadi. Umumta’lim 
maktablari boshlang‘ich sinflarida asosan matematika fanini chuqur o‘rganishga yo‘nalgan bo‘lib, 
zarur dastur darslik va boshqa qo‘llanmalarga bo‘lgan ehtiyoj yaqqol sezilib turibdi.
Matematika fani bolalarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning foydali vositasi bo’lib, 
odatda, o’zichiga «yashirin informatsiyani» oladi. Bu informatsiyani qidirish o`quvchidan analiz va 
sintezga mustaqil murojaat qilish faktlarni taqqoslash, umumlashtirish va hokazolarni talab qiladi. 
Bilishning bu usullarini o’rgatish matematika o’qitishning muhim maqsadlaridan biri hisoblanadi. 
Psixologiya kursidan ma’lumki, tafakkurning rivojlanishi shaxsning ijodiy aktivligi orqali 
aniqlanadi. Chunonchi, topshiriqlarni mustaqil yechishni tashkil qilish o’qituvchiga o’quvchilarning 
mumkin bo’lgan aqliy qobiliyatlari rezervlaridan foydalanish imkonini beradi. Bundan 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
336 
topshiriqlarni, turli muammolarni mustaqil yechishda predmetga bo’lgan qiziqish rivojlanadi, 
umuman mustaqillik, erkinlik, talabchanlik, mehnatsevarlik, maqsadga intilishlik rivojlanadi. 
O‘quvchilarning og‘zaki hisoblash malakalari turli­tuman mashqlarni bajarishlari jarayonida 
shakllanadi. Bu mashqlarning asosiy turlari quyidagilar: 
1. Matematik ifodalarning qiymatini topish. Matematik ifodalar so‘zlar bilan turli 
usullarda berilishi mumkin: 90 dan 7 ni ayiring; kamayuvchi 90, ayriluvchi 7. Ayirmani toping. 
Ifodalar sonlarning turli sohalarida: bir xonali sonlar bilan (9–5); ikki xonali sonlar bilan (90–50) 
va hokazo berilishi mumkin. 
Biroq, odatda, og‘zaki hisoblash usullari 100 ichidagi sonlar bilan bajariladigan amallarga 
keltirilishi kerak. 
Ifodani misol ko‘rinishida (og‘zaki yoki yozma ravishda): 6 + 3, 40 + 35 hamda boshqa 
hollarda jadval ko‘rinishida berish mumkin. 
Ifodalarning qiymatlarini topishga doir mashqlardan asosiy maqsad o‘quvchilarda puxta 
hisoblash malakalarini hosil qilishdir. Shu bilan birga ifodalarning qiymatlarini topishga doir 
mashqlar arifmetik amallar nazariyasi masalalarini o‘zlashtirishga ham yordam beradi. 
2. Matematik ifodalarni taqqoslash. Bu mashqlar qator variantlarga ega. Ikkita ifoda 
berilishi mumkin, ularning qiymatlari teng yoki teng emasligini aniqlash, agar ular teng 
bo‘lmasa, qaysi biri katta yoki kichikligini aniqlash kerak. 
Bunday mashqlarning asosiy maqsadi – arifmetik amallar, ularning xossalari, tengliklar va 
tengsizliklar haqidagi nazariy bilimlarni o‘zlashtirishga yordam berishdir. Bundan tashqari, 
ifodalarni taqqoslashga doir mashqlar hisoblash malakalarini shakllantirishga yordam beradi. 
3.Tenglamalarni yechish. Og‘zaki mashqlar sifatida turli tenglamalar ham beriladi. Bular 
avvalo, sodda ko‘rinishdagi tenglamalardir (x+2=10). Bunday mashqlarning vazifasi 
tenglamalarni yechish o’quvini ishlab chiqish, o‘quvchilarga arifmetik amallarning 
komponentlari va natijasi orasidagi bog‘lanishni o‘zlashtirish, hisoblash malakalarini hosil 
qilishga yordam berishdir. 
4. Masalalarni yechish.Og‘zaki yechish uchun sodda masalalar bilan bir qatorda murakkab 
masalalar ham beriladi. 
Bunday mashqlar masalalar yechish o’quvuni hosil qilish maqsadida kiritiladi va nazariy 
bilimlarni o‘zlashtirish hamda hisoblash malakalarini shakllantirishga yordam beradi. 
ТАЪЛИМДА ПЕДАГОГИК ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИНГ МУҲИМ ЖИҲАТЛАРИ ВА 
ХУСУСИЯТЛАРИ 
TAJEKBAEVA Z.K., XTXQTMOНM katta o‘qituvchisi 
Таълим 
самарадорлигини 
оширишда, 
ёшлар 
маънавиятини 
шакллантиришда, 
Ватанимиз 
мустақиллигининг 
маънавий 
асосларини 
мустаҳкамлашда, 
миллий 
қадриятларимиз, анъана ва урф­одатларимизни асраб­авайлаш, халқимиз, айниқса, ёш авлод 
қалби ва онгига она юртга муҳаббат, истиқлолга садоқат туйғуларини чуқур сингдириш 
масаласи электрон дарсликлар орқали узатилса мақсадга мувофиқ бўлар эди. 
Ўзбекистон таълим тизими ривожланишининг Кадрлар тайёрлаш миллий дастурида 
белгиланган вазифаларни амалга ошириш босқичидадир. Ислоҳотларнинг муваффақиятлари 
тизимнинг асосий бўғини бўлган таълим муассасасининг қандай ўзгариши яқин келажакда ва 
истиқбол режаларда нималарни белгилашида ўз аксини топади. 
Бугунги кунда назарий дарсларини ҳамда амалий машғулотларни мультимедиа ­
электрон версиялари асосида ўтказиш мақсадга мувофиқдир. Бугунги кунда ҳар бир педагог 
ўзи дарс бераётган фан учун мультимедиа­электрон версияларини тайёрлаб, ундан кенг 
тарзда фойдалана олиши лозим. 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
337 
Мультимедиа­электрон 
дастури 
қуйидаги 
дидактик 
ва 
педагогик­психологик 
талабларга жавоб бериши шарт: 
Дидактик талаблар - илмийлик, ўзлаштиришнинг енгиллиги, муаммони қўйиш ва ҳар 
томонлама асосли тарзда билим олиш, ўқиш жараёнида талабанинг фаол ва онгли иштироки, 
билим олишнинг тизимли ва босқичма­босқич амалга оширилиши, билимларни мустаҳкам 
ўзлаштириш имкониятининг мавжудлиги, таълим тизимида билимни ўзлаштирувчи, 
ривожлантирувчи ўқитувчи ва талабалар вазифаларининг яхлитлиги, талаба учун ўқиш 
ихтиёрий бўлишининг таъминланиши, ўқитишда интерфаол методлардан фойдаланиш, 
ўқитишнинг уйғунлигини таъминлаш, ўқув материалини тақдим этишда тизимли ёндашиш 
кабилардан иборат. 
Педагогик-психологик талаблар - мультимедианинг психологик, эстетик, гигиеник ва 
тиббий­психологик жиҳатдан мавжуд эҳтиёжларини қондириши шарт. Ўқув жараёнида 
илғор ахборот технологияларини қўллаш, педагогик методларнинг кенгайиши, педагогик 
касбий фаолият мазмунининг бойитилиши, иш услубларининг такомиллашиши, педагогик 
тизимлар таркибининг ўзгаришига олиб келади.
Таьлим тизимини ривожланиши, баркамол шахсга таълим­тарбияни тўғри бериб бориш 
жонкуяр педагоглар қўлидадир. Шундай экан, уларнинг касбий тайёргарликлари, 
бажарадиган вазифаларини тўғри ташкил этиш масаласи аҳамиятга моликдир. Ҳозирги 
даврда педагогларнинг касбий тайёргарлиги, уларнинг маҳоратларини янада юксалтириш, 
шарт­шароитлар яратишга катта аҳамият берилмоқда. Бу эса ўқитувчиларга юксак даражада 
масъулият юклайди, энг аввало, педагог учун дарснинг сифат ва самарадорлигига эришиш 
муҳим масалага айланмоғи зарур. Уларнинг таълим тизимида олиб бораётган вазифалари 
касбий 
тайёргарликлари 
билан 
бевосита 
боғлиқдир. 
Ўқитувчиларнинг 
касбий 
тайёргарлигини назорат қилиш ҳамда унинг баробарида иш сифатини ошириш учун 
қуйидагиларга эътибор бериш лозим: 
­янги турдаги ўқув режалар яратиш; 
­янги педагогик технологиялар асосида замонавий дарс ташкил этиш; 
­қарорлар, 
фармойишлар, 
ислоҳотларни 
чуқур 
ўрганиб, 
сиёсий 
омил 
доирасини ошириб бориш; 
­интеллектуал тест мажмуаларини туза билиш; 
­кўргазмали қуролларни янги замонавий андозалар асосида яратиш; 
­ ўқитувчиларга миллий қадриятларимиз ҳамда анъаналаримизга содиқликни 
ўргатиб бориш; 
­ ўз фанининг энг янги ютуқлари ва илғор тажрибалари асосида қўлланма ҳамда 
рисолалар чоп эттириш; 
­ ўқитувчиларнинг билим даражаларини тўғри баҳолаш; 
­ педагогик жамоа билан ҳамкорликда одоб­ахлоқ меъёрлари ҳамда хушмуомалалик 
қоидаларига қатьий риоя этиш; 
­ ўзаро таҳлил ва тажриба­синов усулларидан фойдаланиш; 
­ истиқболдаги режаларни белгилаган ҳолда турли тадбирлар уюштириш. 
Ҳар қандай педагогик технологиянинг ўқув­тарбия жараёнида қўлланилиши шахсий 
характердан келиб чиққан ҳолда, ўқувчи­талабани ким ўқитаётганлиги ва ўқитувчи кимни 
ўқитаётганига боғлиқ. Педагогик технология асосида ўтказиладиган машғулотлар ёшларнинг 
муҳим ҳаётий ютуқ ва муаммоларига ўз муносабатларини билдиришларига интилишларини 
қондириб, уларни фикрлашга, ўз нуқтаи назарларини асослашга имконият яратади. Шунинг 
учун ҳам, таълим муассасаларининг ўқув­тарбиявий жараёнида замонавий ўқитиш 
услублари – интерфаол услублар, инновацион технологияларнинг ўрни ва аҳамияти 
беқиёсдир. Педагогик технология ва уларнинг таълимда қўлланилишига оид билимлар ва 
тажриба ўқувчи­талабаларни билимли ва етук малакага эга бўлишларини таъминлайди. Шу 
билан бирга таълим­тарбия жараёнларида янги педагогик технологияларни қўллашда ўтмиш 
алломаларимизнинг ғоя ва қарашларидан фойдаланиш ўқувчи­талабаларни ўқитиш ва 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
338 
тарбиялашни янада самарали бўлишига олиб келади. Касбий тайёргарлигига тўла эга 
бўлмоқчи педагоглар энг аввало, миллий истиқлол қоидаларини, ДТС ни чуқур билишлари 
лозим, шундагина ёшларнинг онгига сингдиришга қаратилган тарбиявий ишларнинг
самарадорлиги ошади.
Юқорида таъкидлаб ўтилган вазифалар тўғри йўлга қўйилса, ўқитувчи касбий
маҳоратининг ошишига эришилади.
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA KREATIV FAOLLIKNI 
SHAKLLANTIRISHDA “ESSE” METODlIDAN SAMARALI FOYDALANISH 
YUSUPOVA G.Z., Qoraqalpog‘iston Respublikasi XTXQTUMOHM dotsenti 
2017­2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasining “Ta’lim va fan sohasini rivojlanttirish” bandida uzluksiz ta’lim 
tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat 
bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom 
ettirish alohida ta’kidlangan. Bunday ulkan vazifani amalga oshirish esa yosh avloddan ijodiy
faollikni talab qiladi. 
Shuningdek, 2019 yil 18 fevralda Xalq ta’limi vazirligi va AQSHning Xalqaro rivojlantrish 
agentligi (USAID) vakillari bilan O‘zbekstandagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish va
matematika fanlaridan bilim darajasini PIRLS va TIMSS xalqaro baholash tizimi bo‘yicha tajriba 
sinovdan o‘tkazishni muhokama qilindi. Bu o‘z­o‘zidan boshlang‘ich sinf o‘quvchilaridan kreativ 
faollikni talab etadi. Bunga ta’lim sohasida to‘siq bo‘luvchi bir qancha masalalar mavjud.
Masalan, o‘quvchilar qiziqarli va ajoyib g‘oyalarga ega bo‘lsalarda o‘qituvchi o‘zi kreativ 
tarzda yondashmaganlgi tufayli ularni ifodalashda sustkashlikka yo‘l qo‘yilishi va dars jarayonida 
qo‘llanilayotgan metodlar o‘quvchilarda erkin mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakillantirishga 
xizmat qilmasligi bilan belgilanadi. 
Xo‘sh, kreativlik tushunchasi nima? Kreativlik (ijodiylik) (lot. creation yaratuvchanlik, 
ijodkorlik) – qandaydir yangi, betakror narsa yarata olish layoqati, badiiy shakl yaratish, fikrlash, 
g‘oya va yechimga olib keluvchi aqliy jarayon; shaхsning yangi g‘oyalarni yaratish va qabul 
qilishga tayyorligini tavsiflovchi ijodiy qobiliyati
1
.
Kreativ faollik esa ijodiy jadallik, jonbozlik, ishchanlik ko‘rsatishni anglatadi. Boshlang‘ich 
sinf o‘quvchilarida kreativ faollikni shakllantirish, ayniqsa, zarur bo‘lib, ularning yashirin 
iqtidorlarini ro‘yobga chiqarish imkonini beradi. Kreativ faollik o‘z­o‘zini rivojlantirish 
kompetentsiyasi tarkibida namoyon bo‘luvchi layoqatdir.
Kreativlik o‘quv faoliyati jarayonida rivojlanib, o‘quvchilarning yetakchi mayllari bilan 
uyg‘unlashadi. Shu tariqa, kreativlik o‘quvchi faoliyatida mustahkamlanib, samarali natijalarga 
erishish, yangiliklar yaratish, o‘z faoliyatining ijodiy yo‘nalishlarini aniqlashga imkoniyat beradi. 
O‘quvchilardagi kreativlik bir tomondan, ularning ijodiy faoliyatlari orqali ro‘yobga chiqib, 
mayllarini namoyon qilsa, ikkinchi tomondan o‘quvchilarning o‘ziga хos jihatlari bilan bog‘liq 
tarzda shakllanadi va rivojlanadi. 
O‘quvchilarning ijodiy qobiliyat va layoqatlarini rivojlantirishda bir qanch interfaol metod va 
texnologiyalar mavjud: “Klaster” “Idrok xarita”, “Zinama­zina”, “FSMU” texnologiyalari va 
“Aqliy hujum”, “Rolli o‘yinlar”, “Kichik guruhlarda ishlash” “Esse”, “Refleksiya” va “Metaplan 
karta” metodlaridan samarali foydalanilganda namayon bo‘ladi. O‘quv jarayonida ushbu 
metodlarni darsning maqsadi va mazmunidan kelib chiqib, loyihalashtirib qo‘llash quyidagi 
natijalarga olib keladi:
* o‘rganuvchilarning o‘qishga qiziqishlari va motivatsiyasi kuchayadi; 
1
Pedagogikaentsiklopediyasi.IIjild. ­B.1989 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
339 
* o‘rganuvchilarning darsda zerikishi va charchashining oldi olinadi;
* o‘qituvchi va o‘quvchining hamkorlikda ishlashi ta’minlanadi; 
* o‘rganuvchilarning nutqi va mantiqiy tafakkuri o‘sadi;
* o‘rganuvchida ijodiy ishlash ko‘nikmalari va faol fikr rivojlanadi. 
* mavzu bo‘yicha yangi assotsiativ fikr va tasavvurni erkin va ochiq jalb qilishga yordam 
beradi. 
Biz endi boshlang‘ich sinf bolalarida kreativlikni shakllantruvchi “Esse” metodiga to‘xtab 
o‘tmoqchimiz. 
Esse fransuz tilidan tarjimada “tajriba, andaza” ma’nolarini anglatadi. Esse – prozaik etyud, 
qandaydir bir predmetga oid umumiy yoki dastlabki mulohazalar. Ko‘pincha esse yozish 
mashg‘ulotning boshida, yoki refleksiya paytida, oxirida taklif etiladi. Esse yozish ko‘pincha 
nazariy mashg‘ulotlar, ma’ruzalar hamda mustaqil mashg‘ulotlar tarkibida o‘tkaziladi. Uning 
quyidagi turlari tegishli maqsadlarga muvofiq holda qo‘llaniladi: 

Esse – taklif etilgan mavzu yuzasidan 1000 dan 5000 gacha so‘z hajmidagi insho; 

Asoslangan esse;
Misol: “Menimcha sinfmizda a’lochilar soni ko‘payadi agarda …” mavzusida asoslangan esse 
yozing. 

Besh daqiqali esse; 

Esse erkin yozish.
Biz quyida besh daqiqali essega to‘xtab o‘tamiz.
Besh daqiqali esse – o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha olingan bilimlarni umumlashtirish, 
mushohada qilish maqsadida o‘quv mashg‘ulotining mustahkamlash bosqichida 5 daqiqa oralig‘ida 
o‘tkaziladi. Yozma topshiriqning ushbu turi o‘quvchilarning mavzuga doir ichki hissiyotlari, olgan 
taassurotlari va mustaqil fikrlarini ifodalay olishga yordam berish va o‘qituvchiga o‘z o‘quvchilari 
o‘quv materiali bilan tanishganda qaysi jihatlariga ko‘proq e’tibor berishlari xususida bilish 
imkonini beradi. O‘qituvchi o‘quvchilarga taklif etishi mumkin: 
“Men bu she’r haqida … o‘ylayman” yoki “Meningcha ushbu hikoyada …takidlangan”, 
“She’rning ushbu satrlarida …tasvirlangan” va hakozo; 
Belgilangan vaqt tugagach o‘quvchilarning yozgan esselari diqqat bilan tinglanadi. Bunda 
sust o‘zlashtruvchi o‘quvchilar ham o‘z fikrini yozishga harakat etadi. Kamida bitta yoki ikki ta 
qator fikr yozishi mumkin. Yozgan fikrlarini o‘qib berishni taklif qilish lozim. Darsda kamida 15­
20 ta o‘quvchi ishtrok etishi va ularni tinglash jarayonida kutilmagan fikrlarni eshitishingiz ham 
mumkin. Buning natijasida ko‘pchilik o‘quvchilarda ijodiy faoliyat uyg‘onadi. Ularda shoir­
yozuvchi yoki jurnalistlik qobilyat shakllanadi. O‘qituvchi bunda boshqalarning diqqat bilan 
tinlashlarini ta’minlash lozim. Chunki yangi axborotga ega bo‘lishlari va o‘quvchilar bilan 
kommunikativ va boshqada kompetentsiyalar shakillanadi.
Biz olib borilayotgan tadqiqot ishi yuzasidan ushbu “Esse” metodini boshlang‘ich sinflarda 
“O‘qish”, “Odobnoma”, “Tabiatshunoslik” va tarbiyaviy darslarda qo‘llanilgan darslarni kuzatuv 
vaqtida o‘quvchilarda kreativlik faolliklari shakllanganliklariga amin bo‘ldik. Uning natijasida 
o‘quvchilarda tayanch va fanga oid kompetentsiyalar paydo bo‘lib, bolalarimiz PIRLS va TIMSS 
xalqaro baholash tizimida bemalol ishtrok eta oladilar.


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
340 
5-ШЎЪБА 
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ 
ҲАРАКАТЛАР СТРАТЕГИЯСИНИ АМАЛГА ОШИРИШДА 
ИЖТИМОИЙ-ГУМАНИТАР ВА АМАЛИЙ ФАНЛАРНИ 
ЎҚИТИШНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ 
ПЕДАГОГИК ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИНГ ИЛМИЙ-НАЗАРИЙ АСОСИДА ТИЗИМЛИ 
МОДЕЛЛАШТИРИШ МЕТОДИ 

Download 6,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish