МУХАМЕДЖАНОВА Н.С., ТВХТХҚТМОХМ бўлим бошлиғи
Умумий ўрта таълим мактабларида ахборот коммуникацион технологиялардан
фойдаланиш дарс самарадорлиги ошишига замин яратади ва педагог ўқитувчилар
фаолиятида ижобий натижаларни бериб, ўқувчиларнинг фанга бўлган қизиқишлари ортади.
Умумий ўрта таълим мактабларида физика фанидан 69синфлар учун электрон
дарслик, ўқув фильмлар виртуал лаборатория ишлари мутахасислар томонидан яратилган.
Шунингдек, физика электрон дарслигидан компютерда фойдаланиш учун унга электрон
дарслиги ўрнатилган бўлиши керак. Ўрнатилгандан кейин Админстратор буйруқлари кетма
кетлиги танланади. Натижада комьпютер экранида физика электрон дарслигининг асосий
ойнаси очилади. Ойнада қайси синф танланган бўлса, ўша синф физика дарслиги боблар
кетмакетлигида берилган.Электрон дарсликда мавзу бўйича қуйидагилар келтирилган.
“Методика”
“Дарслик”
”Лаборатория иши”
“Масалалар ечиш”
Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар
205
“Саволлар ”
Менюнинг чап томонида
“Буюк физик олимлар”
“Кўргазмалар”
“Қизиқарли тажрибалар” мавжуд.
“КомпьютерОсиё» илмий техника парки томонидан 6,7,8синфлар учун ўқув
фильмлари яратилган. Ўқув фильми ҳар бир синф учун 7 тадан мавзуга бағишланган бўлиб,
ҳар бири 1314 минут давом этади. Ўқув фильмлари ўзининг кўргазмалилиги билан ўқувчи
диққатини тортади. Унда синфда кўрсатишнинг иложи бўлмаган физик ҳодиса ва
жараёнларни, физик қонунлар асосида яратилган машинамеханизмларни намойиш қилиш,
жараёнларни анимация ҳолатида кўрсатиш, тезлаштириб ёки секинлаштириб намойиш
қилиш мумкин.
Ўқув фильмларини дарснинг турли босқичларида ишлатилади. Ўқитувчининг
тушунтириши билан, ўқувчиларнинг мустақил ишларни бажариши билан, биргаликда олиб
борилиши мумкин. Баъзан фильм кўрсатилиши олдидан ўқитувчи фильмни кўриш
жараёнида нимага асосий эътиборни қаратиши кераклигини айтиб ўтади. Дарс жараёнида
фильм намойиш қилишда ўқувчиларни турли усуллар билан фаоллаштириш мумкин. Дарс
жараёнида фильм намойиш қилишда ўқувчиларни турли усуллар билан фаоллаштириш
мумкин.
фильм намойиш қилиниши олдидан ўқувчиларга бир қанча саволлар берилади.
Ўқувчилар уларга фильм сўнгида жавоб беришлари талаб қилинади;
ўқувчиларга фильмда кўрган ҳодисани шарҳлаб бериш, дарсда кўрсатилмаган
тажриба ва мисолларни ажратиб бериш, улар юзасидан расм ёки чизмалар чизиш, ҳисоб
китоблар бажариш вазифаси топширилади;
ўқувчилар билан фильмнинг тўла мазмуни ёки унинг бир қисми юзасидан савоб
жавоблар ўтказилади.
Физика фани амалиётда тажрибаларга таянган экспериментал фан бўлганлиги сабабли,
ўтиладиган ҳар бир мавзуни тажрибалар асосида кўргазмали ўтиш фаннинг самарадорлиги
ошишига замин яратади. Дарс жараёнида замонавий ўқув лаборатория жиҳозларидан
самарали фойдаланиб, кўргазмали тажриба намойишларни, лаборатория ишларини бажариш
мақсадга мувофиқ. Халқ таълими вазирлигининг «Мультимедия маркази» томонидан 6
синф учун 8 та, 7синф учун 6 та, 8синф учун 7 та, 9синф учун 6 та, жами 27 та виртуал
лаборатория ишлари яратилган. Физика дарсларида виртуал лаборатория ишларидан
фойдаланиш орқали назария билан амалиёт мужассам ҳолатда ўқувчиларнинг билим,
кўникмаларини оширади ва уларни мустаҳкамлашга ёрдам беради.
Виртуал лаборатория ишлари 8 қисмдан
асосий матн (мавзуга тегишли асосий материаллар),
видео (лаборатория иши бажарилган видеолавҳа),
Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар
206
интерфоал тажриба (лаборатория ишининг анимация орқали бажарилиши),
тест (лабораторияга тегишли 15 та тест),
машқ топшириқлар (масалалар, савол ва топшириқлар),
кроссворд (мавзуга тегишли бошқотирма),
луғат (алвафит тарзида қилинган мавзуга тегишли атамалар изоҳи),
ёрдамчи материал (электрон ресурсдан қандай фойдаланиш йўриқномаси) дан
иборат.
Ушбу электрон виртуал лаборатория ишларидан дарс жараёнида мустақил бажариши
учун уйда, мактаб кутубхонасида фойдаланиш мумкин.
Масалан: 9синфда “Қаттиқ жисмларнинг солиштирма иссиқлик сиғимини аниқлаш”
мавзуси бўйича ўқувчилар назарий билимга эга. Қаттиқ жисмларнинг солиштирма иссиқлик
сиғимни тажрибада аниқлаш орқали кўникма ва малакалари ҳосил қилинади.Ўқувчиларга
лаборатория ишини бажариш учун керак бўлган жиҳозлар билан таништириш ва уни
ўтказиш тартиби видео лавҳа орқали кўрсатилади ва тажрибани бажариш юзасидан тассавур
ҳосил қилинади. Ўқувчилар ушбу лаборатория ишини мустақил равишда анимация
кўринишида бажарадилар.
Хулоса қилиб айтганда, физика фанида ахборот коммуникацион технологиялардан
фойдаланиб дарс ташкил этилса, ўқувчиларнинг ижодкорлиги, мустақил фикрлай олиши,
билим самарадорлиги, фанга бўлган қизиқиши янада ортади.
5-SINF MATEMATIKA DARSLARIDA DIDAKTIK O`YINLARDAN FOYDALANISH
MIRZAKARIMOVA S.R., Parkent tumani 40-maktab ўқитувчиси
Matematika fani insonning intellektini, diqqatini rivojlantirishda, ko‘zlangan maqsadga
erishish uchun qat’iyat va irodani tarbiyalashda, algoritmik tarzdagi tartibintizomlilikni
ta’minlashda va tafakkurini kengaytirishda katta o‘rin tutadi.
Matematika olamni bilishning asosi bo‘lib, tevarakatrofdagi voqea va hodisalarning o‘ziga
xos qonuniyatlarini ochib berish, ishlab chiqarish, fantexnika va texnologiyaning rivojlanishida
muhim ahamiyatga ega.Shuning uchun matematik madaniyatumuminsoniy madaniyatning tarkibiy
qismi hisoblanadi. Matematika fanini nazariylashtirgan holda o‘qitishga yondashishdan voz kechib,
o‘quvchining kundalik hayotida matematik bilimlarni tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirish va
rivojlantirishga erishish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini namoyon qilish va
faollashtirishga e’tiborni kuchaytirishdavr talabi. 5sinf matematika kursida o`tiladigan “ Qoldiqli
bo`lish ” mavzusidagi dars ishllanmasi matematik ta’limga kompetensiyaviy yondashuv,
o‘quvchilarda kasbiy, shaxsiy va kundalik hayotda uchraydigan holatlarda samarali harakat qilishga
imkon beradigan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishni hamda matematik
ta’limning amaliy, tatbiqiy yo‘nalishlarini kuchaytirishni nazarda tutadi:
Mavzu: Qoldiqli bo’lish.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: qoldiq, natural sonlar qatori,raqamlar,hafli
ifodalar,matematik amallar, kesma.
O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi.
Metod :Bahs –munozara,”Aqliy hujum”,
Shakl: jamoaviy.
Dars jihozi:Darslik,tarqatmalar, plakatlar,mavzuga oid slaydlar, stikerlar, likopchalar, olma
mevalari.
Baholash:O’quvchilar bilimi reyting asosida baholanib dars ohirida e’lon qilinadi.
Dars maqsadi:
Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар
207
Ta’limiy: natural sonlarni qoldiqli bo’lishni bilish. Mavzuga oid misol va masalalar yecha
olish;
Tarbiyaviy: o`z fikrini erkin bayon eta olish;
Rivojlantiruvchi: dunyoqarashini kengaytirish. Kasb egallashda matematika fanining o’rnini
tushuntirish;
Tayanch kompetensiyalar: Ma’lumotlarni qayta ishlab , fikr mulohaza bildirish. Fanga oid
kompitensiyalar: O’rganilgan matematik usullardan kundalik vaziyatlarda foydalanish.
Darsning borishi .
I.Tashkiliy qism.Salomlashiladi,davomat aniqlanadi,o’quvchilarning darsga tayyorgarligi
tekshiriladi.
Dars shiori beriladi:”Yoshlikda olingan bilim ,toshga o’yilgan naqshdir”.
Dars davomida amal qilinishi lozim bo’lgan qoidalar belgilanadi.
II.O’tilgan mavzuni so’rab baholash.
1.O’tilgan mavzularga oid tarqatma savollar beriladi.
Masalan:1.1Natural son nima?
1.2 Natural sonlar ni bo’lish xossalarini ayting.
1.3Natural sonlarni ko’paytirish xossalarini ayting.
1.4Tenglama nima?
1.5 Natural sonlar qatori qaysi sondan boshlanadi?
1.6 Sonli ifoda deganda nimani tushunasiz?
2.”
Joyingni
top
”
o’yinini
o’ynatish.(Bunda
oldindan
tayyorlangan
bo’lish
,ko’paytirish,qo’shish ,ayirish amallari kesma qogozlari o’quvchilarga tarqatiladi. Doskaga qaysi
amal chaqirilsa o’sha kesma qog’ozi bor o’quvchi chiqib o’z joyini egallashi kerak.)
Masalan:QO’SHILUVCHI,YIGINDI,QO’SHILUVCHI.
3.”Zinamazina “ musobaqasini o’tkazish.( Bunda doskaga oldindan zina usulida misollar
yozilgan plakatlar ilinadi va o’quvchilar taklif etiladi. Qaysi o’quvchi birinchi bo’lib zina
yuqorisiga misollarni to’g’ri ishlab chiqa olsa shu o’quvchi g’olib hisoblanadi. )
Shartlarda savol javoblarda faol ishtirok etgan o’quvchilarga balli stiker qog’ozchalar
tarqatilib dars yakunida hisoblanadi.
4. Dam olish daqiqasi.( Bunda o’quvchilarni fikrlash qobilyatini rivojlantirish maqsadida
“Fikrlay
olasanmi?”
o’yini
o’tkaziladi.
Tayyorlangan
yashirin
so’zlar
namoyish
etiladi.Masalan:IDYG’NII,O’NBLMIA.
III.Yangi mavzu bayoni.7ta olmani 3ta bolaga teng taqsimlash kerak.(bu vazifan o’qivchilar
ishtirokida bajaramiz).Bunda harbir bolaga 2tadan olma tegadi va 1ta olma ortib qoladi.
7 soni 3ga bo’linmaydi. Bo’lishni ko’rib chiqamiz.7:2=3(1q) yozish mumkin .
Bu holda 7 bo’linuvchi,3 bo’luvchi,2 to’liqsiz bo’linma ,1 qoldiq deyiladi.
Qoldiqli bo’lishda bo’linuvchini toppish uchun , to’liqsiz bo’linmani bo’luvchiga ko’paytirib,
hosil bo’lgan ko’paytmaga qoldiqni qo’shishni o’zi kifoya.
Agar qoldiq 0 ga teng bo’lsa, bo’linivchi bo’luvchiga qoldiqsiz bo’linadi deyiladi.
IV. Mustahkamlash : Mavzuga oid darslikdan misollar ishlanadi. Yangi mavzuga oid savollar
beriladi.
1.Qoldiqli bo’lish deb nimaga aytiladi?
2. To’liqsiz bo’linma nima?
3.Qoldiq nima?
4.Qoldiq nolga teng bo’lsa bo’lish amali qanday nomlanadi?
5. Bo’linuvchi qanday hisoblab topiladi?
V.Darsni yakunlash :Faol o’quvchilar to’plagan stikerlariga qarab baholanadi .Uyga vazifa
beriladi (325326misollar).
Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар
208
PISA DASTURI TALABLARIGA MOS KELUVCHI TEST TUZISH
MO’MINOVA D.A., Oqqo’rg’on тумани 6-maktab o’qituvchisi,
XAMIDOVA M.K., Yangiyo’l shahar 2- maktab matematika o’qituvchisi
Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yoʼlida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda
kelajagimiz davomchilari boʼlmish yoshlarni ijodiy gʼoyalari va ijodkorligini har tomonlama
qoʼllabquvvatlash, ularning bilim, koʼnikma va malakalarini shakllantirish hamda ilgʼor xorijiy
tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yoʼlda xalqaro
tajribalarni oʼrganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yoʼnalishdagi
xalqaro va xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiytadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik
qilish muhim ahamiyatga egadir.
Shu maqsadda, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi tizimida
taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish choratadbirlari toʼgʼrisida”
2018yil 8dekabrdagi 997sonli qarori bilan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Taʼlim sifatini baholash
boʼyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tashkil etildi. Shu bilan birga, taʼlim
sifatini baholash boʼyicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish vazifalari belgilandi:
Xalqaro baholash dasturlarining ahamiyati nimada?
So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy
o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk
mutaxassislarga bo‘lgan talabni yanada oshirmoqda.
Bu o‘zo‘zidan o‘quvchilarimizning darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va
o‘qituvchilarning har tomonlama ta’limtarbiyaga e’tiborini kuchaytirishni talab etadi. Yuqoridagi
talablarning ta’lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy davlatlardagi kabi ta’lim va
fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan
ilg‘or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi.
•
Ta’lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish O‘zbekistonga nima beradi?
•
Tadqiqotlarda olingan natijalar mamlakatdagi ta’lim sifati va uning xalqaro standartlarni
hisobga olgan holda egallagan o‘rni to‘g‘risida xulosalar chiqarish imkonini bеradi.
•
Milliy ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim mazmunini, pеdagog kadrlar tayyorlash va ularning
malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish hamda mutaxassislar tomonidan darsliklarning
yangi avlodini yaratishda qo‘llaniladi.
•
Xalqaro tadqiqotlar ta’lim sohasidagi milliy tadqiqotlarni sifatli o‘tkazishga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi.
•
Xalqaro standartlar darajasida yuqori iqtisodiy samaraga asoslangan milliy baholash tizimini
yaratish imkonini bеradi.
•
O‘zbеkistonda turli tashkilotlarning yеtakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda xalqaro
tadqiqotlarda ishtirok etish orqali mahalliy mutaxassislarimizda monitoring tadqiqotlarini o‘tkazish
madaniyati rivojlanadi, ta’lim sifatini baholashning xalqaro standartlarga moslashuviga olib kеladi.
•
Milliy ta’lim sifatini baholashdagi nazorat matеriallarini xalqaro tadqiqotlarda
qo‘llaniladigan nazorat matеriallari sifati darajasida ishlab chiqish imkonini bеradi.
Mazkur tadqiqotlar doirasida Oʼzbekiston Respublikasi oʼquvchiyoshlarining savodxonlik
darajalari ilk bor sinab koʼrilar ekan, bunga o’ta mas’uliyat bilan tayyorgarlik koʼrish talab etiladi.
Buning uchun, xalqaro tadqiqotlar talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan topshiriqlar asosida
tajriba sinovlar oʼtkazish, oʼquv jarayonlariga bosqichmabosqich integratsiya qilib borish orqali
oʼquvchilarda maxsus koʼnikmalarni rivojlantirib borish muhim ahamiyat kasb etadi, umumtaʼlim
muassasalari rahbarlari, pedagoglar, oʼquvchilar foydalanishlari maqsadida oʼquvchilarning
matematik, tabiiyilmiy fanlar va oʼqish savodxonligini baholashga qaratilgan topshiriqlarni
o’rganish muhimdir. Hozirgi vaqtda pedagoglar uchun eng muhimi “Pisa testlari” yechish
Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар
209
qiyinchilik tug’dirmoqda. Shu muammoni bartaraf etish uchun eng avvalo test tushunchasini chuqur
tushunib olishimiz zarur.
TEST NIMA? Test – bu baholanuvchi o’quvchi haqida dalillar asosida xulosalar chiqarishga
yordam beruvchi o’lchov vositasi
Testbu o‘lchash vositasi. Bu faqat bir necha javob variantidan iborat savol emas, u turli
shakllarda bo‘lib, batafsil yozma javobni va uni asoslashni talab etuvchi ijоdiy topshiriq ham
bo‘lishi mumkin. Testga qo‘yiladigan talablar:
Testga (topshiriqqa) nisbatan maqsadni belgilab olish lozim;
Test natijalari xulosa berishi kerak;
Testni spetsifikatsiyasi (o’ziga xos xususiyati) nima?
Spetsifikatsiya – bu ishning mazmunini, tuzilishini aniqlab beruvchi xujjat. Test
spetsifikatsiyasi testning asosiy mazmunini umumiy holatda o’zida mujassamlashtiradi. Shu bilan
birgalikda shakl haqida ham ma’lum ma’lumot beradi. Spetsifikatsiya asosan maqsad, vazifalar, test
rejasi va tuzilishini o’z ichiga oladi. Shuningdek, spetsifikatsiya testni o’tkazish uchun
ko’rsatmalarni, ularni o’tkazish shartlarini, natijalarni qayta ishlashni va ularni (natijalarni) talqin
qilishni ham o’z ichiga oladi. O’quv rejasi va baholashga ma’sullar uchun testlar spestsifikatsiyasi
quyidagi savollarga javob beradi.
1.
Nimani o’qitamiz?
2.
Qanday o’qitamiz?.
3.
Qanday o’lchov vositalaridan foydalanamiz?
4.
Qanday baholaymiz?
Mana shuning uchun ham testlarning spetsifikatsiyasini bilishimiz kerak!
•
Testlar spetsifikatsiyasi qanday ko'rinishga ega? 1 Domenni aniqlash (Biz nimani
o’lchamoqchimiz?)
•
Agar bizga savolni ko’rsatishsa va savol yaxshimi yoki yomonmi deb so’rashsa javob bera
olmaymiz. Chunki biz nima o’lchanayotganini bilmaymiz.
•
O’quvchi haqida xulosa qilish.
•
(Biz o’quvchi haqida nima demoqchimiz yoki nimani o’lchamoqchimiz).
Hulosa tekshirilayotgan sohadan kelib chiqib qilinadi. (matematika, o’qish va tabiiy fanlar)
•
Matematika bo’yicha talablar: O’quvchi konsepsiyalarni tushunishi va amallarni
(algoritmlarni) bajara olishi kerak.
•
O’quvchi muammolarni hal qila olishi kerak.
•
O’quvchi matematik tilda muloqot qila olishi kerak.
•
O’quvchi matematik modellashtirishni bilishi kerak.
•
Til bo’yicha talablar;
•
O’qish: O’quvchilar qiyinlashtirilgan adabiy matnlarni va ma’lumotlardan iborat matnlarni
tushunish va tahlil qilish uchun diqqat bilan tahliliy yondashgan holda o’qishadi;
•
Yozish:Turli maqsadlar va turli auditoriya uchun samarali yoza oladi;
•
Tinglash va gapirish. O’quvchi o’zining tinglash va gapirish qobiliyatidan turli
muammolarni hal etish va turli auditoriya uchun foydalana oladi.
•
Tadqiqot: Matndagi holatlarni harakatlarni va voqealarni tahlil qila oladi, o’zi keltirgan
dalillarni asoslay oladi, matnlardagi umumiy g’oyani topa oladi.
•
Tabiiy fanlar bo’yicha talablar: Muloqatga kirisha olish va muammoni aniqlay olish.
•
Modellarni ishlab chiqish, yaratish va ishlata olish;
•
Тadqiqotlarni rejalashtirish va ularni o’tkazish;
•
Berilgan ma’lumotlarni tahlil qilish va talqin qilish;
•
Matematik tafakkurni ishlata olish;
•
Konstruksiyalash va modellashtirish;
•
Dalillardagi faktlardan foydalana olish;
•
Ma’lumotlarni qabul qilish, baholash va talqin qila olish;
Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар
210
XXI asrda o’qitish, barchasi XXI asr ko’nikmalaridan kelib chiqadi. Bu XXI asr
sharoitlaridan kelib chiqib yashash, faoliyat yuritish va o’qish demakdir.
MATEMATIKADAN DARSDAN TASHQARI MASHG`ULOTLARNI TASHKIL ETISH
НОРОВА М., Bo`stonliq tumani 18-maktab o’qituvchisi,
TURG’UNOVA S.U., Chirchiq shahar 12-maktab o’qituvchisi
Bugungi kunda ta'lim tizimiga qo'yilgan talablar mustaqil fikrlay oladigan, milliy merosimizni
qadrlaydigan, ijodkor, ahloqli, har tomonlama kamol topgan yoshlarni tarbiyalashdan iborat. Bu
talablarni amalga oshirishda hozirgi zamon o'qituvchisidan tinmay ijodiy izlanish, o'qishga
yangicha munosabat va fidoyilik talab etiladi. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi
qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Davlat ta'lim standartlari» talablaridan kelib
chiqqan holda umumiy o'rta ta'lim maktablarida matematika o'qitishning umumiy maqsad va
vazifalari belgilab berildi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida matematika o'qitishdan ko'zda tutilgan
asosiy maqsad o‘quvchilarda kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni
davom ettirish uchun zarur bo‘lgan matematik bilim va ko‘nikmalar tizimini shakllantirish va
rivojlantirish; jadal taraqqiy etayotgan jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladigan, aniq va
ravshan, tanqidiy hamda mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni shakllantirish; milliy, ma’naviy va
madaniy merosni qadrlash, tabiiymoddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrabavaylash,
matematik madaniyatni umumbashariy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida tarbiyalashdan iborat.
Matematika o'qituvchisi dars jarayonida, darsdan tashqari mashg'ulotlarda, matematika
to'garaklarida, turli kechalar, uchrashuvlar, qiziqarli mavzular yoki mashhur olimlarning ijodi,
faoliyatiga bag'ishlab turli tadbirlar tashkil qilishi maqsadga muvofiqdir. Matematikadan sinfdan
tashqari mashg'ulotlarida o'quvchilarda alohida qiziqish tug'diradigan masalalar, mavzularga e'tibor
berishi maqsadga muvofiqdir. Buning samarasi sifatida o'quvchilar mashg'ulotlarda yangi va
qiziqarli narsalarni bilib oladilar va ular o'qituvchining birinchi yordamchisi bo'lib qoladilar,
o'quvchilarning matematik qobiliyatlari rivojlanadi va shu bilan birga o'qituvchining o'z malakasi
ham oshib boradi. Matematika o'qituvchisi talabalarni faqat darsda o'qitish bilan cheklanib
qololmaydi. Yaxshi o'qituvchi va tarbiyachi ma'lum matematik bilimlar yig'indisini talabalarga
singdirish bilan birga, ularda aktiv ijodiy fikrlashni uyg'otishi va foydali mehnat malakalarini
tarbiyalashi lozim.
Matematikadan to`garak mashg`ulotlarini tashkil etishda o`quvchilarni ijodkorlik hislatlarini
rivojlantirish muhim hisoblanadi. Quyida matematikadan “Koordinatalar tekisligi” mavzusida
to`garak mashg`ulotlari uchun topshiriqlar keltirilgan. Mashg`ulot ishtirokchilari guruhlarga
bo`linadi. O`quvchilarga berilgan nuqtalarni ketmaket kesmalar bilan tutashtirish taklif etiladi.
Buning uchun avvaldan chizib tayyorlangan koordinatalar tekisligi kerak bo`ladi. Koordinatalar
tekisligini turli dasturiy vositalar , jumladan “GeoGebra” dasturi yordamida tayyorlab olishimiz
mumkin.
1-guruh topshirig`i. (5; 6), (4; 6), (3; 5), (3; 4),(2;3), (2; 1), (3; 2),(7; 2), (8;1), (8; 3), (7;
4), (7; 5), (6; 6), (5; 6), (5;7), (7; 8), (4;8), (3;8), (4;7) (5;7).
2-guruh topshirig`i. 5; 7), (3; 5), (4; 5), (2; 3), (4; 3), (2; 1), (4,5; 1), (4,5;1), (5,5; 1), (5,5;
1), (8; 1), (6; 3), (8; 3), (6;5), (7; 5), (5; 7)
3-guruh topshirig`i. (7;3), (7;7), (6;8), (6;9), (5;8), (4;9), (4;8), (2;3), (6;3), (7;4),
(8;4), (10;1), (10;2), (9;2), (9;0), (7;1), (7;0),(6;4),(6;8),(4;8),(5;7),(5;4),(5;2),(5;0), (5;2),
(4;4), (5;6), (4;7), (3;4), (4;1), (3;0), (0;0), (1;4), (1;8), (3;8), (2;7), (2;0), (2;2), (4;
4), (3;6),(4;7),(5;4),(3;1),(4;1),(5;5),(6;3),(7;3)
alohida (6;6)
Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар
211
4-guruh topshirig`i. (3; 7), (1; 5), (2; 4), (4; 3), (5; 2), (6; 2),(8; 4), (8;1), (6; 0), (0;3), (2;
6), (2;3), (4;2), (5;1), (6; 1), (6; 2), (3; 5), (3; 7)
alohida: (3; 3)
alohida: (6; 1), (4; 1)
alohida: (3; 5), (2; 2), (2; 0), (4;2)
Natijada quyidagi shakllar hosil bo`ladi.
O`quvchilarning ijodiy ishlaridan namunalar:
Bu topshiriqlarni jamoada, kichik guruhlarda yoki individual tarzda ham o`tkazish mumkin.
Bu turdagi topshirirqlar o`quvchilardan kuchli matematik bilimlarni talab etmaydi. Tabiiyki, a`lo
baholarga o`qimagan o`quvchilar uchun ham zerikarli hisoblanmaydi. Guruhlarga mo`ljallab tuzilsa
yanada qizizqarliroq tus oladi. Topshiriqlar 68 sinf o`quvchilari uchun mo`ljallangan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati:
1.
Matematika fanini o`qitish metodikasi. Malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun
mo`ljallangan o`quvuslubiy majmua. T:2008y.
2.
http:// www.rtm.uz – Respublika ta`lim markazi sayti.
Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар
212
XITOY XALQ RESPUBLIKASI TABIIY GEOGRAFIK VA DEMOGRAFIK SALOHIYATI
MAVZUSINI O`QITISHDA “IDROK XARITASI” VA “ASSISMENT” TEXNIKASI
METODLARIDAN FOYDALANISH.
ORIPOVA N., Parkent tumani 27-maktab geografiya fani o`qituvchisi
Mustaqillik yillarida yosh avlodning ta`lm samaradorligini oshirish uchun muhim qadamlar
tashlandi. Respublikamizning barcha umumta`lim maktablarida ta`lim sifatini yuksaltirish
maqsadida Xalq Ta`limi Vazirligi tomonidan bir qator qarorlar qabul qilindi. “Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi” to`g`risidagi, “Ta`lim tog`risidagi” qonunlarga asoslanib maktabda geografiya
darslarini yangi pedogogik texnoligiyalar va AKT vositalaridan foydalangan holda va darslarni
kompetentsiyaviy yondashuvga asoslanib tashkil etish hozirgi davrning asosiy talablaridan biridir .
Shunday ekan, har bir o`qituvchi har bir darsni san`at asari darajasida o`tishi, sinfdagi har bir
o`quvchi bilan individual ishlashga erishishi shart. Buning uchun o`qituvchi shakshubhasiz ilg`or
pedogogik metodlarga murojaat qiladi. “Idrok xaritasi”, “Assisment” texnikasi metodlari biz
geograflar uchun eng samarali natija beruvchi metodlardan sanaladi. Bu metodlarning afzalliklari
shundan iboratki, har qanday mavzuni to`la, ravon va mukammal tushuntirishga,
mustahkamlashga imkon yaratadi. O`quvchilar diqqatini jamlab erkin fikrlash qobilyatini
oshiradi.
“Idrok xaritasi” metodi Xitoy Xalq Resublikasi tabiiy geografik va demografik salohiyati”
mavzusini o`qitishda yangi mavzu bayoni bosqichida qo`llanilishi maqsadga muvofiqdir.
O`rganilayotgan mavzu yozuv taxtasining markaziga yoziladi va uning atrofida mavzuda
berilgan har bir reja alohida tarmoq sifatida shakllantiriladi. Har bir rejaga tegishli bo`lgan
ma`lumotlar ketmaketlikda asosiy tarmoqlardan tarmoqchalar orqali davom ettiriladi. Bu
jarayonda katta tarmoq va kichik tarmoqchalar turli rangdagi bo`r, markerlar orqali ajratiladi. Bu
sxematik tarmoqlash o`quvchi ko`zi o`ngida sinf taxtasida chizilishi yoki monitorda namoyish
qilinishi mumkin. Quyida Xitoy Xalq Respublikasi mavzusini “Idrok xaritasi” metodi asosida
ko`rib chiqamiz.
“Idrok Xaritasi” metodi
Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар
213
“Assisment” texnikasi metodi dars jarayonining baholash bosqichida qo`llanilishi mumkin
bo`lgan metodlardan biridir. Bu metod yuqori samara beruvchi va har bir o`quvchining mavjud
qobiliyatini namoyon qiluvchi metodlardan biri hisoblanadi. Undan foydalanishning ustun
jihatlari quyida ifodalangan.
1.
O`quvchi uchun to`rt xil imkoniyat beriladi;
2.
Har bir o`quvchi o`zining mustaqil fikrini bayon qila oladi;
3.
Nutqi
ravon
bo`lmagan,
flegmatik
yoki
melanxolik
xaraktertempramentdagi
o`quvchilarning bilim darajasini ochib bera oladi;
4.
O`quvchini mavjud muammoga munosabatini bildiradi va yechim topishga yo`naltiradi;
5.
O`quvchining faolligi keskin ortadi;
6.
Barcha o`quvchilarni baholashga erishiladi.
Demak, “Assisment” texnikasi yangi mavzu bo`yicha olingan bilimlarni mustahkamlash,
baholash bilan bir qatorda o`quvchining mustaqil fikrlashini va dunyoqarashini o`stiradi. Mavzuda
keltirilgan ma`lumotlar o`quvchi xotirasiga chuqur o`rnashadi, chunki u mavzuga va
undagi muomalaga ijodiy yondashadi, “Assisment texnikasi”dan foydalanib yuqori sinf
xususan 910sinf o`quvchilarning diqqatini 100% ijodiy yondoshuvga yo`naltirish mumkin.
“Assisment texnikasi”da bir jadval to`rt bo`lakka bo’linib birinchi bo`lakda test savollari
o`quvchi yoshiga mos tarzda bittadan uchtagacha berilishi mumkin. Javob variantlari
a),b),c),d) harflari bilan belgilanadi. Ikkinchi bo`lakda Simptom ya`ni mavzuda berilgan aniq
raqamli ma`lumotlar yoki ayrim tushunchalar tahlili keltiriladi. Uchinchi bo`lakda “Muammoli
vaziyat” tasvirlanib mavzudan kelib chiqib muammo tashaladi, muammoning sabablari oqibatlari
va yechimi o`quvchi tomonidan yoziladi. Bunda o`quvchilar birbirlarini fikrlarini takrorlamaydilar,
muammoni tahlil qilib o`z dunyoqarashidan kelib chiqib muammo yechimini topadilar. To`rtinchi
bo`lakda o`quvchilarning “Amaliy ko`nikma”si aniqlanadi. Matndan foydalanib amaliy masala
yoki mashq beriladi.
Quyida Xitoy Xalq Respublikasi tabiiy va demografik salohiyati mavzusini o`qitishda
“Assisment texnikasi” metodidan foydalanishni ko`rib chiqamiz.
“Assisment” texnikasi
Test
Muammoli vaziyat
1.Xitoy Xalq Respublikasi aholisi soni
(2018) to`gri berilgan javobni belgilang.
a).1.350mln b).1.394mln
c).1.300mln d).1.405mln
2.Tekislik va yassi tog`liklar Xitoy Xalq
Resublikasining qaysi qismini egallagan.
a).shimoliy b).janubiy
c).sharqiy d).g`arbiy
Xitoyning yirik shaharlarida ekologik
vaziyatning keskinlashuvi sabablari,
oqibatlari va yechimlarini yoriting.
Sababi:
Elektr
Energetika
bo`yicha
birinchi davlat 85%i IESlarga to`g`ri kelib
yoqilg`ining 2/3 qismini ko`mir tashkil qiladi.
Oqibati: Atmosferada sun`iy bulutlar
paydo bo`gan ahvol achinarli.
Yechim:
Noan`anaviy
energiya
manbalaridan foydalanish.
Iboralar
Amaliy ko`nikma
1.
Shimoldan janubga 4000km
2.
Sharqdan g`arbga 4500km
3.
“Bir oilaga bir bola” tamoyili
demografik siyosat
4.
“Bir millatli va ko`p millatli”55ta
mahalliy millat va elatlar bor,
xitoylik xanlar esa xitoy
aholisining 90%ni tashkil qiladi
Xitoy aholisining o`rtacha zichligini
aniqlang.
Yechish:
1.394mln aholi soni /9599ming km
2
=145.2kishi
Javob: Xitoy aholisining o`rtacha zichligi
1 km kvga 145.2 kishini tashkil qiladi.
Xitoy davlati shakli va uning chegaradosh
davlatlarining nomlarini yozing.
Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар
214
ЎҚИТУВЧИНИНГ ВИРТУАЛ ТЕХНОЛОГИЯЛАРДАН ХАБАРДОРЛИГИНИ
ОШИРИШ
ОҚНАЗАРОВ Т.Ж., Самарқанд ВХТХҚТМОҲМ ўқитувчиси
Ўқитувчиларнинг виртуал технологиялардан хабардорлигини ошириш ана шу соҳада ўз
билимлари, малакалари ва кўникмаларини ўзлаштириш жараёнида юзага келади, улар
касбий вазифаларни самарали ҳал этиш учун зарур. Мазкур жараённи ўзўзидан эмас, балки
мақсадга мувофиқ равишда амалга ошириш керак, деб ҳисоблаймиз, бунга эса жумладан,
қўшимча касбий таълими тизимида масофавий ўқитиш шароитида ўқитувчиларнинг виртуал
технологияларидан хабардорлигини оширишга кўмак берадиган турли педагогик шарт
шароитларни яратиб эришиш мумкин.
Ўқитувчининг виртуал технологиялар соҳасидаги билимларини шакллантириш ва
такомиллаштириш муаммоларини
назарий ўрганиш натижалари асосида виртуал
технологиялар соҳасидаги билимларини оширишга ёрдам берадиган бир талай педагогик
шартларни назарий асослашни мақсад қилиб қўйдик.
Фалсафий адабиётларда "шарт" атамаси предметни ўраб турган ҳодисаларга
муносабатини ифодалайдиган категория сифатида таърифланади, у ҳодисаларсиз у мавжуд
бўлмайди. Яъни, шартшароитлар ўрганилаётган объектнинг ишлаши ва ривожланишини
амалга оширадиган муҳитнинг тавсифи ҳисобланади. Шундай муҳит сифатида у ёки бу
даражада ишлашига ва ривожланишига таъсир кўрсатувчи ҳолатларни кўрсатиш мумкин.
Шароит тушунчасини педагогик мақсадлар учун ишлатар эканмиз, у ҳолда "таълим
фаолияти шароити” деган яна бир тушунча маъносига тўхталиб ўтишимиз лозим. Бу ушбу
шароитларда мазкур фаолият амалга ошадиган ҳолатлар ва унинг субъектининг ҳаётий
фаолияти ҳолатлари мажмуи саналади. У ва бошқалар ҳам унинг муваффақиятли кечишига
кўмаклашувчи ёки тўсқинлик қилувчи омиллар сифатида қаралади ".
Тадқиқотимиз негизида шундай ғояни илгарига сурдикки, маълум педагогик шартларга
риоя қилиш асосида ўқитувчи виртуал технологиялар бўйича юқори малака даражасини
эгаллашига эришиш мумкин.
Ушбу таҳлилни ўтказишда биз “шароит”ни бирор нарса боғлиқ бўлган ҳолат, бирор
нарса содир бўладиган вазият деган тушунчада келиб чиқиб таҳлил қилдик.
Ҳозирги вақтда педагогика назариясида ўқув жараёни унинг таркибий элементлари,
объектив ва субъектив омиллари таъсир қиладиган мураккаб тизим сифатида қаралади. Ҳар
қандай дидактик тизимнинг самарадорлик омилларини тўртта шартли гуруҳга бўлиш
мумкин:
1. Таҳсил олувчиларнинг шахсий фазилатлари билан белгиланадиган шартлар;
2. Ўқитувчининг шахсий фазилатлари билан белгиланадиган шартлар;
3. Ўқитувчи ва таҳсил олувчиларнинг ўзаро мулоқоти ҳамда алоқалари билан боғлиқ
шартлар;
4. Педагогик жараённи ташкил этишнинг моддийтехник шартлари.
Қўшимча касбий таълим тизими масофавий ўқитиш жараёнида ўқитувчининг виртуал
технологиялар соҳасидаги билимларини ошириш турли шартлар билан белгиланади,
уларнинг баъзилари қўшимча касб таълими тизимига тааллуқли эмас. Тадқиқотимизда фақат
ўрганилаётган объектга таъсир қиладиган шароитларнигина аниқлаб олдик.
Шундай қилиб, педагогик шартлар масофавий таълим жараёнида ўқитувчининг
виртуал технологиялар соҳасидаги билимларини оширишга қаратилган қўшимча касбий
таълим тизимида таълим жараёнининг ўзаро ҳамкорликдаги чоратадбирлари мажмуи деб
ҳисоблаймиз. Бу эса ўқитувчининг виртуал технологиялари соҳасида маълум бир даражага
эришганлигини билдиради.
Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар
215
Тадқиқотимизнинг асосий категорияси моҳияти ва мазмунини, янада аниқроқ айтганда
"ўқитувчининг виртуал технологиялар соҳасидаги салоҳияти", педагогика амалиётида
мавжуд муаммоларнинг ҳозирги ҳолатини таҳлил қилиш натижасида, масофавий ўқитиш
шароитида ўқитувчиларнинг виртуал технологиялар соҳасидаги билимларини ошириш
самарали бўлиши мумкин, агарда:
•
ўқитувчи ўтаётган предметнинг ўзига хос хусусиятларини ҳисобга олган ҳолда
виртуал технологиялар соҳасида курс тайёргарлиги мазмунини модулли тузилмада акс
эттира олса;
• масофали ўқитиш шароитида ўқитувчининг виртуал технологиялар бўйича
билимларини оширишга қўшимча касбҳунар таълими муассасалари ўқитувчиларини махсус
тайёргарликдан ўтказиш амалга оширилса;
•
лойиҳа
технологиялари
ўқитувчининг
виртуал
технологиялар
соҳасидаги
билимларини ошириш жараёнида фаол қўлланилса;
• масофавий таълим жараёнида ўқитувчининг виртуал технологиялар соҳасидаги
малакасини ошириш узлуксиз давом эттирилса.
Бугунги кунда, педагогик ходимларни, виртуал технологиялар соҳасидаги малакасини
ошириш мазмунини шакллантиришда, ўқитувчиларнинг эҳтиёжларини эмас, балки қўшимча
касбий таълим муассасалари имкониятлари асос қилиб олинади. Бу эса малака ошириш
мазмунининг касбий талабларга ва педагогларнинг эҳтиёжларига мувофиқ келмаслигига
сабаб бўлади.
Малака оширишнинг анъанавий, тўлиқ шакллари ўқитувчилар малакасини ошириш курслари
мазмунига қўйиладиган юқорида санаб ўтилган талабларни қондириш имконини бермайди,
чунки, ўқитувчиларнинг ахборий эҳтиёжи турлича бўлиб, ўқитувчилар эса ҳар бир
тингловчининг истагини қаноатлантиришга қодир эмас. Шунинг учун масофавий
ўқитишнинг жорий этилиши виртуал технологиялар соҳасида ўқитувчиларнинг долзарб
ахборот эҳтиёжларини инобатга олган мослашувчан ўқув дастурларини яратишга имкон
берган бўларди. Бундай эҳтиёжлар ҳақида фикр юритадиган бўлсак, алоҳида шахс ёки
жамоанинг бажарадиган ҳаракатлари, ишлари тавсифига мос келадиган ахборотни олиш
заруратини акс эттирувчи сифатини тушунамиз.
MATEMATIKA DARSLARIDA UZUNLIK O‘LCHOV BIRLIKLARINI
KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA О‘RGATISH
OTAQULOV SH., TDPU ўқитувчиси,
XAYRULLAYEVA D. , talaba
Matematika darslarida uzunlik o‘lchov birliklarini kompetensiyaviy yondashuv asosida
shakllantirishda, darsda berilgan masala, misol va topshiriqni juft bo‘lib hal qilishi ham
o‘quvchilarni o‘zaro fikr almashishga, birbirini to‘ldirishi, kerak bo‘lsa birbiriga o‘rgatishga
o‘rgatadi. Bunday usulni “Juftlikda ishlash” deb ataladi. O‘qituvchi o‘quvchilar mustaqil hal qilishi
mumkin bo‘lgan istalgan vazifani juftlikda topshiradi. Bunday topshiriqnini ijodiy xarekterda
bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Predmetlar massaga ega bo‘lishi haqidagi boshlang‘ich tasavvurlarni bolalar maktabgacha
turmush tajribasida oladilar. Uzunlik, hajm haqidagi tasavvurlarni shakllantira yotganda biz
asosan ko‘rish hissiga tayanamiz. Massa tushunchasini shakllantirishda «barik» hisga (grekcha
«baros» — og‘irlik) tayaniladi. Istalgan jism yerga tortilishi natijasida tayanchga bosim beradi yoki
osilgan ipni taranglaydi. Kaftga, gavdaga beriladigan bunday bosimda shu «barik» hisni beradi.
Barik bosim miqdori massaga to‘g‘ri proporsional. Jism massasi qancha katta bo‘lsa, og‘irlik hissi
shuncha katta bo‘ladi. Og‘irlik kuchining massaga proporsionalligi sababli, ko‘pincha bu ikki
Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар
216
tushuncha: massa va og‘irlik chalkashtirib yuriladi. O‘quvchilar ko‘pincha «massa» atamasi o‘rniga
«og‘irlik» atamasini ishlatadilar. Bu fizikada ikkita turli tushunchalardir.
Og‘irlik — vektor miqdor. Og‘irlik — bu jism tayanchga bosadigan yoki ilmoqni tortadigan
kuchdir. Og‘irlik tayanchning holatiga bog‘liq. Agar tayanch vertikal yo‘nalishda tezlanish bilan
harakatlansa, u holda jism zo‘riqish yoki vaznsizlik holatida bo‘lishi mumkin. Og‘irlik tayanchning
holatiga bog‘liq. Og‘irlik prujinali dinamometr bilan o‘lchanadi. Og‘irlikning o‘lchov birligi —
nyuton. Massa — skalyar miqdor. Fizika qonunlari massani energiyaning o‘zgarish o‘lchovi sifatida
ochib beradi. Massa richagli tarozilarda o‘lchanadi. Massaning o‘lchov birligi kilogammdir.
Massani Yerga tortilish qobiliyati bo‘yicha qabul qilish o‘rganishga eng osondir. Boshlang‘ich
maktabda faqat jismning massasi o‘rganiladi, shu sababli «og‘irlik», og‘irligini «tortish», «og‘irlik
toshlari», «og‘irligini tenglashtirish» so‘zlarini iloji boricha ishlatmay, «massa», «jismlarning
massasini o‘lchash», «massani o‘lchash uchun asbob», «massa o‘lchagich»so‘zlaridan foydalanish
kerak. Narsalarni massasi bo‘yicha farqlay olish qobiliyati, turli massali narsalarni «og‘ir», «yengil»
so‘zlari bilan belgilash qobiliyati bolalarda amaliy turmush asosida bu vaqtga kelib paydo bo‘lgan.
Bundan buyon bu mavzuni o‘rganishdan maqsad massa haqida aniq tasavvurni shakllantirish,
bolalarni massa birliklari (kg, g, s, t) bilan tanishtirishdan iborat.
Sinfning uzunligini qadamlab o’lchang. Siz necha qadam sanadingiz? Sinfdagi boshqa bolalar
necha qadam sanadi? Sinfining uzunligini qadamlab sanash qulaymi? Qadamlab o'lchashlarda bir
xil son chiqadimi? Sinfining uzunligi aniq o'lchandimi?
Uzunlik,
kenglik,
balandlik
va
chuqurlikni
qanday
o'lchov
bilan
o‘lchagan qulay? O'lchov aniq boiadimi?
Metr - uzunlik o'lchovi. "Metr" so'zi sonlar yoniga quyidagicha yoziladi: 1 m, 3 m, 9 m,
Raqamlar bilan yozing: besh metr, o'n metr, ikki metr.
Uyda qalin qog'ozdan, tasmadan metr yasang. Sinfdagi yog'och metri qog'ozdan qilingan
metr bilan, tasmadan qilingan metr bilan taqqoslang. Ularning hammasi bir xil uzunlikda bo'lishi
kerak. Ularning uzunligi – mm.
Metr bilan yana nimalar o'lchanadi?
Daftaringizga yozing:
Metr bilan: taxtaning uzunligi, xonaning uzunligi, ko'chaning, daryoning, kengligi; xonaning,
daraxtning balandligi; quduqning, hovuzning, chuqurligi o'lchanadi.
Stolning balandligini o'lchang. Stolning balandligi metrdan ortiqmi yoki kammi? "Stolning
balandligi taxminan bir metr" deyish mumkin. Bu holda: "Men stolning balandligini 1 metrgacha
aniqlikda o'lchadim" deyiladi.
Sinf doskasining bo'yini va enini 1 m gacha aniqlikda o'lchang. Yozing: doskaning bo'yi ...
m, doskaning eni ... m.
Derazaning bo'yini va enini 1 m gacha aniqlikda o'lchang. Yozing:
derazaning bo'yi ... m, derazaning eni ... m.
Sinfning bo'yi va enini 1 m gacha aniqlikda o'lchang. Yozing: sinfning bo'yi ... m, sinfning
eni ...m.
O'rtog'ingizdan o'z bo'yingizni o'lchab qo'yishni iltimos qiling. Sizning bo'yingiz bir metrdan
ortiqmi yoki kammi? "Mening bo'yim bir metrdan bir oz ortiq". Yoki: "Mening bo'yim bir metrga
yaqin" deyish mumkin.
2 m tasma, shnur, lenta, kanopni o'lchang.
Metr bilan bir bo'lak gazlamaning enini, bir parcha qattiq qog'ozning enini o'lchang.Yozing:
gazlama bo'lagining eni ...m, bir parcha qattiq qog'ozning
eni.. .m.
Qaysi biri uzun: ko‘k qalammi yoki binafsharang qalammi?
Qaysi biri qisqa: qalammi yoki ruchkami?
O'zingiz yasagan qog'oz metrni oling va uni uchlari ustmaust tushadigan qilib ikki buklang.
Har bir bo'lak metrning yarmi bo'ladi.
Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар
217
Bir metr ikkita yarim metr bo'ladi
Sinfdagi narsalardan bir metr yoki bir metrga yaqin uzunlikda bo'lganlarini ko'rsating.
Sinfdagi narsalardan yarim metr yoki yarim metrga yaqin bo'ladiganlarini ko'rsating.
Maktab koridorining uzunligini, sport zalining enini, eshikning balandligini, hovlidagi
yo'lning enini, jo'yakning uzunligini yarim metrgacha aniqlikda o'lchang.
Hamma narsalarni ham metr bilan o'lchab bo’lavermaydi. Qalamning uzunligini, daftarning
enini, sanoq cho'pning uzunligini metr bilan o'lchab bo'lmaydi. Undan kichikroq o'lchov kerak
bo'ladi. Bu o’lchovsantimetr.
Santimetr – bu uzunlik o‘lchovi. Santimetr sonlar yonida quyidagicha yoziladi: 3sm 10
sm 1sm.
ТЕХНОЛОГИИ ОРГАНИЗAЦИИ ОБУЧЕНИЯ ШКОЛЬНИКОВ МАТЕМАТИКЕ
С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ ИКТ
Do'stlaringiz bilan baham: |