Муаммо ва ечимлар республика илмий-амалий конференция материаллари инновационные подходы в повышении



Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/127
Sana20.04.2022
Hajmi6,57 Mb.
#566254
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   127
Bog'liq
конференция китоб-2019 168-bet

 
TURSUNBEKOVA N.A., Oxangаron tumani 10-maktab O’IBDO’ 
 
O‘quv faoliyati­bu keng ma’noda inson faoliyatining muayyan maqsadlar yo‘nalishida 
namoyon bo‘lishidir. Bu faoliyat faqat insoniyat jamiyatida amalga oshirilishi sababli, u nafaqat har 
bir insonning, balki butun jamiyatning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladi. O‘quv faoliyati ­ 
bu insonda muvaffaqiyatli mehnat faoliyatini amalga oshirish imkoniyatini ta’minlash maqsadida uni 
o‘qitish hamda tarbiyalashga qaratilgan maqsadli faoliyatdir. Ushbu jarayonning mohiyati inson 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
144 
tomonidan to‘plangan tajriba, bilimlar, malaka va ko‘nikmalar shaklida o‘zgartirish hamda uni o‘sib 
kelayotgan avlodga berishdan iborat. O‘quv faoliyati insonning individual rivojlanishi bilan uzviy 
bog‘liq va uning hamma fazalarda­bolalikdan boshlab, to ulg‘aygan davrigacha mavjud bo‘ladi. 
Shuning uchun tarixiy ijtimoiy hodisa hisoblanmish o‘quv jarayoni o‘z rivojlanish tarixiga ega. 
Demak, o‘quv faoliyati, boshqa inson faoliyati turlari singari, kishilik jamiyatiga xos bo‘lgan 
ob’ektiv hodisa sifatida amal qiladi. Jamiyatning o‘zi murakkab va ziddiyatli o‘zgarishlarga uchrab 
turar ekan, o‘quv faoliyati ham insoniyat taraqqiyotining turli rivojlanish bosqichlarida har xil 
muayyan shakllarga ega bo‘ladi. Masalan, O‘zbekistonda mustaqillik qo‘lga kiritilgandan so‘ng 
ta’lim sohasida bir qator muhim hujjatlar qabul qilindi va uzluksiz ta’lim tizimi shaklan va 
mazmunan yangi rivojlanish bosqichlariga o‘tdi, ya’ni o‘qitish jarayoni takomillashish yo‘liga o‘tdi.
Shuni ta’kidlash joizki, o‘quv faoliyati har doim ham barkamol insonni voyaga yetkazishga, uning 
ma’naviy va moddiy madaniyatini shakllantirishga qaratiladi. O‘quv faoliyati o‘z rivojlanishining 
hamma bosqichlarida ijtimoiy yo‘naltirilgan maqsadga ega. Maqsadli amalga oshiriladigan jarayon 
hisoblangan o‘quv faoliyati ko‘p qirralidir. Uning asosini shaxsan o‘qitish jarayoni, ya’ni o‘qituvchi 
tomonidan o‘quvchiga bilim, malaka va ko‘nikmalar majmuasiga bevosita berish jarayoni tashkil 
etadi. O‘quv faoliyatining aynan bu tomonini ta’lim berish jarayoni tushunchasi bilan belgilaymiz. 
O‘quv jarayoni deganda ­ o‘quv faoliyati, tor ma’noda, bir maqsadga yo‘naltirilgan ta’lim berish 
sifatida tushuniladi. Bu o‘quv faoliyatini asosiy tomoni hisoblanadi. Lekin u o‘quv faoliyatining 
mazmunini to‘laligicha yoritmaydi. O‘quv faoliyati tarkibiga keng ma’noda, ta’lim berishdan 
tashqari, yana bir eng muhim va ma’suliyatli jarayon­tarbiya kiradi. U o‘quv faoliyatining ajralmas 
qismi bo‘la turib, o‘quvchilardan bir qator zarur ijtimoiy sifatlarni shakllantirishga xizmat qiladi va 
tarbiya ikkita o‘zaro bog‘liq bo‘lgan jarayon hisoblanadi. Ularda o‘quv faoliyatining ikkita vazifasi­
ta’lim berish va tarbiyalash vazifalari muayyanlashtiriladi. Ikkala jarayon ham bir­biridan farqli 
ravishda o‘zining aniq maqsad va vazifalariga ega bo‘lishiga qaramasdan, ular mohiyati jihatidan 
bitta ijtimoiy maslak­jamiyat a’zolarining komilligini ta’minlashga xizmat qiladi. Shunday qilib, har 
bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi bo‘lgan ta’lim tizimining qay darajada 
rivojlanganligi bilan belgilanadi.
Mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilishning tashkiliy, ilmiy va metodik asoslari 
yaratildi, asosiy maqsad esa komil inson va yetuk malakali raqobatbardosh mutaxassislar 
tayyorlash, deb belgilandi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning asosiy tarkibiy qismlarini 
shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish tashkil etib, ular o‘zaro bog‘liq 
holda namoyon bo‘ladi. Mazkur hujjat talablarini amalga oshirish esa ta’lim tizimini tubdan 
qayta qurishni, ya’ni xalq ta’limi taraqqiyotining konseptual qoidalarini qayta ko‘rib chiqishni va uni 
qisqa vaqt ichida ijobiy hal qilishni taqozo etadi. Bu vazifalarning hal etilishi jahon ilmiy 
jamg‘armasidagi juda katta hajmli axborot fondidan nimani ajratib olish, qancha va qanday 
o‘qitish masalalarining yechimi bilan bevosita bog‘liqdir. Ana shu kesimda ta’lim 
texnologiyalarini joriy etish bilan aloqador zamonaviy muammolar oydinlashadi. Qolaversa, 
ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada kengrok davom ettirishni davr taqozo etmoqda. Pedagogik 
ta’lim amaliyotida kasbiy tayyorgarlik bilan bog‘liq ayrim masalalarning o‘z aksini yaxshi 
topmaganligi ham tegishli o‘qitish metodikalarining takomillashuvini dolzarb masalaga 
aylantirib qo‘ymoqda. Hozirgi paytda aksariyat metodist va pedagog­olimlar pedagogik 
texnologiyalar o‘quvchi yoki talabalarga ta’lim­tarbiya berishda ko‘zlangan maqsadga erishishni 
to‘la kafolatlaydi, deb qarashmoqda. Lekin bunday fikrlarni ob’ektiv haqiqat o‘rnida qabul 
qilib bo‘lmaydi, chunki bunda ob’ekt shaxs bo‘lib, uning ongi taklif qilinayotgan 
texnologiyani to‘laligicha qabul qila olmaydi, aksincha, uni inkor qilishi ham mumkin. Shuning 
uchun, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga kiritishda uning boshqaruvchisi 
bo‘lgan o‘qituvchigina ko‘zlangan maqsadga erishishning bosh kafolatchisi bo‘ladi. Agar shu 
nuqtai nazardan kelib chiqib qaraydigan bo‘lsak, yangi pedagogik texnologiyalar va uning asosiy 
negizi bo‘lgan axborot­kommunikatsiya texnologiyasini ta’lim tizimiga joriy etishda uning 
boshqaruvchisi bo‘lmish o‘qituvchining tayyorgarlik darajasini birinchi o‘ringa qo‘yish lozim. Shu 
sababli pedagogik jarayonlarning kun tartibidagi aksariyat dolzarb muammolarining ijobiy yoki 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
145 
maqsadga muvofiq tarzda hal qilinishi ko‘p jihatdan o‘qituvchining kasbiy salohiyati va pedagogik 
mahoratiga bog‘liqdir. Yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga joriy etish 
ko‘lamini kengaytirish, bu yo‘nalishda ilg‘or tajribalarni tatbiq qilish, har bir fan bo‘yicha bu 
sohada aniq rejalarni tuzish va amalga oshirish, darslik va o‘quv qo‘llanmalari hamda dasturlar va 
ma’ruza matnlarini elektron disketlarga ko‘chirish, ular bilan har bir talabani ta’minlashga erishish, 
ilmiy va ilmiy­metodik ishlarda, shuningdek, o‘quv­tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik va 
axborot texnologiyalarining keng joriy etilishiga erishish, ta’lim tizimini zarur axborot vositalari 
bilan yetarli darajada ta’minlash, ta’lim muassasalarini kommunikasion tarmoqlarga bog‘lash kabi 
vazifalar muhim hisoblanadi. Innovatsion faoliyatning sub’ekti o‘qituvchi, uning shaxsiy 
imkoniyati hisoblanadi. Bunda o‘qituvchi shaxsining ijtimoiy­madaniy, intellektual va ahloqiy 
imkoniyatlari yuksak ahamiyatga molik bo‘ladi. Xullas, pedagogik texnologiya ­ o‘qitish 
jarayonlarini optimal tashkil etishdir. O‘quv materiallarini tanlash, qayta ishlab o‘quvchi yoki 
talabalarning kuchiga, o‘zlashtirish xususiyatlariga moslab shakl va hajmini o‘zgartirish ham 
ta’lim texnologiyasiga daxldor. Pedagogik texnologiya­o‘z navbatida ta’lim­tarbiyaning ob’ektiv 
qonuniyatlari va diagnostik maqsadlari asosida o‘quv jarayonlari, ta’lim­tarbiyaning mazmuni, 
metod va vositalarini ishlab chiqish va takomillashtirish tizimidir, ya’ni fan va texnika 
yangiliklarini o‘zida mujassamlashtiradigan o‘quv jarayonidir. 
IJODKOR SHAXSNI SHAKLLANTIRISHDA MUAMMOLI TA’LIMNING O‘RNI 

Download 6,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish