Муаммо ва ечимлар республика илмий-амалий конференция материаллари инновационные подходы в повышении



Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/127
Sana20.04.2022
Hajmi6,57 Mb.
#566254
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   127
Bog'liq
конференция китоб-2019 168-bet

 
KARIMOVA G.I., Namangan ВXTXQTMOHM o‘qituvchisi
Mustaqillik yillarida o‘z mustaqil fikriga ega, har jihatdan yetuk jahon standartlariga mos 
keladigan barkamol avlodni voyaga yetkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida 
o‘ziga xos pedagogik texnologiyalar maktabi yaratildi. Hozirgi kunda ta’lim tizimida hal etilishi 
zarur muammolardan biri sobiq sho‘rolar davridan qolgan mafkuraviy qarashlardan voz kechib, 
ta’lim tizimida uzviylikni ta’minlash, zamonaviy bilim va dunyoqarashga ega o‘quvchilarni 
tayyorlash, ta’lim sifatini oshirish masalasidir. Chunki, jamiyat, yurtimiz kelajagi ko‘p jihatdan
o‘quvchilarimizning ilmiy, aхloqiy va ma’naviy saviyasiga bog‘liq.
Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning “...Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yukask 
intelektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi 
sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va 
jamiyatimizning bor kuchi va imkoniyatlarini safarbar etamiz”
1
,­degan fikrlari maqsadimizning 
tasdig‘i sifatida biz, ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon 
talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz.
Ta’limning bugungi vazifasi o‘quvchilarni kun sayin takomillashib borayotgan axborot ta’lim 
muhiti sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsata olishga, axborot oqimidan oqilona 
foydalanishga o‘rgatishdan iboratdir. Shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchilar faqat tayyor 
bilimlarni egallashga o‘rganib kelinganligi barchaga ma’lum. Bunday usul o‘quvchilarda mustaqil 
fikrlash, ishlash, ijodiy izlanish, tashabbus ko‘rsatish qobiliyatlarini rivojlantirishga katta imkon 
bermasligi aniq. 
Endilikda fan, texnika va innovatsion texnologiyalarning rivojlanishi natijasida o‘quv tarbiya 
jarayonida interfaol usullardan foydalanib, ta’limning samaradorligini ko‘tarishga bo‘lgan qiziqish, 
ehtibor kundan­kunga kuchayib bormoqda.
Innovatsion texnologiyaning afzalligi ta’lim jarayonini bir butunlikda ko‘rib, ta’lim maqsadi 
uning mazmuni, bilim berish usuli, natijalari, ta’lim bosqichlarini loyihalab, uni nazarat qilish, 
natijalarini baholash kabi uzviy bog‘lashdan iborat. 
Innovatsion texnologiya ta’lim tizim sifatida o‘quvchilarni bilish faoliyatini maqsadga 
muvofiq tashkil etish va amalga oshirishni nazarda tutadi. 
1.Ш. Мирзиёев.”Қонун уситворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш­халқ фаровонлиги 
гарови”мавзусидаги Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганлигининг 24 йиллигига 
бағишланган тантанали маросимдаги маърузаси.Халқ сўзи. 2016 йил 8декабрь.243­сон. 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
109 
O‘qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olish va tarbiyalanishiga, 
shuningdek, erkin fikrlab sinfdoshlari bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik vazifasini 
bajaradi. Bunday o‘quv­tarbiya jarayonida o‘quvchi harakat ishtirokchisiga aylanadi. 
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va ta’lim oluvchilar 
faoliyatiga yangilik, o‘zgartirishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol 
metodlardan foydalaniladi. Interfaol metodlar ­ bu jamoa bo‘lib fikrlash va ishlashdir, yangi 
pedagogik tahsir etish usullari bo‘lib, ta’lim mazmuninin tarkibiy qismlari hisoblanadi. Bu 
metodlarning o‘ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o‘qituvchilarning birgalikdpgi faoliyat 
ko‘rsatishi orqali amalga oshiriladi. 
Interfaol metodlarning asosiy maqsadi o‘qitish tizimida dars jarayonining markaziga 
o‘qituvchi o‘rniga o‘quvchini olib chiqishdir. O‘qituvchi interfaol metoddan foydalanar ekan, qaysi 
mavzuda qaysi metodda foydalanishni tanlay olishi juda muhimdir. O‘qituvchi interfaol 
metodlardan avvolo oddiydan murakkabga o‘tish nazariyasiga amal qilgan holda foydalanmog‘i 
lozim. Interfaol darslarning tashkil etilishi natijasida quyidagilarga erishiladi: 
­darsga nisbatan barcha o‘quvchilarda yuqori darajada qiziqish uyg‘otiladi; 
­belgilangan o‘quv materialini puxta o‘zlashtirish imkoni yalatiladi; 
­o‘quvchilarda mustaqil fikrlash hamda hozirjavoblik qobiliyati shakllanadi; 
­olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash malakasi shakllanadi; 
­barcha o‘quvchilarning faolligi oshadi; 
­muloqotga kirishish ko‘nikmasining takomillashishi; 
­muammolarni yechish ko‘nikmalarini shakllantirilishi; 
­o‘quvchilar o‘rtasida do‘stona munosabatlar shakllanadi;
1
Hozirgi zamon ta’lim tizimidagi amaliy tajriba shuni ko‘rsatadiki, oldindan puxta 
tayyorlangan innovatsion texnologiyalardan foydalanib o‘tilgan dars, albatta o‘qituvchi va 
o‘quvchiga darsni qiziqarli bo‘lishi, shuningdek, ijobiy natijaga erishishlariga imkoniyat yaratadi 
hamda darsning samaradorligini oshiradi. 
Shunday ekan, u yoki bu texnologiyani o‘quv jarayoniga qo‘llashdan avval uning barcha 
xususiyatlari va imkoniyatlarini , nimaga yo‘naltirilganligi, qanday maqsadlarda foydalanish, 
muayyan bir sharoitda qanday vazifalarni yechishga yordam berishini o‘rganib chiqish, keyin uni 
qo‘llash kerak.
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, davlat va jamiyat talablarini chuqur anglab yetgan har 
qaysi pedagog, yangiliklarga va islohotlarga doimo tayyor turishi, unda faol ishtirok etishi, ta’lim 
tizimida yuqori samaradorlikka erishish uchun avvalo, o‘z ustida tinimsiz ishlashi, kasbiy 
mahoratini oshirib borishi, zamonaviy axborot va kompg‘yuter texnologiyalardan xabardor bo‘lishi 
lozim. 
БОЛАНИНГ МАКТАБГА ПСИХОЛОГИК ТАЙЁРГАРЛИГИ 

Download 6,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish