Муаммо ва ечимлар республика илмий-амалий конференция материаллари инновационные подходы в повышении



Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/127
Sana20.04.2022
Hajmi6,57 Mb.
#566254
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   127
Bog'liq
конференция китоб-2019 168-bet

 
SAGDULLAYEV P.K., A.Navoiy nomidagi TDO‘TAU katta o‘qituvchisi 
Keyingi yillar metodik adabiyotlarida ta’lim­tarbiya berish jarayonida yangi pedagogik 
texnologiyalardan, interfaol usullardan foydalanish borasida ko‘plab izlanishlar ilgari surilmoqda. 
1
Президент Ш.Мирзиёевнинг «Конституция –эркин ва фаровон ҳаётимиз, мамлакатимизни янада тараққий 
эттиришнинг мустаҳкам пойдеворидир» номли маърузасидан 
2
Ш.Қ.Мардонов, В.Х.Ходжаев ва бошқалар “Ўқитувчилар малакасини оширишнинг инновацион­қадриятли 
йўналишлари”­ Тошкент: “Фан ва технологиялар Марказининг босмахонаси” 2013 й.
3
И.Каримов.“Юксак маънавият­енгилмас куч” ­Т: “Маънавият” 2008й. 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
53 
Odatda yangi pedagogik texnologiyalar deyilganda ta’lim jarayoniga kirib kelayotgan biror metodik 
sistemaning lingvodidaktik va metodik asoslari tushuniladi. Masalan, o‘quv jarayonini loyihalab 
(proyekt 
metodi), 
muammoli 
tashkil 
qilib 
(muammoli 
ta’lim), 
programmalashtirib, 
individuallashtirib tashkil qilish, o‘quv faoliyatni kommunikativ topshiriqlar orqali uyushtirish kabi 
yangi pedagogik texnologiyalar ham o‘quvchilarning o‘quv faolligini oshirishni bosh maqsad qilib 
belgilaydi. Bu esa ta’limda kompetensiyaviy yondashuvning qanchalik ahamiyatga ega ekanligini 
ko‘rsatadi. Chunki kompetensiya bu olingan bilim, ko‘nikma va malakalarning kundalik hayotda 
qo‘llay bilish qobiliyatining namoyon bo‘lishidir. Ushbu yondashuv ayniqsa, chet tillarni o‘qitishda 
muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilarning chet tilida o‘zaro muloqotga kirishuv faolligini 
shakllantirish masalasi metodikada o‘quvchilarning bilishga qiziqishlarini shakllantirish, o‘qitish 
jarayonini motivlashtirish, juft bo‘lib ishlash, guruh bo‘lib ishlash orqali o‘quvchilarning o‘quv 
faoliyatini tashkil qilish, yangi materialni o‘zlashtirishda o‘quvchilarning o‘quv hamkorligini 
tashkil qilish singari ko‘plab metod va usullarda ishlab chiqilgani ma’lum. Ammo bu boradagi ko‘p 
yillik amaliy tajriba va eksperimentlar kutilgan natijalarga olib kelmaganligi, o‘quvchilar hamon 
xorijiy tillarda gaplasha olmayotganligi ma’lum bo‘lyapti. Dars olib borishning eski usuli 
o‘qituvchi shaxsiga qaratilgan ta’lim hisoblanib, bunda ta’lim­tarbiya markazida o‘qituvchi shaxsi 
turadi. Bu dars mashg‘ulotlarini olib borishning avtoritar ko‘rinishi hisoblanadi. Chet tili misolida 
oladigan bo‘lsak, bu ta’lim berish usulida o‘qituvchi nazariy ma’lumotlarni beradi, berilayotgan 
bilim esa faqat kitobiy bilim hisoblanib, uni amaliyotda qo‘llay olish qobiliyati umuman mavjud 
bo‘lmaydi. Shuning hisobiga o‘quvchilar olingan bilimni faqatgina sinfda qo‘llaydi undan 
tashqarida esa bu bilimni umuman ishlatmagani sababli, haqiqiy xorijiy til muhitiga tushib qolganda 
unda juda ham ko‘plab muammolar paydo bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida chet til o‘rgatishda yillar 
davomida saqlanib kelayotgan grammatikaga asoslangan tarjima metodining nechog‘lik samarasiz 
ekanligini yaqqol ko‘rsatib qo‘ydi. Chet tilni o‘rganishda nutq faoliyati turlarining barchasidan 
foydalanish zarur. Grammatikaga asoslangan tarjima metodida faqatgina retseptiv nutq birliklariga 
e’tibor qaratilgan. O‘qish, tarjima va so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish kabi nutqiy faoliyat birliklariga 
asoslangan holda dars mashg‘ulotlari olib borilgan. Bu esa o‘z navbatida haqiqiy til sohibi bilan 
muloqotga kirishilganda ko‘p noqulayliklarni keltirib chiqargan. Til sohiblari bilan yetarli darajada 
muloqotga kirishilmagani xorijiy tilni tinglab tushunishda, undan foydalanishda muammolarga 
sabab bo‘lgan. Chunki biz nutq faoliyati birliklarining produktiv turlaridan foydalanmaganmiz. 
Yetarli darajada chet tilida suhbat va muloqotga kirishilmagan.
Agarda biz ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan holda dars 
mashg‘ulotlari olib borganimizda, nutq faoliyati birliklarining ham retseptiv ham produktiv 
turlarining barchasidan foydalanganimizda, olingan bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik 
faoliyatda ham qo‘llaganimizda, amaliyotga asoslangan holda chet tilni o‘rgatganimizda bugungi 
kun farzandlarimiz xorijiy tilda emin­erkin so‘zlashayotgan bo‘lardi. 
Xulosa qilib aytganda, kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan holda dars mashg‘ulotlari 
olib borilganda nimalarga erishamiz degan savolga quyidagicha javob berish mumkin: 
1.
O‘quvchilar muloqotga kirishadilar. O‘zaro fikr va axborotlar almashinuvi amalga 
oshiriladi. 
2.
Turli xil vaziyatlarga moslashuvchanlik qobiliyati shakllanib, qiyin vaziyatlarda ham 
to‘g‘ri yechim topa olish qobiliyati paydo bo‘ladi. 
3.
Muloqotga kirishildimi, albatta, hamkorlik paydo bo‘ladi. Demakki, muammoga yechimni 
birgalikda, hamkorlikda topish qobiliyati paydo bo‘ladi. 
Yuqorida keltirib o‘tilgan jihatlarning barchasi esa ta’limda kompetensiyaviy yondashuvning 
asosida paydo bo‘ladigan va mehnat bozoriga qadam qo‘ygan yosh bitiruvchi kadrda shakllangan 
bo‘lishi shart bo‘lgan xislatlar majmuidir. 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
54 
ELEKTRON RESURSLAR, ULARNING TURLARI VA O‘QUVCHILAR BILIMINI 
OSHIRISHDAGI AHAMIYATI 

Download 6,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish