238
navbatda, zarur dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan kompyuterlar va ma’lumotlar
joylashtirilgan telekommunikatsiya vositalaridir.
Ko’pchilik izlanuvchilar masofaviy ta’limni kelib chiqishini va uni
rivojlanishini uch bosqichga bo’lishadi. Masofaviy ta’limni boshlanishi va ilk
ko’rinishi “xat yozish bo’yicha trening” deb nomlanadi[1].
Buyuk Britaniyada 1840-yilda I.Pitman pochta
da xat orqali yuboriladigan
qisqartirilgan ta’lim tizimini taqdim etdi. XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning
boshlarida xat yozish bo’yicha hususiy maktablar ko’paya boshladi. Ular
o’zlarining qisqa malaka oshirish kurslarini va har xil imtixon oldi tayyorlov
kurslarini taklif qilishdi. Bu kurslar qulay va hamyonbop edi. Bu kurslarning
afzalligi xoxlagan yerda, xoxlagan vaqtda o’qisangiz bo’lar edi.
Masofaviy ta’limni ikkinchi bosqichi XX asrning ikkinchi yarmini qamrab
oladi. Bu davrga kelib oily ta’lim muassasalari ko’paydi, yangi maxsus masofaviy
ta’lim turi tashkil etildi. Angliyada 1969-yilda Ochiq universitet o’z faoliyatini
boshladi. Bugungi kungacha bu universitet eng katta masofaviy ta’lim bo’yicha
oliy ta’lim muassasi hisoblanadi. Fransiyada ilk bor 1939-yilda
Milliy sirtqi
makazi tashkil etildi va bu Milliy masofaviy ta’lim markazi tashkil topishiga turtki
bo’ldi. 1972-yilda Ispaniyada Milliy masofaviy ta’lim universiteti tashkil etildi.
1984-yilda AQShda Milliy texnika universitetida tashkil etildi. Masofaviy ta’limni
rivojlanishiga televidenya va radioeshittirishning tarqalishi va ommabop bo’lishi
nihoyatda katta hissa qo’shdi desak, mubolag’a bo’lmaydi. Sababi o’sha davrlarda
radiokurslar va televidenya orqali o’quv dasturlari va ta’lim beruvchi kanallar
paydo bo’ldi.Masofaviy ta’limni rivojlanishining uchinchi bosqichi axborot
texnologiyalarini rivojlanishi bilan chambarchars bog’liq bo’lib, bu davr XXI
asrdan boshlanadi. Bu davrga kelib, aholining turli
qatlamlarida kompyuter va
internetdan foydalanish imkoniyati paydo bo’ldi. Bu esa o’z navbatida o’qituvchi
va talaba o’rtasida multimedia mahsulotlarini almashish tezligini va sifatini
oshirdi. 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim
to‘g‘risidagi» Qonunining 1-moddasida fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-
hunar o‘rgatishning huquqiy asoslari belgilab berildi, hamda har kimning bilim
olishdek konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilganligi ta’kidlandi[2].
Hozirgi davr ta’lim bosqichining yangi talablariga
ehtiyoj yuqoriligini
ko‘rsatmoqda. Bunda masofaviy ta’lim texnologiyalarini ta’lim jarayonida qo‘llash
va uni boshqarish ham muhim o‘rin tutadi.Bunda OTMlarga yangi imkoniyatlar va
istiqbollar ochib berish borasida rejali ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan,
hududlardagi kadrlar malakasini masofadan boshqarish bunga misol bo‘la oladi.
Elektron yoki masofaviy ta’limning yangi bosqichida nafaqat axborot
texnologiyalarini qo‘llash, balki elektron shakldagi ta’lim manbalari bilan
ta’minlashni ko‘zda tutiladi.
Elektron va masofaviy texnologiyalar – ta’limning
axborot va kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llangan variantlaridir.
Elektron
ta’lim – avval «Elektron ta’lim» atamasi kompyuter yordamida o‘qitish deb
tushunilgan, biroq axborot texnologiyalari rivoji bilan bu tushuncha yanada
kengaytirildi. Bugungi kunda elektron ta’lim ko‘pgina ta’lim
texnologiyalarini
qamrab olmoqda, ularni shartli ravishda, 2 xil turga, ya’ni sinxron va asinxron
turlarga bo‘lish mumkin.
Sinxron elektron ta’lim – masofaviy ta’lim hisoblanadi,
239
lekin bu real vaqtda amalga oshiriladigan ta’limdir. U oddiy kunduzgi ta’limga
o‘xshaydi, farqi shundaki, ishtirokchilar bir-biridan uzoq masofada bo‘ladi.
Kundan-kunga keng tarqalib borayotgan vebinarlar mazkur ta’lim
shaklining eng
yorqin ko‘rinishidir. Ma’ruzalarni tashkillashtirishda maxsus dasturiy ta’minotlar
qo‘llaniladi.
Masofaviy ta’lim texnologiyalari – masofaviy ta’lim bu E-
Learningga qaraganda kengroq tushunchadir, u interfaol mustaqil ta’limning va
qo‘llab-quvvatlashning intensiv maslahat sintezi hisoblanadi. Shunday qilib,
elektron ta’lim masofaviy ta’limning bir bo‘lagi hisoblanadi. Masofaviy ta’lim
asosiy o‘quv materialini o‘quvchilarga yetkazib berish va o‘quv jarayonida
o‘quvchi va o‘qituvchi orasida interfaol ishlashni ta’minlaydi.
Bunda
qo‘llanmalarni yetkazib berish kompyuter va Internetsiz ham amalga oshirilishi
mumkin.
Yuqoridagi hollarda masofaviy ta’limdan foydalanilganda, ta’lim berish
jarayonida keskin sifat oshadi. Masalan, xorijiy tilni o’rganayotgan o’quvchi
videoroliklar yoki qiziqarli onlayn suhbatlar bilan o’rgansa, tez xorijiy tilni
o’rganadi va talaffuzi yaxshilanadi va ta’lim sifati oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: