Muallif: Fazliddin O‘taganov



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/39
Sana11.07.2022
Hajmi0,81 Mb.
#777821
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
2 5474336298682549832

9-sinf 
JONLANTIRISH 
G‘azalda badiiy tasvir vositasining o‘rni adabiyot san’at turlaridan biri ekanligidan xabardorsiz. Bu san’at 
turi haqidagi ilm adabiyotshunoslikdir. Quyi sinflardan o‘tmish adiblarning eng sara, tanlangan vakillari 
ijodini aks ettiruvchi mumtoz adabiyot namunalari bilan tanishib kelmoqdasiz. Asosiy ijod shakli she’riyat 
bo‘lgan mumtoz adabiyotni ilmiy o‘rganadigan soha mumtoz adabiyotshunoslik deyiladi. Mumtoz 
adabiyotshunoslik uch qismdan iborat — aruz ilmi, qofiya ilmi, badiiyat ilmi. Aruz she’rning vazni 
(o‘lchovi) haqida, ikkinchisi qofiya tuzilishi, ahamiyati, unsurlariga ko‘ra turlari to‘g‘risidagi bo‘lsa, oxirgisi 
ilmi badi’ deb ham ataladi. Ilmi badi’ arabcha birikma bo‘lib, chiroyli so‘zlash, nodir, ajoyib ifoda ilmi 
degani. Badiiy tasvir vositalarining she’r badiiyatini ta’minlashdagi o‘rnini tushunish uchun Atoyi 
g‘azallariga murojaat qilamiz: Jamoling vasfini qildim chamanda, Qizordi gul uyottin anjumanda. Baytni 
tushunishni osonlashtirish uchun undagi gap bo‘laklarini odatdagi tartibga keltirib olamiz hamda misralarda 
ochiq ishtirok etmay, yashirin kelayotgan bo‘laklarni qavs ichida beramiz: 
(Men) chamanda jamoling vasfini 
— ta’rifini qildim, (shunda) anjuman, ya’ni chamanzordagi gul uyatdan qizarib ketdi
. Endi o‘ylab ko‘ring, 
oddiy til bilan aytganda, shoir nima demoqchi o‘zi? Bilib turganingizdek, u: “Mening yorim juda ham 
chiroyli”, — deyapti, xolos. Ana shu oddiy fikrni shoirona badiiy ifodalamoqda. Tahlilda Siz xayolga, 
fikrlaringizga erk bering, tasvirlangan lavhani, matnni kengaytirib oling. Yuqoridagi baytni quyidagicha 
sharhlash mumkin: gullar yig‘ini — anjumanida bir gul: “Dunyoda eng go‘zal menman”, — deya 
maqtanardi. Buning ustiga kelib qolgan oshiq o‘z ma’shuqasini ta’rif qilgan edi, o‘zidan bir necha marta 
go‘zalroq jamol egasi borligini eshitgan gul maqtanchoqligidan sharmanda bo‘lib, qizarib ketdi va shundan 
keyin dunyoda qizil gul paydo bo‘ldi. Ko‘rib turganingizdek, shoir gulni insonlardek jonli qilib tasvirlayapti. 
Demak, baytda 
jonlantirish 
san’ati qo‘llangan. Bu tasvir vositasi mumtoz adabiyot ilmida tashxis 
(
shaxslantirish
) san’ati deb ataladi.



HUSNI TA’LIL 
Yana bir holat(
(Men) chamanda jamoling vasfini — ta’rifini qildim, (shunda) anjuman, ya’ni 
chamanzordagi gul uyatdan qizarib ketdi
…) Dunyoda qizil gul paydo bo‘lishiga mazkur baytda 
aytilganidek, oshiqning chamanda ma’shuqa ta’rifini qilishiga aloqasi bormi? Yo‘q, albatta. Aslida, bu 
go‘zalgacha ham chamanzorda qizil gullar bor edi. Shoir esa men sevgilimning ta’rifini ovoza qilganimdan 
keyin gulning uyalishidan borliqda qizil gul paydo bo‘ldi deydi. Yo‘q joydan shoirona lutf bilan aloqadorlik 
tiklangan. Bu kabi bir narsa (tasvir, holat)ni unga aloqasi bo‘lmagan boshqa narsa bilan izohlash 

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish