21
Tadrij
(arabcha –
ketma-ket, peshma-pesh,darajama-daraja)
san’atida tasvirga olingan obyekt
darajama-daraja rivojlantirib boriladi; bu rivojlanish jarayoni o‘xshatish vositasi bilan ketma-ket o‘sib
boradi.
Hamid Olimjonning:
Na bo‘lg‘ay bir nafas men ham yanog‘ing uzra xol bo‘lsam,
Labing yaprog‘idan tomgan ki go‘yo qatra bol bo‘lsam
matla’li g‘azali ham tadrijga asoslangandir. Shoir mavzu va obrazni asta-sekin rivojlantirib, takomillashtirib
boradi:
Butog‘ingga qo‘nib, bulbul kabi xonish qilib tunlar,
O‘pib g‘unchangni ochmoqlikka tong chog‘i shamol bo‘lsam.
Bu misralardan so‘ng yana rivojlantirish, yana ko‘tarinki tasvirlash mumkin emasday tuyuladi. Lekin Hamid
Olimjonning mohirligi shundaki, markaziy g‘oya – yorga fidoyilikning takomilini davom ettiradi, oldingi
baytlardagi fikr, hissiyot oqimini yanada balandroq pog‘onaga olib chiqadi; yorning bo‘yini (hidini) tarqatib,
olamni o‘zini bilmaydigan darajada mast holga keltirib, so‘ng bu holatga o‘zi lol qolishini, yor bilan yolg‘iz
qolganda hatto xayolga aylanishga rozi ekanligini kuylaydiki, fidoyilikning bunchalik kuchli, bunchalik
go‘zal ifodasidan, shoirning san’atidan kishi hayratga keladi:
Bo‘yingni tarqatib olamni qilsam mast-u mustag‘riq,
O‘zimning san’atimga so‘ng o‘zim hayratda lol bo‘lsam.
Sening birla qolib bu mast-u lol olamda men yolg‘iz,
O‘zimni ham topolmay, mayliga, oxir xayol bo‘lsam.
Irsol-u masal
(arabcha –
maqol keltirish)
she’riy baytda fikr qaymog‘ini tashuvchi, ayni paytda,
judayam siqiq shakldagi maqollarni qoʻllash san’atidir.
Har kishikim birovga qozg‘oy choh,
Tushgay ul choh aro o‘zi nogoh. (“Sab᾽ai sayyor”)
Vahob Rahmonov yozishicha, „Ikki maqol keltirish, ya’ni
irsol-u du masal
namunasini Muhammad
Niyoz Nishotiyning „Husn va Dil" dostonidan ko‘raylik:
Kimki qozar oqibat ul tushgusi,
Kimki yoqar oxir o‘shal pishgusi...
Shoir boshqa xalq maqollarini ham matnga jalb etsa, irsol-u masal san’ati namunasi bo‘laveradi.
Chunonchi, Mavlono Lutfiy g‘azali maqtaidan:
Bir g‘amza yetar Lutfiyni devona qilurg‘a,
Bordur masal: „A1 oqil-u kamfihul ishora".
Ko‘ryapmizki, muallif „Oqilga ishora kifoyadir" mazmunidagi arab maqolidan foydalangan" („She’r
san’atlari", 12-bet).
Eski o‘zbek tilida maqol, matal va iboralar masal yoki zarb ul-masal deb nomlangan.
Shoirning «irsoli masal» san’atini qo'llashdan maqsadi o‘z fikrini maqol, matal, ibora yo hikmatli so‘z
orqali quvvatlab olish, o‘quvchi ishonchini kuchaytirish va ifoda ta’sirchanligini oshirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: