Muallif diyarov vohid



Download 39,68 Mb.
bet16/33
Sana11.01.2022
Hajmi39,68 Mb.
#341712
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33
Bog'liq
BU TURFA OLAM

OSMONDAN PUL YOQQAN KUN

1887 yili iyulda fransuzlarning “Kont Rendyu” jurnali Tarb qishlog‘iga osmondan dumaloq temir gardish tushganligi haqida xabar berib, shov-shuv ko‘tardi. Bu noma’lum buyum kutilmaganda qishloqcha aholisining boshiga tushgani yetmagandek, yana unda o‘qish qiyin bo‘lgan qandaydir yozuvlar ham bor edi.

Oradan yigirma yil o‘tgach, qadimgi madaniyatlar bilimdoni doktor Farlz Xolder “Sayentifik ameriken” nashri sahifalarida ushbu gardish meteorit temiridan yasalganligi, uning ustidagi yozuvlar esa mayya tilida ekanligini ma’lum qildi. Oradan oz fursat o‘tib, Meksikadagi Yaki vodiysiga ham xuddi shunday “meteorit” tushdi. To‘g‘ri, olimning hamkasblari uni “xom xayollarga berilib ketganlik”da ayblashdi, ajoyib topilma haqida tez orada unutib yuborishdi ham. Faqat bizning asrimiz boshidagina osmon toshlaridagi mixxat yozuvlari mayya xalqining yozuvlari bilan bir xil ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu nima edi? Kimningdir mohirona soxta ishlarimi? Ammo bunday deya olmaymiz, chunki birinchi voqeaga ham, ikkinchisiga ham ko‘plab odamlar guvoh bo‘lishgan. Asrlar davomida osmondan turli kutilmagan narsalar yog‘ilishi yagona hodisa emas. Masalan, 1911 yili Fransiya, Buyuk Britaniya, Shotlandiya, Italiya, Rossiyada osmondan kumush fog‘oz – folga o‘ramlari, tikuv mashinalari uchun qog‘oz xaltachalar, erib ketgan yashil shisha bo‘laklari, miltiq uchun sochma o‘qlar, nam tortgan poroxlar “yoqqan”.

1932 yili Bavariyada ammiakli selitra yog‘ib, hamma yoqni ko‘mib tashlashiga sal qolgan. 1936 yili Nyu-York aholisi olti marta yoqqan a’lo sifatli po‘latdan yasalgan bolt va gaykalar “yomg‘iri”ni juda yaxshi eslab qolishgan. 1942 yili juda zarur bo‘lgan xom ashyo – tunuka tanqisligi sezilib qolgan bir paytda shahar chekkasida yashovchi londonliklarning uylari tomiga bir necha marta oltindek yaraqlovchi tunukadan yasalgan ehromlar kelib tushgan. Bu “samoviy” buyumlar nemislarning pinhoniy qurollariga daxldor emasdi. Ehromlar faqatgina bulutsiz, quyosh charaqlab turgan ob-havoda, xuddi osmondan tushib kelayotgandek o‘z-o‘zidan paydo bo‘lar, faqat yerga yaqinlashganidagina aniq shaklga kirib, qattiq bo‘lib qolardi. O‘sha davrlardagi ingliz matbuoti bunday hodisalardan qo‘rquvga tushmasdan, shunchaki oxiri nima bo‘lishini xotirjam kutishga da’vat qilardi.

1888 yili Dehli aholisi yomg‘ir sharillab yoqqaniga o‘xshash tovushdan uyg‘onib ketishdi.Ertalab esa shaharliklar o‘zlarining hovlisi mustamlaka davridagi ingliz chaqalariga to‘lib ketganini ko‘rishdi. Bu tangalar tartib bilan sochilgan bo‘lib, to‘g‘ri yoy o‘qi shaklini hosil qilar, uchi esa g‘arb tomonni ko‘rsatib turardi. O‘sha yili Londonning “Pipl” gazetasi hammaga ma’lum bo‘lgan narsalarni yana bir bor tasdiqladi. Qiymati bir pens va yarim pensga teng bo‘lgan yaraqlab turgan tangalar “osmondan tushdimi, yoxud yerdan otilib chiqdimi”, ishqilib, maktabdan qaytayotgan o‘quvchilarning oyoqlari ostiga uyulib qoldi. 1968 yili 10 sentyabrda Kent grafligidagi Ramsgeyt shaharchasida yashovchi Luiza Kroftning hovlisiga osmondan “50 dona bir penslik tangadan iborat sovg‘a” tushdi. Tangalar 15 daqiqa davomida qism-qism bo‘lib tushib turgan.

1967 yili 6 yanvarda “Bat kronikl” gazetasi (GFR) ibodatxona yonida tinchgina suhbatlashib o‘tirgan ruhoniylar ustiga har birining qiymati ikki ming marka bo‘lgan qog‘oz pullar “yoqqani”ni, bu esa ancha qashshoqlashib qolgan ibodatxona yana o‘nglanib olishi uchun bemalol yetganini xabar qilgan. O‘zining aerokosmik ko‘rgazmalari bilan dong taratgan Le Burjeda 1957 yili 15 aprelda “pul bo‘roni” yuz bergan. O‘shanda ming frankli qog‘oz pullar tepadan avval taxlami bilan tusha boshlagan, keyin esa xuddi ko‘rinmas zarb mashinasi ishlayotgandek shundoqqina asfalt ustida o‘z-o‘zidan paydo bo‘la boshlagan. Politsiyachilar ofset bo‘yog‘ining hidi anqib turgan yap-yangi pullarni yig‘ib olishgan. XX asrda moviy osmondan tirik qo‘ylar, mushuklar, itlar, baliqlar, yaroqsiz metall buyumlar, avtomobil shinalari, bolg‘alar, sochma o‘qlar, miltiq o‘qlari, to‘p o‘qlari, aviatsiya motorlari, primuslar, mitti radiouskunalar va ko‘pgina boshqa narsalar yoqqani haqida ham xabarlar bosilgan. Ammo bu hodisalar nima sababdan yuz berishi hamon sirligicha qolib kelmoqda.

Salinasdagi G’alati Aylana



Kalifornia shtatining Salinas shahrida istiqomat qiluvchi Skott Antony dalasida dushanba kuni ulkan g’alati aylana paydo bo’lib qolgan edi. Bir qarashda ulkan kompyuter chipini eslatadigan aylana markazida nuqtalarni ko’rish mumkin. Ushbu nuqtalar tarjima qilinganda, 192 raqami bir necha marotaba takrorlangan bo’lib chiqdi. Skottning ta’kildlashicha, bunday g’alati aylana uning dalasida qanday paydo bo’lib qolgani haqida umuman tasavvurga ega emas. Ko’pchilik esa aylana o’zga sayyoraliklar tomonidan chizilgan deb o’ylamoqda.

Shunday anomal hodisalar tadqiqotchisi Jeffrey Vilson bu aylana shunchaki marketing yoki hujjatli film ishlash uchun tayyorlangan deb o’ylaydi. Bunday ulkan aylanani esa “Circlemakers.org“ nomli professional aylana tayyorlovchi guruhi chizgan degan tahminda. Ushbu guruh BBC, Nike, History Channel va boshqa mashxur kompaniya hamda teleknallarga reklama hamda hujjatli film tayyorlash maqsadida shunday ayalanalar tayyorlab bergan. Ularga yuborilgan so’rovnomaga esa hali javob ololganlaricha yo’q.

Tarixda Qolgan Firibgarliklar



Insoniyat yaralibdiki bir-birini chuv tushirish payida. Buning uddasidan chiqqan shovvozlar shu qadar ko‘pki ular haqida hikoya qilib tugatib bo‘lmaydi. Eramizdan avvalgi 246 yildayoq qo‘lyozmalarni «eskirtirib», qadimiy pergament asarlar sifatida sotgan qalloblar fosh etilgan. Ba’zan firibgarlarning qilmishlari ommaga oshkor bo‘lmay qoladi, boplab ketgan ustamon-ku sirini bermasligi tayin, lekin chuv tushganlar ham ko‘pincha tilini tishlashga majbur bo‘ladi. Shu tariqa tarix g‘ildiragi necha-necha firiblarni ortda qoldirgan. Biz bugun ma’lum bo‘lgan eng mashhur firibgarliklar o‘nligini e’tiboringizga havola etamiz.

10. Jamiyatning eng yuqori qatlami tomonidan uyushtirilgan firiblar ichida Filippin prezidenti Markos va uning xotini Imelda birinchi o‘rinni egallashgan. Filippinda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida Markos aldov yo‘lib bilan yutib chiqqanligi to‘g‘risida xabarlar tarqalishi bilanoq prezident janoblari va birinchi raqamli Imelda xonim davlatga tegishli 860 million dollarni olgancha samolyotga chiqib g‘oyib bo‘ladilar.

9 . 1966 yilda Kanada portida bir firibgar o‘g‘ri soxta hujjjatlar bilan butun boshli kemani o‘g‘irlab ketadi. Bu jinoyat bir kishi tomonidan o‘g‘irlangan eng yirik buyum sifatida ham tarixda qolgan.

8. 1989 yilda italiyaning Del Lavoro Milliy banki soxta hujjatlar tufayli 5 milliard dollardan ayriladi.

7 . Me’morlik sohasidagi eng yirik firibgarlik 1961 yilda avliyo Ignasio cherkovi qurilishida amalga oshirilgan deb hisoblanadi. Cherkov ustiga katta qubba qurilishi mo‘ljallangan, lekin buning uchun ajratilgan mablag‘ noinsof quruvchilar tomonidan «yeb» yuborilgani uchun ish o‘lda-jo‘lda qolib ketgandi. Shunday bo‘lsa-da, ruhoniylar muammoni vaqtincha bo‘lsa-da, xaspo‘shlashning uddasidan chiqdilar. Rassomlar cherkov shiftiga qubbaning suratini shunchalik ustalik bilan chizadilarki, ancha vaqtgacha qubbaning soxtaligi sezilmaydi.

6 . 1983 «Taym» va «Shtern» gazetalari bir vaqtda Gitlerning kundaliklarini chop etadilar. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, har ikki kundalik soxta bo‘lib chiqdi. Shunday bo‘lsa-da, nashrlar o‘z adadini ancha oshirib oladilar.

5. Rassom Tom Karting 30 yil davomida tasviriy san’at sohasining bilimdonlarini chuv tushirib kelgan. U o‘zi chizgan suratlarni buyuk rassomlarning asari deya yaxshigina pullardi. Firib tasodifan ochilib qoldi. Kimdir Kartingning ustaxonasida Mikelanjelo «qalamiga mansub» tugallanmagan suratni ko‘rib qolgandi.

4 . 1911 yilda Da Vinchining mashhur «Mona Liza» asari o‘g‘irlab ketildi va dunyo bo‘ylab uning soxta nusxalari paydo bo‘la boshladi. O‘sha ajoyib davrlarda eng kamida olti nafar amerikalik san’at ishqibozi «haqiqiy» «Jokonda» uchun 3 million dollardan pul to‘lashgan. Darvoqe, haliga qadar haqiqiy Mona Liza o‘g‘irlab ketilgan, Luvrdagi surat soxta, degan taxmin bor.

3. 1921 yilda firibgar Oskar Xartsell mashhur dengiz qaroqchisi Frensis Dreykning hayot bo‘lgan avlodlari bilan birma-bir uchrashib chiqadi va bobolaridan qolgan juda katta merosni qo‘lga kiritish imkoniyatidan foydalanish kerakligini shipshitib qo‘yadi. U merosga da’vogarlardan kerakli hujjatlarni rasmiylashtirish uchun yaxshigina pul undiradi va… tabiiyki izsiz g‘oyib bo‘ladi;

2. Artur Fergyuson ismli bir kimsa amerikalik mashhur bankir Teksanni boplab aldaganiga nima deysiz. U 1 million dollar evaziga Vashingtondagi Oq uyni bir yilga ijaraga olib berishni va’da qiladi. Fergyuson bankirni amerika hukumati shu yo‘l bilan prezident va uning oilasiga sarflanadigan mablag‘ni iqtisod qilish niyatida ekaniga ishontirgandi.

1. 1925 yilda chex millatiga mansub Viktor Lyustig amalga oshirgan firib hammasidan oshib tushgan va munosib tarzda tarixdagi qallobliklar ichida birinchi o‘rinni egallagan. Lustig Eyfel minorasini temir-tersak yig‘uvchilarga shu holida pullab yuboradi. Eng qizig‘i, bu operatsiyani bir yilda ikki marta amalga oshirishga muvaffaq bo‘ladi.

Дунёхалқларинингноодатийурф-одатлари

1. Эронликларолдидабошбармоғингизникўтаракўрманг…



Буюк Британияда бу одат худди биздагидек «ҳаммаси яхши, жойида» деган мазмунни ифодалайди. Эронда эса аксинча, бордию сиз бирор эронликка бармоқларингизни букиб, бош бармоқни тепага қилиб кўрсатсангиз, тош ёмғири остида қолишингиз турган гап. Негаки, айнан бу белги эрон халқлари муомаласида жуда уятсиз таклиф маъносини билдирар экан.

«ОК» (бош ва кўрсаткич бармоқларнинг туташуви) белгиси ҳам дунё халқлари орасида оммалашган бўлиб, «ҳаммаси зўр» маъносини билдирса-да, турк ва бразилияликлар учун айнан ҳақоратнинг ўзи экан.

2. Таиландда одамлар бошига қўл теккизиш мумкин эмас

Аҳолисининг асосий қисми буддавийлик динига эътиқод қиладиган айрим мамлакатларда, масалан Таиландда инсон боши муқаддас ҳисобланади, гўёки руҳ шу аъзода жойлашган экан. Шунинг учун бу ерда одамларнинг бошини силаш, умуман қўл теккизиш катта ҳақорат саналади. Шунга ўхшаш ноодатий одатлардан бири малайзияликларда кенг тарқалган. Агар сиз бу ерда у ёки бу нарсани бармоқ билан кўрсатиб, аниқлик киритмоқчи бўлсангиз, кулги ичида қоласиз, чунки Малайзияда айни шу белги мушаклар шиширилган ҳолатни ифодалар экан.

Филиппинликларда ғалати одат мавжуд. Улар у-бу нарсаларни кўрсатишганда лаблар ва кўзлари билан имо-ишора қилишади.

3. Халқлар анъаналари борасидаги гурунглар

Баъзи бир мамлакатларда ҳамсуҳбатингиз билан сўзлаша туриб, чалғиб қолсангиз, ё мавзудан четга чиқсангиз, сиёсий саводсизлик ҳисобланар экан. Бордию у ёки бу халқлар анъаналари ва урф-одатларига тааллуқли мавзуда ўша халқ вакили билан суҳбатда хато, янглишишларга йўл қўйсангиз ҳам бу инобатга олинмас экан. Масалан, Австралияда аборигенларнинг хатти-ҳаракати, Хитойда инсон ҳуқуқлари, Ҳиндистонда ўлган эр билан бирга унинг тирик хотиннинг ёндирилиши, Испанияда буқалар жанги ва шу кабилар борасида суҳбатдошингиз билан бемалол қўшиб-чатиб гапираверсангиз ҳам бўлади. Яна сизга бўлган ҳурмати ҳам ошади.

4. Япон уйларига шиппакда кирилади

Меҳмондорчиликка борган пайтингиз ичкарига кираётиб пойабзални ечасизми ё шу ҳолича кириб борасизми? Японияда меҳмонларга ички хона ва меҳмонхоналарга кираверишда кийиш учун шиппак тақдим этилади. Бу пойабзал уларнинг бўйрага чиққунларига қадар оёқларида бўлиши лозим. Меҳмондорчиликдан қайтишда эса омонат шиппакларни яна эгаларига қайтаришади.

5. Атиргул муҳаббат, сариқ гул айрилиқ рамзи

Гул бекалар учун энг арзирли совға эканлиги, қачон ва қаерда туҳфа этилишидан қатъий назар доим хурсанд бўлиши бизга маълум. Аммо шундай мамлакатлар ҳам борки, то гул «илми»дан етарлича хабардор бўлмагунча ҳеч кимга тақдим этилмайди. Бир эътибор бериб кўринг-а: чиннигуллардан Германия, Польша ва Швеция халқлари дафн маросими учун фойдаланишади, хризантемадан эса худди шу мақсадда Бельгия, Италия, Франция, Испания ва Туркия мамлакатларида. Австрия ва Францияда атиргуллар муҳаббат рамзи ҳисобланса, Мексика ва Чилида сариқ гуллар айрилик рамзини ифодалайди. Германия, Польша ва Швецияда гуллар дасталанмайди. Тоқ гуллар ўрами Хитой ва Индонезияда бахтсизлик саналса, жуфти Россия ва Германияда хосиятли эмас экан.

6. Совға бериш учун аввал маслаҳатлашилади

Хорижда бировга совға бермоқчи бўлсангиз, албатта олдиндан у билан маслаҳатлашганингиз маъқул. Акс ҳолда совғангиз қабул этилмайди. Масалан, хитойликларга соат туҳфа этиб бўлмайди, бу халқларнинг эътиқодича, соат омадсизлик рамзи ҳисобланади. Колумбияда ниманики харид қилманг, токи унинг ғилофини ечмасангиз, сифатсиз ва арзон буюм сифатида баҳоланади. Кореяликлар эса «Кореяда ишлаб чиқарилган» ёрлиғи ёпиштирилган буюмларни ёқтиришмайди.

“Aqlli Buyumlar“

Har kuni «aqlli televizor», «aqlli uy», «aqlli kir yuvish mashinasi» va hatto chang yutgich haqida yangiliklarni eshitamiz. Inglizchadan «Smart» — «aqlli» so‘zi o‘n yillikdagi eng ommaviy so‘zlar o‘nligiga kiradi, smartfonlar esa (aqlli telefonlar) butun dunyo bo‘ylab deyarli milliardlab foydalanuvchilarda bor. Bugun yangi tendensiyalar — aqlli soatlar,aqlli pichoq, aqlli velosiped, aqlli paypoq hamda aqlli ruchka haqida so‘z yuritamiz.

2014-yilda «aqlli soatlar» ishlab chiqarilishi hajmi besh million donaga yetadi.

Canalys hisobotiga ko‘ra aqlli soatlar yetkazib berilishi hajmi keyingi yilda 5 000 000 donaga yetadi. Avvalgi yil bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, mazkur agentlik ma’lumotlariga qaraganda, ushbu toifa mahsulotlarini yetkazib berish 330 000 donani tashkil etgan, joriy yilda esa, mahsulot hajmi o‘sishi 500 000 dona darajasiga yetishi mumkin.

Agar o‘tgan yilda Sony va Motorola aqlli soatlar asosiy ishlab chiqaruvchilari deb hisoblangan bo‘lsa, joriy yilda mana shu ikki kompaniyaga Pebble Technology raqobatchilik qildi. Keyingi yilda esa Sony, Motorola va Pebble kompaniyalariga Apple, Google, Microsoft va Samsung ham qo‘shiladi deb hisoblaydi Canalys mutaxassislari. Umuman olganda, analitiklar keyingi yilda mahsulot yetkazib berish hajmi deyarli o‘n barobar o‘sishini katta kompaniyalar tomonidan aqlli soatlar yangi avlodlarining ishlab chiqarilishi bilan bog‘liq deb hisoblamoqdalar.

«Aqlli» skalpel saraton (rak) hujayralarini aniqlaydi.

Olimlar «aqlli pichoq» — skalpelni yaratdilar, u haqiqiy vaqt davomida jarrohlarga saraton kasalligi to‘qimasi mavjudligi haqida xabar beradi. Jarrohlik xonalarida sinovlar davomida iKnife «aqlli pichog‘i» 100% aniqlik bilan to‘qimada saraton hujayralari mavjudligini aniqladi. Ilgari mana shunday muolajaga yarim soat talab etilar va bemor shu vaqt davomida narkoz ta’siri ostida bo‘lar edi.

iKnife mahsulotining sinov ishlari Sog‘liqni saqlash sohasida tadqiqotlar Milliy instituti (Buyuk Britaniya), Yevropa tadqiqotchilik kengashi hamda tadqiqotlar va texnologiyalar Milliy boshqarmasi (Vengriya) tomonidan moliyalashtirilishi ostida o‘tkazildi. Odatda saraton o‘smalarini davolashda shifokorlar aynan zararlangan to‘qimani bartaraf etishga alohida umid qiladilar. Saratonning qaytalanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun jarroh faqat saraton to‘qimasini emas, balki sog‘lom to‘qima bir qismini ham olib tashlaydi. Biroq to‘qimalarning qay biri zararlangan va qay biri sog‘lomligini ko‘z bilan aniqlash mumkin emas. Shu sababli bemorlarga ko‘pincha takroriy jarrohlik jarayoni talab qilinadi — o‘smani to‘la bartaraf qilish uchun. Shubha bo‘lgan holatlarda jarrohlik jarayoni davomida to‘qima namunasini ekspertizaga jo‘natadilar, ekspertiza kamida yarim soat vaqtni oladi. Shu davr davomida bemor jarrohlik stolida narkoz ta’siri ostida bo‘ladi.

VANMOOF 10 aqlli velosipedi.

Gollandiyaning ishlab chiqaruvchisi VANMOOF yaqinda aholi punktlari hududida harakatlanish uchun mo‘ljallangan juda qiziqarli aqlli velosiped loyihasini jamoatchilikka taqdim etdi. Yangi mahsulot GPS- navigatsiyasi, elektr quvvati sarflanishi nazoratchisi, Philips yoritish elementlari va motivatsiya tizimi bilan jihozlanadi. Barcha elektron tizimlari yengil batareyadan quvvat oladi. VANMOOF 10 kiritilgan kompyuter bilan jihozlangan, u velosipedchi tomonidan har bir pedallarni aylantirishga sarflaydigan kuchini o‘lchaydi va ushbu ma’lumotlarga qarab dvigatel ishini moslashtiradi. «Qancha yordam kerak bo‘lsa, shuncha yordam beradigan» 250 Vt kuchga ega motor old g‘ildiraklariga o‘rnatilgan va foydalanuvchining oyoqlari 80 foizgacha yuklamasini o‘z zimmasiga oladi. Istaganda yordamchi tizimni o‘chirib qo‘yish va o‘z kuchingiz hisobiga harakatlanishingiz mumkin. Bundan tashqari, GPS-navigatsiya olib qochish (o‘g‘irlash) holatlaridan himoyani ham ta’minlaydi. Velosipedning og‘irligi 19 kg.ni tashkil etadi. Panasonic kompaniyasi batareyasi pilotning og‘irligi, harakatlanish rejimi va sharoitlari hamda boshqa omillarga qarab o‘rtacha 30dan to 60 km masofaga ishlashga qodir. O‘tirib qolgan batareya resurslarini to‘la to‘ldirish uchun uch soatgacha vaqt kerak bo‘ladi. VANMOOF 10 «pilot» partiyasi savdoga noyabr oyida chiqariladi va bir donasi uchun xaridorlarga 2598 dollar narxda sotiladi. Birinchi 200 nusxalari mahsulot haqida qayta axborotlarni taqdim etishga tayyor insonlarga taklif etiladi. O‘z navbatida umumiy savdo keyingi yil aprel oyiga mo‘ljallangan.

Yugurish ishqibozlari uchun «Aqlli» paypoq.



Bundan boshlab paypoq shunchaki oyoq kiyim emas. Heapsylon kompaniyasi sog‘lom turmush tarzi olib boruvchilarga kerak bo‘ladigan «aqlli» paypoqlarni yaratmoqda.

Sensoria Fitness Sock mahsulotiga datchiklar to‘qib o‘rnatilgan, ular hisobiga u Bluetooth orqali gadjetlarga ulanadi. Paypoq sarflangan kaloriyalar, qadamlar soni va bosib o‘tilgan masofa hamda yurish yoki yugurish tezligini hisoblaydi. Olingan ma’lumotlar asosida smartfon uchun ilova sizning harakatlaringizni tahlil qiladi va qo‘yilgan topshiriqqa qarab tavsiyalar beradi. Paypoqlarni odatdagidek yuvish mumkin. Bundan tashqari jamlanmaga Bluetooth-modul kiritilgan braslet ham kiradi. U oyoqlar to‘piq qismiga kiyiladi.

Aqlli ruchka orfografiyani tekshiradi

Ikki nemislar Falk Volski (Falk Wolsky) va Daniel Kesmaxer (Daniel Kaesmacher) Kickstarter veb-sayti yordamida orfografiyani avtomatik tekshiruvchi Lernstift «aqlli» ruchkani ishlab chiqarishga mablag‘ to‘plashga kirishdilar. Lernstift Linux yadrosida operatsion tizimi boshqaruvi ostida kiritilgan kompyuter, harakat datchiki, xotira, Wi-Fi-adapter va tebratish motoriga ega. Akselerometr, giroskop va magnetometrdan tashkil topgan harakatlanish datchigi bir duymga 400 nuqtalar zichligi qobiliyatiga ega. Uning yordamida foydalanuvchi yozayotgan matnni skanerlash ishi bajariladi. Har bir soniyada datchik protsessorga 200 marotaba ma’lumotlarni jo‘natishga qodir.

Hozirgi kunga kelib, Lernstift faqat ikki til — ingliz va nemis tillari bilan ishlaydi. «Iloji boricha, biz rus, ispan, fransuz, italyan va boshqa tillarni qo‘shib boramiz», — deb ta’kidlaydi loyihachilar. Bundan tashqari, kelajakda Lernstift ruchkasini faqat orfografiyani emas, balki grammatikani ham (gaplarda tinish belgilari) tekshirishga o‘rgatish rejalashtirilmoqda.

Lernstift ruchkasidan 5 yoshdan katta bolalar va istagan yoshdagi kattalar foydalanishlari mumkin bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Ruchka perolarini almashtirish mumkin. Ruchkalarni havorang va pushti ranglarda — o‘g‘il bolalar va qiz bolalar uchun ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Dasturlashtirish ochiq interfeysi esa (API) boshqa loyihachilar tomonidan Lernstift uchun turli ilovalar yaratishlariga imkon beradi. Lernstift qurilmasini kompyuterga, smartfonga yoki planshetga ulash va uning yordamida yozilgan matnlarni saqlab qolish mumkin. Mana shu tarzda yozmalarni, fikrlarni saqlab qo‘yish yoki misol uchun, ota-onalar o‘z farzandlarining o‘zlashtirishini tekshirishlari mumkin. Fikrlar bilan Facebook va Twitter o‘rtoqlashish mumkin.

COCA-COLA ICHIMLIGIDAN FOYDALANISHNING NOODATIY USULLALARI



Coca-Cola ichimligi hozirda dunyoning deyarli har bir burchagida sevib iste’mol qilinadi. U dastlab dori sifatida aptekalarda sotilgan bo’lib, uning tarkibi nimalardan iboratligi haligacha sir saqlab kelinadi. Coca-Cola birgina ichimlik sifatida emas, balki tozalash, og’riq qolirish kabi boshqa noodatiy usullarda ham foydalanish mumkin. Quyida shunday usullarning bir nechtasini e’tiboringizga havol etmoqhcimiz.

*Zanlgab qolgan buyumni Coca-Cola ichimligi solingan idishga solib qo’ysangiz, bir necha soat ichida zang parchalanib, tozalash yanada osonlashadi. Buyumdagi zangli dog’ni esa ichimlikda ho’llangan latta bilan tozalashning o’zi kifoya. Masalan, bu ichimlikdan AQShda mashina kapotlaridagi zanglarni tozalashda foydalanadilar. Zanglab qolgan boltni ichimlikda ho’llangan lattaga o‘rab qo‘yilsa, u oson buraladi.

*Mashina akkumulatoriga oz miqdorda Coca-Cola ichimligini quysangiz, yig’ilib qolgan kirlarni tozalab tushib ketadi.

* Coca-Cola ichimligi ba’zida bir muddat qarovsiz qolgan uy oynalariga hech qanday tozalash vositasi kor qilmay qo’ygan vaziyatlarda juda asqotadi. Shuningdek, mashina oynalarini ham tozalashda juda yaxshi vosita hisoblanadi.

*Ovqat qilayotib kuyib ketishi natijasida ba’zida idishlar qorayib, tozalab bo’lmaydigan darajaga kelib qoladi. Idish ichiga qorayib ketgan joyini qoplaydigan darajada Coca-Cola ichimligini quyib, past olovda bir soatcha qoldirish kerak. Yaxshilab yuvib tashlangach, idish yangiday bo’lib qoladi.

* Tahtadan yasalgan stol-stul yoki poldagi yog‘ dog‘larini yaxshi ketkazadi.

* Kiyimlardagi dog‘larni ketkazish uchun Coca-Cola ichimligini kerakli miqdorda kir yuvish kukuni bilan aralashtirib, kiyimlarni shu aralshmada yuving. Qarabsizki, kiyimlarda dog’dan asar ham qolmaydi.

* Coca-Cola ichimligi tarkibidagi limon kislotasi unitaz ichidagi dog‘larni tozalashda juda qo’l keladi. Buning uchun unitazga Kola ichimligini quyib, 10-15 minut o’tgandan so’ng yuvib tashlash lozim.

*Sochga yopishib qolgan saqichni osonlik bilan ajratib olishda yordam beradi.

*AQShda yo‘l xarakati nazoratchilari mashinalarida doimo bir nechta banka Coca-Cola ichimligi bo’ladi. Ular bu ichimlikdan baxtsiz hodisalar natijasida asfaltga to‘kilgan qon dog‘larini ketkazish uchun foydalanadilar.

*Meduza chaqqanda chidab bo’lmaydigan darajada og’riq turadi. Shunday vaziyatda Coca-Cola ichimligini meduza chaqqan joyga quyilsa, og’riq to’xtaydi.

*Bog’ingizdagi shilliqurt yoki boshqa qurt-qumursqalarga qarshi kurashishda ushbu ichimlik juda ham yaxshi vosita hisoblanadi. Idishga Coca-Cola ichimligi quyib, bog’da qoldiring. Bu ichimlikni bir marta tatib ko’rgan qurt-qumursqalar bog’ingizni ming chaqirim naridan aylanib o’tadigan bo’ladilar.

Siz Coca-Cola ichimligidan foydalanishning yana qanday usullarini bilasiz?

DUNYONING ENG KO’P SAYYOH TASHRIF BUYURADIGAN SHAHARLARI(Top10)

Jahon turizmi yildan yilga rivojlanib bormoqda. Birgina 2013-yilning o’zida dunyoning u yoki bu joyiga 1 milliard 87 million sayyoh tashrif buyurgan. Quyidagi ro’yxatda 2013 yilda eng ko’p sayyoh tashrif buyurgan shaharlar o’ntaligini e’tiboringizga havola etmoqchimiz.

10. Barselona – 8.41 mln sayyoh

Ispaniyaning ikkinchi eng yirik shahri Barselona o’zining boy madaniy va arxitektura yodgorliklari bilan sayyohlarni o’ziga jalb etmoqda. Ha aytgancha, sakkiz yarim million sayyoh orasida futbol ishqibozlari ham anchagina.

9. GonKong – 8.72 mln sayyoh

80-yillar oxirida xizmat ko’rsatish sektoriga yo’naltirilgandan beri turizm Gong-Kong iqtisodiyotining asosi bo’lib qoldi. Osiyo, Yevropa va Afrikadan tashrif buyurgan sayyohlarni Viktoriya cho’qqisi, Viktoriya porti, Lan Kawai Fong, Ocean Park kabilar o’ziga jalb qilmoqda.

8. Kuala-Lumpur – 9.20 mln sayyoh

Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur o’zining madaniy xilma-xilligi, ko’plab do’konlari va nisbatan past narxlari bilan sayyohlar e’tiborida. Shaharning diqqatga sazovor joylari Merdeka maydoni, Petronas egizak minoralari, Milliy muzey, Markaziy Bozor kabilardir.

7. Dubay – 9.89 mln sayyoh

Turizm Dubay iqtisodiyotining eng muhim va eng tez rivojlanayotgan tarmog’idir. Oppoq qumloqlari-yu xilma-xil do’konlari bilan sayyohlarni o’ziga ohanraboday tortayotgan Dubay “Yaqin Sharqning savdo poytaxti” sanaladi.

6. Istanbul – 10.37 mln sayyoh

Qadimiy Rim imperiyasining yetti tepalik ustida qurilgan sharqiy poytaxti Istanbul bugun turistlar eng gavjum go’shalardan sanaladi. Osiyo va Yevropa bog’lovchi ushbu shahar turizmi yil sayin rivojlanmoqda. Istanbul Yevropaning madaniy poytaxti hamdir.

5. Nyu-York – 11.52 mln sayyoh

Ushbu shaharga tashrif buyuradigan turistlardan tushadigan mablag’ 18.6 mlrd $. Empire State Building, Markaziy xiyobon, Tayms skveri va Ozodlik haykali turistlarni jalb etuvchi asosoiy joylardir.

4. Singapur – 11.75 mln sayyoh

Singapur hayvonot bog’i, Tungi Safari, Fort Siloso, Tiger Sky Tower kabi joylar eng ko’p sayyoh tashrif buyuradigan maskanlardir. Singapur yana ajoyib taomlari va a’lo darajadagi aviakompaniyasi bilan jahonga mashhur.

3. Parij – 13.92 mln sayyoh

Ishq-muhabbat shahri deb ta’riflanadigan Parij shahrida UNESCO Jahon madaniy merosi ro’yxatiga olingan to’rtta tarixiy obida joylashgan. Shulardan eng mashhuri shubhasiz Eyfel minorasidir.

2. London – 15.96 mln sayyoh

2011-yilda dunyoning eng ko’p sayyoh tashrif buyurgan shahri deb qayd etilgan London o’z o’rnini Osiyoning boshqa bir shahriga bo’shatib bergan bo’lsa-da, daromad borasida hamon undan o’zib ketdi: 16.3 mlrd $. Sayyohlar, asosan, Big Ben, London minorasi, Parlament binosi, Buckingham saroyi kabilarni ko’rishni xohlashadi.

1. Bangkok – 15.98 mln sayyoh

Turizm borasida Londonni ortda qoldirgan osiyoning birinchi shahri yil davomida 14.4 mlrd $ daromad oldi. “Travel+Leisure” jurnali Bangkokni 2010-yildan beri dunyoning eng yaxshi shahri sifatida qayd etib kelmoqda.

G’aroyib Vasiyatnomalar

*Eng bema’ni vasiyatnomani marsellik etikdo‘z yozgan. Vasiyatnomadagi 123 ta so‘zdan 94 tasini o‘qishga til bormaydi.

*Eng qisqa vasiyatnomani esa londonlik bankir yozgan. Uning vasiyatnomasi quyidagicha: “Men butunlay sindim”.

*Eng uzun vasiyatnoma AQSh asoschilaridan biri Tomas Jeffersonga tegishli. Amerika tarixi bilan bog‘liq voqealarni o‘z ichiga olgan bu vasiyatnomada merosxo‘rlar barcha qullarni ozod qilganlaridan so‘nggina merosni olishlari mumkinligi bayon qilingan.

*Tushunish qiyin bo‘lgan vasiyatnomani mashhur fizik Nils Borning laboranti yozgan. Vasiyatnomada maxsus atama va frazeologik iboralar shu darajada ko‘p bo‘lganki, uni o‘qish uchun tilshunoslarni chaqirishga majbur bo‘lishgan.

*Eng yirik miqdordagi pulni Genri Ford vasiyat qilib qoldirgan. Vasiyatnomaga ko‘ra, uning 500 million dollar puli 4157 ta o‘quv va xayriya muassasalariga o‘tkazilgan.

*Eng maxfiy vasiyatnomani milliarder Mishel Rotshild qoldirgan. Unda “merosimning qanchaligini yozishni va e’lon qilishni mutlaqo taqiqlayman” degan so‘zlar bor. Shuning uchun milliarder qancha pulni meros qilib qoldirgani noma’lum.

*Millioner va kinoprodyuser Rojer Dorkas esa o‘zining 65 million dollar mablag‘ini Maksimilian laqabli itiga qoldirgan. U itiga inson sifatida hujjat olgan ekan. Xotiniga esa bor-yo‘g‘i 1 sent tekkan. Dorkasning xotini anoyilardan emas ekan. U Maksimilianga turmushga chiqqan va it o‘lganidan so‘ng uning merosiga ega bo‘lgan.

Hayvonlarning noodatiy do’stligi.

Tabiatda qiziq va ba’zida tushuntirish qiyin bo’lgan voqealar uchrab turadi. Turli hil turdagi hayvonlarning do’stligi esa shular jumlasidandir. Quyida shunday ajoyib va hayratomuz do’stlik haqida hikoya qilmoqchimiz.

Sherhon, Balu va Leo

Bu do’stlik shubhasiz Maugli mulftilmini esga solib yuboradi. Sherhon laqabli yo’lbars, Balu laqabli ayiq va Leo laqabli sher bir vaqtlar narkotiklar bilan shug’ullanuvchi kimsa qo’lidan qutqarib olingan edi. Ularga shunchalik azob berilgan ediki, hatto, Baluni operatsiya qilishga to’g’ri keldi. Ularni bu qiyinchiliklar qalain do’stga aylantirdi. Hozirda uchovlon AQShda joylashgan hayvonlarni muhofaza qilish markazlaridan birida umrguzaronlik qilmoqdalar.

Pufak laqabli fil va Bella laqabli it.

Daryodan qutqarib olingan fil qo’riqhona hayotiga juda tez ko’nikib ketdi. U hatto, Bella laqabli it bilan do’stlashishga ham ulgurdi.

Tinni laqabli it va Iskovich laqabli yovvoyi tulki

Norvegiyalik Torgeir Berge Tinni laqabli iti bilan o’rmonga aylangani chiqib turardilar. Shunday sayohatlarning birida it yovvoyi tulki bilan do’stga aylandi. Ikki do’st o’rmonda o’ynab yurisharkan, Torgeir ham bekor o’tirmaydi. U fotoaparatini bilan ikki do’stning quvonchli onlarini suratlarga muxrlashga harakat qiladi.

Torque laqabli it va Shrek laqabli ukki

Torque 6 oyligida ushbu ukkini uyga ko’tarib keldi. Kichkina poloponga rahmi kelgan uy egalari uni ham boqib oldilar hamda unga Shrek deb ism berdilar. Bolaliglaridan birga o’sgan ikkovlon hozirda juda ham qalin do’stga aylanganlar.

Fred laqabli it va Dennis laqabli O’rdakcha

O’rdakcha Dennisning onasini tulki o’g’irlab ketgach, uy egalari o’rdakchani qanday katta qilish ustida bosh qotira boshladilar. Bu borada Fred laqabli itlari zudlik bilan yordam qo’lini cho’zdi. U o’rdakcha Dennisga g’amxo’rlik qilishni o’z zimmasiga oldi. Hozirda ikkovlan ajralmas do’st.

Mabel laqabli tovuq va kuchuklar

Oyog’idan olgan jarohat tufayli bu tovuqni qozonga bosmoqchi bo’lib uyga olib keldilar. Tovuq uyda qarovsiz qolib ketgan kuchuklarni ko’rishi bilan, ularni isitish maqsadida o’z bag’riga olishga shoshildi. Bu bir tarafdan o’zini qozondan olib qolgan bo’lsa, ikkinchi tarafdan ona itni bemalol ko’chada daydib yurishiga imkon yratdi. Kuchuklar ham bunday mehribon do’st topib olganlaridan juda mamnunlar.

Milo laqabli it va Suyakg’ajir laqabli sher

Bir necha yillar avval Milo laqabli it suyak hastaligidan aziyat chekayotgan shervachchani o’z bag’riga oladi. Hozirda sher bahaybat va vahimali mahluqqa aylangan bo’lsa-da, haliyam Milo va uning ikki do’sti bilan apoq-chapoq.

Mushuk va Tulki

Bu ikkovlon Turkiyadagi Van ko’li sohillarida o’ynab yurgan paytda suratga olingan. Ular juda ham inoq va qalin do’stligiga esa shubha yo’q.

Quyon va Kiyik

Bembi multfilmini yodga soluvchi bu do’stlik muhrlangan surat Tanya Askani tomonidan olingan.

Kate laqabli it va Pippin laqabli kiyik

Pippinni bolaligidan saqlab olishgan edi. Pippin va Kate birga katta bo’ldilar hamda oralaridan qil o’tmas do’st bo’ldilar. Afsuski, katta bo’lib qolgan Pippinni o’rmonga, kiyiklar to’dasi orasiga yashash uchun jo’natib yubordilar. Bu bilan ularning do’stligi to’xtab qolagni yo’q albatta. Pippin hali ham Kate va ho’jayini Isobelni ko’rgani kelib turadi.

Suryia laqabli Orangutan and Rosko laqabli it

AQShdagi noyob va qirilib ketishi havf ostida bo’lgan hayvonlarni himoya qilish markazida ushbu orangutan va it anchadan buyon birga yashaydilar hamda qalin do’stga aylanganlar

Kasi laqabli gepard va Mtani laqabli it

Kasi va Mtani bolaliklairdan boshlab AQSh hayovont bog’larining birida birga katta bo’lishgan. Ularning do’stligi ko’pchilikning hayratiga sabab bo’lgan edi. To’g’ri, katta bo’lishgach, gepard ko’proq o’z turdoshlari bilan yuradigan bo’ldi. Lekin, ular hali ham qalin do’st bo’lib, tez-tez uchrashib turadilar.

Bea laqabli Jirafa va Vilma laqabli Tuyaqush

Bu ikkovlon AQSh hayvonot bog’laridan birida umrguzaronlik qiladilar. Ikki do’st bir-biriga shunchalik o’rganib qolganlarki, har soniya vaqtlarini birga o’tkazishga harakat qiladilar.

Orangutan va qor leopardi bolalari

Onalaridan ajralgan ushbu ikki egizak qor leopardi bolalarini AQSh hayvonot bog’larining birida g’amxo’rlik qilishni orangutan o’z zimmasiga olgan hamda ularni o’z farzandiday tarbiyalamoqda.

Anjana shimpanze va yo’lbars bolalari

To’fon natijasida onalarini yo’qotgan ushbu ikki egizak yo’lbarschalar AQShdagi hayvonlarni himoya qilish markazlaridan biriga olib kelinadi. Anjana laqabli ushbu shimpanze esa yo’labrschalarni katta qilishda o’z yordamini ayamayapti.

Koinotdagi sayyoralar haqida bilasizmi?

Sayyoralar yulduzlardan keskin farq qiladi. Yulduzlar issiqlik va yorug’lik tarqatadigan, issiq gazlardan iborat ulkan sharlardir. Sayyoralar esa nisbatan kichkina osmon jismlari bo’lib, yulduzlardan chiqayotgan nurlarni o’zida aks ettiradi.

Sayyoralar yulduzlardan keskin farq qiladi. Yulduzlar issiqlik va yorug’lik tarqatadigan, issiq gazlardan iborat ulkan sharlardir. Sayyoralar esa nisbatan kichkina osmon jismlari bo’lib, yulduzlardan chiqayotgan nurlarni o’zida aks ettiradi.

Keling, gapni Quyoshga eng yaqin sayoralardan boshlay qolaylik. Ularning dastlabkisi Merkuriydir. Uning diametri — 4 878 km. Bu ko’rsatkich, taxminan, Atlantika okeanining eniga teng keladi, ya'ni Yer o’lchamining bir bo’lagi, xolos.

Keyingi sayora Venera — Cho’lpondir. Uning o’lchami deyarli Yerniki bilan bir xil. Uning diametri — 12 160 km., Yerniki esa — 12 660 km. Qizig’i shundaki, Cho’lpon teskari, ya'ni Sharqdan G’arbga qarab aylanadi.

Keyingi sayora — bizning Yerimiz, undan keyin Mars — Mirrix keladi. Mars qizg’ish rangda ko’rinadi. Uning diametri Yer diametrining yarmidan sal oshiqroq — 6 780 km. Mirrix yuzasining ayrim qismlari Oy manzarasini eslatadi: uning yuzasida ham meteoritlar qulashi natijasida hosil bo’lgan katta-katta kraterlarni ko’rish mumkin. Shuningdek, bu sayyorada ulkan vulqonlar va vodiylar ham mavjudligi uning geologik jihatdan faolligi ehtimoldan xoli emasligini ko’rsatadi.

Yana bir sayora Yupiter — Mushtariydir, u Quyoshdan ancha olisda joylashgan. Quyosh atrofida 11,9 yilda bir marta aylanib chiqadi. Mushtariy — sayyoralar ichida eng kattasi. Uning diametri 142 800 km.dir, bu Yerning diametridan, taxminan, 11 marta katta demakdir.

Saturn — Zuhal ham — katta sayyora. Diametri — 120 800 km. Yer diametridan 9 barobar katta. Zuhalning o’ziga xos xususiyati shundaki, uni bir guruh yassi halqalar o’rab turadi. Bu halqalar milliardlab mayda zarralardan tashkil topgan.

Uran sayyorasi ham Yerdan ancha katta. Uran bir chetga qiyalagan: uning uqi o’z orbitasiga nisbatan 98 gradus burchak ostida qiyadir. (Yer o’qi esa 23,5 gradus burchagiga qiya.) Neptun sayyorasining diametri — 50 000 km. Sayyoralarning so’nggisi Plutondir. Diametri — 3 000 km. U Quyoshdan shu darajada uzoqda joylashganki, Quyosh undan turib qaraganda, yorqin bir yulduz bo’lib ko’rinadi.

NEGA SAYYORALAR HAR XIL?

Sayyoralarning bizga har xil bo’lib ko’rinishi sababi ularning har biri turlicha moddalardan tashkil topgani bilan bog’liq. Ularning har biri Quyosh atrofida aylanishi va Quyosh sistemasining qismlari bo’lishiga qaramasdan, tarkibi bir-biridan farq qiladi.

Sayoralar nimadan tarkib topgani to’g’risida ma'lumotlar juda kam va bu inson o’tkazilgan va o’tkazilajak kosmik tadqiqotlar birda javob olishga intilayotgan muammolardan biridir.

Keling, yaxshisi, har bir sayyoraning tarkibi haqidagi mavjud ma'lumotlarni bir-bir ko’zdan kechiraylik.

Merkuriy — kichik tog’li dunyo. Unda bir qancha qoramtir joylar va ko’plab kraterlar mavjud, ammo na atmosfera va na suv yo’q.

Venera — Cho’lpon tumanli dog’lardan iborat oq shar. U deyarli butunlay oq bulutlar qatlami bilan qoplangan. U yerdagi oq bulutlar suv bug’laridan emas, tuz kislotasi bug’laridan iborat. Bulutlar ostida esa tarkibi nafas olish uchun yaroqsiz karbonat angidrid gazlaridan iborat atmosfera mavjud. Bu atmosfera ko’rpa singari Quyosh nurini yutadi, natijada sayyora yuzasidagi temperatura Selsiy shkalasi bo’yicha 500 darajagacha ko’tariladi. Shuning uchun ham Cho’lponda suv yo’q.

Mars — Mirrix undagi sahrolar rangiga qarab qizil sayyora deb ataladi. U Yerdan ikki marta kichik, uning yupqa atmosferasi karbonat angidrid gazidan tarkib topgan. Bu gazda bulut hosil bo’ladi. Mirrixda biror-bir hayot nishonasi yo’q. Buning sababi undagi temperatura juda sovuqligi bilan bog’liq bo’lsa kerak.

Saturn — Zuhal, asosan, suyuq vodoroddan tarkib topgan. Uning atrofida bir qancha yorqin halqalar bor. Bu halqalar son-sanoqsiz zarralardan iboratdir. Zarralar sayyora atrofidagi o’z orbitasi bo’ylab kichik oylar singari harakat qiladi. Uranning ham Zuhalnikiga nisbatan qoramtir halqalari bor. Neptun — xira yashil sayora. Pluton esa — Quyosh sistemasining eng mitti sayyorasi. Uning orbitasi cho’zinchoq ko’rinishda bo’lgani uchun ham ba'zan Neptunga nisbatan Quyoshga yaqinroq keladi.

Millionlar olib kelgan omadli tasodiflar.



Hayotda shunday kutilmagan voqealar ham bo‘ladiki, birgina omadli tasodif “janobi oliylari”ning sharofati bilan hayotimiz butkul o‘zgarib ketishi mumkin. Biz quyida hikoya qilmoqchi bo‘lgan qahramonlarimiz ham aynan shunday omadli tasodif tufayli dunyoga tanilishgan.

• ’’Woolworth’’ deb nomlanuvchi ulkan magazinlar va supermarketlar tarmog‘i asoschisi tasodif tufayli shu dara¬jaga erishgandi. Yigirma bir yoshli, qishloqdan kelgan uyatchan va duduq yigit bir do‘konga sotuvchi bo‘lib ishga kiradi. U paytlarda magazinda turgan mollarning narxi ko‘rsatilmas, sotuvchi xaridorning ko‘rinishiga qarab istagan narxini aytardi. Xaridor shundan so‘ng yo sav¬dolashar yoki ketib qolardi. Xaridorni “o‘rash”, molini maqtab o‘tkazish bechora Frenkning qo‘lidan kelmasdi. Bir kuni do‘kon egasi unga kunlik savdo me’yordagidan kam bo‘lsa uni ishdan bo‘shatib yuborishini aytdi. Frenk ertalab do‘konni ochishdan oldin har bir tovarning yakuniy narxini qog‘ozlarga yozib yopishtirib chiqdi. Omborxonada sotilmay turib qolgan barcha mollarni esa bir uyum qilib katta stol ustiga qo‘ydi va “Hammasi besh sentdan” deb yozdi. Stolni esa deraza oldiga shunday qo‘ydiki, ko‘chadan o‘tib ketayotgan har bir yo‘lovchi bu yozuvni ko‘rishi mumkin edi.U qo‘rquvdan titragancha xaridorlarni kuta boshladi.Bir necha soat ichida sotuvga qo‘yilgan hamma narsa sotilib ketdi, kunlik savdo esa bir haftalik tushumga teng bo‘ldi. Xaridorlar qo‘llaridagi mollarning narxini ko‘rib savdolashib ham o‘tirmasdan pul uzatishardi. Frenk shu kuniyoq do‘kondan ketdi, pul qarz olib o‘z do‘konini ochdi. 1919 yilda Frenk Vulvortning do‘konlari soni mingtaga, puli esa 65 million dollarga yetdi.

• Mashhur va eng xaridorgir kitob bo‘lgan “Ginnessning rekordlar Kitobi” Guinness pivo ishlab chiqarish kom¬paniyasi xo‘jayini Xyu Biver tomonidan tasodifan dunyo yuzini ko‘rgan. 1954 yilda ovchilar uchun uyushtirilgan ziyofat paytida Xyu Biver bir ovchi bilan qaysi qush tezroq uchishi borasida bahslashib qoladi. Shu paytda Biverning xayoliga har kuni butun dunyo bo‘ylab “eng, eng”lar borasida minglab munozaralar, garov bog‘lashlar bo‘lishi keladi. U barcha sohalarda rasman tasdiqlangan rekordlarni jamlaydigan kitob yaratishga qaror qiladi.Bir yillik tadqiqot va izlanishlardan so‘ng 1955 yilning 27 avgustida 198 sahifadan iborat dastlabki kitob chop etiladi. Shu yili kitob Buyuk Britaniyada eng ko‘p sotilgan kitobga aylanadi va egasiga ulkan daromad keltiradi. O‘shandan buyon “Ginnessning rekordlar Kitobi” har yili chop etiladigan va eng ko‘p sotiladigan kitoblardan biriga aylandi.

• Procter & Gamble kompaniyasining yetakchi ximigi Viktor Millzga bir kuni qizining bolalariga qarashiga to‘g‘ri keladi. Nabiralarining ho‘l tagliklarini almashtirib, ularni yuvib-quritish mashaqqat ekanligini ko‘rgach, u bir martalik kiyiladigan taglik yaratish ustida bosh qotiradi. Bir nechta tajribalardan so‘ng P&G Pampers deb nomlangan yangi mahsulotini omma e’tiboriga havola qiladi.

• Odatda, qand yegan bolalarning qo‘li shira bo‘lib qoladi va ular o‘ylab ham o‘tirmasdan qo‘llarini kiyimlariga artishadi. 1958 yilda Enrike Bernat qandlarni cho‘pga o‘rnatishni o‘ylab topadi va Chupa Chups dunyo yuzini ko‘radi. Qandning qog‘ozi va logotipini esa mashhur rassom Salvador Dali yaratgan.

• 1911 yilda 28 yoshli Frenk Mars to‘plagan pullari¬ga xotini bilan birgalikda shirinlik do‘koni ochadi. Do‘konda asosan turli qandlar sotilardi.Bir kuni Mars o‘g‘li bilan ko‘cha aylanib yurganida o‘g‘li undan shokolad sotib olib berishini so‘raydi. U paytlarda shokolad kukun holida sotilardi . Odamlar uchun bu noqulay edi, chunki issiqda tezda erib ketadigan shokolad qo‘l va kiyimni rasvo qilardi. Shu payt Frenk “balki” deya o‘ylanib qoladi va bu “balki” shokoladni bo‘lak-bo‘lak qilib folga qog‘ozga o‘rab sotishga aylanadi. Oqibatda bir necha kun ichida Milky Way deb nomlangan shokolad batoni yangi korxonaning eng xaridorgir mahsulotiga aylanadi. Kompaniya mahsulotlari esa rang-baranglashib, butun dunyodagi shirinliksevarlarning sevimli mahsuloti sifatida e’tirof etilmoqda.

• Maktabda bor-yo‘g‘i olti yil o‘qigan Garlan Sanders 40 yoshga yetganida o‘nlab hunarlarda omadini sinab ko‘rishga ulgurgandi. U shinalar sotgan, go‘lahlik qilgan, harbiy sohada ishlagan, konduktorlik, fermerlarga yordamchilik, hammollik va yana ko‘plab sohalarda faoliyat ko‘rsatgan, ammo hech omadi yurishmagandi. Oila qashshoqlikda kun kechirar, lekin xotini erining ishlari yurishib ketishiga ishonardi. 1930 yilda Sanders avtous¬taxona ochadi. Tez orada u ustaxona yoni¬da mijozlar uchun mo‘’jazgina oshxona ham qurish kerakligini tushunadi. Uyidan bitta xonani u oshxona uchun ajratadi. Ovqatni esa uyda o‘zlari tayyorlashadi. Tez orada uning ustaxonasi qovurilgan jo‘jasi bilan butun shtatga taniladi. Mijozlar uning ustaxonasiga mashina tuzattirish uchun emas, balki qovurilgan jo‘ja yegani kelishardi. Yetti yildan so‘ng u Sanders Court & Cafe restoranini ochadi. 1950 yilga kelib esa Sanders tayyorlagan qovurilgan jo‘jalar AQShdagi yuzlab restoranlarda sotila boshlaydi.

• Fil Nayt Oregon universitetida o‘rta ma¬sofaga yuguruvchi sportchi edi. U doim Ameri¬kada ishlab chiqarilgan krossovka¬lardan nolir, Adidas krossovkalarini sotib olish uchun esa o‘tgan asrning 60-yillarida ancha-muncha odamning puli yetmasdi. Nayt narxi arzon, ammo sifatli krossov-ka chiqarish niyatida murabbiyi bilan birga Blue Ribbon Sports kompaniyasini tashkil qildi. U arzon va sifatli krossovkalarni faqat Osiyoda ishlab chiqarish mumkin degan fikrga keldi. 1964 yilda u va murabbiyi Bill Bauerman 500 dollardan pul tashlashdi va Yaponiyaning Onitsuka Tayger kompaniyasiga 300 juft krossovkaga buyurtma berishdi. Fil krossovkalarni mashinasida yurib sotdi. Bill Bauerman bir kuni xotinining ustidan kulish uchun vafli tayyorlaydigan uskuna ichiga rezina tasmani solib qo‘yadi. Buni qarangki, shundan keyin kompa¬niya sport poyabzallari uchun chiziqli poshna tayyorlashni yo‘lga qo‘ydi. Sotuv rivojlangach, krossovka ishlab chiqarish boshlab yuborildi. Jeff Jonsonga kompaniya uchun yangi nom o‘ylab topish aytiladi. Uning tushiga grek ma’budasi Nika kiradi va shu tarzda Nike nomi paydo bo‘ladi.

• 1919 yilning iyunida Texas shtatidagi Sisko shahriga 31 yoshli Konrad Xilton tashrif buyuradi. U bir yil ilgari bank ochgan va inqirozga uchragandi. Cho‘nta¬gida 5000 dollar puli bo‘lgan Konrad yangi bank ochish yoki birorta bankni sotib olish uchun kelgandi. Ammo tez orada uning rejasi o‘zgarib ketdi. Xilton kechki payt mahalliy Mobley mehmonxonasiga keldi. Omadsiz bankirni bo‘sh xona uchun bir-birlari bilan janjallashayotgan odamlar hayron qoldirdi. “Buncha mijoz har qanday tijoratchining orzusi-ku” degan fikrga keldi Xilton. Mehmonxona egasining esa g‘alvaga toqati yo‘qligi va mehmonxonani sotmoqchi ekanligi ma’lum bo‘lgach, Xilton bank ochish fikridan voz kechdi va zudlik bilan mehmonxonani sotib oldi. Oradan olti yil o‘tgach, u Dallasda o‘z nomi bilan ataluvchi Dallas Hilton mehmonxonasini ochdi. Hozirda esa Hilton mehmonxonalar tarmog‘i dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida hashamatli mehmonxonalar qurishga erishgan.

PLUTON SAYYORA EMASMI?!

Pluton 1930-yilda Klayd Tombo tomonidan Arizonadagi Louel observatoriyasida kashf etilgan. Astronomlar anchadan beri to’qqizinchi sayyora bo’lishi mumkinligini tahmin qilishar va uni X sayyora deb atashardi. O’shanda 22 yoshni qarshilagan Klayd laboratoriyada fotosuratlarni solishtirish topshirig’ini olgandi. Suratlar ikki hafta farq bilan olingan bo’lib, har qanday harakatdagi jism o’zini namoyon qilardi.

Nihoyat 1 yillik izlanishlardan so’ng X sayyora kashf etilgandi. Unga nom berish huquqiga ega Louel jamoasi Pluton nomi ustida to’xtashdi (U 11 yoshli angliyalik qiz tomonidan taklif etilgan). Shunday qilib quyosh sistemasining to’qqizinchi a’zosi aniqlandi.

1978-yilda Plutonning eng katta yo’ldoshi Xaron kashf etilmaguncha astronomlar uning massasi haqida aniq tasavvurga ega emasdilar. Plutonning og’irligi Yer sayyorasi massasining 0.0021 ulushiga teng bo’lib, diametri 2400 kilometr. U quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralarga qaraganda juda kichik.

So’nggi o’n yilliklarda fazoviy observatoriyalar tashkil etilgach, quyosh sistemasi, umuman koinot haqidagi tushunchalar o’zgarib ketdi. Pluton o’z orbitasidagi yagona sayyora emas ekan. Balki u Kuiper belbog’i deb ataladigan hududdagi ko’plab muz-tosh obyektlardan biri ekan. Kuiper belbog’i Neptundan 55 atronomik birlik narida joylashgan (1 astronomik birlik Yerdan quyoshgacha bo’lgan masofaga teng). Astronomlar bu hududdagi jismlar sonini tahminan 70 mingta deb baholashadi.

Haqiqiy muammo Kuiper belbog’ida Pluton hajmidagi va undan katta obyektlar kashf etilganda boshlandi. Eris, Sedna, Orkus, Varuna kabi obyektlar ham Pluton kabi sayyoralarmi? Ushbu masala 2006 yil 14-25 avgust kunlari Pragada o’tkazilgan Xalqaro Astronomlar Birlashmasining XXVI assambleyasida ko’rib chiqildi. Astronomlar ovoz berish yo’li bilan ushbu jismlar “taqdirini” hal qilishdi. Birinchi taklif – quyosh sistemasidagi sayyoralar sonini 12taga oshirish; ikkinchi taklif – hammasini avvalgidek qoldirish; uchinchi taklif – sayyoralar sonini 8 taga kamaytirib, Plutonni bu maqomdan mahrum qilish.

Pluton sayyorami? Sayyora bo’lish uchun qanday talablar mavjud?

Xalqaro Astronomlar Birlashmasiga ko’ra, sayyoralik maqomini olish uchun quyidagi talablarga javob berish kerak:

Quyosh atrofida ma’lum orbitada harakatlanishi (Pluton bu talabga javob beradi);

Dumaloq shaklga kirish uchun yetarli tortish kuchiga ega bo’lishi (balki);

O’z orbitasida “qo’shnilari” bo’lmasligi. Bu jihatdan olsa, Plutonni sayyora deb bo’lmasdi.

Sayyora bo’lish uchun hajmi va tortish kuchi jihatdan o’z orbitasidagi boshqa jismlardan ustun bo’lishi kerak. Masalan, Yerning massasi Yer orbitasidagi boshqa jismlar massasidan 1.7 million marta katta. Plutonning og’irligi esa qo’shnilarining umumiy massasining 0.07 ulushiga teng. Astronomlar bu kabi 3-talabga javob bermaydigan har qanday obyektni mitti sayyoralar yoki mittivoylar deb atashga kelishishdi.

Garchi sayyoralik maqomi olib tashlangan bo’lsa-da, Plutonga bo’lgan qiziqish so’nmaydi. NASAning Nyu Horizons fazo kemasi 2015 yil iyul oyida Pluton yaqinidan uchib o’tadi va ushbu mittivoyning ilk suratlarini yuboradi.

Savdodagi Ayyorliklar

Fikr bildiring

Mashhur kompaniyalar iste’molchilar e’tiboriga tushish uchun doimo izlanishda bo‘ladi. Ular iloji boricha ko‘proq mahsulotini sotishga harakat qiladilar. Xarid sababi esa uzoq izlanishlar, tadqiqotlar natijasida ma’lum bo‘ladi. Nima uchun odamlar aynan qaysidir bir kompaniya mahsulotlarini tanlaydilar? Xaridorni mahsulot sotib olishga majbur qilish uchun nimaga ko‘proq e’tibor berish kerak?

*Qaysi kompaniyaning belgisi eng ko‘p tatuirovka qilinishini bilasizmi? Bu mototsikllar ishlab chiqaruvchi Harley kompaniyasiniki. Hammasi esa juda oddiy boshlangan. Harley badaniga kompaniya belgisini chizdirgan xaridorlar uchun mototsikllarini arzonroq sotgan.

*Sigaret qutilarining qattiq karton qog‘ozdan tayyorlanishi hozirda hech kimga sir emas. Bu ish aynan Marlboro tomonidan boshlab berilgan. Lekin dizaynerlik yoki yangilik maqsadida emas, balki xaridorlarning o‘zlarini reklama vositasiga aylantirish uchun. Gap shundaki, ilgari kashandalar cho‘ntagidagi sigaretni olish uchun qutini chiqarib o‘tirmasdilar, balki ustki tomoni ochiq yumshoq quti ichidan sigaretni sug‘urib olardilar. Demak, atrofdagilar uning qanday sigaret chekayotganligini bilishmaydi. Shundan so‘ng Marlboro usti yopiq, qattiq kartondan ishlangan sigaret qutisini ishlab chiqardi. Kashanda sigaret olish uchun cho‘ntagidagi qutini chiqarishga majbur bo‘lar va bu o‘ziga xos reklama vazifasini bajarardi. Keyinchalik boshqa kompaniyalar ham mana shunday qutilardan foydalana boshladi.

*1913 yilda AQShda Camel (Tuya) sigaretining reklamasi boshlanadi. Sigaret savdoga chiqishidan bir necha kun oldin gazetalarda sirli e’lonlar paydo bo‘ladi. Birinchi e’londa “Tuyalar” deb yozilgandi. Ertasiga esa “Tuyalar kelyapti” degan e’lon chiqadi. Uchinchi kuni “Ertaga butun Afrika va Osiyodagi tuyalardan ham ko‘proq tuyalar yetib keladi” degan e’lon chop etiladi.Ertasiga ertalab vahimaga tushgan xalq haqiqatni biladi. “Tuya” sigaret lari yetib keldi” degan e’lon chiqqach, reklamadan ta’sirlangan amerikaliklar Camelni tatib ko‘rishga qaror qiladilar.

*Yangi atir ishlab chiqqan Este Lauder o‘z mahsulotini birorta ham magazinga o‘tkaza olmaydi. Shunda u NyuYorkdagi eng katta parfyumeriya magaziniga boradi va “tasodifan” qo‘lidagi atirini yerga tushirib yuboradi. Singan idishdan taralgan hid xaridorlarni o‘ziga jalb etadi va ular bu atir bilan qiziqib qolishadi. Magazin shu zahoti Este Lauder bilan shartnoma imzolaydi.

*McDonald’s kompaniyasi dastlabki faoliyati yillarida navbatda turgan mijozlar orasida oq halatli shifokorlarni juda ko’p martalab uchratishingiz mumkin bo’lardi. Aslida, ular sohta shifokorlar bo’lib, mijozlar ishonchini qozonish uchun kompaniya hodimlari doktor qiyofasiga kirgan edilar. Doktorlarni navbatda turganini ko’rganlar esa McDonald’s gamburgerlari sog’liq uchun zararli emas ekan degan hulosga kelganlar.

Shuningdek, McDonald’sdagilar ota- onalar farzandlarini emas, farzandlar ota-onalarini boshlab kelishlarini allaqachon anglab yetishgan. Shuning uchun bu yerda bolalar orqali mijozlarni jalb etishga katta e’tibor beriladi. Bolalar uchun o‘yin maydonchalari, arzon narxlarda tug‘ilgan kunlar o‘tkazish, ota-onalari bilan navbatda turgan kichkintoylarga sovg‘alar berish, yuqori e’tibor va sabr shular jumlasidandir.

Қизиқарлифактлар

ИнглизруҳшуносиМайклАрчилсуҳбатдавомидафинляндияликўртаҳисобдадақиқасига – 1, италиялик – 80, француз – 120, мексикаликэса – 170 мартаимо-ишорақилишинианиқлади.

* Шақилдоқилончақишиданқалинпойафзалҳам, кийимҳамҳимояқилолмасэкан. Унинг заҳри нафақат инсон, балки от, буғу ва буқалар учун ҳам хавфли. Чўчқалар эса бу илонлардан қўрқмайди, ҳатто, уларни паққос туширади. Америкалик фермерлар ўт ўришдан олдин майдонга чўчқаларни киритиб юборишларининг сабаби ана шунда!

* «Сукияки», «сябу-сябу», «якитори», «тонкацу», «терияки» каби овқатлар японлар таомномасида 1872 йили император Мэйцзи гўшт истеъмол қилиш тақиқини бекор қилганидан сўнг пайдо бўлган.

* «Перу – 90 км», «Польша – 50 км», «Дания – 35 км», «Норвегия – 35 км» деган йўл кўрсаткичини кўриш учун АҚШга бориш керак.

* Мавритания давлати пойтахти Нуакшот қадимги маҳаллий тилдан «шамол ҳуштак чаладиган жой», деб таржима қилинади. Намибиянинг асосий шаҳри – Виндхукнинг таржимаси эса «шамол зарбаси».

* Шимолий Америкада муқаддас кетсал қуши яшайди. У чиройлилиги ва эрксеварлиги билан машҳур. Инини ҳам антиқа шаклда икки тирқишли қилиб қуради: бири кириш, иккинчиси чиқиш учун!

* Панама давлатининг номи «капалак» маъносини англатади.

* Жанубий Осиё давлати Таиланд пойтахти Бангкок «ёввойи олхўри макони» деб таржима қилинар экан. Аслида унинг маҳаллий номи 147 ҳарфдан иборат: «илоҳий хазинанинг энг юксак макони ҳисобланган фаришталарнинг буюк шаҳри… тўққиз тош маркази…»

* Канада ҳиндулари сув қундузини меҳнатсеварлиги ва фаросатлилиги учун яхши кўришади.

* Ердан Ойгача бўлган масофа улкан: тахминан 400 минг километр. Шунга қарамай, Ер ва Ой ўртасидаги тортишиш 200 миллион миллиард килоньютонни ташкил этади.

* Ойда босим Ерга нисбатан қарийб 6 баравар кучсиз. Юпитерда эса Ердагига қараганда 2,5 баравар кучли. Бундай шароитда ўн килолик тош бизга 25 килограммдек туюлади.

* Физика фани орқали ишқаланиш кучидан хабарингиз бор. Унинг ҳам фойдали, ҳам зарарли томонлари мавжуд экан. Агар ишқаланиш кучи бўлмаганида асфальт бўйлаб юриш силлиқ музда ҳаракатлангандек қийин кечарди. Бирорта буюмни сал туртиб юборсангиз, улар жойидан катта тезликда учиб кетарди. Қўлга бирор жисмни олиб бўлмас, улар сирғалиб тушиб кетиши аниқ эди.

* Қадимги юнонлар тўрт букланган папирус қоғозини «tetrad» деб аташган.

* Статистик маълумотларга қараганда, бу китоб сўнгги 400 йил давомида Библия билан деярли бир хил ададда нашр этилган. У қирол саройида ҳам, оддий халқ орасидаям жуда машҳур эди. XVII аср охирида черков уни «Тақиқланган китоблар рўйхати»га киритди. Бу Нострадамуснинг «Центурии» («Юз йилликлар») китоби эди.

* Кўҳна Римда 20 йил мобайнида ҳарбий хизматда бўлганларни «veteran» деб аташган.

* Қадимги римликларда феврал йилнинг энг сўнгги ойи саналган.

* Олимпия рамзи бўлган беш ҳалқада Африка – қора, Осиё – сариқ, Америка – қизил, Австралия – яшил ва Европа – кўк рангда тасвирланган.

* Юз квадриллионда 17 та ноль бор.

* Самодаги энг ёрқин юлдуз – Сириус.

* Саккизоёқнинг қони – кўк, кўз қорачиғи – тўртбурчак.

* Ер юзида энг кўп тарқалган кимёвий унсур – водород.

* Исландияда фамилия кўп қўлланилмайди. Ҳатто, расмий мурожаатларда ҳам кўпинча фамилия ўрнига отасининг исмини қўшиб айтадилар.

* Дания давлат гербида фил тасвирланган.

* Клара Цеткин Копенгаген шаҳрида халқаро аёллар кунини 8 мартда нишонлашни таклиф этган.

* Машҳур шоир Жорж Гордон Байрон (1788–1824) ўз юртининг энг зўр боксчиси бўлган.

* Санкт-Петербургда 312 та кўприк бор.

* «Оила» сўзи лотинчада «фамилия» дейилади. Италянчада эса «мафия».

* Сингапур шаҳри номи «шер шаҳри» деб таржима қилинади.

* Нидерландия давлати фуқароларини қўшнилари «европалик японлар» деб аташади.

* Тўлиқ исми Лиза ди Антонио Мария ди Нольда дел Герардини бўлган аёлнинг эрлик фамилияси Жоконда эди.

* Қадимги Грецияда тошбақа уй бекасининг рамзи ҳисобланган.

* Ўртаер денгизини финикияликлар «Уфқнинг буюк денгизи», римликлар «Бизнинг денгизимиз», деб аташган.

* Солт-Лэйк-Ситидаги қишки олимпиадалар тарихида бу иккинчи марта содир бўлди. Яъни, ака-ука хоккейчилар – Мартин ва Роберт Райхеллар бир-бирига қарши ўйнади. Илк бор эса 1960 йилда Скво-Вэллида ўтказилган ўйинда ҳам ака-ука хоккейчилар – Франтишек ва Зденек Пикаллар билан шундай вазият юз берганди.

* Испан тили тиниш белгилари қоидасига кўра, сўроқ гапнинг бошида ҳам, охирида ҳам сўроқ белгиси қўйиш мумкин.


Download 39,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish