Muallif: D. Haydarova 6-“ ” sinflar uchunadabiyot fani ” 201



Download 0,98 Mb.
bet34/111
Sana19.02.2022
Hajmi0,98 Mb.
#459004
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   111
Bog'liq
6 sinf adabiyot fanidan konspekt

III. YANGI MAVZU BAYONI.
Hamid OLIMJON
(1909-1944)
O'zbek she'riyatining yorqm vakillaridan biri Hamid Olimjon bor- yo'g'i 34 yil umr ko'rgan bo'lsa-da, o'zidan keyin boy adabiy meros qoldirgan. Uning asarlari jami o'n jildni tashkil qilishi ham uning qanchalik sermahsul ijodkor bo'lganini ko'rsatadi. Hamid Olimjon qobiliyatli rahbar va olim ham edi. U o'ttiz yoshga yetar-yetmas O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasini boshqardi, o'ttiz uch yoshida akademik unvonini oldi.
Hamid Olimjon 1909- yil 12- dekabrda Jizzax shahrida tug'ildi. Jizzax ham yurtimizning Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm voha- lari singari ko'plab xalq baxshilarining vatani hisoblanadi. Bu yerdagi xalq sayillari, to'ylar, turli yig'inlar hozir ham baxshilar ishtirokisiz o't- maydi.
O'tgan asrning boshlarida, odamlarning uyida radio-televizor tugul oddiygina elektr chirog'i bo'lmagan zamonlarda kishilar sham va qora chiroq yorug'ida kun kechirardilar. Ayniqsa, uzoq qish kechalari xalq kitoblari, turli dostonlar o'qilar, bir uy bolalar ham bu ma'rifat nuridan bahramand bo'lib o'sardilar.
Hamid Olimjonning onasi Komila aya juda ko'p doston va ertak- larni yod bilardi. Ularni eshitgan yosh Abdulhamidning xayolida qadimgi asarlar qahramonlari xuddi qayta jonlanardi. Dostonlarning shirali tili, bir-biridan qiziq voqealari uning butun xayolini egallab olardi. Hamid Olimjon bu zavqli tunlarni bir umr yodda saqlab qoldi va o'zi yozgan dostonlardan biri - «Oygul bilan Baxtiyor»da bu sehrli tunlarni shunday esga oldi
Bolalik kunlarimda, Uyqusiz tunlarimda
Ko'p ertak eshitgandim, So'ylab berardi buvim.
Esimda o'sha damlar: O'zi uchar gilamlar,
Tohir-Zuhra, Yoriltosh, Oyni uyaltirgan qosh... Buvimning har qissasi, Har bir qilgan hissasi Fikrimni tortar edi,
Havasim ortar edi
Hamid Olimjondagi tug'ma iste'dodning ko'z ochishida, uning keyinchalik mashhur shoir bo'lib yetishuvida mana shu ezgu havas, albatta, katta rol o'ynagan.
Hamid Olimjon Jizzaxdagi Narimonov nomli boshlang'ich maktabni tugallab, o'sha davrda (1932- yilga qadar) O'zbekistonning poytaxti bo'lgan Samarqand shahriga bordi. U yerda awal pedagogika bilim yurtida (1923-1926), keyin Pedagogika akademiyasida (1926- 1931) tahsil oldi. Ko'plab ijodkor yoshlar to'plangan bu o'quv dargohlarida Abdulhamid yozgan she'rlar do'stlari tomonidan qizg'in kutib olinardi. Ilk mashqlaridanoq ko'pchilikni o'ziga qaratgan talaba shoirning dastlabki she'rlari Samarqandda chop etiladigan «Zaraf- shon» gazetasida 1926- yildan chiqa boshlagan. Uning «Ko'klam» nomli birinchi she'rlar to'plami 1929- yilda o'z o'quvchilarini topdi. Shu tariqa o'zbek adabiyotida yana bir umidli ijodkor dunyoga keldi.
Hamid Olimjon ham zamonaviy, ham tarixiy mavzularda sama- rali ijod qilardi. Uning «Muqanna» nomli tarixiy, «Jinoyat» deb nom- langan zamonaviy mavzudagi she'riy dramalari bor. Hozirgi kunda xalqimizning sevimli qo'shiqlariga aylangan g'azallari, ko'plab tarjima asarlari mashhur. Ayniqsa, ona yurti - O'zbekiston tabiati, uning zahmatkash xalqi mehnatini sharaflab yozgan she'rlari o'zining sami- miyligi, ohangdorligi, o'quvchining eng nozik tuyg'ularini qo'zg'ata olishi bilan zamonlar sinovidan o'tib kelmoqda.
Hamid Olimjon onasidan eshitgan ertak va dostonlar hamda xalq tarixini o'rganish jarayonida orttirgan bilimlarini umumlashtirib, 1937- yilda «Oygul bilan Baxtiyor» nomli mashhur dostonini yaratdi.


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish