4-sinf o‘qish Buxoro tuman 10-umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Murodova E’tibor



Download 2 Mb.
Sana17.07.2022
Hajmi2 Mb.
#813997
Bog'liq
4 sinf O\'qish Mavzu Tinchlik qushi haqida men o\'qigan she\'r

Tayyorladi: Piskent tumani 3-umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi To’laganova Shahnoza


4-sinf o‘qish darsi

Mavzu: Tinchlik qushi haqida men o‘qigan she’r

(Shukur Sa’dulla)

Dars shiori:


Tinch elning bog‘i gullar
Shukur Sa’dulla 1912-yilning yanvarida Jizzax shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Samarqand pedagogika bilim yurtida tahsil oldi, so‘ngra Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat universitetida o‘qidi. Shukur Sa’dullaning birinchi to‘plami “Hayqiriq” nomi bilan bosilib chiqdi. Yozuvchining “Uch ayiq”, “Ayyor chumchuq”, “Yoriltosh”, “Ikki sandiq”, “Sen nima qilding”, “She’rlar va ertaklar”, “Kachal polvon”, “Mening aziz bolalarim” singari ko‘plab asarlari bolajonlar tomonidan sevib mutolaa qilinadi. Dramaturg Shukur Sa’dullaning “Yoriltosh”, “Gulxan”, “Bizning bog‘chamiz”, “Dalada bayram”, “Ikki bilaguzuk”, “zubayda”, “Afsona yaratgan qiz” asarlari sahnalashtirilgan.

Kaptarlar haqida qiziqarli ma’lumot


Kabutarlar- kaptarsimonlar turkumiga mansub qushlar oilasi. Gavdasining uzunligi 10-15 cm dan 89 cm gacha bo‘ladi. O‘zbekiston faunasida kabutarlarning 9 turi uchraydi. Ular daraxt kovaklari, jarliklar, qoyalar, binolar tomlarida juft-juft bo‘lib yashaydi. 1 yilda 2, ba’zan 4-5 martagacha 2 tadan tuxum qo‘yib ko‘payadi. Tuxumidan patsiz jish jo‘ja ochadi.
Xonaki kabutarlarning 200 ga yaqin zoti mavjud bo‘lib, ular pochtachi , dekorativ va go‘shtdor guruhlarga bo‘linadi. Pochtachi kabutar uchganda oson yo‘l topadi. Qadimda ulardan xat tashishda foydalanganlar. Dekorativ kabutarlar ajib qiyofasi va patining juda chiroyli bo‘lishi yoki o‘ziga xos uchishi bilan ajralib turadi. Kabutarlarning buqoq, yakobin, tovus kaptar, turmanlar, baliqchi qorasimon zotlari bor.
QIZIQARLI MA’LUMOT
Erta bilan turaman,
Salqin shabada esar.
Keng yurtimni ko‘raman,
Ko‘nglimda quvonch kezar.
Kaptarlarimni ko‘ray , -
Deb boraman ohista.
Ozroq bo‘lsa ham, qo‘shay
Tinchlik ishiga hissa.
Uchiraman,
Oq kaptar –
Intiladi ilgari.
Yarqiraydi qanotlar
Oq samolyot singari.
Ko‘z solaman:
Har uydan
Uchib chiqar oq kaptar.
Charx uradi osmonda,
Tinchlik! – deya solib jar:
Bilsin urishqoq, jallod,
Qotil, odamxo‘r, battol.
Tinchlik istar yosh avlod,
Katta – kichik er – ayol!
Urush bo‘lmay jahonda
Tinchlik bo‘lsin barqaror!
Erkin uchsin osmonda
Tinchlik qushi – oq kaptar!...
Tinchlik qushi haqida men o‘qigan she’r

1. Shoir she’rda tinchlik ramzi bo‘lgan oq kaptarlarni nimaga o‘xshatadi? 2. “Qotil”, “battol”, “jallod”, “odamxo‘r” so‘zlarining ma’nosini izohlang.

She’rda qofiyadosh so‘zlarni aniqlang.

  • Erta bilan turaman,
  • Salqin shabada esar.
  • Keng yurtimni ko‘raman,
  • Ko‘nglimda quvonch kezar.
  • Kaptarlarimni ko‘ray , -
  • Deb boraman ohista.
  • Ozroq bo‘lsa ham, qo‘shay
  • Tinchlik ishiga hissa.
  • Bilsin urishqoq, jallod,
  • Qotil, odamxo‘r, battol.
  • Tinchlik istar yosh avlod,
  • Katta – kichik er – ayol!
  • Urush bo‘lmay jahonda
  • Tinchlik bo‘lsin barqaror!
  • Erkin uchsin osmonda
  • Tinchlik qushi – oq kaptar!...

Tinchlik haqida nimalarni bilamiz?


Xalqlar va davlatlar o‘rtasida zo‘rlik ishlatmaslik
Xalqaro shartnomalarda belgilab qo‘yilgan majburiyatlarga rioya qilish
Davlatlar o‘rtasida uyushtirilgan urushlarning yo‘qligi
Baxtli hayot, obod mahalla, oila davrasi, to‘kin dasturxon
Orzu – istaklarning ushalishi, xalqlarning do‘stligi, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik
Zo‘ravonlik, ziddiyat va qo‘rquvning yo‘qligi

Yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni ta’minlash, davlatlarning o‘zaro hamkorligini ta’minlash va rivojlantirish maqsadida 1945- yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil qilingan. O‘zbekiston bu tashkilotga 1992-yil 2-martda a’zo bo‘lgan. 2002-yildan Xalqaro tinchlik kuni har yili 21-sentyabr kuni ommaviy zo‘rlikka va qon to‘kishga qarshi kun deb e’lon qilingan. Bu kun insonlarni tinchlik haqida o‘ylashga emas, balki uning uchun hissa qo‘shishga undaydi.


Bilasizmi?
1 1. Tinch elning bog‘i gullar.
2. Tinchlik - baxt, sog‘lik – taxt.
3. Tinchlik bilan el ko‘karar,
Yomg‘ir bilan – yer.
4. Tinchlik urushni yengar.
5. Urush – yo‘qlik, tinchlik – to‘qlik.
6. Qo‘shning tinch – sen tinch.
7. Bir kun urush bo‘lgan uydan
Qirq kun baraka ko‘tarilar.
8. Osoyishtalik – eng yaxshi malham.
Tinchlik haqida maqollar

Uyga vazifa : she’rni yod olish, “Baxtli kelajak uchun tinchlik kerak” mavzusida rasm chizish.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish