Mtm da sensor tarbiya rеja



Download 16,68 Kb.
bet1/3
Sana17.04.2022
Hajmi16,68 Kb.
#558775
  1   2   3
Bog'liq
Mtm da sensor tarbiya



MTM da sensor tarbiya


RЕJA:
1.Maktabgacha yoshdagi bolalaming sensor tarbiyasi.
2. Sensor tarbiyaning vazifasi va mazmuni
3.Sensor tarbiya usuli.

Sensor tarbiyani shakllantirishda avvalo ilk bolalikdan alohida e’tibor qaratish lozim. Negaki, ilk bolalik davridan idrok qilish , sezish natijasida aqliy harakatlar, narsa va hodisalarning xususiyatlarini analiz hamda sintez qilish, umumlashtirish va yaxlitlash protsessi yuzaga keladi. Bu esa o’z navbatida maktabgacha yoshdagi bolalar sensor tarbiyasini kechiktirmasdan olib borishni taqazo qiladi.


Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda hamda ularda “tuyg’u, sezgi, idrok , sezish ” kabi qobilyatlarni shakllantirishda sensor tarbiya muhim o’rin tutadi. Sensor tarbiya bu - sezgi va idrokni biror maqsad asosida rivojlantirishdir.
Sensor so’zi lotincha so’zdan olingan bo’lib, “sensus” – “tuyg’u”, “sezgi”, “idrok” ma’nolarini bildiradi. Demak borliqni his qilish sezish va idrokdan boshlanadi. Shuni ta’kidlash joizki maktabgacha yosh davri sensor jarayonlarni rivojlanish davri sanaladi. Shuning uchun bu davrda sensor tarbiya muhim o’rin tutadi. Sensor tarbiya bolalarda hissiy bilish qobilyatlarini shakllantirishga va sezgi –idrokni takomillashtirishga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Sensor tarbiya bilan ish olib borishda ko’proq pedagoglar hamda ruxshunoslar tinimsiz murojaat qiladilar. Sensor tarbiyani o’rganish hamda rivojlantirishga ko’pgina pedagoglar Frebil, M.Montesseri, O.Dekroli va boshqalar tomonidan yaratilgan ishlari bolalarning qo’ldagi mayda muskullarini rivojlantirishga, rang va uning turlari, turli shakl hamda hajmni yuqori darajada farq qilishga erishishlarini o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi.
Ayniqsa Montessorining “sensor” tarbiya borasida olib borgan izlanishlari salmoqli darajadadir. Montessori o’z tajribasida didaktik materiallarni ko’paytirib, o’z-o’zini nazorat qilish prensipiga qaratilgan izlanishlar bo’lib, bolalarga pedagogning ishtirokisiz , mustaqil shug’ullanish imkonini berar edi. Garchi Montessori bolalar topshiriqni bajarayotganda ularga erkinlik va mustaqillik berishni talab qilsada, u baribir bolalarga narsalarning xossalarini tekshirishning ayrim usullarini o’gatdi. Masalan: tarbiyachi bolaning barmog’i bilan biron bir detalni sirtini aylantirib chiqadi yoki biron nima yasayotganda, chizayotganda qo’lidan ushlab yordamlashvoradi bu esa avtomat tarzda tekshirib turishni ta’minlaydi.
Yana shuni ta’kidlaydiki, sezgi a’zolarining rivojlanishi, nutqning o’sishi bu bolaning qay darajada rivojlanishiga ham bog’liqdir.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalashda hamda ularda “tuyg’u, sezgi, idrok, sezish” qobilyatlarini shakllantirishda sensor tarbiya muhim o’rin tutadi. Sensor tarbiyani qo’llashdan maqsad - maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarning har jabhada qobilyatlarini shakllantirish, o’stirish, yuksaltirishga qaratilgandir. Ma’lumki, bolalarda idrok qilish sezish natijasida aqliy harakatlar , narsa va hodisalarning analiz hamda sentez qilish , umumlashtirish , yaxlitlash hodisasi yuzaga keladi. Bu esa bilish qobilyatining zarur sharti hisoblanadi.
Sensor harakatlarning rivojlanishi darajasi bolaning qobilyatlari shakllanayotganida hamda muayyan bilimlarini va ayrim amaliy ko’nikmalarni egallash jarayonida muhim rol o’ynaydi. Bolada ranglarni va shakllarni ajrata olish qobilyati shakllangan bo’lsa, tevarak –atrofdagi narsalarning xossalarini ko’ra oladi va his qiladi. Bu esa bola biror voqeani tasvirlab aytib berishi, rasm chizishi , loydan nimalarnidir o’xshata olishi, qog’ozdan , matodan turli narsalar qirqishi – qurish – yasash ko’nikmalarini rivojlanishiga imkon beradi.
Shuni ta’kidlash joizki, sensor tarbiyaning protsesslari ayniqsa, ilk yosh davrida alohida ahamiyatga egadir. Aynan shu davrda jadal rivojlanadi. Shuning uchun ham mashhur rus tadqiqotchilaridan N.M. Shilavonov bilan N.M. Askarina ilk yoshni “sensor taraqqiyoning oltin davri ” deb ataydilar. Shuningdek, bolalarda sensor madaniyatni dastlabki oylaridan boshlaboq shakllantirib borish zarurligini alohida ta’kidlaydilar.
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni buyumlarning shakli, katta –kichikligi va rangi bilan tanishtirish hamda ularda bu xossalarni to’g’ri idrok qilish ko’nikmalarini rivojlantirish masalasi sensor tarbiya sohasiga kiradi. Bu tarbiya qanchalik to’g’ri hal qilinsa , bolalarning faqat aqliy tarbiyasiga emas, estetik, jismoniy, va xatto axloqiy tarbiyasi ham shunchalik ahamiyatli bo’ladi. Masalan: bir yarim yashar bola devorning balandligini ko’rib, sakrash mumkinmi yo’qmi anglay oladimi? Yo bo’lmasa, ikki yashar bola daraxtni bargalarini shakli va rangiga qarab farqlay oladimi? Bir yashar bola kubiklarni ustma –ust qo’yib taxlay oladimi? Bularning hammasi ma’lum darajada bolaning idrok qilishning qanchalik rivojlanganligiga bog’liqdir. Komenskiy – aytilgan narsalarni faqat narsalarda emas, real voqeylikda ko’rsatish juda foydalidir deya tavsiya qiladi.
Biz o’z tajribamizda ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni sensor tarbiyalashda bolalarni ko’rish vositasida tekshirish va shakliga qarab taqqoslash usullarini o’zlashtirishini usul jihatdan mumkinligi, xossasiga qarab narsalar o’rtasidagi munosabatlarni aniqlash ;
Narsalarning shaklini tekshirish va hisobga olish usullarini samarali o’rgatish shartlari amaliy jihatdan yoritish;
Ta’limni amaliy narsalar bilan ishlashni takomillashtirishga bolaning sensor tarbiyasi darajasini oshirishga ko’rsatadigan ta’sirini kuzatish kerakligini aniqladik.
Xulosa qilib shuni aytaolamizki, bolani sensor tarbiya masalalarini o’rganar ekanmiz, faqat idrok qilinadigan hislatlar bilan tanishtirishnigina emas, shu bilan birga estetik madaniyat, mustaqil faoliyat, tasavvur cheksizligi, sezish , his qilish kabi va boshqa ko’plab sensor harakatlarni idrok qilishning oqilona usullari bilan qurollantirish zaruriyati bugungi kunda dolzab masalalardan ekanligi aniq bo’ldi.
Hissiy bilish maktabgacha yoshidagi bolalikda alohida ahamiyatga ega. Fikrlash va nutq yetakchi o`rin tutadigan manti- qiy bilish hissiy tajribadan kelib chiqadi. Sensor rivojlanish har qanday amaliy faoliyatni muvaffaqiyatli egallashning sharti hisoblanadi.
Tevarak-atrofdagi borliqni bilish sezgi va idrokka asosla- nadi. Tasavvurning asosini bevosita sezish orqali idrok qilish tashkil etadi. Bunday tasavvurning aniqligi, to`laligi sensor ja- rayonlarning rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Sensor tarbiya sezgi va idrokni biror maqsadga qaratilgan holda rivoj- lantirishdir. "Sensor" so`zi lotincha "sensus" - "tuyg`u”, "sezgi", "idrok”, “sezish qobiliyati” ma`nolarini anglatadi. Borliqni bilish sezgi, idrok qilishdan boshlanadi.
Inson ko`rish, sezish va hokazolar yordamida tevarak - atrofdagi narsa va hodisalar to`g`risida bilimga ega bo`ladi, faqat shular asosidagina unda xotira, tafakkur, xayol jarayon- lari hosil bo`ladi. Bog`cha va kichik maktab yoshidagi bolalar aqliy bilimining 10,9 qismini sezish orqali idrok etilgan taassurotlar tashkil etadi. Sezgi va idrok qanchalik boy bo`lsa, insonning tevarak- atrofdagi olam haqidagi tasavvurlari shunchalik keng bo`ladi.
 Bolalarning sensor madaniyati, unda sezgi va idrokning rivojlanish darajasi bilish faoliyatining muvaffaqiyati uchun muhim shart-sharoit hisoblanadi. Sensor tarbiya pedagogika fanida bolalarning aqliy, estetik, jismoniy va mehnat tarbiyasining asosi hisoblanadi.
Maktabgacha yosh davri sensor jarayonlarni rivojiantirish davridir. Shuning uchun bu davrda sensor tarbiya muhim o`rinni egallaydi. Sensor tarbiya hissiy bilish qobiliyatlarini shakllantirishga, sezgi, idrokni takomillashtirishga qaratilgan pedagogik ta`sir sistemasidir.
Mariya Montesori texnologiyasi aynan shu fikrni olg`a su- ruvchi usullar majmuyi bo`lib, ma`nan yetuk, mustaqil fikrlov- chi, intiluvchan shaxsni tarbiyalashda muhim o`rin tutadi. Shi- fokor-pedagog Mariya Montesori yaratgan Maktabgacha ta`lim metodikasi maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash borasida- gi barcha tizimlar orasida alohida ajralib turadi. Agar ota-onalar o`z farzandlariga rahmdillik, mehr-muruvvat tuyg`ularini uyg`ota olmas ekanlar, u holda bolalar nafaqat begona odam- larga, balki o`z ota-onasiga ham hissiz bo`lib qoladilar. Montesori metodikasi bo`yicha maktabgacha yoshdagi bolalarni sensor tarbiyalashda quyidagi maqsadlar nazarda tutilishi kerak;
 1. Barcha tashqi hissiyotlarni shakllantirish.
2. Tashqi hissiyotlarni tarbiyalash orqali hali to`liq shakllan- magan barcha ruhiy jarayonlarni rivojiantirish kerak. Chunki diqqat, intellekt va iroda to`liq rivojlanmagan bo`ladi.
 3. Odatiy bir yoqlama madaniy tasavvurdan xalos bo`lish.
4. Nutq apparatlari orqali tilni rivojiantirish, so`z boyliklari- ni oshirish.
5. Bolalarning ruhiy va jismoniy imkoniyatlariga muvofiq tarzda, o`z-o`ziga xizmat qilishda ehtiyoj va talablarni rivojiantirish.
Yuqorida ko`rsatilgan pedagogik maqsadlarga erishish uchun Montesori yaxshi sharoitda bolani tarbiyalash usullarini tavsiya etadi. Uning materiallari ayniqsa, aqliy faoliyatni ri- vojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
 

Download 16,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish