1.2.O'quv jarayonini tashkil etish.
O'quv jarayonida ta‘lim-tarbiyaning tashkil etish maqsadi-kishi shaxsining modeli sifatida qoida mavjud. Ammo pedagogik texnologiyada maqsad va unga erishish kafolatli butun pedagogik jarayon, texnologiya jarayonining mezoni, kalitidir. Avvalo jamiyat va davlat buyurtmasidan kelib chiqadigan ta‘lim-tarbiyaning umumiy maqsadiga asoslaniladi. Bugungi kunda O‘zbekistonda kadrlar tayyorlashh Milliy dasturi ta‘lim-tarbiya tizimini tubdan islox qilishhdek tashkiliy tadbirlarda bevosita ta‘lim-tarbiya vazifalarini qo‘yadi.
Shuningdek, ta‘lim mazmuni asosida maqsad qo‘yish; pedagogik faoliyati asosida; bolaarning qobiliyati, xissiy ta‘sirlanishi asosida, ichki jarayon asosida, bolalarni o‘rganish faoliyati asosida, maqsad qo‘yish texnologiyasini tavsiya etadi.
Maqsadga bosqichma-bosqich erishilganiga qarab, u muvofiqlashtiriladi, maqsadga to‘la erishish uchun o‘ziga xos texnologik yo‘l qo‘llanadi, yangi-yangi o‘quv maqsadlari qo‘yiladi.
Demak, pedagogik texnologiyaning odatdagi didaktik maqsaddan farqi diagnostika asosida maqsad qo‘yilishidir. Guruh yoki alohida bolalarga qo‘yilgan diagnoz qanchalik to‘g‘ri bo‘lsa, qo‘yilgan maqsad shunchalik to‘la va oson bajariladi. Yuqorida ta'kidlaganimizdek pedagogik texnologiya maqsadga to'la erishish printsipi etakchilik qiladi.
Shuning uchun M.V.Klarinmaqsadga erishish texnologiya”sini alohida taxlil qiladi. Uni uchga bo‘lib o‘rganadi: etalon maqsadga “mezoniy baxolash”, “ta‘limiy jarayon” va “maqsadga to‘la erishish”.
Maqsadga bosqichma-bosqich erishilganiga qarab, u muvofiqlashtiriladi, maqsadga to‘la erishish uchun o‘ziga xos texnologik yo‘l qo‘llanadi, yangi-yangi o‘quv maqsadlari qo‘yiladi.
Demak, pedagogik texnologiyaning odatdagi didaktik maqsaddan farqi diagnostika asosida maqsad qo‘yilishidir. Guruh yoki alohida bolalarga qo‘yilgan diagnoz qanchalik to‘g‘ri bo‘lsa, qo‘yilgan maqsad shunchalik to‘la va oson bajariladi. Yuqorida ta'kidlaganimizdek pedagogik texnologiya maqsadga to'la erishish printsipi etakchilik qiladi.
Ta‘lim jarayonida takrorlash texnologiyasi.
Masalan, mashgʻulotning tuzilishini texnologik jihatdan tahlil qilinadigan bo‘lsa:
1.Bolalar diqqatini tashkil etish ;
2.Didaktik maqsad haqida axborot berish;
3.Zaruriy bilim-malakalarni rag‘batlantirish;
4.Ma‘lum ta‘sir etadigan o‘quv materialini ko‘rsatish;
5.bolalar javobini aks sadosini rag‘batlantirish;
6.O'zaro xamkorlikni ta‘minlash;
7.Olingan mustaxkam bilim malakani rag‘batlantirish;
8.Bolalar faoliyatini baholash; kabilar.
Bolalarning o‘zlashtirish darajasi qanchalik tezligini va mukammaligi bilan belgilanadi. Ularning o‘zlashtirish bo‘yicha qobiliyati uch guruhga bo‘linadi.
Iqtidorli ,ular tez o‘zlashtirishi mumkin-30%.
Oddiy o‘rtacha bolalar-50 %.
Qobiliyati past bolalar-20 %.
Maqsad qo‘yishda barcha bolalarni o‘zlashtirishi hisobga olinadi. To‘la o‘zlashtirishi maqsadi, uni amalga oshirish metodikasi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1. Bolalarni to‘la o‘zlashtirishga yo‘naltirish;
2.Har bir bolalarni to‘la o‘zlashtirishga erishish;
3.Har bir bolalarni to‘la o‘zlashtirish darajasini baholash ;
4.Har bir bolalarni rag'batlantirishni tashkil qilish.
Tarbiyachi har bir bolalarni to‘la o‘zlashtirish imkoniyati bilan tanishtiradi.Guruhda to‘la o‘zlashtirish uchun yangi metodika bilan o‘qitadi.
Har bir bola oxirida, mashgʻulotnii o‘zlashtirib bo‘lgandan keyin ragʻbatlantiriladi.Har bir bolalarning qobiliyatiga o‘zlashtirish darajasiga qarab ta‘lim maqsadi va metodikasi belgilanadi.
Texnologik jarayon ishlab chiqarilgan texnologik hujjatlar asosida amalga oshiriladi, bu hujjatlarning asosiy tarkibiy qismi esa texnologik xaritalar hisoblanadi. Texnologik hujjatlar, qayta takrorlanadigan ishlab chiqarish siklining qancha mahsulot kerak bo‘lsa, uni shuncha marta amalga oshirish imkonini beradi.
Shunga o‘xshash, pedagogik texnologiya doirasida qayta takrorlanadigan o‘qitish siklini amalga oshirish uchun, uning yakunlovchi bosqichida pedagogik-texnologik xaritalar ishlab chiqiladi. Uning asosida o‘qitish jarayonini bir necha marta tashkil etish mumkin, ya’ni qayta takrorlanadigan o‘qitish siklini ro‘yobga chiqarish mumkin. Pedagogik texnologik xaritalar, pedagogik texnologiyani ko‘p nusxada ko‘paytirishga va o‘quv yurtining qayerda joylashganligidan qat’iy nazar ko‘zlangan o‘qitish natijalariga erishishga imkoniyat yaratadi.
Pedagogik texnologiya kafolatli ta‘lim-tarbiya maqsadga erishish bilan axamiyatli va dolzarbdir. Shuning uchun maqsadning aniqligi, unga mos mazmun, maqsadga bosqichma-bosqich erishishda tarbiyalanuvchining va tarbiyachi faoliyatining uyg‘unligi pedagogik texnologiyaning talabidir. An‘anaviy ta‘lim-tarbiya tizimida ham maqsad pedagogning asosiy muammosi bo‘lib kelgan.
Chunki quruvchi oldindan nimani qurayotganini bilganidek,tarbiyachi ham kimni tarbiyalamoqchi , nimani shakllantirmoqchi ekanini bilishi shart.
Har bir bolalarning qobiliyatiga o'zlashtirish darajasiga qarab ta'lim maqsadi va metodikasi belgilanadi.
Birgalikda yoki yakka individul ta‘lim 80 yillarda AQSHda joriy etila boshlagan. Bunda yakka bolalar va kichik guruhlar bilan ishlash tizimi yaratilgan. Ya‘ni bolalar 4-5 kishilik guruhlarga bo‘linadi, unda iqtidorlilar va qoloqlar, qizlar va boshqa vakllar bir xil bo‘limi maqsadga muvofiqdir.
Har bir guruh berilgan topshiriqni tez bajarishiga e‘tibor beriladi. Guruhdagi bolalar bir-birini tekshiradi, yordam beradi. Haftani oxirida yakun yasaladi va rag'batlantiriladi.Bu metodda o‘zlashtirish darajasi oshishi bilan birga bolalarni o‘z-o‘zini baholash malakasi ham rivojlanadi , bolalar o‘rtasida do‘stlik, o‘rtoqlik darajasi ham oshadi.
Bolalar shaxsga yo'naltirilgan ta'lim jarayonida o'quv materialini o'zlashtirishga ijodiy, tanqidiy yondoshishni, yangi g'oyalarni ilgari surish, ularni asoslash, o'z fikrini himoya qilish, muammoli vaziyatlarda samarali yechimni topish, bilim, ko'nikma, malakalarni o'zlashtirish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Pedagog tomonidan mehnat ta'limi jarayonida innovatsion xarakterga ega turli faol metodlarning qo'llanilishi, bolalarni rivojlantirish, qobiliyatlarini yanada o'stirishga xizmat qiladi. Xususan: texnologiya darslarida amaliy mashg'ulotlarni tashkil etishda pedagoglar o'quv axborotlarining bolalar bilim, ko'nikma, malaka va tajribalariga tayangan holda ularni qiziqtira oladigan, fikrlashga, ijodiy yondashishga undaydigan imkoniyatga ega bo'lishini ta'minlashga alohida e'tibor qaratishlari zarur.
Texnologiya darslari jarayonida pedagoglar tomonidan:
- turli shakl, metod, vosita va texnologiyalardan samarali, maqsadi foydalanish;
- amaliy topshiriqlarini bajarishda bolalarga usullarni mustaqil tanlash imkonini berish;
- bolalarni juftlikda, kichik guruhda va jamoada ishlashini ta'minlash;
- mashg'ulotlarning loyihalashtirilishiga e'tiborning qaratilishi nafaqat o'qitish sifatini yaxshilaydi, samaradorligini oshiradi, shu bilan birga bolalar shaxsning rivojlanishi uchun qulay sharoitni vujudga keltiradi.
Ayni vaqtda shaxsga yo'naltirilgan ta'limning quyidagi turlari farqlanadi
Shaxsga yo'naltirilgan ta 'limning asosiy turlari:
ijodiy topshiriqlar;
Muomali vaziyatlar;
Rolli va ish bilarmonlik o'yinlari;
4.Musobaqa ko'rinishidagi bellashuvlar;
Bundan tashqari shaxsga yo'naltirilgan talimning quyidagi asosiy turlari mavjud:
Innovatsion ta'lim. hamkorlik ta'limi, interfaol ta'lim, masofaviy ta'lim, muammoli ta'lim, loyiha ta'limi, kompyuterli ta'lim, rivojlantiruvchi ta'lim, tabaqalashtirilgan ta'lim, modul ta'limi, individual ta'lim, mustaqil ta'lim, dasturiy ta'lim, o'yin texnologiyalari
Yuqorida keltirilgan shaxsga yo'naltirilgan ta'lim turlarining barcha turlarini mehnat ta'limi mashgʻulotlarda ham to'gri qo'llay olsak, mashgʻulot muvaffaqqiyatli va ijobiy samara beradi. Ayniqsa mehnat ta'limida interfaol ta'lim metodlaridan foydalanish samaralidir.
Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim turlaridan "interfaol talim metodlari"ni misol qilib olsak, hozirgi zamonaviy sharoitda ta'lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yo'li bu mashg'ulotlarni interfaol metodlar yordamida tashkil etish deb hisoblanmoqda.
Interfaol talim texnologiyalari" mohiyatiga ko'ra suhbatning "to'quvchi -axborot - kommunikatsion texnologiyalar" shaklida tashkil etilishi bolalar tomonidan mustaqil ravishda yoki tarbiyachi rahbarligida axborot texnologiyalari yordamida bilim, ko'nikma, malakalarning o'zlashtirilishini anglatadi.
Interfaol ta'lim yordamida bolalarning qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik, mashg'ulot loyihalarini to'g'ri tuza olishi, o'z-o'zini nazorat, o'z- o'zini boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, ularning fikrlarini tinglash va tushunish,
mustaqil, ijodiy, tanqidiy fikrlash, muqobil takliflarni ilgari surish, fikr-mulohazalarini erkin bayon qilish, o'z nuqtai nazarlarini himoya qilish, muammoning yechimini topishga intilish, murakkab vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirishga muvaffaqiyatli bo'ladi.
Bolalarning aniq ta'limiy maqsadga erishish yo'lida o'zaro hamkorlikka asoslangan harakatlarini tashkil etish, yo'naltirish, boshqarish, nazorat va tahlil qilish orqali rag'batlantirish imkoniyatini qo'lga kiritadi.
Mehnat talimi jarayonining interfaol talim texnologiyalariga asoslanishi bir qarashda nihoyatda oddiy, sodda, hatto "bolalar o'yini" kabi taassurot uyg'otadi. Biroq, bunda tarbiyachining ma'lum darajada quyidagi omillarga ega bo'lishi talab qilinadi.
Interfaol ta'lim samaradorligini ta'minlovchi asosiy omillar:
Ish tajribasi , metodik malaka , tayanch pedagogik - psixologik bilimlar , tashkilotchilik qobiliyati , didaktik vositalar ,tarqatma materiallar , mashgʻulot jihozlariga ega bo'lish , bolalar va bolalar guruhi o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning ishonch va hurmatga asoslanishi , bola va bolalar guruhining o'zaro hamkorlikka erisha olishi , ta'lim jarayonida demokratik g'oyalarning ustuvor o'rin tutishi , axborotlarni taqdim etishda xilma - xil metod , vositalarning samarali , o'rinli , maqsadga muvofiq va o'zaro moslikda qo'llashga erishish.
Do'stlaringiz bilan baham: |