ndividual o'qitishuv - Bu O'quv jarayonining tashkil etishning shakli bo'lib, bunda pedagog bolalar bilan yakkama -yakka shugʻullanadi.
Individual o'qishning afzalliklari: Pedagog jarayonining bolalar qobiliyatlariga moslashuvchanligi imkoniyatidir.Bunda bolaning bilim olish darajasini doimiy amalga oshirish va zaruriy tuzatishlar kiritish natijasida pedagogik jarayoni tashkil etiladi.
Individual yondashish - Bu pedagogik tamoyilga ko'ra,pedagogik jarayonda pedagogikning bolalar bilan o'zaro munosabati ularning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda quriladi ham butun guruh hamda har bir alohida bolaning rivoji uchun psixologik - pedagogik muhit yaratiladi.
Individuallashgan o'qitish - Bunda O'quv jarayonini tashkil etishda individual yondashish asosida o'qitish yo'llari , usullari , sur'ati tanlanadi va turli o'quv uslubiy psixologik - pedagogik muhit yaratiladi.
Individuallashtirish o'qitish texnologiyasi - Bunda o'quv jarayonini tashkil etishda individual yondashish va o'qitishning Individual shakli ustuvor hisoblanadi.O'qitishning barcha shaxsga yoʻnaltirilgan texnologiyalarida u yoki bu darajada individual yondashish qo'llaniladi.
Ammo individuallashtirilgan o'qitishda individuallashtirish o'quv maqsadlariga erishishning asosiy vositasi hisoblanadi.Individuallashtirilgan o'qitishning asosi bolaning individual pedagogik xususiyatlarini o'rnatish hisoblanadi.
Olingan natijalar asosida mashgʻulot usuli tanlanadi.Qabul qilingan texnologiyalar qoidalar va tomoyillarga ko'ra mashgʻulot jarayoni amalga oshiriladi.
2.2. Tarbiyachining pedagogik mahorati
Tarbiyachining pedagogik mahorati.
Avvalo tarbiyachining kasbiy mahoratiga ta'rif beraylik tarbiyachining kasbiy maxorati bu ma'lum shaxsiy bolani yaxshi ko'rishi, mehribonligi xayrixohligi va kasbiy bilimdonligi, javobgarlikni his qilishi va fazilatlarining yig'indisi hisoblanib, u pedagogik - psixologik, tayyorgarligida bolalarni tarbiyalashning optimal yo'llarini izlab topishda namoyon bo'ladi. Shuning uchun tarbiyachining, kasbiy maxorati, bilimdonligi, zukkoligi, ijodkorligi bilan birga shaxsiy sifatlarini ham takomillashtirishni ham taqqazo qiladi
Tarbiyachi maxoratini qanday fazilatlar belgilaydi?
Mohir avvalo mafkuraviy tayyorgarlikga ega bulushi lozim.Bu deganimiz milliy qadriyatlar, urf - odatlar, an'analarni bilishi va ularni yoshlar ongiga yetkazib tarbiyalanuvchilarni ota - bobolarimiz yaratgan boy berosga hurmatni tarbiyalay olishi kerak. Buning uchun avvalo tarbiyachining oʻzi milliy qadriyatlarning mazmun mohiyatini chuqur anglash, ularga hurmat e'tiqodli bula olishi kerak .
Ijtimoiy hayot qonunlarini aniq tushunish, milliy-axloqiy qadriyat mafkura mazmunini anglash tarbiyalanuvchilarda bobolar, avlodlar ruhiga hurmatni, ilmiy dunyoqarash asoslarini tarbiyalash uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |