Ms excel dasturi


Microsoft Excel imkoniyatlari tavsifi



Download 1,94 Mb.
bet2/22
Sana01.07.2022
Hajmi1,94 Mb.
#725766
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
MS Excel dasturi

1.Microsoft Excel imkoniyatlari tavsifi.

Elektron jadvallar hayotning har xil sohasida uchraydigan, avvalambor hisoblash va iqtisodiy masalalarni echishda, jumladan, berilganlarni tez o'zgartirib turuvchi masalalarni tezkor ravishda qayta ishlab chiqishda, masalan, bank hujjatlari bilan ishlash kabi keng ko'lamli masalalarni echishda qo'llaniladigan o'ta quvvatli vosita hisoblanadi.


Hisoblash elektron jadvalining dastlabki dasturi 1979 yili Visicals (Visiblencalculators - ko'rinib turuvchi kalkulyator) nomi bilan Software Arts firmasida chiqqan. Bu dastur Apple II kompyuteri uchun ishlab chiqilgan va ko'p jihatdan uning bozorda ommabopligi aniqlandi. 1981 yil IBM PS kompyuteri paydo bo'lishi bilan bu tipdagi kompyuterlar uchun elektron jadvallar ishlab chiqila boshlandi. Visicals va Supercals dasturlarining yangi ko'rinishlari paydo bo'ldi, shu bilan birgalikda Microsoft- Multiplan firmasining birinchi amaliy dasturi paydo bo'ldi va u elektron jadvallar yangi avlodining yorqin yulduziga aylandi.
Hisoblashlar natijalarini ko'rgazmaliroq tasvirlash uchun joylashtirilgan grafik rejimlarining paydo bo'lishi, bu elektron jadval rivojlanishining navbatdagi qadami bo'ldi. 1983 yil LOTUS firmasining 1-2-3 paketlari chiqib, kutilgandan xam ziyodroq muvaffaqiyatga erishdi. Ammo 1997 yil Microsoft firmasi tomonidan Excel dasturi taqdim etildi, u hozirgi kunda ham o'z sinfidagi eng quvvatli dastur hisoblanadi. Shubha yo'qki, Excel eng ommabop dasturlardan biridir.
Bu dastur ixtiyoriy axborotni (matnlar, sonlar, sana va hokazolarni) qayta ishlab chiqish va saqlash imkonini beribgina qolmasdan, balki qilgan ishingiz natijasini bezash, ko'rgazmaliroq ko'rsatish va chop etish imkoniyatini beradi. Bunda siz WinWord dasturidagi tahrirlash vositalaridan foydalanishingiz mumkin. Dastlab Excelning ommaviy imkoniyatlarini o'zlashtirish qiyin emas, ammo dasturning murakkabligi va imkoniyatlarining juda kengligi sababli ular bilan tanishish uzoq davom etishi mumkin, binobarin, aynan ish jarayonida uning yangi-yangi imkoniyatlarini ko'rish mumkin.
Elektron jadvallar hayotning har xil sohasida uchraydigan, hisob va iqtisodiy masalalarni echishda, jumladan, oldindan tayyor bo’lgan ma’lumotlarni tezkor ravishda qayta ishlab chiqishda yoki sonli xisobotlar bilan ishlash kabi keng ko’llamli masalalarni echishda qo’llaniladigan o’ta qulay vosita hisoblanadi.
Excel dastursini ishga tushirish va unda ishlash Excel Microsoft Office paketi tarkibidagi dastur bo’lib, u Windows operasion tizimi boshqaruvida ma’lumotli elektron jadvallarni tayyorlash va qayta ishlashga mo’ljallangan. Excel da tayyorlangan xar bir xujjat (ma’lumotli jadval) ixtiyoriy nom va .xls kengaytmadan iborat fayl bo’ladi. Excel da odatda bunday fayl “Ish kitobi” (Rabochaya kniga)(Workbook) deb yuritiladi.
Microsoft Excel ning asosiy ish soxasi bu Ishchi kitobi bo’lib, u bir yoki bir nechta(boshlang’ich xolatda 16 ta bo’lishi mumkin) ishchi varaqlardan (list- Sheet) tashkil topgan bo’ladi. Har bir .xls kengaytmali faylda 1 dan to 255 elektron jadval joylasha oladi. Excelda Elektron jadval 256 lotin ustun (columns) va 16384 satr (Row)dan iborat bo’lib, kompyuter xotirasiga joylashadi. Ustunlar lotin alifbosi xarflari bilan(A,B,..,Z,AA,..IV), satrlar esa 1 dan 16384 gacha sonlar bilan belgilanadi. Ustun kengligini va qator balandligini o’zgartirish mumkin Ustun va satrlar kesishuvidan Elektron jadvalning Struktura elementi bo’lmish katak (yacheyka) hosil bo’ladi. Кatak-bu ishchi jadvaldagi adresli element bo’lib unda sonli qiymat, matn va formula turishi mumkin.Кatak o’z adresi bilan aniqlangan bo’lib, u adres ustun nomi va satr nomeridan iborat bo’ladi.
Maydon deb yonma-yon joylashgan kataklar guruhiga aytiladi. Maydonning adresini ko’rsatish uchun uning yuqori chap va pastki o’ng kataklarining adresini ikki nuqta bilan ajratib ko’rsatish kerak

Ana shu kataklarga matn yoki raqam , yoxud matematik formulalar yoziladi. Masalan: A1,C4, C24, AA2...
Bundan tashqari, Excel dasturi ma’lumotlar ombori (MO) bilan ishlash, Visual Basic for Applications dasturlash tilida Makroslar yaratish kabi imkoniyatlarga egaki, bu foydalanuvchiga har tomonlama mukammal bo’lgan hujjatlar tayyorlashga yordam beradi.
Excel dasturini ishga yuklash jarayoni quyidagicha:
1. Кompyuter yoqiladi. Ekranda muloqat oynasi paydo bo’lib, foydalanuvchi ismi va paroli so’ralsa, ular kiritilib «Enter» tugmasi bosiladi.
2. «Sichqoncha» ko’rsatkichi ekranning quyi qismida joylashgan Pusk (Start) tugmasiga keltirilib, chap tugmasi bosiladi.
3. «Sichqoncha» ko’rsatkichi «Programmo’» bandiga keltiriladi va tugmacha bosiladi.(1-rasm)
4. Dasturlar ro’yxatidan Microsoft Excel tanlanadi va «Sichqoncha» tugmasi bosiladi, natijada dasturning ishga tushish jarayoni boshlanib, Excel ning ish maydoni ekranda paydo bo’ladi.(2-rasm)
Excel oynasi quyidagi asosiy elementlardan iborat:
Exsel oynasining sarlavxasi
- Ish olib borilayotgan ekranni (dasturni) vaqtincha yopish. Bunda yopilgan dastur «Pusk» menyusi qatorida paydo bo’ladi.
- Ish olib borilayotgan muloqot darchasini ekranda to’liq yoki dastlabki holatga keltirish tugmasi.
- Ish olib borilayotgan muloqot darchasini yopish tugmasi
Asosiy menyu qatori - bajarilishi mumkin bo’lgan buyruqli harakatlar ro’yxati.

Standart vositalar qatori–buyruqlarga murojoatni tezlashtirish uchun maxsus piktogrammalar majmui.

Formatlash vositalari qatori- kataklarga joylashgan ma’lumotlar ustida ishlashni tashkil qilish buyruqlari majmui.

Formula qatori - jadval kataklariga ma’lumotlarni kiritish va taxrir qilish.
Sahifadan - sahifaga o’tkazish belgilari – sahifalash jarayonini aks ettiruvchi tugmalar.
Faol katak - ayni paytda kursor turgan katak.


Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish