Ishchi kitobini saqlash:
a) Uskunalar panelidagi tugma yordamida yoki
b) CTRL+S tugmalar birgalikda bosiladi.
Agar kitob saqlanmagan bo'lsa, "Kabi saqlash" dialog menyusi chiqadi. Fayl nomi maydoniga ishchi kitobingiz nomini kiriting yoki dasturda tavsiya etilganini qoldiring. OK tugmasini bosing. Agar kitob oldin saqlangan bo'lsa, dialog oynasi chiqmaydi.
Boshqa nom bilan saqlash uchun CTRL+S ni bosish, fayl nomini yozish va OK ni bosish kerak.
Ishchi kitobni yozish - Fayl menyusidan Yopish buyrug'i (CTRL+F4). Agar bir necha ishchi kitob ochilgan bo'lsa, u holda Fayl menyusida Hammasini yopish buyrug'i bosiladi. Ishchi kitob varaqlardan iboratdir.
Ishchi kitob 1 dan 255 gacha bo'lgan miqdordagi varaqlardan tashkil topishi mumkin. Yangi ishchi kitobi ochilganda, 1 varaq, 2 varaq, ... deb nomlanuvchi 16 varaq bo'ladi. Ishchi kitobi tarkibida varaqlarning quyidagi asosiy ko'rinishlari bo'lishi mumkin:
a) ishchi varaq;
b) diagramma varag'i;
v) VISUAL BASIC tipidagi modul varag'i;
g) dialoglar varag'i.
Varaqlar nomlari ishchi kitobi oynasining pastki qismida darchada chiqadi. Varaqdan varaqqa ko'chirish - "sichqoncha" kursorini kerakli varaq nomiga keltirib, chap tugmasini bosish bilan bajariladi. Faol varaqning yorlig'ida varaq nomi yarim qalin shrift bilan ajratilgan.
Ishchi varaqlar bilan ishlash uslublari:
a) 1.Varaqni joylash "Joylash" menyusida Ishchi varaq buyrug'i.
2. SHIFTQF1 tugmalari.
b) 1.Varaqni o'chirish- birinchi varaq yoki varaqlarni tanlash, o'chiriladigan varaq ustiga SHIFTQ, agar qo'shni emas varaqlar bo'lsa, o'chiriladigan varaqlar ustiga CTRLQ ni bosish.
2. To'g'rilash menyusidagi varaqni o'chirish buyrug'i.
v) varaqlarni qayta nomlash;
- Format Menyusida Varaq buyrug'ini tanlash, so'ng qayta nomlash, varaq nomi maydoniga yangi nomni yozish;
- darcha ikki marta bosiladi va yangi nom yozib, ENTERni bosish kerak.
6.Ishchi varaq bilan ishlashning asosiy usullari va tavsifi.
1. Ishchi varaq - axborotlarni saqlash va qayta ishlab chiqish uchun mo'ljallangan, ustun va satrlarga biriktirilgan katakchalar majmuidir. Har bir katakcha o'z adresiga egadir, u kesishish orqali topiladigan ustun va satrlar adreslari bilan beriladi.
Ishchi varaq qismlari xaqida ma'lumotlar berish:
2. Excel ning ixtiyoriy obyekti bilan ishlash quyidagicha bajariladi: avval ajratib olinadi, keyin bu obyekt bilan ishlash uchun buyruq yoki uskunalar panelidan tugma tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |